IT specialist
11.8K subscribers
1.12K photos
475 videos
62 files
3.75K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #software #android

📲🖥 Nox App Player – Windows operatsion tizimi boshqaruvi ostida, kompyuterda Android ilovalarni ishga tushirish uchun emulyator dasturi. Google Play'dagi barcha ilovalar qo‘llab-quvvatlanadi. Dastur tarkibida fayllarni qulay ayirboshlash uchun kompyuter fayl tizimlari bilan ishlay oluvchi maxsus to‘laqonli fayl tizimi mavjud. Root-huquqlarini olish imkoniyati bor.

Dasturning alohida afzalliklariga misol sifatida bir vaqtning o‘zida ilovaning bir nechta nusxalarini ishga tushirish imkoniyati, sozlanuvchan joylashuv (lokatsiya) va joystiklarning qo‘llab-quvvatlanishini keltirish mumkin.

DASTUR HAQIDA:
🆚 Versiya: v7.0.0.8
🖥 OT: Windows
📀 Razryadlik: x86/x64
🇷🇺 Interfeys tili: Ruscha
🔑 Davolash: Talab etilmaydi

📎 Nox App Player v7.0.0.8 dasturini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #security #software

“Корзина”dan o‘chirilgan fayllarni qanday tiklash mumkin? 🗑🤔

Agar tasodifan yoki bilvosita o‘chirib yuborilgan ma’lumotlar ustidan hech nima yozilmagan bo‘lsa, ularni osonlik bilan o‘z joyiga qaytarish mumkin. Ushbu maqolada buni Windows, macOS va Linux operatsion tizimlarida qanday amalga oshirish xususida to‘xtalib o‘tamiz.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Qayta tiklash mavzusiga oid maqolalar ro‘yxati ulashilgan postimiz.
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz roʻyxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #software #hardware

⌨️ Matn kiritilishidan bir necha soniya o‘tib CapsLock klavishini avtomatik o‘chadigan qilish

Agarda biror hujjat bilan ishlash yoki chatda yozishish paytida CapsLock'ni ko‘p qo‘llasangiz, kerak bo‘lgan paytida ushbu klavisha faolligi hayolingizdan ko‘tarilib, katta harfni kiritaman deb SHIFT'ni bosasiz va bunda harflar aksincha kichik kiritilishi asabingizga tegib, ortiqcha vaqtingizni oladi, biror guruhda esa hadeb katta harfda matn kiritishingiz adminlarning jig‘iga tegib, sizni shunchaki ban qilishlari mumkin.

Siz shunday qilishingiz mumkinki, matn kiritishni to‘xtatishingiz bilan CapsLock bir necha soniya o‘tib o‘zi o‘chadigan bo‘ladi. Foydalanuvchi tomonidan belgilangan vaqtdan so‘ng CapsLock klavishini avtomatik o‘chirib qo‘yish uchun mo‘ljallangan CapsUnlocker kichik yordamchi dasturini yuklab oling va arxivni alohida papkaga ajratib olib, CapsUnlocker.exe faylini ishga tushiring.

1️⃣. Yordamchi dasturni ishga tushirib, uning menyusini tizim soati yonidagi ishga tushirilgan dasturlar treyidan oching va “Option” bandini tanlang.

2️⃣. “Unlocking Interval” sozlamasiga ahamiyat bering, qoida bo‘yicha uning qiymati sifatida 30 soniya — ya’ni faol turgan CapsLock'ni avtomatik o‘chirish vaqti belgilangan.

3️⃣. Sizga kerakli vaqt oralig‘ini ko‘rsating va sozlamalarni saqlang.

📎 CapsUnlocker v1.1 dasturini yuklab olish.

📝 Manba: @trojan_anonym

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Klaviatura bilan ishlashga oid mavzularni o‘ziga jamlagan postimiz
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #software

🎥🖥 Movavi Screen Recorder - monitor ekranidagi harakatlarni video ko‘rinishida yozib olish hamda butun ekran, tanlangan oyna yoki oynaning bir qismidan skrinshot hosil qilish uchun dastur. Tayyor roliklarni mobil qurilmalar qo‘llab-quvvatlaydigan formatlarga konvertatsiya qilish mumkin. Video yozib olish jarayonida dasturlardagi tovushlar va foydalanuvchi ovozini yozib olish imkoniyati mavjud. Dastur ham oqimli audio manbasidan, ham o‘rnatilgan mikrofondan ovoz yozib olish imkoniyatiga ega.

