IT Ta'lim yangiliklari
271 subscribers
200 photos
29 videos
127 links
Zamonaviy kasblarni o‘qish va o‘qitishga qaratilgan yangiliklar hamda yangi texnologiyalar haqida yoritib boruvchi rasmiy sahifa.
Download Telegram
Internetdagi firibgarlikdan ehtiyot bo‘ling!

🌐 Raqamli dunyo imkoniyatlar bilan birga xavflarni ham olib keladi. Kiberjinoyatchilar har kuni yangi usullarni o‘ylab topmoqda — ularning tuzog‘iga tushmaslik uchun hushyor bo‘lish zarur.

⭕Eng keng tarqalgan onlayn firibgarlik turi:
➡ Fishing (soxta havolalar) — sizdan parol, karta raqami yoki boshqa maxfiy ma’lumotlarni olish uchun soxta saytlar va xatlar yuborishadi.
➡ Soxta onlayn do‘konlar — arzon narx va cheklangan aksiyalar bilan e’tiboringizni tortadi, ammo tovar yetib kelmaydi.
➡ Ijtimoiy tarmoqlarda soxta akkauntlar — tanishlaringiz nomidan yozib, pul yoki ma’lumot so‘rashi mumkin.
➡ Qalbaki investitsiya platformalari — “tez boyib ketish” va’dalari bilan pulingizni o‘g‘irlaydi.
➡ Zararli dasturlar — bepul dastur yoki fayl sifatida tarqatilib, qurilmangizdagi barcha ma’lumotlarni o‘g‘irlaydi.


🛡 O‘zingizni himoya qilish yo‘llari:
🔐 Har bir akkaunt uchun murakkab va takrorlanmas parol ishlating va tez orada o‘zgartirib turing.
🔗 Xabar yoki havola manbasini tekshirmasdan ustiga bosmang.
🛡 Antivirus va xavfsizlik dasturlarini doimiy yangilab boring.
💳 Onlayn to‘lovlar uchun faqat ishonchli platformalardan foydalaning.
ℹO‘zingizni va yaqinlaringizni kiberxavfsizlik bo‘yicha muntazam xabardor qiling.


👥 Unutmang:
Kiberxavfsizlik — bu faqat texnologiya emas, balki odat hamdir. Bugundan boshlab hushyor bo‘ling, shunda firibgarlarning nayranglariga aldanmaysiz!


👨‍🎓 Agar Kiberxavsizlik asoslarini chuqurroq o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, Coursera platformasida bepulga ta'lim oling!

👥 Unutmang: Kiberxavfsizlik — bu faqat texnologiya emas, balki odat hamdir. Bugundan boshlab hushyor bo‘ling, shunda firibgarlarning nayranglariga aldanmaysiz!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Aileaders.uz
Sunʼiy intellekt orqali kelajak sari

✅Raqamli texnologiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda “Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida onlayn ochiq muloqot oʻtkazadi.

Ochiq muloqotda:

➡️“Bir million o‘zbek dasturchisi” loyihasi transformatsiyasi;
➡️aileaders.uz platformasida roʻyxatdan oʻtish ketma-ketligi;
➡️Loyiha doirasidagi tanlovlar tartibi;
➡️Savol-javoblar boʻlib oʻtadi.


📈Sana: 11-noyabr;
⏰Soat: 09:45.

❗️Jonli efir aileaders.uz telegram kanali hamda Raqamli texnalogiyalar vazirligining rasmiy youtube kanali va facebook sahifasida boʻlib oʻtadi.

⚜️Ochiq muloqotda ishtirok eting va sun’iy intellekt sohasida bepul ta’lim olish imkoniyati bilan tanishing!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🛡 Kibermadaniyat oyligi start oldi!

Hurmatli fuqarolar!
1-30-noyabr “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” deb e’lon qilindi va barchangizni tadbirlarda faol ishtirok etishga chorlaymiz.

Kibermadaniyat oyligi davomida:

✅ Kiberxavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot tadbirlari

✅Fuqarolar, talabalar, maktab o‘quvchilari va tashkilot xodimlari uchun treninglar

✅ Yutuqli tanlovlar va kibersport musobaqalari

✅ Onlayn va oflayn o‘quv dasturlari

✅ Tadbirlar blogerlar va OAV orqali yoritib boriladi.

Bu oydan maqsad — fuqarolarning kiber savodxonligini oshirish va raqamli xavflardan himoya qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from IT Education Association
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"15 yil chet el kompaniyalarida frilanser sifatida faoliyat yuritdim"

Farhod Saydullayev 37 yoshda. Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida tavallud topgan Farhod o'z faoliyatini 17 yoshida frilanser sifatida dizaynerlikdan boshlagan.

Hozirda Farhod Buyuk Britaniyaning Moneff kompaniyasida mahsulot menejeri.

Farhod faoliyatining ilk davrlaridan o'z xizmatlarini xorijiy kompaniyalarga ko'rsatgan yurtdoshlarimizdan. Buning natijasida u 19 yoshda o'zining ilk Neksiya avtomobilini ham xarid qilishni uddalagan.

Farhod bilan uning ish faoliyati, tajribasi, O'zbekistonda turib xalqaro bozorga chiqish imkoniyatlari haqida suhbatlashdik.

🎞Batafsil: https://www.youtube.com/watch?v=aaS5KwnyXZg


📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Har bir mashg‘ulotga puxta tayyorlanib, katta qiziqish bilan bilim olayapman” — Muqaddas Eshpulatova

✅Muqaddas 17 yoshda. Jizzax shahridagi 30-maktabning 11-sinfida tahsil oladi. Hozirda u “Raqamlashtirish orqali farovonlik sari” dasturi doirasida kompyuter savodxonligi kursida oʻqimoqda.

⚜️“Mahalla tomonidan ushbu kursda oʻqishga yo‘naltirilganim men uchun katta imkoniyat bo‘ldi”, — deydi u.

⚡️Batafsil videolavhamizda tomosha qiling!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Digital.uz
➡️ Jizzaxda IT salohiyatini oshirishga hissa qoʻshayotgan TEAMIT SERVICES faoliyati bilan tanishildi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Jizzax shahriga amalga oshirgan tashrifi doirasida IT Parkning yetakchi rezidentlaridan biri – TEAMIT SERVICES o‘quv markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🛡Mazkur korxona AT ta’limi, dasturlash va robototexnika yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatib, 2024-yilda 300 nafardan ortiq yoshlarni o‘qitishga erishgan. Uchrashuv chog‘ida kompaniya rahbari Vazirga markazning o‘quv dasturlari, zamonaviy laboratoriyalari va yoshlar uchun yaratilgan sharoitlari haqida batafsil ma’lumot berdi.


Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/107497

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farovonlik sari raqamli qadam: Durdonaning ATdagi yo‘li

🏷Termiz shahridagi 3-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Durdona Katayeva “Raqamlashtirish orqali farovonlik sari” dasturiga mahalla tavsiyasi bilan qabul qilingan.

📊Durdona AT sohasiga 7-sinfdan boshlab qiziqa boshlagan. Avval frontend, so‘ng grafik dizayn yo‘nalishlarini o‘rgangan. Hozir esa backend yo‘nalishi bo‘yicha bilim olmoqda va yaqin kelajakda fullstack dasturchi bo‘lishni maqsad qilgan.

✅Ingliz tilidan IELTS sertifikatiga ega bo‘lgan Durdona hozirda nemis tili va boshqa xorijiy tillarni o‘rganib, imkoniyatlarini yanada kengaytirmoqda.

⚜️Uning eng katta orzusi — kelajakda Google yoki Microsoft kabi dunyoning yetakchi texnologik kompaniyalarida ishlash va tajriba to‘plagach, O‘zbekistonda AT sohasining rivojiga o‘z hissasini qo‘shishdir.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥1
Forwarded from EDU.DIGITAL.UZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
300 dan ortiq bitiruvchi AT sertifikatiga ega bo‘ldi

📊Toshkent ta’lim Akademiyasi 3 yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Shu vaqt mobaynida 2 000 dan ortiq yoshlar AT yo‘nalishida ta’lim oldi. So‘nggi 1 yil ichida esa 300 dan ortiq bitiruvchi xalqaro AT sertifikatga ega bo‘ldi va ularning aksariyati ushbu sertifikat yordamida yuqori daromadli ish o‘rinlariga joylashgan.

