IT with Akmaljon Abdirakhimov
1.01K subscribers
458 photos
112 videos
7 files
303 links
​​🗽 Amerika tajribasiga ega dasturchidan IT haqida mukammal o’rganing.

Vebsayt: https://flutterwithakmaljon.uz
YouTube: https://www.youtube.com/itwithakmaljon
Fikrlar: https://app.tryhoist.com/w/flutterwithakmaljon
Muallif: @AkmaljonAbdirakhimov
Download Telegram
Naqd 2 hafta
🔥2
2 hafta davomida

#cons
- Telegramga o'rganib qolgan ekanman, boshida juda qiyin bo'ldi.
- Ko'p xabalarni o'tkazib yubordim. Shuningdek mijozlarni ham )
- Barcha ijtimoiy tarmoqlardan chiqganim uchun suhbatlashishni faqat yuzma-yuz qilishga to'g'ri keldi, bu esa sabrimni rosa sinadi. Chunki har kuni ham istagan odamingizni bilan ko'risha olmaysiz.


#pros
- Akmal Paiziev bilan uchrashuv bo'ldi.
- Google DevFest'da bo'ldim.
- Yaxshi odatlarni shakllantirishni boshladim.
- Yanada ko'proq joylarni sayr qildim.
- Shogirdlarimiz bilan uchrashuvlar o'tkazdik.
- Ular bilan ishlarimizni to'liq ClickUp'ga o'tkazdik.
- Oila bilan ko'proq muloqot bo'ldi.
- Ko'proq yuzma-yuz uchrashuvlarni o'tkazdim.
- Loyiha boshqaruvini o'rganishni boshladim.
- Muloqot yanada muhimligini tushundim.

Uchrashuv va fikrlarimni har biri bo'yicha batafsil obuna kanalda yoritib boraman. Kanalga qo'shiling
@flutter_with_akmaljon_obuna_bot
👍7🔥3👏2
#vacancy

🖥️ Frontend Mentor

Profit Academy o'quv markazi Frontend bo'yicha o'qituvchi izlayotgan ekan.

Talablar:
- HTML, CSS, JavaScript, va kamida bitta zamonaviy framework (React, Vue yoki Angular) bo‘yicha mukammal bilim.
- Murakkab mavzularni sodda qilib tushuntirish ko‘nikmasi.
- O‘qitish yoki mentoring tajribasi afzal bo'ladi.
- Talabalarning rivojlanishiga chin dildan qiziqish, sabr-toqat va qo‘llab-quvvatlash ko‘nikmasi.

Asosiy vazifalar:
- HTML, CSS, JavaScript, va React bo‘yicha darslarni olib borish.
- Talabalarga murakkab mavzularni sodda va tushunarli qilib tushuntirish.
- O‘quv materiallarini tayyorlash va o‘quv dasturini rivojlantirishga hissa qo‘shish.
- Talabalarning muammolarini hal qilishda yordam berish va loyihalarini tayyorlashga yo‘naltirish.


Takliflar:
- Moslashuvchan ish grafigi
- Ajoyib ish muhiti
- Rivojlanish va o'sish imkoniyatlari


Aloqa:
📞 +998 50 107 48 82 (Telegram)

@itwithakmaljon
Forwarded from ISKANDAR_IT_BLOG (I.S.K.A.N.D.A.R)
https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.name.baby

Assalomu aleykum hammaga.Bizning DEARS kompaniyamiz tomonidan qilingan navbatdagi kichik dastur " Name Baby " PlayMarket ga yuklanib to'liq foydalanishga topshirildi.
Bu dasturimizning maqsadi o'zingizni yoki yaqinlaringizning yangi tug'ilgan chaqaloqchalariga Sun'iy intellekt ( AI ) yordamida ism tanlashga ko'maklashadi.
Bu dastur o'zingizning talablaringizdan kelib chiqqan holda sizga chiroyli va ma'noli ismlar taklif qilish hususiyatlari mavjud.

