☕️ Java BACKEND developers </>☕️
193 subscribers
90 photos
148 videos
34 files
214 links
Download Telegram
#SAVOL

this orqali constructorni chaqirsak bo'ladimi?

#JAVOB

this kalit so'zini konstructorga murojaat qilish uchun ishlatsa bo'ladi.

Bunda this kalit so'zidan keyin () qovuslarni yozib o'zimizga kerak bo'lgan konstructorni chaqiramiz.

Muhim joyi this orqali constructorda turgan holda boshqa bitta constructorni chaqirishimiz mumkin.

O'shandayam konstruktorni ichida birinchi qatorda bo'lishi kerak.

Dehqonchasiga aytganda this orqali constructorni chaqirmoqchi bo'lsak, biz buni faqat boshqa bitta constructorda turgan holda chaqirishimiz mumkin.

Va deylik constructorda 2-3 qator kodlar yozilgan bo'lsa this orqali boshqa constructorni chaqirish shulardan eng birinchisi bo'lishi kerak.
Davomi
👍2
#SAVOL
super keyword ?

#JAVOB

Javada super deganda class ning parent ob'ekti (ota) nazarda tutiladi.

Ya'ni child class dan turib Parent classining ob'ektiga murojaat qilsak bo'ladi.

Dehqonchasiga aytganda. Deylik A class B classdan inherit (nasl) olgan. A class dan super kalitini ishlatgan holda B classning o'zgaruvchi, constructori, metodlarini ishlatsak bo'ladi.

Siz this kalit so'zini bilasiz. U hozirgi ob'ekt ni bildiradi. super esa hozirgi ob'ekting parent (ota) ob'ektini bildiradi.

To'liq maqola
👍3
#Savol : Javada casting nima?

#Javob : Javada casting bitta ma'lumot turini boshqasiga o'zgartirish jarayonidir. Kengaytiruvchi (widening) va toraytiruvchi (narrowing) casting mavjud. Kengaytiruvchi casting avtomatik ravishda amalga oshiriladi, toraytiruvchi casting esa qo'lda bajariladi.

Kichik turdan kattaroq turga avtomatik casting:

byte → short → int → long → float → double

Katta turdan kichik turga casting quyidagi ko'rinishda bo'ladi:

double → float → long → int → short → byte