✅Toshkent ta’lim Akademiyasi xalqaro CompTIA tashkiloti bilan rasmiy ta’limiy hamkorlik o‘rnatgan. Shu sababli, Akademiyadagi barcha kurslar to‘liq CompTIA dasturlari asosida o‘qitiladi hamda o‘quvchilarga xalqaro standartlarga mos bilim va ko‘nikmalar beriladi.

📊Batafsil videoda: https://youtu.be/AGZF4BoWSDU

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AT taʼlim beruvchi nodavlat taʼlim muassaslari diqqqatiga!

⚜️Bitiruvchilaringizni o‘z hududingizdagi eksportyor kompaniyalar talabi asosida tayyorlang!

✅Sizning bitiruvchilaringiz 3 oy ichida AT xizmatlarini xorijga eksport qiluvchi kompaniyaga ishga kirsa va u yerda 6 oy ishlasa, $2 000 gacha subsidiya olishingiz mumkin.

❗️Unutmang subsidiya bitiruvchisi AT-xizmatlar eksporti sohasida talab yuqori bo‘lgan o‘quv yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olgan hamda dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidenti maqomiga ega bo‘lgan AT-xizmatlarni eksport qiluvchi tashkilotlarga ishga qabul qilingan nodavlat AT ta’lim tashkilotlariga o‘rnatiladigan mezonlarga muvofiq ajratiladi.

🌏IT-park rezidentlari ichida AT xizmatlarini eksport qiluvchi kompaniyalar ro‘yxati bilan quyidagi havolada tanishib chiqing.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni bepul o‘rganishlari mumkin

✅“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida yoshlarni axborot texnologiyalari sohasiga jalb qilish, ularni sifatli ta’lim bilan qamrab olish hamda tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida mamlakatimizda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

⚜️Xususan, yoshlar xalqaro AT va xorijiy til sertifikatlarini qo‘lga kiritgan taqdirda, sertifikat olish xarajatlarni kompensatsiya qilish mexanizmlari yo‘lga qo‘yilgan.

✒️Hukumat qaroriga muvofiq, “Yoshlarning o‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘qish xarajatlarining bir qismini subsidiya qilish tartibi” tasdiqlangan.

❕Qororga ko‘ra, “2+6” dasturi doirasida belgilangan xorijiy tillardan birini minimal darajada tasdiqlovchi sertifikatga ega ariza beruvchi:
➡️o‘quv markazida dastlabki 2 oy o‘qish xarajatini o‘zi to‘laydi;
➡️shundan so‘ng keyingi 6 oygacha bo‘lgan o‘qish xarajatini davlat qoplab beradi.


✅Shu va boshqa yangiliklar haqida Adliya vazirligi bilan hamkorlikda tayyorlangan podkast orqali bilib oling.

➡️Ushbu havola orqali hoziroq tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=mGW0UE4KruM

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Forwarded from Digital.uz
💻GIGA: O‘zbekiston – MDHda maktablar internetini deyarli to‘liq onlayn monitoring qilayotgan ilk mamlakat

Raqamli texnologiyalar vazirligi, UNICEF hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida O‘zbekistonda xalqaro GIGA tashabbusi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

✅ GIGA tashabbusi 2019-yilda BMTning Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) va Xalqaro elektr aloqasi uyushmasi (ITU) tomonidan ishga tushirilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi – dunyoning har bir maktabini internetga ulash va barcha o‘quvchilar uchun teng raqamli ta’lim imkoniyatlarini yaratishdan iborat. Bugungi kunda loyiha 30 dan ortiq mamlakatda amalga oshirilmoqda va global miqyosda raqamli ta’lim infratuzilmasini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.


⚡️ Loyiha doirasida hozirgi kunda 10 417 ta maktab bo‘yicha ma’lumotlar tahlil qilinib, maktablarning geografik joylashuvi, umumiy ma’lumotlari hamda internet tezligi, barqarorligi va mavjudligi bo‘yicha real vaqt rejimida kuzatish imkonini beruvchi yagona onlayn monitoring tizimi joriy etildi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/118206

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM