Jamstudy
54 subscribers
67 photos
17 videos
16 files
37 links
TOPIK yangiliklari,
Shaxsiy tajriba
So'z bilmasdan turib TOPIKni ishlash sirlari
Savollar jamlanmasi
Har xil Koreys tiliga oid kitoblar
Boshqa kanallarda ko'rolmaydigan post va yangiliklaringizni shu kanaldan topa olasiz!
TOPIK 6-DARAJA(274ball)
Download Telegram
Hozir ko'pchilikda telefon raqami yo'qolganligi uchun yangi raqamni qo'shmoqchi bo'lsada qo'sholmayotgan holat yuzaga kelyapti. Kimdir yangitdan kabinet ochishga harakat qilyapti. AMMO siz yangi kabinet ocholmaysiz. Chunki sizning passport raqamingiz saytning bazasida bor, qayta registratsiya qilayotganingizda passport seriyangizni qabul qilmaydi. SHUNDA O'ZBOSHIMCHALIK QILIB, PASSPORT SERIYASIDAGI HARFLARNI O'ZGARTIRISHGA, SONLAR YOKI HARFLARNING ORASIGA JOY TASHLAB YOZISHGA, O'ZIZDAN QO'SHIMCHA SON YOKI HARF QO'YISHGA URINMANG. Bir muammo borki, o'sha sayt qabul qilmayapti. Bu muammoning yechimini tez orada ma'lum qilamiz. Ungacha @jamstudy dan uzoqlashmang!!!
Assalomu aleykum! Muammoning yechimi topildi. Kimda-kim telefon raqamini(sim kartasini) yo'qotgan bo'lsa yoki almashtirgan bo'lsa, yuqoridagi arizani qo'lda yozib to'ldirib, @jong_seho ga jo'natasiz. Shuningdek passportingizni ushlab (selfi qilib) rasmga tushib jo'natasiz. Siz o'zingiz ekanligingizga ishonch hosil qilganlaridan keyin, telefon raqamingizni almashtirib berishadi!!!
Bugun kechasi soat 23.59 dan so'ng kabinetni o'zgartirish yoki yangi ochish to'xtatiladi deb aytib o'tilgan saytdagi e'londa
※Yopilgandan so'ng attang qilib yurmang!
Registratsiya qila oldingizmi?
Anonymous Poll
37%
Ha😊
63%
Yo'q😔

Assalomu aleykum! TOPIKdan registratsiya qildingizmi😊!? Endi yaxshi o'qib yuqori darajani olmoqchimisiz? Unda @jamstudy kurslariga sizni taklif etamiz!!! 쓰기, 읽기, 듣기-barchasi maksimal darajada mukammal o'tiladi. Shoshiling, vaqtingiz kam qolyapti!!!
KURSGA QATNASHMOQCHI BO'LSANGIZ @DURBOYEV GA MUROJAAT QILING!!!

"®", <>, "©"!!! Ko'p joylarda uchratadigan mana bu belgilar nimani anglatarkan-a!?
Xo'sh biz mana shu yuqoridagiga o'xshash belgilarni juda ko'p joyda ko'ramiz. Misol uchun "®" mana bu belgi Coca-Cola yozuvining pastki o'ng tomonida bor. Bundan tashqari yana ko'plab joylarda ko'rishimiz mumkin. Bu belgi "mana shu nom litsenziyalangan, mana shu nomdan foydalanish huquqi mavjud" degan ma'noni anglatadi. Asosan bu belgi tovarning "original" ekanligini isbotlaydi.
<> Bu belgi esa "R" belgisining teskarisi. Ya'ni litsenziyalanmagan nom. Misol uchun bunga mening kursimning nomini(Jamstudy ) kiritsak bo'ladi😁! Negaki bu nom ro'yxatdan o'tqazilmagan va xalqaro litsenziyaga ham ega emas!
"©" Mana bu belgi "copyright", ya'ni qayerdandir ko'chirib olinganligini bildiradi. Misol uchun men qaysidir boshqa kanaldan ma'lumotlarni olib o'z kanalimga joylasam mana shu belgini (©) qo'yib va muallifni ham belgilab qo'yishim kerak. Agar shunday qilmasam men "mualliflik huquqini" buzgan hisoblanaman va buning uchun qonun oldida javob berishimga to'g'ri keladi. Boshqa ba'zi bir davlatlardan farqli o'laroq bizda hali bunchalik "asos-qasos" emas. Lekin nima bo'lganda ham kimdir kuyunib, qiynalib yozgan yoki yaratgan narsani shunchaki "o'g'irlash" yaxshi ish emas! Shu sababdan har doim muallifning mehnatini hurmat qilgan holda uni belgilab qo'yish kerak😊!!!
Salom Koreya, xayr O'zbekiston!!!
Jamstudy
Salom Koreya, xayr O'zbekiston!!!
Va nihoyat uchamiz😁!!!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mana televizorga ham chiqdik😁!
👍42
Mana viza ham chiqdi. Endi faqat jo'nab ketish qoldi.
1
2
Universitetimdagi "kabelniy" internetning tezligi!!!