DASTUR HAQIDA:
🆚 Versiya: v21.1.0
🖥 OT: Windows
📀 Razryadlik: x86/x64
🇷🇺 Interfeys tili: Ruscha
🔑 Davolash: Talab etilmaydi

📎 Movavi Screen Recorder v21.1.0 dasturini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Klaviaturadagi PrintScreen (PrtScn) klavishining bajaradigan funksiyasi haqida
PRINT SCREEN (PrtScn) klavishi yordamida ekran fragmentini rasmga olish
Pikseliga qadar aniqlikdagi jozibador skrinshotlarni qanday yaratish mumkin? (Ksnip dasturi)
Ekrandan videoni yozib olish uchun bepul ilovalar
Telegram’ingizda screenshot olib bo‘lmayaptimi?
Icecream Screen Recorder Pro kompyuter dasturi
AZ Screen Recorder mobil ilovasi
ADV Screen Recorder mobil ilovasi
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.
• Operatsion tizim rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #hardware #software

Windows 10, 8.1 va 7'da disk harfini o‘zgartirish 🔄

Agar sizni Windows tomonidan avtomatik ravishda disklarga nisbatan belgilangan harflar qoniqtirmasa yoki ular tizimning qayta o‘rnatilishi/yangilanishidan keyin o‘zgarib qolsa, ularni osongina o‘zgartirishingiz mumkin. Bu qattiq disklarga ham, SSD-disklarga ham (aniqrog‘i, ulardagi bo‘lim (раздел)larga), boshqa USB-saqlash qurilmalariga ham tegishli.

Ushbu ko’rsatmada operatsion tizimning ichki vositalari yordamida Windows'da disk harfini o‘zgartirishning ikki oddiy usuli haqida so‘z yuritiladi.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #software

Kompyuterni o‘chirish uchun oddiy taymer dasturi

Ba’zida bizda biror dasturiy ta’minot yoki apparat tugmalariga murojaat etgan holda kompyuterni qo‘lda o‘chirish uchun imkoniyat, vaqt yoki shunchaki xohish bo‘lmasligi mumkin. Aynan shunday vaziyatlarda Shutdown PC Timer yordamchi dasturi bizga yordamga keladi.

Shutdown PC Timer — bu taymer orqali kompyuterni o‘chirish uchun eng oddiy yordamchi dasturdir. Uning yordamida tizimni muayyan vaqtdan so‘ng osongina o‘chirish, qayta yuklash yoki uyqu rejimiga yuborish mumkin.

Kompyuterning o‘chirilishi bunga hali tayyor bo‘lmagan foydalanuvchini ajablantirmasligi uchun yordamchi dastur uni avval o‘n daqiqa qolganida, keyin esa bildirishnomalar yordamida bir daqiqa qolganida ogohlantiradi.

Shutdown PC Timer sozlamalarida ushbu dasturni boshqa oynalar ustidan ko‘rinib turadigan qilish, bildirishnomalar chiqishini cheklash va dasturni to‘liq yopish o‘rniga uni tizim soati yonidagi treyga tushib turadigan qilib sozlash mumkin.

📝 Manba: @komputeer

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Uyqu rejimi va gibernatsiya — farqi nimada?
Kompyuterning uyqu rejimi va gibernatsiyasi haqida nimani bilish lozim?
Gibernatsiya rejimini faollashtirish
Qurilmalarga kompyuterni uyqu rejimidan chiqarishni taqiqlash
Kompyuterda uyqu rejimidan chiqishda so‘raluvchi parolni o‘chirib qo‘yish
Windows 10’da gibernatsiya
Kompyuterni o‘chirishni avtomatlashtirish
Kompyuterni o‘chirish taymerini sozlash
Kompyuterni ma’lum vaqtdan keyin qayta yuklash yoki o‘chirish
SHUTDOWN buyrug‘i
Buyruqlarni muayyan vaqtdan keyin bajarish
Noutbukning ustki qismini yopgandagi amalga oshiriladigan harakatlarni sozlaymiz
Noutbuk (laptop)ni tezkor quvvatlash
Microsoft Edge'ning uyqudagi varaqa (вкладка)lari uchun umumiy taym-ayt vaqtini sozlash
Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #hardware #software #IT_humor

