IT Ta'lim yangiliklari
271 subscribers
200 photos
29 videos
127 links
Zamonaviy kasblarni o‘qish va o‘qitishga qaratilgan yangiliklar hamda yangi texnologiyalar haqida yoritib boruvchi rasmiy sahifa.
Download Telegram
🤖 Kelajakdagi muhandislarni Yosh Muhandis respublika musobaqasida o‘z salohiyatingizni namoyon etishga taklif etamiz

Musobaqa doirasida siz robototexnika loyihalari, muhandislik ishlanmalari va dasturiy yechimlar bilan ishtirok etishingiz mumkin. Shuningdek, tajribali mutaxassislar oldida o‘z loyihangizni himoya qilish, savollarga javob berish va amaliy yechimlarni taqdim etish imkoniyati yaratiladi.

🥇 Eng yaxshi loyihalar homiylar, ilmiy markazlar va innovatsion dasturlarda qo‘llab-quvvatlanadi.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: https://training.cmspace.uz/youth-projects/17
📞 Ma’lumot uchun: +998 91 693 43 94

———

🤖 Приглашаем будущих инженеров продемонстрировать свой потенциал на республиканском конкурсе Yosh Muhandis

В рамках конкурса вы можете участвовать с проектами по робототехнике, инженерными разработками и программными решениями. Также будет предоставлена возможность защитить свой проект перед опытными специалистами, ответить на вопросы и представить практические решения.

🥇 Лучшие проекты будут поддержаны спонсорами, научными центрами и инновационными программами.

🔗 Регистрация: https://training.cmspace.uz/youth-projects/17
📞 Для справок: +998 91 693 43 94

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
INVEST IN WOMAN🌷
Invest in Woman — bu startapni yo‘lga qo‘yayotgan yoki rivojlantirayotgan ayollar uchun ilhom, amaliy bilim va yangi imkoniyatlarga boy uchrashuv.

Bu yerda siz:

📌 ekspertlar va kouchlarning real tajribalariga asoslangan chiqishlarini tinglaysiz
📌 biznesni o‘stirish bo‘yicha amaliy insaytlar olasiz
📌 o‘xshash fikrli ayollar bilan tanishasiz
📌 o‘sish, moliya va liderlik haqida ochiq va samimiy suhbatlarda qatnashasiz

📍 U-Enter
🗓 5-mart | 14:00–16:00

Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Ro‘yxatdan o‘tish — forma orqali
___

INVEST IN WOMAN🌷
Invest in Woman is an inspiring and practical event for women founders and those who are launching or growing startups.

Here, you will:
📌 hear real stories and insights from experts and coaches
📌 gain practical knowledge to grow your business
📌 connect with like-minded women
📌 join honest conversations about growth, money, and leadership

📍 U-Enter
🗓 March 5 | 14:00–16:00

Participation requires prior registration. Registration is available via the form

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“IT-shaharcha”da ingliz tili bepul o‘qitilmoqda

💠Farg‘ona viloyati, “IT-shaharcha”sida ta’lim olayotgan Rayhona Mirza Abdullayeva 6 oy avval Elementary darajasi bilan kelgan edi. Ingliz tili o'qituvchisi Shahnoza Tursunaliyeva boshchiligidagi tizimli darslar va tinimsiz mehnat natijasida bugun u B2+ darajasiga yetdi.

📊Rayhonaning maqsadi IELTS imtihonidan 9 ball olib, nufuzli universitetda tahsil olish va yetuk mutaxassis bo‘lishdir.

🔗Siz ham shu kabi “IT - shaharcha”da o‘qishni xohlaysizmi? Unda hoziroq murojaat qiling, batafsil maʼlumot bu yerda. Oʻqish uchun ariza qoldirish havolasi. IELTS dan yuqori ball olish va nufuzli universitetlarda tahsil olish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Athis” — iqtidorli yoshlarni investorlar bilan bog‘laydigan innovatsion platforma

🏷 Samarqand davlat universiteti 1-bosqich talabasi Azizbek Ne’matov tomonidan asos solingan “Athis” loyihasi ta’lim va investitsiya sohasida yangi imkoniyatlarni yaratmoqda.

📊 Athis — bu talabalar o‘z bilim va yutuqlarini aks ettiruvchi profil yaratadigan platforma. Ushbu profil orqali investorlar iqtidorli yoshlarni topib, ularning ta’limi uchun sarmoya kiritishi mumkin.

➡️Loyihaning asosiy g‘oyasi nimada?

