IT specialist
10.5K subscribers
1.12K photos
483 videos
63 files
3.8K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#excel

Yacheykalarni mohirona birlashtirish usuli

Birlashtirilgan yacheykalar
– bu ko‘pincha bizga xalaqit beruvchi holat hisoblanadi. Ular tufayli turli xil muammolarga duch kelishimiz mumkin.

Agar bu bizga juda muhim bo‘lgan taqdirda, yacheykalarni birlashtirishni shunga o‘xshash holatda mohirona birlashtirish sozlamalari orqali amalga oshirishimiz mumkin. Buni qanday amalga oshirishni maqola ostidagi video orqali ko‘rib o‘rganishingiz mumkin👇🏻.

👨🏻‍💻@itspecuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ushbu video orqali keltirilgan maslahatimiz sizga foydali bo‘ladi, degan umiddamiz.

👨🏻‍💻@itspecuz
#test #excel

3️⃣. Qanday funksiyalardan foydalanilganda, filtrlash paytida o‘zgarib turuvchi, ko‘rinadigan diapazon sonlarining yig‘indisini hisoblash mumkin?

⚪️ СУММ
⚫️ СУММ ва ПРОМЕЖУТОЧНЫЕ.ИТОГИ
🔴 СУММВД
🔵 СУММ ва АВТОФИЛЬТР

👨🏻‍💻@itspecuz
#test #excel

4️⃣. Formula tarkibida qo‘llash uchun quyidagi keltirilgan havola (adres)lardan qaysi biri noto‘g‘ri?

⚪️ G:G
⚫️ $A1
🔴 A1$
🔵
$B:B

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#bilasizmi

🍌Bananlar – ozuqa moddalarining eng yaxshi manbalaridan biridir. Ularning tarkibida yog‘ deyarli yo‘q, juda oz kaloriya, ko‘p miqdorda vitamin B6, kletchatka va kaliy bor. | Бананы – одни из самых здоровых источников питательных веществ. В них почти нет жира, очень мало калорий, много витамина B6, клетчатки и калия.

👨🏻‍💻@itspecuz
#internet #software #maslahat

Internet Download Manager dasturi 📥

Internet Download Manager
- Internetdan fayllarni yuklashni tashkil etish uchun dastur. Unda fayllarning dinamik segmentatsiyasi va bir nechta qismni bir vaqtning o‘zida yuklab olish, bo‘sh ochiq turgan ulanishlardan qayta ulanishsiz foydalanish va boshqa ko‘plab yuklab olishni tezlashtirish uslublari ko‘zda tutilgan. Fayrvollar (tarmoqlararo ekran, brandmauer, firewall), proksi va oylanar (зеркала), FTP va HTTP protokollari, redirektorlar, kuklar, yuklash navbatlari (очереди закачек), foydalanuvchining avtorizatsiyasi qo‘llab-quvvatlanadi. Barcha mashhur brauzerlarga integratsiya qilinadi va yuklashlarni avtomatik o‘ziga “ilib” oladi.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
“Internet Download Manager” dasturida yangilashni o‘chirib qo‘yish

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
IDM-6.30.10.zip
6.9 MB
Marhamat, yuklab oling va foydalaning!

👨🏻‍💻@itspecuz
#javob #excel

3️⃣. Testga izoh va uning javobi:

Ushbu testda ko‘pchilik oxirgi variantni to‘g‘ri deb belgilagan, MS Excel dasturining funksiyalari orasida esa АВТОФИЛЬТР deya nomlangan funksiya mavjud emas.

Bu yerda aslida ПРОМЕЖУТОЧНЫЕ.ИТОГИ funksiyasi qo‘llaniladi, ushbu funksiya filtrda kalit so‘z bo‘yicha saralash amalga oshirilganida qo‘llaniladi. Saralash natijasida ko‘rinib turgan qiymatlar bilan turli amallarni bajarish uchun xizmat qiladi.

