Turk armiyasining buyuk g‘alabasi va undan so‘ng Izmirning dushman bosqinidan ozod etilishi Turkiston va Buxoroda ko‘tarinkilik bilan kutib olindi. 6 oktabr kuni Toshkentning Eskishahar mahallasidagi juma maydoniga to‘plangan olomon bu g‘alabani shiorlar bilan nishonladi. “Turkiston” gazetasi Toshkentda o‘tkazilgan miting haqida “Turk armiyasining so‘nggi g‘alabasi tufayli katta namoyish” sarlavhasi bilan ikki maqola chop etdi. Ushbu maqolada aytilishicha, mitingda Qizil Armiya askarlari, talabalar, fuqarolik jamiyati guruhlari, ishchilar va jamoatchilikning boshqa qatlamlari ishtirok etgan. Qolaversa, o‘sha kuni Toshkentdagi barcha masjidlarda Turkiya g‘alabasi uchun nutqlar aytilib, duolar qilindi. Mitingda qatnashganlar orasidan Partiya rahbari Abdulhay, Turkkomissiya a'zosi Rudzutak va Shariat mahkamasi raisi Zahiriddin A'lam nutq so'zladi. Abdulhay o’z nutqida “Turk qo’shini 8 kun ichida yunonlarni dengizga supurib tashladi. Mustafo Kamolning maqsadi Marmara dengizigacha edi. Endi u maqsadiga yaqinlashib, Istanbul eshigiga yetib keldi. Turk armiyasini qat’iy g’alabasi bilan tabriklayman. Yashasin qahramon turk armiyasi!” dedi. Xalq bu so'zlarga olqishlar bilan javob qaytardi, so'ngra Turk madhiyasi kuylandi.
Toshkent mitingidan so‘ng 12 oktyabr kuni Buxoroda miting bo‘lib o‘tdi. Bu mitingda Buxoro Respublikasi Bosh vaziri Fayzulla Xo‘jayev, Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Aminov, Xalq ta’limi vaziri Qori Yo‘ldosh Po‘latov, Rossiyaning Buxorodagi vakili Fonshteyn ishtirok etib, nutq so‘zladi. Bu katta ommaviy yig‘ilishdan so‘ng Fayzulla Xo’jayev hukumati Mustafo Kamol poshoga telegramma jo‘natib, uni buyuk g‘alabasi bilan tabriklab, bu g‘alabani buxoroliklar ham ko‘tarinkilik bilan nishonlagani aytiladi.
Bu xabarni eshitgan Mustafo Kamol posho Turkiston xalqiga minnatdorchilik bildirib, barcha Sharq xalqlarining o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga ega ekanligini ta’kidladi.
Manba: Mehmet Saray, Atatürk ve Türk Dünyası.

❤24👍24🫡2😡2🤔1
Aziz do’stlar,
Barchangizni yangilanish va yosharish ayyomi Navro'zi olam bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz. Navro'z inson hayotida o'ziga xos ramziy ma'noga ega bo'lgan hodisa hisoblanadi. Uzoq payt davom etgan tushkunlik qish yalang'ochligidan keyin boshqacha shukuh bilan tabiat yangidan hayot boshlaydi. Hayotingizda ham Navro'zdagi kabi yangilanish ko'pdan-ko'p bo'lib, doimo yosh, navqiron va ajoyib tassurotlar bilan mazmunli bo'lishligini tilab qolaman. Oila ardog'i, yaqinlar suyanchi va kasbiy yetuklik doimo hamrohingiz bo'lsin.
Hurmat ila
@jadidlar

❤24👍12🐳4😡3🌚2
Oxirgi Usmonli malikalari g'arbiy turmush tarzi va kiyinish qoidalari bilan e'tiborni tortadi. Sulolaning bu tendentsiyasi shunchalik ravshanki, Yevropa sulolalari malikalari bilan solishtirganda unchalik katta farq yo'q. Suratda Fatma Neslishah Sulton
👍17🫡3❤1
“Jadid” gazetasi o’z nomini “Qoloq” nomiga o’zgartirsa ham bo’laverar ekan.
P.S. Mullakratiya uchun kurashasan, qariyb bir asrdan so’ng turli “mulla”lar sen ilgari surgan g’oya ostida o’zining zaharli fikrlarini ommaga sochadi. Jadidlar uchun bundan ayanchli paradoks bo’lmasa kerak ).

🤯46😁20👍18😡18❤8😢5🌚4
“Muvaffaqiyatsizlikdan keyin”
V.Vereshaginning Turkistonda bo'lgan davrida yaratilgan "Muvaffaqiyatdan keyin" va "Muvaffaqiyatsizlikdan keyin" rasmlari rassomning urush mavzusiga bag'ishlangan birinchi asarlari edi. Ular 1869 yilda Sankt-Peterburgda Turkiston turkumiga mansub rasmlar ko‘rgazmasida namoyish etilgan. Ushbu kartinalar Turkistondagi urush (1867–1869) taassurotlari ostida yaratilgan. Harbiylarning kundalik hayotiga xos bo‘lgan manzaralar, rus askarining sigaret trubasini yoqib, mag‘lub bo‘lgan dushmanlariga bosiqlik bilan qarashi – talqinining haqqoniyligi, o'lim odatiy hodisaga aylanganligini,
urush dahshatlarini ko’rsatib beradi.
"Muvaffaqiyatsizlikdan keyin" rasmi sodda va ifodali. Qal’a devorida, oldingi planda, yaqinda bo‘lgan jangda buxoroliklar halok bo‘lganini ko’rish mumkin. Ularning yonida rus askarlari xotirjam turishib, o'z ishlari haqida gaplashmoqdalar. Ushbu kartinada rassom odamlarning o'limga mutlaqo befarqligi, urush natijasida paydo bo'lgan inson qalbining shafqatsizligini qoralashga harakat qilgan.

😢32👍26❤7😡4🔥3😐3
Vasiliy Verishaginning “G’alaba namoyishi” nomli kartinasi. Oriental realizm uslubida. Majmua Buxoro amiri arkini eslatib turibdi. O’ldirilgan rus askarlarini boshlarini sanab turgandek. Biznikilar hatto jangni ham o’ta primitive, qoloq olib borganligini tasvirlaganmi, bilmadim, ammo bu kartinalar to’plamiga qarash og’ir.
@jadidlar
@jadidlar
👍31😢11🤔7❤5
Toshkent Food Mall savdo markazida Jadidlarga atalga galogramma ochilishi bo’lib o’tdi. Bu yerda Turkistonda faoliyat yuritgan jadidlar, faoliyati, hayotidagi muhim nuqtalar, arxiv ma’lumotlar va suratlar bilan tanishishingiz mumkin. Katta mehnat yotilgani bilinib turibdi, professional yondashilgan.
Albatta tashrif buyuringlar, vaqtingizga achinmaysiz.
Ertadan kirish pulli bo’lar ekan.
@jadidlar
Albatta tashrif buyuringlar, vaqtingizga achinmaysiz.
@jadidlar
❤26👍16👏8🤩8🤯3🤔2🫡1