IT Ta'lim yangiliklari
271 subscribers
200 photos
29 videos
127 links
Zamonaviy kasblarni o‘qish va o‘qitishga qaratilgan yangiliklar hamda yangi texnologiyalar haqida yoritib boruvchi rasmiy sahifa.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Har bir mashg‘ulotga puxta tayyorlanib, katta qiziqish bilan bilim olayapman” — Muqaddas Eshpulatova

✅Muqaddas 17 yoshda. Jizzax shahridagi 30-maktabning 11-sinfida tahsil oladi. Hozirda u “Raqamlashtirish orqali farovonlik sari” dasturi doirasida kompyuter savodxonligi kursida oʻqimoqda.

⚜️“Mahalla tomonidan ushbu kursda oʻqishga yo‘naltirilganim men uchun katta imkoniyat bo‘ldi”, — deydi u.

⚡️Batafsil videolavhamizda tomosha qiling!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Digital.uz
➡️ Jizzaxda IT salohiyatini oshirishga hissa qoʻshayotgan TEAMIT SERVICES faoliyati bilan tanishildi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Jizzax shahriga amalga oshirgan tashrifi doirasida IT Parkning yetakchi rezidentlaridan biri – TEAMIT SERVICES o‘quv markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🛡Mazkur korxona AT ta’limi, dasturlash va robototexnika yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatib, 2024-yilda 300 nafardan ortiq yoshlarni o‘qitishga erishgan. Uchrashuv chog‘ida kompaniya rahbari Vazirga markazning o‘quv dasturlari, zamonaviy laboratoriyalari va yoshlar uchun yaratilgan sharoitlari haqida batafsil ma’lumot berdi.


Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/107497

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farovonlik sari raqamli qadam: Durdonaning ATdagi yo‘li

🏷Termiz shahridagi 3-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Durdona Katayeva “Raqamlashtirish orqali farovonlik sari” dasturiga mahalla tavsiyasi bilan qabul qilingan.

📊Durdona AT sohasiga 7-sinfdan boshlab qiziqa boshlagan. Avval frontend, so‘ng grafik dizayn yo‘nalishlarini o‘rgangan. Hozir esa backend yo‘nalishi bo‘yicha bilim olmoqda va yaqin kelajakda fullstack dasturchi bo‘lishni maqsad qilgan.

✅Ingliz tilidan IELTS sertifikatiga ega bo‘lgan Durdona hozirda nemis tili va boshqa xorijiy tillarni o‘rganib, imkoniyatlarini yanada kengaytirmoqda.

⚜️Uning eng katta orzusi — kelajakda Google yoki Microsoft kabi dunyoning yetakchi texnologik kompaniyalarida ishlash va tajriba to‘plagach, O‘zbekistonda AT sohasining rivojiga o‘z hissasini qo‘shishdir.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥1
Forwarded from EDU.DIGITAL.UZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
300 dan ortiq bitiruvchi AT sertifikatiga ega bo‘ldi

📊Toshkent ta’lim Akademiyasi 3 yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Shu vaqt mobaynida 2 000 dan ortiq yoshlar AT yo‘nalishida ta’lim oldi. So‘nggi 1 yil ichida esa 300 dan ortiq bitiruvchi xalqaro AT sertifikatga ega bo‘ldi va ularning aksariyati ushbu sertifikat yordamida yuqori daromadli ish o‘rinlariga joylashgan.

✅Toshkent ta’lim Akademiyasi xalqaro CompTIA tashkiloti bilan rasmiy ta’limiy hamkorlik o‘rnatgan. Shu sababli, Akademiyadagi barcha kurslar to‘liq CompTIA dasturlari asosida o‘qitiladi hamda o‘quvchilarga xalqaro standartlarga mos bilim va ko‘nikmalar beriladi.

📊Batafsil videoda: https://youtu.be/AGZF4BoWSDU

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AT taʼlim beruvchi nodavlat taʼlim muassaslari diqqqatiga!

⚜️Bitiruvchilaringizni o‘z hududingizdagi eksportyor kompaniyalar talabi asosida tayyorlang!

✅Sizning bitiruvchilaringiz 3 oy ichida AT xizmatlarini xorijga eksport qiluvchi kompaniyaga ishga kirsa va u yerda 6 oy ishlasa, $2 000 gacha subsidiya olishingiz mumkin.

❗️Unutmang subsidiya bitiruvchisi AT-xizmatlar eksporti sohasida talab yuqori bo‘lgan o‘quv yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olgan hamda dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidenti maqomiga ega bo‘lgan AT-xizmatlarni eksport qiluvchi tashkilotlarga ishga qabul qilingan nodavlat AT ta’lim tashkilotlariga o‘rnatiladigan mezonlarga muvofiq ajratiladi.

🌏IT-park rezidentlari ichida AT xizmatlarini eksport qiluvchi kompaniyalar ro‘yxati bilan quyidagi havolada tanishib chiqing.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni bepul o‘rganishlari mumkin

✅“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida yoshlarni axborot texnologiyalari sohasiga jalb qilish, ularni sifatli ta’lim bilan qamrab olish hamda tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida mamlakatimizda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

⚜️Xususan, yoshlar xalqaro AT va xorijiy til sertifikatlarini qo‘lga kiritgan taqdirda, sertifikat olish xarajatlarni kompensatsiya qilish mexanizmlari yo‘lga qo‘yilgan.

✒️Hukumat qaroriga muvofiq, “Yoshlarning o‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘qish xarajatlarining bir qismini subsidiya qilish tartibi” tasdiqlangan.

❕Qororga ko‘ra, “2+6” dasturi doirasida belgilangan xorijiy tillardan birini minimal darajada tasdiqlovchi sertifikatga ega ariza beruvchi:
➡️o‘quv markazida dastlabki 2 oy o‘qish xarajatini o‘zi to‘laydi;
➡️shundan so‘ng keyingi 6 oygacha bo‘lgan o‘qish xarajatini davlat qoplab beradi.


✅Shu va boshqa yangiliklar haqida Adliya vazirligi bilan hamkorlikda tayyorlangan podkast orqali bilib oling.

➡️Ushbu havola orqali hoziroq tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=mGW0UE4KruM

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Forwarded from Digital.uz
💻GIGA: O‘zbekiston – MDHda maktablar internetini deyarli to‘liq onlayn monitoring qilayotgan ilk mamlakat

Raqamli texnologiyalar vazirligi, UNICEF hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida O‘zbekistonda xalqaro GIGA tashabbusi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

✅ GIGA tashabbusi 2019-yilda BMTning Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) va Xalqaro elektr aloqasi uyushmasi (ITU) tomonidan ishga tushirilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi – dunyoning har bir maktabini internetga ulash va barcha o‘quvchilar uchun teng raqamli ta’lim imkoniyatlarini yaratishdan iborat. Bugungi kunda loyiha 30 dan ortiq mamlakatda amalga oshirilmoqda va global miqyosda raqamli ta’lim infratuzilmasini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.


⚡️ Loyiha doirasida hozirgi kunda 10 417 ta maktab bo‘yicha ma’lumotlar tahlil qilinib, maktablarning geografik joylashuvi, umumiy ma’lumotlari hamda internet tezligi, barqarorligi va mavjudligi bo‘yicha real vaqt rejimida kuzatish imkonini beruvchi yagona onlayn monitoring tizimi joriy etildi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/118206

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzingiz va oila aʼzolaringizning internetdagi xavfsizligiga ehtiyot boʻling!

⚜️Bugun akkaunt o‘g‘irlanishi, shaxsiy ma’lumotlar sizib chiqishi yoki firibgarlik havolalariga aldanish birgina “beparvolik” bilan boshlanadi.

✅Ayniqsa bolalarning internetdan foydalanishida yanada hushyor bo‘ling. Ular ko‘pincha reklamani ham, firibgar profilni ham “oddiy kontent” deb qabul qiladi.

🏷Farzandingizga begona odamlar bilan shaxsiy yozishma olib bormaslik, surat yubormaslik, joylashuvni ulashmaslik, “sovrin/skin/UC” va’da qiladigan sahifalarga ishonmaslikni o‘rgating.

❗️Eng muhimi bolangizga taqiqlashdan ko‘ra, gaplashib tushuntiring. Bola muammoga duch kelsa, sizga bemalol ayta oladigan ishonchli muhitni yarating!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1🔥1
“Thadus” bilan dasturlashni internetsiz o‘rganish mumkin

📊Avstraliyalik ikki o‘smir Neth Dharmasiri va Chinmay Lal internet bo‘lmagan joylarda ham ishlaydigan “Thadus” dasturlash ilovasini yaratishdi. Bu haqda ABC News xabar bermoqda.

✅Xabarga koʻra, Shri‑Lankadan ko‘chib kelgan Neth qishloq hududlarda texnologiya yetishmasligini ko‘rib, bu muammoni hal qilish uchun internetsiz ishlaydigan, bepul va boshlang‘ich kodlashdan Data Science’gacha bo‘lgan kurslarni taqdim etuvchi ilovani yaratgan.

📑“Men daho emasman, shunchaki harakat qildim. Asosiysi hamma ta’lim olish imkoniga ega bo‘lishi kerak,” — deydi Neth.

🔊Bugungi kunda dasturlashni bilish xuddi o‘qish va yozish kabi hayotiy zarur ko‘nikmaga aylanib borayotgan zamonda, siz ham ortda qolmang zamon bilan hamnafas bo’ling!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sun’iy intellektdan samarali foydalanish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi

⚜️Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiyalari universiteti Toshkent shahri filialida Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan “Sun’iy intellektdan samarali foydalanish ko‘nikmalari va raqamli ta’limda yaratilgan imkoniyatlar” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

✅Tadbir davomida ishtirokchilarga sun’iy intellekt vositalaridan samarali foydalanish, to‘g‘ri prompt tuzish metodologiyasi, shuningdek yoshlar uchun AT sertifikatlari xarajatlarini qoplash imkoniyatlari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1
🤖 Kelajakdagi muhandislarni Yosh Muhandis respublika musobaqasida o‘z salohiyatingizni namoyon etishga taklif etamiz

Musobaqa doirasida siz robototexnika loyihalari, muhandislik ishlanmalari va dasturiy yechimlar bilan ishtirok etishingiz mumkin. Shuningdek, tajribali mutaxassislar oldida o‘z loyihangizni himoya qilish, savollarga javob berish va amaliy yechimlarni taqdim etish imkoniyati yaratiladi.

🥇 Eng yaxshi loyihalar homiylar, ilmiy markazlar va innovatsion dasturlarda qo‘llab-quvvatlanadi.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: https://training.cmspace.uz/youth-projects/17
📞 Ma’lumot uchun: +998 91 693 43 94

———

🤖 Приглашаем будущих инженеров продемонстрировать свой потенциал на республиканском конкурсе Yosh Muhandis

В рамках конкурса вы можете участвовать с проектами по робототехнике, инженерными разработками и программными решениями. Также будет предоставлена возможность защитить свой проект перед опытными специалистами, ответить на вопросы и представить практические решения.

🥇 Лучшие проекты будут поддержаны спонсорами, научными центрами и инновационными программами.

🔗 Регистрация: https://training.cmspace.uz/youth-projects/17
📞 Для справок: +998 91 693 43 94

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1