ПРОМЕЖУТОЧНЫЕ.ИТОГИ funksiyasi o‘z navbatida ikki qismga bo‘linadi: 1-qismida funksiya raqami kiritiladi, 2-qismida esa saralashda qatnashuvchi yacheykalar diapazoni ko‘rsatiladi. ПРОМЕЖУТОЧНЫЕ.ИТОГИ funksiyasining 1-qismiga qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan funksiyaning raqami kiritiladi. Ushbu raqamlar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan funksiyalar ro‘yxatini keltirib o‘tamiz:

1 - СРЗНАЧ;
2 - СЧЁТ;
3 - СЧЁТЗ;
4 - МАКС;
5 - МИН;
6 - ПРОИЗВЕД;
7 - СТАНДОТКЛОН.В;
8 - СТАНДОТКЛОН.Г;
9 - СУММ;
10 - ДИСП.В
11 - ДИСП.Г
101 - СРЗНАЧ;
102 - СЧЁТ;
103 - СЧЁТЗ;
104 - МАКС;
105 - МИН;
106 - ПРОИЗВЕД;
107 - СТАНДОТКЛОН.В;
108 - СТАНДОТКЛОН.Г;
109 - СУММ;
110 - ДИСП.В;
111 - ДИСП.Г

Bizning holatimizda yig‘indini hisoblash uchun 9 yoki 109, ya'ni СУММ funksiyasi tanlanadi. Formula esa taxminan quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: =ПРОМЕЖУТОЧНЫЕ.ИТОГИ(9;C2:C9)

👨🏻‍💻@itspecuz
#test #operatsion_tizim

5️⃣. Kompyuterni o‘chirib qo‘yganingizda qaysi qurilmadagi barcha ma’lumotlar o‘chiriladi?

⚪️ DVD-ROM diskidagi
⚫️ Operativ xotiradagi
🔴 Floppi diskidagi
🔵 Protsessordagi

👨🏻‍💻@itspecuz
#test #operatsion_tizim

6️⃣. Kompyuterning ishlash tezligi nimaga bog‘liq?

⚪️ monitor turiga
⚫️ quvvat manbaiga
🔴 klaviatura klavishlarining bosilishi tezligiga
🔵 protsessor chastotasiga

👨🏻‍💻@itspecuz
#test #operatsion_tizim

7️⃣. Kompyuterning qattiq diski qanday ulanish interfeysiga ega?

⚪️ USB
⚫️ PATA
🔴 ATA, Serial ATA
🔵 LAN

👨🏻‍💻@itspecuz
#test #operatsion_tizim

8️⃣. “Dasturiy ta’minot” atamasi ingliz tilidagi ________ atamasiga ekvivalent.

⚪️ Software
⚫️ Hardware
🔴 Trial
🔵 Shareware

👨🏻‍💻@itspecuz
#test #operatsion_tizim

9️⃣. Quyidagi qaysi jarayonlarni operatsion tizim bajarmaydi?

⚪️ foydalanuvchi interfeysini tashkil qilish
⚫️ har bir foydalanuvchining kompyuterdagi ish vaqtini taqsimlash
🔴 barcha kompyuter tugunlarining birgalikdagi ishlarini tashkil qilish
🔵 amaliy
dasturlarni ishga tushirish va yakunlash

👨🏻‍💻@itspecuz
​​📽 UZREPORT TV va FUTBOL TV taqdim etadi! 🎥

⚽️ JCH-2018 barcha uchrashuvlar dasturini telefoningizga yuklab oling!

📥 Ushbu taqvimni yuklab oling va natijalarni kiritib boring.

📌 Do'stlaringizga ulashishni unutmang! 🤝

👨🏻‍💻@itspecuz & @FutbolTV
​​#bilasizmi

🚗 Mersedes Yellinek, mashhur avtomobil kompaniyasi shu qizning sharafiga nomlangan, 1900-yillar.

