IT specialist
10.5K subscribers
1.12K photos
483 videos
63 files
3.8K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
​​#android

Internetsiz Google Maps’dan foydalanish 🌎

Google Maps
— navigatsiya uchun eng mashhur va ishonchli xizmatlardan biri, lekin u ham kamchiliklardan xoli emas. Google Maps’ga nisbatan foydalanuvchilarning asosiy e’tirozlaridan biri, bu navigatsiyaning faqat Internet bilan ishlashi va joylashuvni aks ettirish uchun juda yaxshi signalni talab qilishidir. Siz uchun yaxshi xabar, Google xaritalarini oflayn rejimda ham ishlatish mumkin. O‘qishni davom eting va buni Android smartfonida qanday amalga oshirishni bilib oling.

Google Maps xaritalaridan internetsiz foydalanish uchun quyidagi qadamlarni amalga oshiring:

1️⃣ Google Maps ilovasini ishga tushiring;

2️⃣ Yuklanishi lozim bo‘lgan tuman toki joylashuvni toping;

3️⃣ Agar siz muayyan joyni izlagan bo‘lsangiz, ekranning pastki qismida nomlanishini ko‘rsatuvchi panel paydo bo‘ladi. Agar u bo‘lmasa, unda ushbu seksiyani ko‘rsatish uchun xaritaning biror joyida tugmani bosing va ushlab turing. Boshqa parametrlar ko‘rinishi uchun uning ustiga bosing;

4️⃣ So‘ngra Скачать’ga bosing;

5️⃣ Endi siz masshtabni kattalashtirish va kichraytirish orqali yuklanish sohasini mos tarzda kattalashtirishingiz yoki kichraytirishingiz mumkin;

6️⃣ Sizni qiziqtirayotgan sohani tanlaganingizdan so‘ng pastki burchakdagi Загрузить tugmasiga bosing.

Xaritalaringizni yuklab olganingizdan so‘ng, siz GPS orqali, xuddi onlayn versiyadagi kabi, lekin Internetdan foydalanmasdan harakatlanishingiz va marshrutlarni aniqlashingiz mumkin. Ko‘rib turganingizdek, barchasi go‘yatda oson va qulay.

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#bilasizmi

Pueblo De Nuestra Sen’ora La Reyna De Los Anjeles De La Porsinkula. Bu Los-Anjelesning rasmiy nomlanishi. | Пуэбло Де Нуэстра Сеньора Ла Рейна Де Лос Анжелес Де Ла Порцинкула. Так официально называется Лос-Анжелес.

👨🏻‍💻@itspecuz
#maslahat #internet

📶 UCELL dan aksiya

Ucelldan yana bir bor aksiya. *600# terib 33 so'm evaziga Telegram tarmog'i uchun 500 mb internet trafigini harid qiling. Aksiya muddati cheklangan. Batafsil: Ucell.uz

Qani Ucell ishlatadiganlar, salkam tekinga xarid qiling!

👨🏻‍💻@itspecuz
#maslahat

Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari ⌨️

Matn belgilanadi va quyidagilar bosiladi:

▶️ Ctrl + Bqalin shrift

▶️ Ctrl + I
kursiv

▶️ Ctrl + Uostiga chizilgan

▶️ Ctrl + Shift + Xmatn ustidan chizilgan

▶️ Ctrl + Shift + M "моноширинный" shrifti

▶️ Ctrl + Khavolani yaratish yoki tahrirlash

▶️ Ctrl + Shift + N — formatni tozalash

👨🏻‍💻@itspecuz
#maslahat #operatsion_tizim #dasturlash

Notepad++ uchun 20ta eng foydali dasturiy kengaytma 🛠

• Explorer
• Code Alignment
• Autosave
• NPPExport
• Multi-clipboard
• Compare
• SpellChecker
• JSToolNpp
• Finger Text
• Customize Toolbar
• Preview Html
• NppFTP
• Auto Indent
• CharM
• SnippetExecutor
• TextFX Plugin
• Function list
• NppSalt
• NodepadSharp
• HTML Tag

👉🏻 Batafsil...

👨🏻‍💻@itspecuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun

5 toifaga mansub farzandlar va ota-ona roziligi haqida...