Assalomu aleykum! TOPIK ham yaqinlashmoqda. Sizlarda esa savollar ko'p! TOPIK dan qanday qilib yuqori daraja olish, 쓰기ni zo'r yozish, 읽기ni ishlayotgan vaqtda vaqtni qanday taqsimlash, 듣기ni eshitayotganda to'satdan xayol buzilib qolib bir nechta savollarni o'tqazib yuborganda nima qilish, qanday so'z yodlash, Koreyaga grant yutish va shunga o'xshash ma'lumotlarni bilmoqchi bo'lsangiz yakshanba kuni soat 11:00da bo'lib o'tadigan mutlaqo bepul webinarimizga sizni taklif etamiz. Webinarda shuningdek siz o'zingizni qiziqtirgan barcha savollarga javob olasiz, webinar davomida bemalol savollaringizni berishingiz mumkin. Webinar 1 soat davom etadi. Webinar zoom platformasida o'tqaziladi. Yakshanba kuni zoom linki shu kanalga joylanadi. Barchaga ayting. Juda foydali suhbat bo'ladi. @jamstudy
‼️‼️‼️‼️‼️‼️‼️‼️‼️‼️‼️‼️‼️
Assalomu aleykum! Va nihoyat bugun TOPIK imtihoni bo'lib o'tadi. Barchaga omad tilab qolaman. Xudo xohlasa barchangiz kutganingizdan ham a'lo natijalarni qo'lga kiritasizlar. Muhimi o'zingizga ishonsangiz bas.
Imtihon payti foydasi tegadigan maslahatlar(tip):
1) 듣기ni eshitayotgan paytda javoblarni oldindan o'qib qo'ying(10 soniya vaqt javobni belgilash uchun emas, keyingi savollarning variantlarini o'qib qo'yish uchun berilgan).
2) 쓰기ni 51-savoldan boshlang. Birin-ketinlik bilan yozsangiz barchasiga ulgurasiz.
3) O'zingiz bilan suv(shokolad), shirinlik olib kiring.(bemalol iste'mol qilish mumkin)
4) Imtihonga kirishdan oldin ovqatlanib oling.
5) Boshi og'riydiganlar, o'zingiz bilan bosh og'riq dori olib kiring.
6) Imtihon payti har tomonga qaramang(bu sizning fikringizni chalg'itadi).
7) Imtihon payti har zamontda soatga qaramang. Nazoratchilar "10minut qoldi, 5minut qoldi" deb o'zlari aytib turishadi.
8) O'zingiz bilan shtrix(zamazka, lentaligidan) olib kiring.
9) 듣기 tugashi bilanoq 쓰기ni boshlang.
10) 읽기ni ishlayotganingizda biror matnni tushunmasangiz, tashlab keting. Sizni osonroq matnlar kutayotgan bo'lishi mumkin!!!
Barchaga omad!
75-TOPIK!!! Bugun bo`lib o`tgan TOPIKning 51-52-savollarining javobi. Hammasi 100% to'g'ri, shaxsan o'zim yozdim!!! Ko'ringlar, va hammaga tarqatinglar!!! https://youtu.be/ZjKoNzjGa0M
Yana bir o'quvchimizga 5-daraja chiqdi. Mirshod shi tabriklayman. 🥳🥳🥳
TOPIK natijasini tekshirib beraman, xizmat BEPUL. @durboyev ga imtihon raqami va tug'ilgan yil oy sanani jo'nating
Yana bir O'quvchimiz 5-darajani oldi. Tabriklayman 🤩🥳