IT Ta'lim yangiliklari
271 subscribers
200 photos
29 videos
127 links
Zamonaviy kasblarni o‘qish va o‘qitishga qaratilgan yangiliklar hamda yangi texnologiyalar haqida yoritib boruvchi rasmiy sahifa.
Download Telegram
🟡 Abituriyentlar uchun muhim yangilik!

💻 my.gov.uz orqali 2026/2027 oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga onlayn hujjat topshirish boshlandi!

💻 Qabul 2 bosqichda amalga oshiriladi.

🔄1-bosqich 5-iyundan 25-iyungacha (shu kuni ham):
⏺️Test sinovi topshirish uchun roʻyxatdan oʻtiladi;
⏺️Topshiriladigan fanlar majmuasi, taʼlim tili va test topshirish hududi tanlanadi;
⏺️Kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, tegishli OTM tanlanadi.

❗️25-iyunga qadar topshirilgan arizadagi ma’lumotlarni tahrirlash imkoniyati mavjud.

🔄2-bosqich (test sinovlari yakunlangach 15 kun ichida):
⏺️Oliy taʼlim muassasasi;
⏺️Bakalavriat taʼlim yoʻnalishi;
⏺️Taʼlim shakli va tanlov ustuvorligi tanlanadi.

💰Test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlardan bazaviy hisoblashning 50 foizi (206 000 so‘m) miqdorida to‘lov undiriladi.
💬 Quyidagi toifaga kiruvchi abituriyentlar to‘lovdan ozod etiladi:

⏺️Test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilida ta’lim muassasalarini bitirganlar;

⏺️Nogironligi bo‘lgan shaxslar;

⏺️“Ijtimoiy reyestr” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;

⏺️“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar;

⏺️To‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar.


❗️Eslatib oʻtamiz!

📆 Test sinovi natijalari – ertasi kuniga, mandat natijalari esa tanlov yakunlanganidan keyin bir hafta ichida eʼlon qilinadi.

🎉 Barcha abituriyentlarga imtihonlarda omad tilaymiz!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Samarqandda “GAP” ayollar IT-klubining navbatdagi uchrashuvi tashkil etildi

⚜️Joriy yilning 18-iyun kuni Samarqand shahridagi School 21 majmuasida “GAP” Ayollar IT-klubining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida spikerlar tomonidan raqamli ta’lim yo‘nalishida xotin-qizlar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar, amaliy loyihalar hamda mavjud qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

✅Shuningdek, LogiPeek startapi asoschisi Nafisa Mirzayeva “Startaplarda qizlar: 0 dan CEO darajasigacha” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruza davomida Nafisa startap ekotizimida muvaffaqiyatga erishish yo‘llari, investitsiya jalb etish jarayonlari hamda ayol-qizlarning innovatsion loyihalardagi o‘rni haqida o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

❗️Tadbir yakunida ishtirokchilar va spikerlar o‘rtasida savol-javoblar tashkil etilib, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, startaplar hamda raqamli ta’lim imkoniyatlariga oid savollarga javoblar berildi.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Koreyalik talabalar Oʻzbekistonning iqtidorli yoshlari bilan birgalikda raqamli loyihalar ustida ishladilar

🗣Joriy yilning 26–28-iyun kunlari Samarqand shahrida Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi, School 21, Raqamli texnologiyalar maktabi hamda Korea IT Academy (KITA) hamkorligida tashkil etilgan “Uzbekistan Summer Camp 2026” xalqaro yozgi oromgohining ikkinchi mavsumi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.


⚜️Dastur davomida ishtirokchilar ijtimoiy ahamiyatga ega masalalar yuzasidan innovatsion loyihalar ishlab chiqib, jamoaviy ishlash hamda xalqaro tajriba almashish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini mustahkamladilar. Tadbir yakunida ularga sertifikatlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

✅Mazkur tashabbus ikki mamlakat yoshlari o‘rtasida bilim va tajriba almashish, innovatsion fikrlashni rivojlantirish hamda madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiluvchi samarali xalqaro platforma sifatida o‘z ahamiyatini namoyon etdi.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

#Mustaqillik35 #Uzb35

Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!


🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz raqamli ekotizimini rivojlantirishga hissa qo‘shayotgan asosiy xalqaro hamkorlar va diplomatlar oʻz fikrlarini bildirmoqda.

Ushbu videoda dunyoning yetakchi telekommunikatsiya xoldinglaridan biri — VEON Group bosh direktori Kaan Terzioglu O‘zbekistondagi investitsiya muhiti, raqamli infratuzilmaning jadal rivojlanishi hamda mamlakatning mintaqaviy raqamli xabga aylanish salohiyati yuzasidan o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashadi.

