Jannatim deymann 🌸🕊️
363 subscribers
5.42K photos
3.45K videos
4 files
1.77K links
بسم الله الرحمن الرحيم...🍃
Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan boshlayman🕋
Islomga oshiqlar uchun oshiqlardan maxsus sahifa...🍃
Eslating zero eslatma mōminlarga manfaat yetkazur(Zarriyot surasi 55)
Download Telegram
🌸 Ishq bir hasratdir..
Hojar onamizdek bir goʻdak bilan choʻllarda Allohga omonat yashamoqdir.

🌸 Ishq ishonchdir...
Ibrohim Xalilullohdek eng sevganini eng sevganiga ikrom qilmoqdir.

🌸 Ishq hayodir..
Odam Atodek gunohlardan uyalib qirq yil osmonga qaray olmasdan yigʻlab, avf soʻramoqdir.

🌸 Ishq fidoyilikdir..
Yaʼqub alayhissalom kabi Allohga qilgan birgina xatosi uchun eng suyganining firoqida hijronda yashamoqdir.

🌸 Ishq fidokorlikdir.. Xuddiki bor davlatini din uchun fido qilgan Xadicha onamizdek.

🌸 Ishq rashkdir..
Xuddiki Oisha onamizdek, vafot etgan boʻlsalar ham sevganlarini Xadicha onamizdan qizgʻanib koʻz yosh toʻkkandek.

🌸 Ishq kechirishdir..
Yusuf alayhissalomdek oʻziga minglarcha xiyonatlarga sevgi bilan javob bergandek.

🌸 Ishq yigʻlamoqdir.. Tanimaydigan ummatining gunohlari uchun yigʻlamoq kabi..

🌸 Ishq Alloh uchun moʻminni sevmoqdir...Xuddiki Sevimlisi Hamzaning jigarini sugʻurib olgan Vahshiydan moʻmin boʻlgani uchun nafratlanmagan Habibimiz (s.a.v)dir!

@

Jannatim deymann 🌸🕊️
Sen mening avvalimsan, oxirimsan, bugunimsan, ertamsan, yuzingga boqqanimda shukr deydiganimsan
💗💫

Jannatim deymann 🌸🕊️