Yo‘riqnomalarni o‘qib, amal qiladiganlar bormi oramizda? 🤔

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #software

Operatsion tizim bilan birga keluvchi ilovalarni o‘chiramiz

Ko‘p holatlarda operatsion tizimimiz bilan birga keluvchi ilovalar keraksiz va shunchaki diskda ortiqcha joy egallab turgan bo‘ladi. Ularni odatiy tarzda o‘chirib bo‘lmaydi, bunda bizga Windows 10 App Remover yordamga keladi.

Yordamchi dastur ishga tushirilganidan so‘ng bizdan faqat bir harakat — xalos bo‘lishimiz lozim bo‘lgan dastur nomi keltirilgan tugma ustiga bosish talab etiladi.

Shu bilan birga, yordamchi dastur yordamida muammoli dasturning xatoliklarini kuzatish imkoni mavjud. Buning uchun Show Log bandi qarshisiga qushcha belgisini o‘rnatish talab etiladi.

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #software

➡️ Dasturni qayta o‘rnatib o‘tirmasdan boshqa diskka to‘liq ko‘chirib o‘tkazish

github.com saytidagi FreeMove — ochiq kodli bepul dasturiy ta’minot bo‘lib, o‘rnatilgan dasturlar papkalarini boshqa joyga yoki hattoki boshqa diskka funksionalligini buzmagan holda to‘liq ko‘chirish imkonini beradi.

Ko‘chirib o‘tkazilishi lozim bo‘lgan papka va uning yangi joylashuvi tanlanadi, so‘ngra Move tugmasi bosiladi.

Set original folder to hidden opsiyasiga ahamiyat bering. U keyinchalik sizni adashtirmaslik maqsadida, joriy (asl) papkani Проводник'da berkitish imkonini beradi.

Buning boisi, yordamchi dastur barcha papkalar va fayllarni yangi joyga ko‘chirib o‘tkazadi, eski joylashuvida esa ularga bo‘lgan simvolli havolalarni yaratadi. Shunday ekan, ko‘chirib o‘tkazilgan papkalarni o‘chirmasdan, shunchaki ularni berkiting.

Qo‘llanilishi:

Ishga tushirish uchun mo‘ljallangan .EXE kengaytmali fayl ustiga ikki marta bosing va o‘rnatish ketma-ketligidagi oynalar tavsiyasiga amal qiling.

⚠️ Izoh: ushbu dasturda to‘laqonli ishlay olish uchun administrator huquqlari talab etiladi.

Tavsiyalar:

Tizimli kataloglarni ko‘chirib o‘tkazishga urinmang, ular Windows'ni yangilash markazi va Windows ilovalari do‘koni kabi funksiyalarning ishlamay qolishiga sabab bo‘ladi.

Quyidagi: C:\Users | C:\Documents and Settings | C:\ProgramData | C:\Program Files | C:\Program Files (x86) kabi kataloglarni ko‘chirishga urinmang. Agar shunda ham buni amalga oshirish istagida bo‘lsangiz, mas’uliyatni o‘z zimmangizga olgan bo‘lasiz. Katalogni orqaga qaytarish uchun Readme'ning so‘nggi qismiga murojaat eting.

Biroq, yuqorida keltirib o‘tilgan kataloglar tarkibidagi quyi kataloglarni ko‘chirishda hech qanday muammo yuzaga kelmaydi. Shunday ekan, siz C:\Program Files\HugeProgramIDontWantOnMySSD'ni muammosiz ko‘chirib o‘tkazishingiz mumkin.

Ko‘chirib o‘tkazilgan dasturlarni o‘chirish:

Dasturlar odatiy tarzda, ulanishni uzmagan holda o‘chiriladi. O‘chirish dasturi odatiy rejimda, dastur ko‘chirib o‘tkazilgan joyda bo‘sh katalog (papka)ni va katalogning avvalgi joylashuvidagi havolani qoldirgan holda ishlaydi, ularni keyinchalik qo‘lda o‘chirishingiz mumkin.