➡️ Investitsiya ko‘prigi — talaba o‘z yutuqlari, bilimlari va maqsadlari aks etgan profil yaratadi. Investor esa sun’iy intellekt yordamida eng istiqbolli yoshlarni tanlab, ularga sarmoya kiritadi.

➡️ Asosiy maqsad — iqtidorli yoshlarni dunyoning yetakchi universitetlariga tayyorlash va ularga kirish imkoniyatlarini kengaytirish.

➡️ Davlat dasturlari bilan integratsiya — Prezidentning PF-61 farmoni asosida amalga oshirilayotgan “2+6” dasturi doirasida chet tillarini o‘rganish xarajatlarini platforma orqali qoplash imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.


🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15 daqiqada tayyor reels: NERMAN AI video montajni o‘zgartiradi

💠 “Founders Circle” startap asoschilari uchrashuvida Meyrman Kucherbaev “NERMAN.AI” startapi bilan ishtirok etdi.

🗒Statistikaga ko‘ra, 85% video-tahrirchilar bitta reels yoki shorts yaratish uchun 2 - 12 soatgacha vaqt sarflashadi. Bu uzoq jarayon ish unumdorligini pasaytirib, tahrirchining daromadi va o‘sishini cheklaydi.

📑NERMAN AI — sun’iy intellektga asoslangan video-redaktor bo‘lib, reels va shorts yaratishni atigi 15 daqiqaga qisqartiradi. U videoga mos musiqa tanlaydi, kreativ subtitrlar qo‘shadi, montaj uchun zarur materiallar beradi. Hozirda dunyo bo‘yicha 93% kompaniyalar biznesini qisqa roliklar orqali rivojlantirmoqda.

🗺Founders Circle — yosh startapchilar va tajribali investorlar uchrashadigan nuqta! Bu yerda siz shunchaki tanishuvlar emas, balki g‘oyalarni rivojlantirish va kuchli asoschilar hamjamiyatiga qo‘shilish imkoniga ega bo‘lasiz.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉1
TestAbd - kitob mutolaasi endi TikTok kabi qiziqarli

💠“Founders Circle” startap asoschilari uchrashuvida Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti 3-bosqich talabasi Abdulaziz Aliqulov o‘zining “TestAbd” loyihasi bilan qatnashdi.

✅Bugungi kunda 70% kitobxonlar mutolaani oxirigacha yetkazmaydilar. Bu dangasalik emas, raqamli muhit va miya tezkor zavqqa o‘rganib qolganidan. Shu bois 15–20 betdan keyin diqqat susayadi, mutolaa to‘xtaydi. Buning ustiga, an’anaviy o‘qish ko‘pincha zerikarli kechadi.

📝TestAbd mutolaani TikTok uslubidagi yangi formatga olib chiqadi. Kitoblar oson o‘qiladigan 15 betlik bo‘laklarga ajratiladi. Har 15 betdan so‘ng foydalanuvchiga muloqot tanaffusi berilib, u shu kitobni o‘qiyotgan foydalanuvchilar bilan fikr almasha oladi.

🗺Founders Circle — yosh startapchilar va tajribali investorlar uchrashadigan nuqta! Bu yerda siz shunchaki tanishuvlar emas, balki g‘oyalarni rivojlantirish va kuchli asoschilar hamjamiyatiga qo‘shilish imkoniga ega bo‘lasiz.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Digital.uz
🏠 Bekobodda Innovatsion yoshlar IT markazi ochildi

♻️Toshkent viloyatining Bekobod tumanida “Bekobod Innovatsion yoshlar IT markazi”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir yoshlarni axborot texnologiyalari sohasiga keng jalb qilish, startap ekotizimini rivojlantirish hamda innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.

💡Ochilish marosimida Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. Shermatov, Bekobod tumani hokimi Z. Nizomiddinov, IT Park Uzbekistan kuzatuv kengashi raisi F. Ibragimov, IT Park Uzbekistan bosh direktori A. Kuchkarov ishtirok etdilar. Shu bilan birga tadbirda xorijiy mehmonlar, jumladan, AQShning Silk Road Professionals kompaniyasi rahbari Jeyms Vanger ham qatnashdi.

🔍Tadbir davomida yoshlar uchun startap ekotizimi, innovatsion loyihalarni rivojlantirish bosqichlari, AT sohasidagi imkoniyatlar hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash bo‘yicha tushunchalar berildi. Shuningdek, ishtirokchilar uchun AT savodxonligi, robototexnika yo‘nalishlari, innovatsion g‘oyalarni shakllantirish va startap loyihalarni taqdim etish bo‘yicha interaktiv muloqotlar tashkil etildi.


