YAPON MALAKA TEST MARKAZI (RASMIY)
1.34K subscribers
1.5K photos
456 videos
35 files
830 links
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4829-sonli qarori asosida tashkil topgan “Ishga marhamat” Monomarkazi negizidagi “Yapon tili va kasbiy malaka” test markazi.

☎️Тел: +998338789892

Savollar uchun:👉https://t.me/tokuteiginou_savol
Download Telegram
Tabriklaymiz!

Jizzax viloyatidagi Yapon tili va test markazi o‘quvchilari Inomov Nodir, Ahmadov Ulug‘bek va Anvarov Zohid 12-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan NAT testidan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Aytish kerak, bu markaz o‘quvchilarining dastlabki natijalaridir. Ular singari imtihon topshirgan o‘nlab o‘quvchilarimizning test javoblari yaqin orada e‘lon qilinadi.

Testdan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilarimiz soni yanada ortadi, deb ishonamiz.

Uch o‘quvchimizga kelgusi ish va rejalarida omad tilaymiz!



Do‘stlaringizga ham tarqating: @japanskillcenter
Assalomu alaykum, hurmatli o‘quvchi!

Bilasizmi, Yaponiya maxsus malakali ishchilar qidirmoqda!

Oʻz malaka va tajribangizni Yaponiyada maksimal darajada foydalanishni istaysizmi?

Yaponiyaning muayyan sanoat sohalarida darhol ish boshlashga tayyormisiz?

Yaponiya 2019-yilning aprel oyida xorijiy mamlakatlardan boʻlgan mutaxassislarni qabul qilish uchun “Maxsus malakali ishchi (MMI)” deb nomlanuvchi yangi rezidentlik maqomini joriy qildi.

Navbatdagi turkum maqolalarda hozirga qadar toʻplangan bilim va koʻnikmalaridan foydalanish orqali Yaponiyada faoliyat olib borishni xohlaydigan barcha uchun kerakli maʼlumotlarni taqdim etamiz.

Bizni kuzatishda davom eting.


Do‘stlaringizga ham ulashing: @japanskillcenter
Bugun tavallud kun!

Bugun barchamizga yaxshi tanish bo‘lgan ustoz Shizuka Kameda xonimning tavallud kunlari! Ustoz o‘zining 48 yoshini nishonlamoqda! 

Kameda xonim Yaponiyaning Kyushyu orolidagi Fukuoka shahrida dunyoga kelgan!

2020-yilda O‘zbekistonga ilk bor tashrif buyurgan Shizuka Kameda xonim bu yurtga mehri tushib qolganini ko‘p bora ta’kidlar ekan, o‘zbekistonliklarga ona tili - yapon tilini o‘rgatayotganidan bag‘oyat baxtiyor ekanligini aytib keladi.

Hurmatli Shizuka Kameda xonim!

Sizni Markaz jamoasi va o‘quvchilar nomidan tavallud kuningiz bilan qutlaymiz! Sizga uzoq umr, baxt-saodat, xotirjamlik, farovonlik tilaymiz!

Barcha o‘ylagan orzu-istaklaringizga yetishingizda tilakdoshmiz!

Hurmat bilan Yapon tili va test markazi!

@japanskillcenter
Assalomu alaykum qadrdon o‘quvchi!

23-yanvardan Yaponiya Maxsus malakali ishchi dasturi haqida atroflicha ma’lumot beruvchi turkum maqolalarni e’lon qila boshlagan edik.

Keyinroq joylanadigan bugungi maqolada aynan maxsus malakali ishchi tushunchasiga kengroq to‘xtalamiz.

Maxsus malakali ishchi – MMI rezidentlik maqomi nima?

Aslida, Maxsus malakali ishchining ikki turi mavjud: (i) va (ii). Ketma-ket e’lon qilinadigan maqolalarda deyarli barcha uchun amal qiladigan Maxsus malakali ishchi (i) nima ekani, qaysi soha yoki kasb vakillari bu kabi ulkan imkoniyatdan foydalana olishlari haqida so‘z boradi.

Bizni kuzatib boring. Kuningiz xayrli o‘tsin!


Do‘stlaringizga ham ulashing: @japanskillcenter
Viza va rezidentlik maqomi haqida!

Umumiy qoidaga ko‘ra, Yaponiyaga kirishni rejalashtirayotgan chet el fuqarosiga vizani xorijiy mamlakatdagi Yaponiya elchixonasi tomonidan berilishi lozim.

Biroq, viza olishning o‘zi Yaponiyaga kirishni kafolatlamaydi. Yaponiyaga yetib bogran chet ellik aeroportda va hakozoda Yaponiya Adliya vazirligining Immigratsiya xizmatlari agentligi tomonidan tekshiruvdan oʻtkaziladi.

Shu sababli Siz, Yaponiyada shugʻullanmoqchi boʻlgan faoliyatingizga mos boʻlgan rezidentlik maqomini olishingiz kerak boʻladi.

Chunki, “viza” va “rezidentlik maqomi” turli tashkilotlar vakolatiga kiruvchi alohida tartibotlardir.

Maxsus malakali ishchi – MMI (inglizchada SSW) tizimi esa, yangi joriy etilgan rezidentlik maqomi turidir.


