Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.23K subscribers
11.8K photos
900 videos
431 files
3.76K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.me/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
#Muvaffaqiyat
#Sertifikat
#Kosonsoy_TIM

KOSONSOY TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

💥 Biz sizlar bilan navbatdagi iqtidorli o‘quvchilarimizning porloq natijasi bilan tanishtiramiz.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 4 nafar  o'quvchilari chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikat uchun imtihonda qatnashib, barchasi B2 darajasidagi sertifikatni qo'lga kiritdi.

🇺🇿 Natija muborak,  o'quvchilar!

Ustozlariga va ota-onasiga rahmat!

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

https://t.me/ixtisoslashganmaktab
AKT vaziri Sherzod Shermatov xorijiy til biladigan insonlarni ishga chaqirmoqda

U o‘zining Telegram kanalida 🇩🇪nemis, 🇰🇷koreys, 🇯🇵yapon, 🇹🇷turk, 🇸🇦arab tillaridan birida ravon so’zlasha oladigan kadrlarga yuqori maoshli ishga taklif qilishi haqida ma’lum qildi. Bunda nomzodlar chet el kapitali ishtirokidagi IT Park rezidenti bo'lgan kompaniyalarda ishlashi mumkin.

Tillar kesimida bo‘sh ish o‘rinlari soni quyidagicha;

🔹nemis tili — 800+ bo‘sh ish o‘rni;
🔹koreys tili — 300+ bo‘sh ish o‘rni;
🔹yapon tili — 300+ bo‘sh ish o‘rni;
🔹turk tili — 200+ bo‘sh ish o‘rni;
🔹arab tili — 200+ bo‘sh ish o‘rni.

Agar siz ushbu tillardan birini bilsangiz va ingliz tilini kamida B1 darajasida o‘zlashtirgan bo‘lsangiz, unda quyidagi havola orqali ariza yuborishingiz mumkin:

📝 https://forms.gle/FNcjS6ZPtZgqoDoeA

Ish joyi xalqaro kompaniyalarning O‘zbekistondagi ofislarida bo‘ladi.
#psychologist_time
#Kosonsoy_ixtisoslashtirilgan_maktabi

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida maktab psixologi M.Shoxobiddinova 9-sinf o’quvchilari bilan “Kasblar olami” ga sayohat uyushtirdi. Kasblarga oid bilimlarni yanada takomillashtirib, o’quvchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi. Tanlagan kasblari va ularni mukammal ustasi bo’lish uchun nimalarga e’tibor qaratish bo’yicha muhokama bo’lib o’tdi.

O’quvchilar bilan “O’rin almashtirish” treningi o’tkazildi.
Maqsad: tafakkur jarayoni rivojlantirish, ijodiy fikrlash qobiliyatini o’stirish.

O’quvchilar mashg’ulotda katta energiyaga boyib, pozitiv kayfiyat bilan o’tkazishdi.

https://t.me/ixtisoslashganmaktab
❗️O'quvchilar ligasi 8-turdan so’ng umumiy natijalar.

📡 Zakovat NNT Namangan viloyati Zakovat klubi
Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
Photo
"Zakovat" intellektual musobaqasi o‘quvchilar ligasi 8-turidan so‘ng Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8.01-aniq sinf o'quvchilaridan tashkil topgan "Vektor" jamoasi Namangan viloyatidagi 369 jamoa orasida 6-o‘rinni egallab turibdi.
#Jarayon
#Memorandum
#Kosonsoy_IM

🏛Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi yuqori sinf oʻquvchilari maktab maslahatchisi Sh.Sultonov va Biologiya fani oʻqituvchisi H.Jalilov bilan birgalikda Kosonsoy tumani tibbiyot birlashmasiga sayohat tashkillashtirildi.
Sayohat davomida oʻquvchilar qon tahlillari haqida maʼlumotlar olishdi va barcha savollariga kerakli javoblar olishdi.

https://t.me/ixtisoslashganmaktab