🌟 Yangi tashkil etilgan “Bekobod innovatsion yoshlar IT markazi” yoshlar uchun zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash, AT sohasidagi innovatsion loyihalarni rivojlantirish va startap tashabbuslarini amalga oshirish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi. Markazda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etilishi rejalashtirilgan:

– dasturlash asoslari,
– ingliz tili (AT sohasi uchun),
– kompyuter savodxonligi,
– robototexnika,
– startap va innovatsion tadbirkorlik asoslari.


Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/141356

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Naxalov | AI Blog 🔥
Sun'iy intellekt davrida startup boshlash qanchaga tushadi? 🚀

Ilgari startup uchun kuchli dasturchilar, katta byudjet va vaqt kerak edi. Hozirgi manzara esa butunlay boshqacha:

🔹 Ijaraga joy (office) - $200
🔹 talaba (dasturlashni bilishi shart emas) - $200
🔹 Cloud Code (va boshqa yordamchilar) -max $200

Oyiga $600 byudjet bilan MVP yig'ish va ancha-muncha ishni hal qilish mumkin.

Va esingizdan chiqmasin, bu imkoniyat faqat sizda emas 🙂

@naxalov
“WiderAI” bilan sifatli ta’lim endi hashamat emas, balki imkoniyatdir!

💠“Founders Circle” uchrashuvida ko‘plab startaplar qatori Muhsin Muxtorov ham o‘zining “WiderAI” startapini taqdim etdi. Dunyodagi eng kuchli startaplar maktabi “Y Combinator” tajribasini ko‘rgan Muhsinning ushbu loyihasi tashrif buyurganlar tomonidan yaxshi qabul qilindi.

❓WiderAI qanday muammoni hal qiladi?
Bugungi kunda nufuzli universitetlarga kirish qimmat va murakkab. Ota-onalar farzandlarining tayyorgarligi uchun yiliga 12 000 – 24 000 dollargacha mablag‘ sarflashmoqda. WiderAI bilan bu muammolarni yechish mumkun.

❗️Loyiha nimalarga qodir?
WiderAI — sun’iy intellektga asoslangan global ta’lim platformasi bo‘lib, oyiga atigi 50 dollar evaziga IELTS, SAT va TOEFL imtihonlariga tayyorlaydi hamda TOP-300 universitetlarga kirish uchun to‘liq tayyorgarlikni taqdim etadi.

👨‍👦‍👦Tadbir doirasida Muhsin yangi strategik hamkorlar bilan tanishib, loyihani yanada rivojlantirish uchun yangi aloqalarni yo‘lga qo‘ydi.

➡️Videoni Youtube kanalimizda to'liq talqinda tomosha qiling

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Safartrip sayohatlaringiz uchun ishonchli hamroh

💠“Founders Circle” startap asoschilari uchrashuvida Rustam Urolov o’zining “Safartrip” loyihasi bilan qatnashdi. Bugungi kunda ichki sayohatni rejalashtirish ko‘plab sayohatchilar uchun boshog‘riqqa aylangan. Tartibsiz telegram chatlar, noaniq narxlar, yolg‘on rasmlar va kafolatsiz to‘lovlar, hatto oldindan pul olib keyin javob bermay qo‘yish holatlari ham bor.

📃Safartrip loyihasi ana shunday muammolarga chek qo‘yadi. Mehmonxona, taksi, gid va attraksionlar bitta platformada. Sayohatchilar uchun aniq narxlar va real sharoitlar taqdim etiladi, bron esa soniyalar ichida tasdiqlanadi. Eng muhimi, tekshirilgan hamkorlar va doimiy qo‘llab-quvvatlash kafolatlanadi.

⚜️“Loyiha pilot bosqichini Zomin hududida boshladi, hozirda real buyurtmalarni qabul qilmoqda va yaqin orada butun mamlakatga kengayadi,” — deydi loyiha asoschisi.

🗺Founders Circle — yosh startapchilar va tajribali investorlar uchrashadigan nuqta! Bu yerda siz shunchaki tanishuvlar emas, balki g‘oyalarni rivojlantirish va kuchli asoschilar hamjamiyatiga qo‘shilish imkoniga ega bo‘lasiz.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

Kompensatsiya qilinadigan xalqaro IT-sertifikatlar ro'yxatiga qaysi sertifikatlar qoʻshilishini xohlaysiz?

❗️Soʻrovnomada ishtirok eting, oʻz takliflaringizni yuboring va biz ularni koʻrib chiqamiz.

➡️Quyidagi havola orqali soʻrovnomada qatnashish mumkin: https://forms.gle/JnpP457ssNug2bxR7

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1