Do‘stlaringizga ham ulashing: @japanskillcenter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2021-yil 5-dekabr kuni JLPT - Yapon tilini bilish darajasini belgilovchi test bo‘lib o‘tgan edi. Unda Yapon tili va test markazi o‘quvchilari ham qatnashdi.

Ushbu test natijalari e‘lon qilina boshlandi.

Ushbu testdan muvaffaqiyatli o‘quvchilarimizdan biri ustozlarga videotashakkurnoma yo‘lladi.


Do‘stlaringizga ham ulashing: @japanskillcenter
Tabriknoma!

2021-yil 5-dekabrda o'tkazilgan JLPT - Yapon tilini bilish darajasi bo‘yicha o‘tkazilgan testda Yapon tili va test markazi Jizzax filiali o‘quvchilaridan 10 nafari N4 darajasini olishga muvaffaq bo‘ldi.

Filialning yana 6 o‘quvchisi N5 darajasini oldi. Tabriklaymiz!!!

ご合格おめでとうございます👏

Test javoblari chiqishda davom etmoqda!

Muhim eslatma!

JLPT imtihonidan N4 darajasini olgan o‘quvchilar Yaponiyada ishga joylashish uchun Maxsus malakali ishchi tizimi - Tokutei ginou bo‘yicha ketsa, Yapon tili imtihonini topshirmaydi.

Faqat kasb malakasi bo‘yicha Tokutei ginou imtihonini topshiradi, xolos.


Shunday ekan, testlardan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar tanlagan sohalari bo‘yicha kasbiy malaka testlariga tayyorgarlik ko‘rishlarti maqsadga muvofiq bo‘ladi.


Do‘stlaringizga ham ulashing: @japanskillcenter
Assalomu alaykum qadrli o‘quvchi!

Biz Yaponiyaning maxsus malakali ishchi maqomi va tizimi haqida ma’lumotlar berishni davom ettiramiz.

MMI - maxsus malakali ishchga bo‘lgan talablar

Yaponiyada maxsus malakali ishchi maqomiga ega boʻlganlar kamida 18 yosh boʻlishi, sogʻlom boʻlishi hamda tayyorgarlik ko‘rmasdan darhol ish boshlay olish uchun kerakli koʻnikma va yapon tili bilimiga ega boʻlishi talab etiladi.

Kasbiy malaka va yapon tili bilimi Yaponiya tomonidan amalga oshiriladigan test orqali tasdiqlanadi. Umumiy qoida shuki, siz Yaponiyaga oila aʼzolaringiz bilan kela olmaysiz va umumiy hisobda 5 yilgacha ishlashingiz mumkin.

MMI maqomining Yaponiyada ishlashga ruxsat beruvchi boshqa rezidentlik maqomlaridan asosiy farqi shundaki, Yaponiyaga kelgan vaqtingizdan boshlab to uyga qaytguningizgacha, ish beruvchingizdan ish va yashash borasida keng qamrovli yordam olish imkonini beradi.


Do‘stlaringizga ham ulashing: @japanskillcenter
Assalomu alaykum qadrdon o‘quvchi!

Ushbu va keying bir necha postimizda Yaponiyada Maxsus malakali ishchi vizasi bilan qaysi sohalarda ishlash mumkinligi haqida so‘z yuritamiz.

Demak, Yaponiyada MMI sifatida ishlash imkonini beruvchi kasblar qaysilar?

MMI sifatida ishlashingizga imkon beruvchi 14 ta sohaning har birini qiyuda alohida keltiramiz.

Sogʻliqni saqlash, mehnat va ijtimoiy himoya Vazirligi vakolati ostida

Hamshiralik parvarishi

Jismoniy parvarishdan (foydalanuvchining jismoniy va ruhiy holatiga qarab yuvinish, ovqatlanish, hojat qilish va h.k.larga yordam berish) tashqari, u bilan bogʻliq har qanday yordam koʻrsatish xizmatlari (hordiq, funksional mashgʻulotlar va h.k.larda yordam berish)  Eslatma: Uyga tashrif xizmatlari bunga kirmaydi

.

Binolarni tozalash - Ichki binolarni tozalash

Davomi bor…

Do‘stlaringizga ham ulashing: @japanskillcenter
Forwarded from Bandlik vazirligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qarshi shahar “Ishga marhamat” monomarkazi imkoniyati cheklangan fuqarolarga ham teng xizmat ko'rsatmoqda!

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.me/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
Assalomu alaykum, hurmatli o‘quvchilar! Bugungi darslardan fotosuratlarni havola qilamiz.

Darslarimiz qizg'in sur'atda davom etmoqda!

Barcha o‘quvchilarimizni faol bo‘lishga chaqiramiz!
QIZLARDAN SOVG'A OLIB YURADIGAN BOLLARGA YUBORAMIZ📲

ハッピーバレンタインデー💝.

Ba'zi odatlari bizning urf-odatlarimizga teskari bo'lgan Yaponiyada 14-fevral💞 Valentine's Day👫 keng nishonlanib, bunda yapon qizlari anchagina shijoatli bo'ladi va tashabbusni o'z qo'llariga olib yigitlarga sovg'a berishadi🙈
1-uchrashuvda esa restoranda hisobni ham qizlar to'laydi🤤
(ana Yaponiyaga ishga ketish uchun "yigitlarga" imkoniyat😁😁😁!