📥 FreeMove v2.1.0 dasturini yuklab olish.

📝 Manba: @pcTeapot

📝 Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Windows 10, 8.1 va 7'da disk harfini o‘zgartirish
Windows 10'da Buyruq satri (Командная строка) yordamida disk harfini o‘zgartirish
Foydalanuvchi profiliga oid papkalarni boshqa diskka o‘tkazish
Windows 11'da Windows.old papkasini o‘chirish (undan oldingi versiyalar uchun ham o‘rinli)
Windows'da virtual xotira (файл подкачки)ni sozlash: tizim samaradorligini oshirish
Istalgan papka asosida virtual disk yaratish
Windows haqidagi voz kechish lozim bo‘lgan 5 mashhur afsona
SSD va HDD xotiralar bir-biridan qanday farq qiladi?
HDD va SSD farqlari, afzalliklari. Kimga qaysi biri kerak?
Ma’lumotlarni yo‘qotmagan holda fleshka, qattiq disk va SSD’da fayl tizimini FAT32’dan NTFS’ga o‘zgartirish
HDD'dan SSD'ga qanday qilib “og‘riqsiz” o‘tish mumkin?
WinPE 10-8 Sergei Strelec yordamchi vositasini qattiq diskdan ishga tushirish
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #software #word #excel #powerpoint #outlook

Microsoft Windows va Office'larning rasmiy o‘rnatiluvchi obrazlarini yuklab olish 📥

Windows ISO Downloader – Microsoft serverlaridan Windows operatsion tizimining rasmiy obrazlarini oddiy yuklab olish uchun mo‘ljallangan bepul dastur.

Dastur obrazini yuklab olish mumkin bo‘lgan mavjud operatsion tizimlar ro‘yxatini ko‘rsatadi. Ayni damda bu Windows 7, Windows 8.1, Windows 10 va Insider Preview, shuningdek MS Office 2010, Office 2013, Office 2016, Office 2019 va Expression Studio'lardir. Mos keluvchi tizim tanlanganidan so‘ng, dastur Microsoft Techbench saytidagi kabi monand formani aks ettiradi.

Kompyuterga allaqachon o‘rnatilgan va qo‘llanilib turgan operatsion tizimning tayyor ISO obrazini yuklab olish, tizimni qayta o‘rnatish yoki tiklash uchun ajoyib variant hisoblanadi.

📎 Windows ISO Downloader v8.46.0.154 kompyuter dasturini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Toza Windows 10'ni o‘rnatish
Windows'ni o‘rnatish mahalida Secure Boot'ni o‘chirib qo‘yish
Drayver nima? Drayver haqida batafsil ma’lumot (video)
Drayverlarni topish va o‘rnatish
Printer va skaner uchun drayver yuklash va o‘rnatish
Kompyuterga dastur yuklash uchun saytlar (+ishonchli)
Dastur ornatish sanati
Dasturni qaysi versiyasi yaxshi: eski yoki yangi?
Kompyuter dasturlari qanday turlarga bo‘linishi haqida
Автозагрузка nima? Avtozagruzkadan dasturlarni olib tashlash.
Kompyuter ishlashini tezlashtiramiz! (video)
Bir nechta qismlardan iborat dasturlarni o‘rnatish
Internetda vaqtni xavfsiz o‘tkazish
Operatsion tizimdagi barcha dasturlarni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng antivirus dasturini o‘rnatish, fleshkadan oqilona foydalanish va Total Commander dasturlariga oid tavsiyalar
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #security #software

Qattiq diskdagi o‘chirilgan fayllarni qanday qayta tiklash mumkin?

Agar siz operatsion tizimingizni qayta o‘rnatgan bo‘lsangiz yoki shunchaki shaxsiy kompyuteringizni keraksiz fayllardan tozalagan bo‘lib, biror muhim faylni o‘chirib yuborgan bo‘lsangiz — u holda o‘chirib yuborilgan materiallarni “Recuva” dasturi yordamida qayta tiklashingiz mumkin.

Bu qanday amalga oshiriladi:

1️⃣. Ushbu yordamchi dasturni yuklab olamiz, o‘rnatamiz va ishga tushiramiz.

