Jamstudy
54 subscribers
67 photos
17 videos
16 files
37 links
TOPIK yangiliklari,
Shaxsiy tajriba
So'z bilmasdan turib TOPIKni ishlash sirlari
Savollar jamlanmasi
Har xil Koreys tiliga oid kitoblar
Boshqa kanallarda ko'rolmaydigan post va yangiliklaringizni shu kanaldan topa olasiz!
TOPIK 6-DARAJA(274ball)
Download Telegram
Assalomu aleykum!So'ngi paytlarda "100 ta odam qo'shsangiz palon pul beraman,200ta odam qo'shsangiz palon pul paynet qilamiz" degan gruppalar ko'payib ketdi!Telegramga kirishingiz bilan kamida bitta shunaqa guruhga kimdir sizni qo'shgan bo'ladi.O'zi bu narsa yolg'on ekanligini avvaldan bilardim,axir kim sizga 100 ta odam qo'shgangiz uchungina 1200000so'm to'laydi!?(ha-ha,o'n ikki million)!Shulardan bezor bo'lganligim uchun bir o'zim ham sinab ko'rish maqsadida shu ishga qo'l urdim,va 109 kishini "Ipoteka balo-battar" degan gruppaga qo'shdim!Keyin murojaat qilish uchun botga yozdim(Botga yozing deb yozib qo'yilgan)!Keyin menga javob xabari keldi!"Agar 40000so'm pul o'tqazsangiz,sizga 900000so'm beramiz"deb!Boshlaganga yarasha 40000so'm pul o'tkazdim(ko'rsatilgan karta raqamiga).Shundan so'ng,bir necha daqiqadan so'ng o'tkazganligimni va endi menga aytilgan mablag'ni plastigimga tushirishini so'radim!Bot meni "umrbodga" bloklabdi!"You have been banned forever (siz umrbodga bloklandingiz) deb sms keldi!
Xullas,bular hammasi yolg'on!Ishonmanglar!!!!Hammaga tarqatinglar,zora qolganlar ham chuv tushmasin!!!!! @jamstudy
‼️‼️‼️‼️‼️‼️‼️‼️‼️‼️‼️‼️‼️‼️
Assalomu aleykum!Bugun barchaning imtihon varaqalari keldi!Olib ketishingiz mumkin!!!
Shu o'rinda yana bir gapni ta'kidlab o'tishim kerak!!!!ILTIMOS,AHLI ILM SABRLI BO'LINGLAR,PULINGIZNI YEB KETMAYMIZ!AYTGAN ISHIMIZNI QILMAY HAM QO'YMAYMIZ!AGAR 120000 SO'M PULINGIZNI SHUNCHALIK ISHONMASANGIZ O'ZINGIZ BORIB TOPSHIRING!HAR KUN,"IMTIHON VARAG'IM QACHON KELADI" DEB SO'RAYVERMASDAN!!!!!
‼️‼️‼️‼️‼️‼️‼️‼️‼️‼️‼️‼️
Assalomu aleykum!Bugun va nihoyat,TOPIK materiallari bilan keldim😁.2019-yilda o'tqazilgan 64-TOPIK imtihonining savol va javoblari chiqdi.BAXTGA QARSHI BU OXIRGI SAVOLLAR,ENDI BUNDAN KEYIN UMUMAN BUNDAY SAVOLLAR SIQMASLIGINI TOPIK TASHKILOTCHILARI BILDIRDI.Barchangizga imtihon oldi tayyorgarliklaringiz uchun juda asqotadi degan umiddaman.Hammaga tarqatinglar,hali internet olamida birinchi bo'lib o'zim kanalga joylayotganim uchun hech kimda yo'q! @jamstudy da qoling va TEZ ORADA MANA SHU IMTIHONLARNI QANDAY ISHLASH KERAKLIGI VA YANGI SO'Z CHIQQANDA NIMA QILISH KERAKLIGI, SHUNINGDEK SO'Z BILMASDAN TURIB HAM 가나다라 BO'LIMINI ISHLASHNI O'RGATAMAN!!!!!!!!!!!
✈️ Rasmiy ma’lumot. O’zbekiston hukumati
1-mart kunidan boshlab Korean Air va Asiana reyslarini qabul qilmaydi.

👉5-mart kuniga qadar O’zbekistonga qaytmoqchi bo’lganlarni olib kelish uchun faqat Havo Yo’llari uchadi (charter ham ichida)
Shu davr ichida kelgan passajirlar ham 14 kun karantinga olinadi. @jamstudy
Assalomu aleykum!Aziz,TOPIK topshirmoqchi bo'lgan hamyurtlar!Koreyada o'tqaziladigan TOPIK sanalari keyinga qoldirilganligi haqida e'lon beramiz!!!12-aprelda o'tqazilishi rejalashtirilayotgan 69-TOPIK imtihoni 24-mayga ko'chirildi.24-mayda o'tkaqazilishi kutilayotgan 70-TOPIK imtihoni esa,12-iyulga qoldirildi."Bularning barchasi KORONA VIRUSDAN himoyalanish,fuqarolar xavfsizligini ta'minlash uchun" deb xabar beradi topik.go.kr sayti.Hali O'zbekistonda TOPIK sanasining ko'chirilishi yoki bekor qilinishi haqida hech qanday xabar berilmagan bo'lsada, O'zbekistonda ham TOPIK o'tqazilish sanasi keyinga qoldirilish ehtimoli yo'q emas!Barchaga omad tilayman.Tanganing ikki tomoni bo'lganidek,bunday o'zgarishlar bizga qaysidir ma'noda "as qotishi" mumkin,o'qib olishga vaqtimiz ko'proq bo'ladi.HAMMAGA TARQATINGLAR!!! @jamstudy da qoling hali oldinda bundan-da muhim xabarlar e'lon qilinadi....
O'ZBEKISTONDA TOPIK VAQTI O'ZGARTIRILDI!!!!!
‼️‼️‼️‼️‼️‼️‼️‼️‼️‼️‼️
Assalomu aleykum!Yaqinda Korona virus sababli, Koreyada va ba'zi davlatlarda 69-70-TOPIK IMTIHONlarining sanasi o'zgartirilganligi haqida xabar bergan edik.Lekin hali O'zbekistonda TOPIKning "taqdiri" qanday kechishi noma'lum ekanligi,rasmiy ma'lumot berilmaganligini ta'kidlagan edik.Bugun TOSHKENTDAGI KOREYS TILI MARKAZI(TOPIK IMTIHONINI O'TQAZADIGAN TASHKILOT) bilan aloqaga chiqib,barchasiga oydinlik kiritib olishga muvaffaq bo'ldim.Kutilganidek, O'zbekistonda ham TOPIK IMTIHONINING VAQTI O'ZGARTIRILDI(yuqoridagi xabarda sanalari aytilgan)!Va yana bir xushxabar,O'ZBEKISTONDA 71-IMTIHON AVGUST OYIDA O'TQAZILADIGAN BO'LIBDI(69-TOPIK(24-MAY),70-TOPIK(12-IYUL), 71-TOPIK(AVGUST))!
Endi vaqt kamligi uchun daraja ololmaslikdan xavotirlanib turgan o'quvchilar,xavotirlanmasdan, astoydil tayyorlanib, bemalol o'zi maqsad qilgan darajani olish imkoniga ega bo'ladi.HAMMAGA TARQATINGLAR, VA @JAMSTUDY DA QOLING!OLDINDA HALI BUNDAN-DA MUHIM XABARLAR E'LON QILINADI.