Tomosha qilishni tavsiya etamiz, ketgan trafik uchun afsuslanmaysiz. Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang.

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#mulohaza_uchun

🙂 Yuragi ummon singari keng insonlar bor – ularga sho‘ng‘iging keladi. Shu qatorda ko‘lmak singari insonlar ham bor – kir bo‘lib qolmaslik uchun ularni chetlab o‘tasan. 🙁 | Бывают люди душой глубокие, как океан, - в них хочется окунуться. И бывают люди, как лужи, которых надо обходить, - чтобы не запачкаться.

👨🏻‍💻@itspecuz
#maslahat #security #internet

🔐 Parolingizni buzish qanchalik oson? Buni onlayn tekshirish yo‘li bor!

Ko‘pchilik saytlar, elektron pochta xizmatlari bizga imkon qadar murakkab parol tanlashimizni uqtirishadi. Bu bejiz emas – parol qanchalik sodda bo‘lsa, uni aniqlash, akkauntingizni buzib kirish shuncha oson kechadi-da.

Agar biror servis uchun tanlagan parolingiz qanchalik ishonchli ekanligini bilmoqchi bo‘lsangiz, "Kasperskiy laboratoriyasi" buni onlayn tarzda tekshirish imkonini taqdim etadi.

Buning uchun:

1. Quyidagi havola orqali o‘ting: https://password.kaspersky.com/ru/

2. Tekshirmoqchi bo‘lgan parolingizni "Test your password" maydonchasiga tering.

3. Tekshiruv natijasini ko‘ring.

Parolni terish maydonchasining pastida, uni buzish uchun oddiy kompyuterda qancha vaqt kerak bo‘lishi aks ettiriladi. Agarda bu ko‘rsatkich o‘n yildan kam bo‘lsa, uning o‘rniga boshqa – ishonchliroq parol tanlashni maslahat beramiz. Zero, saytda ko‘rsatilgani – parolingizni oddiy kompyuterda buzish uchun talab etiluvchi muddatdir; jiddiy qasd qilgan xakerlar esa uni bir necha kun ichida ham buza olishlari mumkin.

📝 DiMaX Terabayt.uz

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
​​#bilasizmi #smartfon #security

Avtomobil kaliti o‘tmishda qoladi: endi smartfon bilan...

CCC
(Car Connectivity Consortium) konsorsiumi o‘zining ilk Digital Key standartini ommaga namoyish qildi. U avtomobillar uchun virtual kalitni smartfonga yuklab olish imkonini beradi.

Ushbu konsorsiumga taniqli avtokonsernlar bilan birga smartfon ishlab chiqaruvchilar ham kirgan. Ular qatorida Apple, Audi, BMW, General Motors, Hyundai, LG Electronics, Panasonic, Samsung va Volkswagen kabi gigantlar bor.

Virtual kalit yordamida NFC bilan ta’minlangan smartfon orqali avtomobilingizni ham ochasiz, ham yopasiz, dvigatelni yoqasiz, istasangiz avtomobilingizni boshqa haydovchi boshqarishga imkon berasiz. Shu bilan birga, mazkur standart xavfsizlik masalasiga ham alohida urg‘u beradi.

Konsorsium ishtirokchilari allaqachon Digital Key standartining ikkinchi bosqichi ustida tadqiqot ishlarini boshlab yuborishgan. Yangi mahsulot 2019 yilning birinchi choragida taqdim etiladi. U avtomobil bilan smart-qurilma orasida standartlashtirilgan autentifikatsiya protokolini taqdim etishi kerak.

Xullas, kelgusida kimdir mashinangizni o‘g‘irlamoqchi bo‘lsa, avval smartfoningizni qo‘lga kiritishi kerak bo‘ladi.