Barchangiz yuklab olib foydalanib ko'rishingiz mumkin.

Dastur chaqaloq otasi va onasini ismlarini ham inobatga olgan holda ismlar taklif qiladi😊
👍4🔥3🎉2
Kundalik ishlaringizdan / vazifalaringizdan qaysilari sizni ko'proq vaqtingizni olayapdi yoki aqliy charchatyapdi?


Sun'iy intellektdan ayrim kundalik ishlarimni qaysilarini avtomatlashtirishim va bu orqali vaqtimni tejashim va aqliy charchoqni kamaytirishim mumkinligini so'radim.

Natija esa hozircha shunday )
Ko'plarini qilayotgan ekanman!

Siz ham so'rab ko'rsangiz bo'ladi, balki bu hech bo'lmaganda 5-10 daqiqa tejab berar.

Prompt:
Vaqtni tejash va aqliy charchoqni kamaytirish uchun qaysilarini avtomatlashtirish mumkinligini aniqlash uchun kundalik vazifalarimni tahlil qilishda yordam berishingizni xohlayman. Bu mening kundalik ishlarim: [...]

Men ushbu ro‘yxatni ko‘rib chiqishingni va avtomatlashtirish uchun tayyor bo‘lgan vazifalarni taklif qilishingni, ular nima uchun mos ekanligini tushuntirib berishingni va ularni avtomatlashtirish uchun potentsial vositalar yoki usullarni taklif qilishingni xohlardim.


Yanada foydaliroq postlar uchun obuna kanalga qo'shiling:
@flutter_with_akmaljon_obuna_bot
Vertex AI - bu Google AI yoki Gemini AI'ni pullik versiyasi ya'ni siz murakkabroq vazifali dasturlarni sun'iy intellekt qo'shib yaratishingiz mumkin.

Bugun Name Baby dasturimizga o'rnatib ishlatib ko'rdim, ancha yaxshi ishladi va nisbatan tezroq va aniqroq javob ham beryapdi nazarimda!

Nasib qilsa yaqinda Play Store'da ham yangilaymiz )

Foydali havola:
Firebase Vertex AI

Yanada foydaliroq postlar uchun obuna kanalga qo'shiling:
@flutter_with_akmaljon_obuna_bot
🔥6
Kimdir Flutter'da kodlarni o'zi yaratib beradigan sayt qilsin.

Misol uchun:
Men kerakli narsalarni kiritaman sayt esa men tanlagan arxitektura bo'yicha kodlarni yaratib menga zip qilib beradi.

Misol uchun:
- API URL: https://example.uz/user/me
- API so'rovidan keladigan na'muna javobi:

"user": {
"name": "Alex",
"age" : 12
}

- Arxitektura: Clean
...


Yaratib beradigan narsalari esa:
User papkasi ichida
-> data
--> datasources
--> models
--> repositories

-> domain
--> entities
--> repositories
--> usecases

-> presentation
--> bloc
--> pages
--> widgets


Papkalarni ichida esa kerakli fayllar
Misol uchun
Datasources:
-> user_remote_service.dart
-->

Future<UserModel> getUser() async {
final response = await http.get(Uri.parse('https://example.uz/user/me'));

if (response.statusCode == 200) {
final data = json.decode(response.body);
return UserModel.fromJson(data['user']);
} else {
throw Exception('Failed to load user');
}
}


Models:
-> user_model.dart

class UserModel extends UserEntity {
UserModel({
required super.name,
required super.age,
});
}

va shunday davom etishi kerak.

🔥 Nega bunday sayt kerak?

- Har bir yangi loyihada boshidan kod yozishga vaqt sarflamaysiz.
- Standart arxitektura asosida ishlashni ta'minlaydi.
- Developerlar uchun tez va samarali yechim!

Agar siz ham shunday sayt bo'lishini xohlasangiz, izohlarda o'z fikringizni yozib qoldiring! 😊
@itwithakmaljon
4