2️⃣. O‘chirilgan fayllari qayta tiklanishi lozim bo‘lgan saqlash qurilmasini tanlaymiz.

3️⃣. “Анализ” tugmasi ustiga bosamiz.

4️⃣. Jarayon tugallanishini kutamiz, kerakli fayllarni tanlaymiz, so‘ngra “Восстановить” tugmasi ustiga bosamiz.

❗️Muhim: tiklangan fayllarni ma’lumotlarni tiklashda ishtirok etgan diskning o‘ziga saqlamang. Aks holda ma’lumotlar buzilib qolishi va ularni ocha olmasligingiz mumkin.

📎 Recuva v1.53.2078 dasturini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Windows 10’da parolni qayta tiklash (сброс пароля)
Windows 10'da drayverlarning rezerv nusxasini olish va tiklash
Gmail akkauntini o‘chirish yoki qayta tiklash
“iPhone”da ikonkalarning standart joylashuvini qayta tiklash mumkinmi?
Android’ni ishlab chiqaruvchi sozlamalariga qaytarish (Hard Reset)
“Facebook”dagi akkauntni o‘chirish
CyberShredder dasturi
• Qayta tiklash mavzusiga oid maqolalar ro‘yxati ulashilgan postimiz
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#internet #software #IT_humor

Eh, attaaaang, boyaqish boshqa brauzerlarni yuklab olish uchun yaxshi vosita edi... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #security #software

CyberShredder dasturi 🗑

CyberShredder - bu tezkor, xavfsiz va qulay yordamchi dastur, bu sizning kompyuteringizdagi maxfiy fayllarni butunlay yo‘q qilishga imkon beradi. Oddiy faylni o‘chirish fayl katalogidagi yozuvni va joylashuv jadvali ma’lumotlarini olib tashlaydi. Disk klasterlari tarkibidagi fayl ma’lumotlari aslida qattiq diskingizda saqlanib qoladi va keyinchalik ularni tiklash mumkin hisoblanadi. CyberShredder faylni o‘chiradi va fayldan bo‘shagan joy ustidan tasodifiy ma’lumotlarni qayta-qayta yozib tashlaydi, shuning uchun ma’lumotlarni qayta tiklash dasturlari buni hech qachon tiklay olmaydi.

CyberShredder'ning sodda interfeysi maxfiy ma’lumotlardan butunlay xalos bo‘lishga yordam beradi. Fayllarni uch xil turdagi parchalash, shu jumladan NSA (MXA - Milliy Xavfsizlik Agentligi) tomonidan tasdiqlangan yetti bosqichli fayl ustidan yozish usullari yordamida o‘chiradi.

⚠️ E’tibor bering, CyberShredder tomonidan o‘chirilgan fayllar va kataloglarni ma’lumotlarni qayta tiklash uchun xizmat qiluvchi dasturlar yordamida tiklashning imkoni bo‘lmaydi. Undan ehtiyotkorlik bilan foydalanayotganingizga ishonch hosil qiling. Dastlab sinov uchun ba’zi oldindan nusxalab olingan ma’lumotlar bilan uning xatti-harakatlarini tahlil qilish orqali dasturdan qanday foydalanishni o‘rganib olish tavsiya etiladi.

🌐 Dasturning Internetdagi rasmiy sahifasi: https://www.cylog.org/utilities/cybershredder.jsp

📎 CyberShredder v1.12 dasturini yuklab olish.

📌 P.S.: Arxivdan dasturning o‘rnatiluvchi (.EXE) va o‘rnatilgan, ya’ni Portable (.ZIP) variantini topib foydalanishingiz mumkin.

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida quyidagi kompyuter dasturlaridan foydalanish tavsiya etiladi:
Ingliz tilini o‘zlashtirish uchun foydali dasturlar, mobil ilovalar va tavsiyalar jamlanmasi
Соло на клавиатуре dasturi
easyQuizzy dasturi
Internet Download Manager dasturi
Punto Switcher dasturi
Microsoft Word matn muharriri uchun qo‘shimcha sifatida ishlatiladigan Translit dasturi haqida
USB Safely Remove dasturi
Savodxon dasturi haqida
Papkaga parol o‘rnatish uchun Encrypto dasturi
Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija