𝐢𝐲𝐦𝐨𝐧𝐥𝐢_𝐢𝐛𝐫𝐚𝐭𝐥𝐢
534 subscribers
113 photos
73 videos
Download Telegram
🌙 Abadiy Sokinlik va Haqiqiy Panoh
Insonlar gapiradi… so‘ngra sukunat qa’riga singib ketadi. 🍃
Ularning so‘zlari shamol kabi — bir keladi-yu, izsiz yo‘qoladi.
Shunday bir kun keladiki…
barcha shovqinlar tinadi, barcha ovozlar asta-sekin so‘nadi.
Inson esa faqat o‘z qalbi bilan yolg‘iz qoladi.
🤍 O‘sha lahzada na odamlar, na dunyoning jozibasi qoladi…
siz bilan faqat Alloh va qilgan amallaringiz qoladi.
🌿 Shuning uchun qalbingizni insonlarning maqtovi yoki tanqidi uchun emas,
balki Robbingiz uchun asrang. Uni pok, sokin va nurli qiling.
💭 Yodda tuting:
Insonlar — vaqtinchalik mehmonlar.
Alloh esa — abadiy Panoh, eng ishonchli Suyanchdir. 🤍
4🔥2🕊1
“Har doim o‘z fikring, o‘z dunyoqarashing bo‘lsin. Hech qachon biror narsani “boshqalar qilgani uchun men ham qilishim kerak” deb qilma.
Hamma ko‘rgani uchun kino ko‘rma, hamma o‘qigani uchun kitob o‘qima, hamma eshitgani uchun musiqa tinglama…
Bularni faqat o‘zing sevganing va chin dildan xohlaganing uchun qil.
Hayot birovning ortidan ergashib yashash uchun juda qisqa.
Qiziqishlaringni ham birovlarning fikri uchun o‘zgartirma… 🌿
❤‍🔥51🕊1
— 𝐎𝐧𝐚𝐣𝐨𝐧, 𝐠𝐚𝐩𝐢𝐦𝐧𝐢 𝐭𝐮𝐬𝐡𝐮𝐧𝐦𝐚𝐲𝐚𝐩𝐬𝐢𝐳... 💔
— 𝐅𝐚𝐫𝐳𝐚𝐧𝐝 𝐡𝐢𝐭𝐨𝐛 𝐪𝐢𝐥𝐝𝐢 𝐨𝐧𝐚𝐠𝐚 𝐛𝐢𝐫 𝐝𝐚𝐦.
— 𝐎𝐧𝐚𝐢𝐳𝐨𝐫 𝐚𝐲𝐭𝐝𝐢: 𝐓𝐮𝐬𝐡𝐮𝐧𝐠𝐚𝐧𝐦𝐚𝐧𝐤𝐮,
𝐡𝐚𝐭𝐭𝐨 𝐠𝐚𝐩𝐢𝐫𝐦𝐚𝐠𝐚𝐧 🤍
— 𝐩𝐚𝐲𝐭𝐥𝐚𝐫𝐢𝐧𝐠𝐝𝐚 𝐡𝐚𝐦...
😢7🔥21🕊1
🌹 Gul kabi nozik bo‘l, ammo tikan kabi shafqatsiz bo‘lma.
🗣 So‘z aytsang — yo qalbni yashat 🤍, yo uni o‘ldir…
💔 Lekin hech qachon yarador qilma. 🥀
7❤‍🔥1
🤍 Qalbda qadri bor inson uchun vaqt topiladi.
🕊 Zero, chin e’tibor — muhabbat va iymon belgilaridandir.
8❤‍🔥1
Ey tunlarni sajda ifori bilan yorituvchi Parvardigorim 🤍
Qalbimiz ichida hech kim eshitmaydigan faryodlar bor… Sen esa bandang hatto o‘zidan yashirgan siniq holini ham mukammal biluvchisan, ey Robbim.
Sen so‘z aytilmasidan avval qalbda tug‘iladigan duoni ham bilasan. Sen ko‘z yosh to‘kilmasdan turib, yonayotgan yurakni ko‘ruvchisan.
Taqdirimizga yozilgan har bir tongni
O‘z rahmating ila bizga muborak qil.
Qaysi yo‘lda najot bo‘lsa — bizni o‘sha yo‘lga boshlagin. Qaysi yo‘lda adashish bo‘lsa — bizni o‘sha yo‘ldan asragin 🤍
7😇2❤‍🔥1💯1🍓1
Juma muborak bo‘lsin 🤍
7❤‍🔥1
Alloh biz uchun nimani tanlasa, albatta unda bir hikmat va go‘zallik bor.
Garchi u bizning istaklarimizga zid bo‘lsa ham…
Chunki Uning tanlovi — bizning foydamiz uchundir. 🤍
8❤‍🔥1
— Seningcha, baxt nimada?..
— Baxt — shukrda 🤍
— Qanday qilib?..
— Hayotingdagi har bir ne’matni qalbing bilan his qilib, Allohga shukr ayt…
Shunda oddiy tuyulgan narsalar ham seni baxtli qila boshlaydi.
Bir kun kelib esa, qalbing quvonchdan jim yig‘laydi…
🍓65❤‍🔥1