𝐒𝐲𝐦𝐨𝐧π₯𝐒_π’π›π«πšπ­π₯𝐒
521 subscribers
118 photos
74 videos
Download Telegram
Yolgβ€˜izlik β€” bu jazΠΎ emas…
Ba’zan u Allohning bandaga boβ€˜lgan eng nozik e’tiboridir.
U seni odamlardan uzoqlashtirib, Oβ€˜ziga yaqinlashtiradi.
Shunday ekan, qalbingni vaqtinchalik insonlarga emas,
abadiy Zot β€” Allohga bogβ€˜la…
Chunki haqiqiy taskin ham,
chin osoyishtalik ham β€” faqat Undadir.🀍
πŸ’―6πŸ₯°4❀3❀‍πŸ”₯1
Nasiba β€” Allohning izni bilan keladigan sokin bir ne’mat... 🀍
U sinovni sabru matonatga, ogβ€˜riqni ilohiy hikmatga, koβ€˜z yoshlarni esa nurli tabassumga aylantiradi.
Eng goβ€˜zali shundaki β€” u seni Allohga yanada yaqinlashtirib, qalbingga orom, iymoningga quvvat bagβ€˜ishlaydi. Chunki haqiqiy nasiba β€” faqatgina hayotingni emas, balki butun borligβ€˜ingni va ruhingni yorituvchi hidoyat nuridir… ✨🀍
❀3πŸ“2πŸ‘1
β€” Bir yilda boβ€˜lmagan narsa bir onda boβ€˜lishi mumkin… 🀍
Chunki Allohning β€œboβ€˜l” degani kifoya. Faqat ishon. ✨
πŸ₯°5❀4πŸ”₯1πŸ’―1πŸ“1
Hayot β€” Alloh taolo bizga ato etgan ulugβ€˜ ne’matdir… 🀍
Uni kim bilandir baham koβ€˜rish inson qalbiga berilgan yana bir hikmat va sinovdir.
Hislaringni ayta oladigan, xayollaringni tushunadigan, hatto sukutingni ham anglay oladigan inson boβ€˜lishi β€” katta baxtdir.
Chunki inson qalbida doimo bir tuygβ€˜u yashaydi:
β€œShuni unga aytib bermoqchiman…” 🀍
Ammo ba’zan shunday holatlar ham boβ€˜ladiki β€” aytadigan, tushunadigan hech kim topilmaydi…
Shunda dunyo goβ€˜yo jim, ogβ€˜ir va ma’nosizdek tuyuladi.
Shuning uchun yoningda seni tushunadigan, yaxshilikka yetaklaydigan inson boβ€˜lsa β€” uni qadrlagin… 🀍
Agar bunday insonni topa olmasang, qalbingni boβ€˜sh qoβ€˜yma… Allohga yuzlan.
Chunki Alloh taolo bandasini hech qachon yolgβ€˜iz tashlab qoβ€˜ymaydi… ✨
❀8
Qalblarni yaqinlashtiradigan narsa na soβ€˜zlar, na hislar…
balki vafo va taqvodir. 🀍
Chunki nafs bilan bogβ€˜langan rishta bir kun uziladi,
taqvo bilan bogβ€˜langan rishta esa abadiy qoladi… ✨
❀9