👨🏻‍💻@itspecuz
#bilasizmi #maslahat #dasturlash

🐍 Python dasturlash tili haqida 5 fakt

Python — boshlang‘ich bosqichdagi dasturchilar uchun eng mos dasturlash tilidir. Quyida keltirilgan 5 ta dalil — buning yorqin isbotdir.

1️⃣. Python deyarli hamma joyda ishlaydi

Python deyarli hamma narsada ishlaydi, cho‘ntak kompyuterlari va smartfonlardan tortib tarmoq serverlarigacha. Phyton’ning Windows, Linux/UNIX, macOS va macOS X, iPhone OS 2.0 va undan kattaroq, Palm OS, OS/2, AS/400 va hattoki OS/390, Windows Mobile, Symbian va Android uchun versiyalari mavjud.

2️⃣. Python’ning ildizlari qadimiy

Python ustida ishlash 1980-yillarning oxirlarida boshlangan va birinchi to‘liq versiyasi 1991 yilda paydo bo‘lgan. Shunday ekan, Python o‘z balog‘at yoshini nishonlaganiga uzoq vaqt bo‘lgan. Bu yetuk va rivojlanayotgan dasturlash tilidir, ayrimlar ishonganidek — hech ham o‘lik til emas.

3️⃣. Phyton yirik kompaniyalarda ham ishlatiladi

Google, Yahoo, NASA, Industrial Light & Magic va hattoki Microsoft Python’dan foydalanishadi. Microsoft hattoki Python Developer Center’ni ochgan.

4️⃣. Python - dunyodagi eng mashhur dasturlash tillaridan biri

TIOBE ma’lumotlariga ko‘ra, Python eng mashhur dasturlash tillari reytingida beshinchi o‘rinni egallagan. Birinchi o‘rinda — Java, keyingi o‘rinlarda — C, C++, C# tillari oilasi. Agar bu tillarning barchasi bir deb hisoblansa, Python uchinchi o‘rindadir!

5️⃣. Python’ni o‘rganish boshqa tillarga nisbatan ancha oson

Python - oson o‘rganiladigan dasturlash tilidir. Dasturlashni ko‘p joylarda aynan shu tildan boshlash tavsiya etiladi. Bir kuni u qachonlardir Turbo Pascal egallab turgan faxriy mavqega ega bo‘ladi, degan umiddamiz.

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#bilasizmi #smartfon

📱“iPhone”da ikonkalarning standart joylashuvini qayta tiklash mumkinmi?

“iPhone”ning asosiy ekrani ikonkalari aralashib ketgan bo‘lsa ham, uni asl qiyofasiga qaytarish mumkin. Buning uchun smartfon menyusida kerakli opsiya mavjud.

Belgilarning standart joylashuvini qayta tiklash uchun sozlamalarga kiring va “Основные” bo‘limiga o‘ting. Unda “Сброс”ni oching va unda “Сбросить “Домой”” opsiyasini tanlang.

Qayta tiklashni tasdiqlaganingizdan so‘ng, ikonkalar haqiqiy ko‘rinishga qaytadi. Barcha yaratilgan papkalar yo‘qoladi, bosh ekranda standart “Apple” ilovalari paydo bo‘ladi. Boshqa barcha ilovalar alfavit tartibida ikkinchi va keyingi ekranlarda joylashtiriladi.

📝 Manba: Xabar.uz

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#maslahat #smartfon

📱Telefon quvvatining tez tugashi sabablari🔋

Odamning ko‘nglini xira qiladigan bir holat bor: zudlik bilan kimgadir qo‘ng‘iroq qilishingiz kerak. Darhol telefoningizni qo‘lga olasiz va ko‘rasizki, quvvati atigi 2% foiz qolgan, xolos. Asabbuzarlik, sarosima, vahima. Quvvatlantirish mumkin bo‘lgan joyni qidirib qolasiz. Topa olsangiz, “mechkay” smartfoningizni quvvatlantirasiz. Aks holda…

Aytgancha, mobil telefoningiz tez-tez quvvat manbaiga biriktirasizmi? Quvvati tez tugaydimi? Bilasizmi, buning ma’lum sabablari bor.