Kaan Terziogluning O‘zbekistonning raqamli salohiyati, investitsiya muhiti va mamlakatning mintaqaviy raqamli xabga aylanish istiqbollari haqidagi batafsil fikrlari bilan quyidagi video orqali tanishishingiz mumkin:

▶️ https://youtu.be/hf7H9OsTQo8

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✔️ Cyber University: jamiyatda kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirishga qaratilgan tashabbus doirasida yil yakuniga qadar 840 ming nafardan ortiq aholini qamrab olish rejalashtirilgan

☄️Raqamli transformatsiya sharoitida kiberxavfsizlik va sun’iy intellekt bo‘yicha bilimlar har bir fuqaro uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda Cyber University davlat universiteti tomonidan respublika hududlarida aholining kiberxavfsizlik madaniyatini yuksaltirish hamda sun’iy intellekt texnologiyalaridan to‘g‘ri va mas’uliyatli foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan amaliy tadbirlar tashkil etilmoqda.

⚡️Qishki ta’til davomida ushbu tashabbus doirasida 134 ming nafar aholi qamrab olindi. Yil yakuniga qadar esa 840 ming nafardan ortiq aholini qamrab olish rejalashtirilgan.
Tadbirlarda internet firibgarligi va fishing hujumlaridan himoyalanish, shaxsiy ma’lumotlarni muhofaza qilish, kuchli parollar va ikki bosqichli himoyadan foydalanish, shuningdek, ChatGPT hamda boshqa sun’iy intellekt vositalaridan xavfsiz va samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilmoqda.

⌛Tashabbusning o‘ziga xos jihati shundaki, ushbu tadbirlar Cyber University talabalari tomonidan mahallalar, ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarida amalga oshirilmoqda. Bu orqali universitet zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni keng jamoatchilikka yetkazish orqali mamlakatda kiberxavfsizlik madaniyatini yuksaltirishga hissa qo‘shmoqda.

🌐Website 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook 🎬Youtube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

#Mustaqillik35 #Uzb35

Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!


🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz raqamli ekotizimini rivojlantirishga hissa qo‘shayotgan asosiy xalqaro hamkorlar va diplomatlar o‘z fikrlarini bildirmoqda.

Ushbu videoda dunyoning yetakchi venchur kapitali va innovatsiyalar platformalaridan biri — Plug and Play kompaniyasining hamkori va boshqaruvchi direktori Sascha Karimpour O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, texnologik ekotizimning jadal rivojlanishi hamda mamlakatimizning xalqaro venchur bozori uchun tobora jozibador maskanga aylanib borayotgani haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashadi.

Sascha Karimpourning O‘zbekiston startap ekotizimi, investitsiya muhiti va mahalliy startaplarning global venchur maydoniga integratsiyalashuvi istiqbollari haqidagi fikrlari bilan videoda tanishishingiz mumkin.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🖐 “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi g‘oliblari Xitoyda sun’iy intellekt bo‘yicha malaka oshirmoqda

➡️ “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida “Eng faol informatika fani o‘qituvchisi” nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan 10 nafar maktab o‘qituvchisi Xitoy Xalq Respublikasining Shenchjen shahrida sun’iy intellekt va zamonaviy axborot texnologiyalari yo‘nalishida malaka oshirmoqda.

⚡️ Safar dasturiga muvofiq, ishtirokchilar dunyoning yetakchi texnologik kompaniyalariga tashrif buyurib, sun’iy intellekt, bulutli texnologiyalar hamda AT sohasidagi ilg‘or yechimlar bilan yaqindan tanishmoqda. Shuningdek, ular zamonaviy texnologiyalarni ta’lim va boshqa sohalarda qo‘llash bo‘yicha xalqaro mutaxassislarning amaliy tajribalarini o‘rganmoqda.

🎲 Mazkur tajriba o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi, shuningdek, hududlardagi maktab o‘quvchilarida sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarga qiziqishni kuchaytirishga xizmat qiladi.

➡️ Siz ham ushbu imkoniyatlardan foydalanishingiz mumkin. Buning uchun aileaders.uz platformasi orqali sun’iy intellekt bo‘yicha bepul ta’lim olib, zamonaviy AI vositalarini o‘rganish hamda kelgusida xalqaro malaka oshirish dasturlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkin.

➡️ Shuningdek, aistudy.uz platformasi orqali axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida bepul onlayn kurslar, it-istedod.uz orqali esa xalqaro AT kurslari va sertifikatlari xarajatlari uchun kompensatsiya imkoniyatlari taqdim etiladi.

🔘 Sun’iy intellektni bugundan o‘rganishni boshlang va zamonaviy texnologiyalar olamida yangi imkoniyatlarni aileaders.uz bilan kashf eting.


🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM