☕️ Java BACKEND developers </>☕️
186 subscribers
89 photos
148 videos
34 files
212 links
Download Telegram
#SAVOL
Classloder nima?

#JAVOB
ClassLoader - class yukloVchisi deb tarjima qilinadi.

ClassLoader in Java is a class that is used to load class files in Java

ClassLoader bu java class bo'lib u runtime da (ish vaqtida) Java class fayllarini dinamik ravishda JVM ga yuklash uchun ishlatiladi.

ClassLoader lar JRE (Java Runtime Environment) bir qismi dir.

ClassLoader sababli JVM java dasturini ishga tushurish uchun fayllar yoki fayl tizimlari haqida bilishi shart emas

Bundan tashqari Java Class larining barchasi birdaniga xotiraga yuklanmaydi ular kerakli paytda yuklanadi. Shu holatda ClassLoader lar ishga tushadi. Ular class larni xotiraga yuklash uchun ishlatiladi.

Biz bilamizki. Javada kodlari javac compiler orqali class file larga kompliyatsiya qilinadi. Bu class fayllarda byte kodlar bo'ladi. Jvm shu class fayllaridagi byte kodlarni ishga tushurish orqali Java dasturini ishga tushuradi. Endi Class loader shu class file larni yuklab JVM ga taqdim etadi.

Javada 3ta defaul classLoader mavjud.
Ular:

Bootstrap ClassLoader: Loads class from JRE/lib/rt.jar
Extension ClassLoader: Loads class from JRE/lib/ext
Application ClassLoader: Loads class from CLASSPATH environment variable

Static vs. Dynamic Class Loading

Static Class loading (static ravishda class larni yuklash) da - Class class lar new kalit so'zi orqali yuklanadi.

Dynamic class loading (dinamik ravishda class larni yuklash) da - Class lar runtime da Class.forName() metodi orqali yuklanadi.


Difference between loadClass() and Class.forName()

loadClass() va Class.forName() ning farqlari

loadClass() metodi classni yuklaydi ammo uni initilize qilmaydi. Class.forName() metodi class ni yuklaydi va uni initilize qiladi.

MANBA
👍4
#SAVOL
Local vs Global o'zgaruvchilar nima?

#JAVOB
Global degani ommaviy degan ma'noni beradi. Global o'zgaruvchilar metoddan tashqarida yozilgan o'zgaruvchilar dir.
Local degani mahalliy degan ma'noni beradi. Local o'zgaruvchilar metodni ichida yozilgan o'zgaruvchilar dir.


Local o'zgaruvchilar metodni ichida yaratiladi.
local o'zgaruvchilar default qiymatini olmaydi.
local o'zgaruvchilar yaratilganda ularga qiymat berish kerak.

Agar global o'zgaruvchiga qiymat berilmasa u o'zining default qiymatini oladi.
default degani boshlangich degan ma'noni beradi. Ya'ni o'zgaruvchi yaratildimi demak u band qilgan xotirada o'sha tipni o'zini boshlang'ich qiymati bo'ladi.
Javada barcha primitive o'zgaruvchilarni o'zini default qiymati bor.


Default Qiymatlar.
boolean - false
byte - 0
char - \u0000
short - 0
int - 0
long - 0
float - 0.0
double - 0.0

MANBA
#SAVOL

Quyidagi main metodi ishga tushurilsa konsolga nima chiqadi?

#JAVOB

200dasturlash.uz
dasturlash.uz100100
dasturlash.uz50
10dasturlash.uz
#SAVOL

while bilan do while ning farqi?

#JAVOB

do while da oldin tana qismi bajariladi va keyin ifodasi tekshiriladi.

while da oldin ifodasi tekshiriladi va keyin tana qismi bajariladi
#SAVOL

break va continue ? Nima ish qiladi? Farqlari?


#JAVOB
Break so'zini o'zbekchaga tanaffus yoki sindirish deb tarjima qilsak bo'ladi. Javada break ni sindirish/to'xtatish ma'nosini ishlatsak ham bo'ladi.

Break switch yoki sikl (loop) lar bilan ishlatiladi.

Break sikl operatorlari bilan ishlatilganda hozirgi siql operato'rni to'xtatib shu operatordan chiqib ketish uchun ishlatiladi.


Continue so'zini o'zbekchaga davom ettirish deb tarjima qilsak bo'ladi. Sikllarda continue ni bu qadamni to'xtatib keyingi qadamga o'tish deb tushunsak bo'ladi

Continue sikl operatorlari bilan ishlatilganda siklning shu aylanishini (ko'rsatgichini ) to'xtatib keyingi aynalishga (ko'rsatgichga) o'tishni anglatadi.

Continue faqatgina siklning hozirgi qadamini to'xtatib keyingi qadamga o'tkazib yuboradi.
Break esa sikl ni to'xtatar edi.
Continue va breakning farqi shunda.