Mutaxassislar nima uchun mobil qurilmasining quvvati tez tugashiga sabab bo‘luvchi 7 ta holatni keltirib o‘tishdi:

1️⃣. Siz o‘z telefoningizni doim 100% foiz qilib quvvatlantirasiz.

Ekspertlarning xulosalariga ko‘ra, telefon batareykasidagi maksimal quvvati miqdori 30% dan 80% foizgacha. Yaxshisi, qurilmangizning quvvatini ana shunday miqdorda saqlash uchun kuniga bir necha marotaba manbaga ulang.

2️⃣. Siz telefoningizning “o‘lishi”ga sabab bo‘layapsiz

Doim akkumulatorning eng past darajaga tushishi yaxshi emas. Qurilmani bunchalik “ekspluatatsiya” qilmang. Ekspertlarning aytishicha, akkumulatorni faqat ikki oyda bir marta 0% foizga tushirib, o‘chib qolguncha ishlatish kerak. Bu profilaktika uchun ham zarur. Biroq bu doimiy bo‘lmasligi shart. Qaytaramiz ikki oyda faqat bir marta.

3️⃣. Siz akkumulatorning qizishiga yo‘l qo‘yib beryapsiz

iPhone va boshqa qurilmalar ekstremal baland haroratni yaxshi ko‘rmaydi. Telefonni o‘ta sovuq (noldan past) va 35 darajadan yuqori haroratda ishlatmang. Qurilmani jazirama yoz issig‘ida deraza tokchasida, qahraton qish payti mashinada qoldirmaslikka harakat qiling.

4️⃣. Sizga smartfonni masofadan turib quvvatlash yoqib qolgan ko‘rinadi

Va siz mobil qurilmangizni har kun shunday uslubda quvvatlantirayapsizmi? Bilsangiz, simsiz zaryadlash qurilmasi batareykani qizdirib yuboradi.

5️⃣. Siz quvvatlash chog‘ida smartfoningizning qizib ketishiga yo‘l qo‘yib berayapsiz chog‘i

Agar telefoningiz quvvatlash chog‘ida yumshoq ko‘rpachaning ustida bo‘lsa, tez qizib ketadi. Quvvatlantirish paytida qurilmani stol yoki tumba ustiga qo‘yishga harakat qiling.

6️⃣. Sizning “zaxira” telefoningiz doim quvvat bilan to‘yingan bo‘ladi

Ko‘pchilikda qo‘shimcha sifatida ishlatiladigan “zaxira” telefoni bor. Uning doim “to‘yingan” holda bo‘lishi — katta xato. Agar siz uni faol ishlatmasangiz, telefon quvvati 50% foizdan yuqori bo‘lib turishining o‘zi kifoya.

7️⃣. Siz begona qurilmalardan ham smartfonni quvvatlantirib turasiz

Muammo shundaki, ko‘pchilik qurilma uchun eng arzon qo‘shimcha shnur sotib oladi. Bilib oling, aksariyat akkumulatorlarning asosiy “qotili” ham “begona” shnurlar bo‘ladi.

📝 Muslim Mirzajonov: Terabayt.uz

👨🏻‍💻@itspecuz
Hurmatli kanalimiz muxlis va muxlisalari, aziz do‘stlar!

🕋 Barchangizni Muborak Ramazon Hayiti ayyomi bilan muborakbod etamiz. Barchamizning qilgan ibodatlarimiz, tutgan ro‘zalarimiz va hayrli amallarimizni Yaratgan o‘z dargohida qabul qilsin, ikki dunyo saodatini oilalarimiz va yaqinlarimizga nasib aylasin!

🕌 Hammamizga oilaviy xotirjamlik, sog‘lik, quvonch hamroh bo‘lsin, yanagi yildagi Ramazon oyiga bag‘ri butunlikda erishish nasib qilsin!

💐 Hurmat va ehtirom ila,
© IT specialist kanali ma’muriyati