Jannatim deymann 🌸🕊️
369 subscribers
5.44K photos
3.47K videos
4 files
1.79K links
بسم الله الرحمن الرحيم...🍃
Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan boshlayman🕋
Islomga oshiqlar uchun oshiqlardan maxsus sahifa...🍃
Eslating zero eslatma mōminlarga manfaat yetkazur(Zarriyot surasi 55)
Download Telegram
Ким намозни кечиктиришга одатланган бўлса, ҳаётидаги барча ишларини ортга суришга тайёргарлик кўраверсин: уйланиш, иш, зурриёт, офият... Зотан, Аллоҳ уни барча нарсада ортга суриб қўяди.
Ҳасан Басрий айтдилар:
«Агар сенга намозинг арзимас нарсага айланган бўлса, унда сен учун нима қадрли бўла олади?!
Намозинг қанчалик тўғри бўлса, ҳаётинг ҳам шунчалик тўғри бўлади.
Ахир билмайсанми, намоз «нажот»га яқин туради?! «Ҳаййа ъалас-солааҳ! Ҳаййа ъалал-фалааҳ!» (Намозга келинглар! Нажотга келинглар!)
Қандай қилиб Аллоҳдан У Зотнинг чақириғига жавоб қилмай туриб муваффақият сўрайсан?!
Аллоҳим! Бизларни намозни ўз вақтида адо этадиганлардан қилгин!

💔

Jannatim deymann 🌸🕊️
Abdulloh ibn Abdulmalik aytadilar:

“Dadam bilan birga yurganimizda bizga bir daraxtni koʻrsatib, “Shu daraxtga yetib borgunimizcha Allohni zikr qilinglar”, der edilar.
Biz daraxtga yetib borguncha Allohni zikr qilardik.

Yetib borganimizdan soʻng, uzoqroqdagi daraxtni koʻrsatib,
“Ana endi bu daraxtga yetguncha takbir aytinglar”, derdilar.

Dadam bizga buni doim qildirardilar.

Jannatim deymann 🌸🕊️
#kitobdan

Alloh qiyomat kuni hech bir bandaning uzrini qabul qilmaydi. Sababi, har bir bandaga zimmasidagi amalllarini bajarishi uchun yetarlicha umr berib qo'ygan. Alloh bandalari g'ofillik qilmasliklari uchun ularni o'tkazayotgan vaqtlari borasida hushyorlikka chaqiradi.

Jannatim deymann 🌸🕊️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kimnidir yaxshi koʻrishing kerak
Kimdir seni yaxshi koʻrishiga ehtiyojing boʻlishi kerak...

Videoni yaqin insonlaringizga ham joʻnatib qoʻying...
•𖣔'𝗘𝘀𝗹𝗮𝘁𝗶𝗻𝗴' 𝘇𝗲𝗿𝗼 𝗲𝘀𝗹𝗮𝘁𝗺𝗮 𝗺𝗼'𝗺𝗶𝗻𝗹𝗮𝗿𝗴𝗮 𝗺𝗮𝗻𝗳𝗮𝗮𝘁 𝘆𝗲𝘁𝗸𝗮𝘇𝘂𝗿. (zarriyot surasi, 55 )

Jannatim deymann 🌸🕊️
Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumo aytdilar: “Kim Alloh uchun yaxshi koʻrsa, Alloh uchun yomon koʻrsa, Alloh uchun doʻst tutinsa va Alloh uchun dushman tutinsa, shu bilan Allohning doʻstligiga erishadi. Insonlarning koʻpchiligining birodarchiligi dunyo uchun boʻldi, bu ular uchun hech qanday foyda bermaydi” (Ibn Jarir rivoyatlari).

“Oʻsha kunda taqvodorlardan boshqa doʻstlar bir-birlariga dushmandir” (Zuhruf surasi, 67-oyat)

Jannatim deymann 🌸🕊️
Kim Qurʼon taʼlimini balogʻat yoshiga yetmasidan, kichik yoshida yodlasa, Qurʼon uning eti va qoniga taʼsir qiladi. Chunki jasadi va aqli oʻsayotgan paytda Qurʼon bolaning qalbida, yaʼni u bilan birga boʻladi. Shunday paytda Kurʼon uning qoni va etiga singib ketadi.
Hasan Basriy: “Bizning oldimizga yoshlaringizni olib keling! Chunki ularning qalblari boʻsh, eshitgan narsani yod oladigan boʻladi. Alloh taolo kimga biror narsani mukammal qilib bermoqchi boʻlsa, uni yoshlarga beradi”, degan. Qurʼonni yod olish qorining najot topishi va jannatda darajasi koʻtarilishiga sabab boʻladi. Olim kishi ham yodlash orqali olimlik maqomiga erishadi. Qurʼonni yod olish zakovat, fasohat, bayon va chiroyli xulqlarga ega bo'lishga olib keladi.

Jannatim deymann 🌸🕊️
Juma Ayyomi muborak bolsin...QADRDONIM🤍
Albatta bir Jumangiz InshaAlloh Makkada bo'lsin🕋🌚

Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad.
Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad.
Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad.

Yaqinlaringizni birinchilardan bo'lib  tabriklang! 🤍🌷

     ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
  


Jannatim deymann 🌸🕊️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Alloh hech kimga sabridan ortiq sinov bermaydi...

Videoni yaqin insonlaringizga ham joʻnatib qoʻying...
•𖣔'𝗘𝘀𝗹𝗮𝘁𝗶𝗻𝗴' 𝘇𝗲𝗿𝗼 𝗲𝘀𝗹𝗮𝘁𝗺𝗮 𝗺𝗼'𝗺𝗶𝗻𝗹𝗮𝗿𝗴𝗮 𝗺𝗮𝗻𝗳𝗮𝗮𝘁 𝘆𝗲𝘁𝗸𝗮𝘇𝘂𝗿. (zarriyot surasi, 55 )

Jannatim deymann 🌸🕊️
• Islomda halovat bor...🌷💞

Yoqsa reaksiya qoldiring🫶🏻
Do'stlaringiz bilan ulashing🌸