📝 Saroy Terabayt.uz

👨🏻‍💻@itspecuz
#javob #test

Kanalimizda shu kunga qadar joylashtirib kelingan testlarning javoblari bilan tanishing:

▶️ 1-A va 🏷 izoh

▶️ 2-D

▶️ 3-B va 🏷 izoh

▶️ 4-C

▶️ 5-B

▶️ 6-D

▶️ 7-C

▶️ 8-A

▶️ 9-B

▶️ 10-D

▶️ 11-D va 🏷 izoh

▶️ 12-B

▶️ 13-A

▶️ 14-C

▶️ 15-B

▶️ 16-C va 🏷 izoh

▶️ 17-B

▶️ 18-A

▶️ 19-B

▶️ 20-B

▶️ 21-C

▶️ 22-D

▶️ 23-A va 🏷 izoh

▶️ 24-C

▶️ 25-B

▶️ 26-D

▶️ 27-C

▶️ 28-B

▶️ 29-A

▶️ 30-C

▶️ 31-B

▶️ 32-B

▶️ 33-B

▶️ 34-D

▶️ 35-A

▶️ 36-C

▶️ 37-D

Testlar sizga manzurmi, ularni ulashishda davom etaylikmi?

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#bilasizmi

🔭 Ushbu teleskop orqali Galiley birinchi marta sayyoralarni ko‘rgan | Через этот телескоп Галилей впервые увидел планеты

👨🏻‍💻@itspecuz
#bilasizmi #maslahat

Pensiyangiz miqdorini bilishni xohlaysizmi? Bu juda oson!

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tashabbusi hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Jamg‘armasining moliyaviy ko‘magi, shuningdek "Mobi Tel Inform" MChJning tashkiliy-texnik yordami asosida Pensiya jamg‘armasi tomonidan pensiya va nafaqalarni oluvchi shaxslarga SMS-Pensiya interaktiv xizmati taqdim etilganligini ma’lum qilindi.

Axborotni olish uchun individual ravishda SMS–so‘rovi talab qiladigan SMS-xabarlar quyidagilardan iborat:

1. Pensiya yoki nafaqa miqdorini aniqlash uchun:

Joriy davrga - *7000007*61# ni SMS tarzida qisqa 10711 raqamiga yuboring

Oldingi davr uchun - *7000007*61*052018# ni SMS tarzida qisqa 10711 raqamiga yuboring.

Bunda, 7000007 - pensiya va nafaqa oluvchining pensiya guvohnomasidagi shaxsiy xisob raqami;

61 - SMS tizimidagi kod;

052018 – talab qilingan (o‘tgan) davr uchun SMS–ma’lumot. Ushbu davr SMS-so‘rov yuborilgan sanadan 3 oy mobaynida bo‘lishi zarur.

2. Pensiya yoki nafaqa tayinlangan sanani aniqlash uchun:

*7000007*63# ni SMS tarzida qisqa 10711 raqamiga yuboring.

Ushbu tadbirlardan maqsad, pensionerlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish va ularning farovonligini oshirishga qaratilgan.

📝 Manba: Xabar.uz

👨🏻‍💻@itspecuz
#bilasizmi #smartfon

📱Yevropada yil smartfoni aniqlandi

An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan European Hardware Awards 2018 tanlovi yilning nufuzli tadbirlaridan hisoblanadi. Yevropa apparat ta’minoti assotsiatsiyasi "2018 yilning eng yaxshi smartfoni" degan nominatsiya g‘olibini e’lon qildi. Joriy yilda ushbu nom Huawei P20 Pro flagman smartfoniga nasib qildi.

European Hardware Awards tanlovi Yevropa bozorining elektronika sohasidagi eng yaxshi gadjetlarni taqdirlaydi. Hakamlar hay’ati sohaning eng nufuzli nashrlarining bosh muharrirlaridan iborat. 2018 yilda mintaqadagi 100 nafar muharrir hakam sifatida baholash ishlarida ishtirok etishdi.

Ma’lumki, Huawei P20 Pro smartfon sanoatida uchta ob’ektivli bosh kameraga ega bo‘lgan ilk smartfon hisoblanadi. Leica kompaniyasi ishlab chiqargan bunday kamera texnologiyasi hozircha smartfonda surat olishda jahonda ilg‘or.

Shu bilan birga, smartfon platformasiga javobgar bo‘lgan protsessor ham "sun’iy aql" funksiyasiga ega bo‘lgan. Natijada, smartfon imkoniyatlari kengayadi, jumladan bu jihat uning suratni sifatli ishlash texnikasini ham yanada yaxshilaydi.

