𝐒𝐲𝐦𝐨𝐧π₯𝐒_π’π›π«πšπ­π₯𝐒
521 subscribers
119 photos
75 videos
Download Telegram
πŸ•Œ Kirib kelayotgan muborak Hayit va Juma ayyomi muborak boβ€˜lsin!
Bugun – rahmat, magβ€˜firat va najot eshiklari ochilgan ulugβ€˜ kun…
Alloh barcha duolaringizni ijobat qilsin,
qalblaringizga sokinlik, hayotingizga baraka ato etsin.
Unutmang: ba’zan birgina samimiy duo butun taqdiringizni oβ€˜zgartirishi mumkin… ✨
❀6πŸ‘1πŸ₯°1πŸ€—1
✨ Duolaringiz hech qachon bekor ketmaydi…
Har bir samimiy tilak, har bir yurakdan chiqqan soβ€˜z Allohning huzuriga yetadi.
Balki aynan bugun qilgan duoyingiz β€” sizni yangi hayotga boshlovchi nur boβ€˜lar… 🀍
πŸ•ŠοΈ Ishoning, har bir duo qalbingizga yorugβ€˜lik soladi, ruhingizni yoritadi.
❀3πŸ‘1πŸ”₯1πŸ₯°1
✨ Navroβ€˜z ayyomi muborak boβ€˜lsin! ✨
Alloh taolo qalblarimizga sokinlik, xonadonlarimizga fayz-u baraka, rizqimizga halollik va qadamlarimizga hidoyat ato etsin. Har kunimizni xayrli duo bilan boshlab, ezgulik va shukronalik bilan yakunlash nasib qilsin. 🀍
πŸ˜‡6❀3πŸ€—2πŸ‘1πŸ•Š1πŸ“1
πŸŒ™ Ba’zi tushlar β€” shunchaki tush emas…
Ular qalbimiz tubidagi eng pok orzular aksidir.
🀍 Agar orzularingiz halol boβ€˜lsa,
Alloh ularni bir kun haqiqatga aylantiradi…
✨ Shoshilmang… har narsa oβ€˜z vaqtida eng goβ€˜zal tarzda boβ€˜ladi.
❀5πŸ‘1
✨ Qalbingni asra…
🀍 Namozda β€” qalbingni ehtiyot qil
🀍 Odamlar orasida β€” tilingni ehtiyot qil
🀍 Birovning uyida β€” koβ€˜zingni ehtiyot qil
🀍 Ovqatda β€” oshqozoningni ehtiyot qil
πŸ•Š Ikki narsani unut:
▫️ Senga qilingan yomonliklarni
▫️ Sen qilgan yaxshiliklarni
πŸŒ™ Ikki narsani esa hech unutma:
▫️ Allohni
▫️ Oxiratni
🀍 Qalb pok boβ€˜lsa β€” hayot ham goβ€˜zal…
❀5πŸ₯°3πŸ‘1
Ogβ€˜riq jim turadi,
duo sukutda qoladi,
koβ€˜z yosh esa hammasini soβ€˜zlaydi…
Faqat Alloh qalbimizni tushunadi,
va har bir jimlikni eshitadi. 🀍
❀3πŸ‘1
Qoβ€˜rqma… 🀍
Soβ€˜ra β€” Alloh beradi.
Yigβ€˜la β€” Alloh eshitadi.

Ishon…
Alloh doim sen bilan.

Tavba qil…
Alloh kechiradi.

Va oxirida…
hammasini Allohga topshir.
Chunki U β€” hammasini eng chiroyli tarzda toβ€˜gβ€˜rilaydi… ✨
❀14❀‍πŸ”₯3πŸ”₯3πŸ“1
– Xotirjamman…
– Nega..?
– Chunki men adashdim β€” Alloh meni toβ€˜gβ€˜ri yoβ€˜lga boshladi.
Men xato qildim β€” Alloh meni kechirdi.
Men unutdim β€” Alloh meni unutmasdan, eng goβ€˜zal ne’matlarni ato etdi.
– Endi aytingchi…
Shunday mehribon Zotning bandasi boβ€˜lib turib, nega mahzun boβ€˜lay?
Doimo eng yaxshisini berayotgan Allohga suyanib turib, nega xotirjam boβ€˜lmay?
❀10πŸ₯°3πŸ‘2πŸ˜‡1
Eng sirli kishi kim?
Oshiq boβ€˜lgan kishi…
πŸ’Œ Sogβ€˜inadi, lekin bildirmaydi,
πŸ’Œ Rashk qiladi, lekin sukut saqlaydi,
πŸ’Œ Duo qiladi, lekin soβ€˜zlamaydi,
πŸ’Œ Koβ€˜zi koβ€˜zga tushmaydi, uchratmaydi.
Yoβ€˜llari toβ€˜qnashmaydi – hislari ba’zan dengiz dovulidek shovqin,
ba’zan kuzning tongidek sokin. πŸŒ…
❀5πŸ₯°4πŸ”₯1πŸ’”1
✨ Unutma… ✨
Alloh har lahzangni kuzatmoqda,
Farishtalar esa har bir ishlaringni yozib bormoqda.
⏳ Umr esa tinimsiz oβ€˜tib ketmoqda.
πŸ’« Bugun ayni vaqt β€” sen kutayotgan lahza.
Har qanday oβ€˜zgarish uchun birinchi qadamni qoβ€˜yishing kerak.
Chunki ikkinchi qadamga yetish uchun birinchi qadam boβ€˜lmasa, hech narsa boshlanmaydi… πŸ’«
❀4πŸ’―4