Uchta sensor bosh kameraga uch karralik optik yaqinlashtirish hamda besh karralik gibrid yaqinlashtirish imkonini beradi. DxOMark laboratoriyasi ekspertlari ham Huawei P20 Pro kamerasining umumiy qobiliyatini, ya’ni ham surat, ham video tasvir olishini 109 ballga baholashgan. Hozircha smartfon sanoatidagi biror devays bunday yuqori ball olmagan.

Mazkur flagman yurtimizda ham yaxshi sotilmoqda. Bu to‘g‘rida batafsil o‘qing:

Huawei P20 Pro: "Malika"dagi uch ko‘zli “dahshat"!

"Bu mukofot Huawei P20 Pro imkoniyatlari yuqori ekanidan dalolat beradi va smartfon nufuzini mustahkamlaydi. Huawei bunday yutuq bilan sohada yetakchilik o‘rnini mustahkamlaydi", – deydi Huawei Consumer Business Group'ning mobil qurilmalar bo‘yicha vitse-prezidenti Bryus Li.

📝 Shuhrat Sattorov Terabayt.uz

👨🏻‍💻@itspecuz
#bilasizmi #smartfon

📱2018 yilning eng yaxshi byudjet smartfonlari nomi e’lon qilindi

Ekspertlar 2018 yilning eng yaxshi byudjet smartfonlari modellari ro‘yxatini tayyorlashdi. Mutaxassislar ro‘yxatni tuzishda narxi 200 dollardan oshmagan qurilmalarni ko‘rib chiqishdi.

Shunday qilib, eng yaxshi byudjet smartfon sifatida Xitoyning texnik ma’lumotlar va sifatli kamera bilan takomillashtirilgan Xiaomi Redmi Note 5 smartfoni tan olingan. Ushbu qurilmaning metall korpus bilan ta’minlangani modelga bo‘lgan talabning oshishiga olib keldi.

Norasmiy reytingning ikkinchi o‘rnini Xiaomi Redmi 5'ning ixcham varianti o‘rin oldi. U hajm jihatidan kichikroq bo‘lishiga qaramay, texnik imkoniyatlariga ko‘ra "akasi"dan qolishmaydi. Unda Snapdragon 400 protsessori o‘rnatilgan bo‘lib, bu tasvir sifatidan qayg‘urmay, hatto eng murakkab o‘yinlarni ham osonlik bilan ishga tushirish imkonini beradi. Smartfon bahosi taxminan 150 dollarni tashkil qiladi.

Yetakchi smartfonlar uchligini o‘z o‘lchamlari va texnik parametrlari bo‘yicha ko‘pchilikka ma’qul kelgan Xiaomi Redmi 5 Plus tugallaydi.

Bundan tashqari, eng yaxshi byudjet smartfonlar ro‘yxatida Nubia Z17 Lite va Meizu Pro 6 Plus kabi modellar ham qayd etilgan.

📝 Manba: Kun.uz

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#bilasizmi

💡Leonardo da Vinchidan fleshka. Uni ochishdan avval raqamli kodni kirit.🔓| Флешка от Леонардо да Винчи. Введи цифровой код, прежде чем открыть ее.

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#bilasizmi #operatsion_tizim

💻 “Ko‘k o‘lim ekrani”ning mazmuni

1️⃣. Xatolikning nomi.

2️⃣. Bu qayta sodir bo‘lmasligi uchun nima qilib ko‘rsa bo‘ladi?

3️⃣. Xatolikning STOP kodi (0x1000007e).

4️⃣. Xatolikning parametrlari.

5️⃣. Ko‘k ekranning yuzaga kelishiga ehtimoliy sababchi bo‘lgan fayl yoki drayver.

6️⃣. Xatolikning yuzaga kelishiga ehtimoliy sababchi bo‘lgan operativ xotira manzili. Endi quyidagilar bo‘yicha havotirsiz ma’lumotlarni izlashni boshlash mumkin:

1) xatolikning nomi bo‘yicha;

2) xatolikning kodi bo‘yicha;

3) xatolikning kodi + drayveri bo‘yicha (5);

4) xatolikning kodi va birinchi parametr bo‘yicha.

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#bilasizmi

❄️ Oq ayiqlarni teplovizor yordamida aniqlashning deyarli imkoni yo‘q. | Белых медведей практически невозможно обнаружить с помощью тепловизора.

👨🏻‍💻@itspecuz