IT specialist
9.66K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#operatsion_tizim #security

Windows’da papkaga parol o‘rnatish haqida 🔐

Bir nechta fayllarni begona ko‘zlardan himoyalash uchun tizimning yuklanishiga parol o‘rnatish shart emas. Ba’zan faqatgina tanlangan papkani bloklash ancha qulay hisoblanadi.

Windows’da ushbu vazifani amalga oshirish uchun o‘rnatilgan funksiyalari mavjud emas. Lekin siz buni amalga oshirish uchun bepul dasturlardan foydalanishingiz mumkin. Misol tariqasida biz 7-Zip arxivatori hamda Anvide Seal Folder yordamchi dasturlarini ko‘rib chiqamiz.

7-Zip yordamida

7-Zip
papkani arxivlaydi, uning tarkibini shifrlaydi va uning yuklanishini parol yordamida bloklaydi. Ehtimol siz allaqachon ushbu dasturdan foydalanayotgan bo‘lsangiz kerak? Agar javobingiz yo‘q bo‘lsa, unda 7-Zip’ni rasmiy saytidan yuklab oling. Agar boshqa arxivatordan foydalanishni afzal deb bilsangiz, unda uning yordami bilan papkaga parolni shunga o‘xshash tarzda qo‘llashingiz mumkin.

Arxivatorni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng kerakli papkaning ustida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va ochilgan kontekst menyusidan 7-Zip → “Добавить к архиву”ni tanlang.

Ochilgan oynada “Шифрование” punkti ostida parolni kiriting va kombinatsiyani takrorlang. “Шифровать имена файлов” punktini belgilang va OK tugmasini bosing.

Shundan so‘ng dastur papkaning nusxasini shifrlangan arxiv ko‘rinishida yaratadi, uning tarkibini esa faqatgina parolni kiritish yo‘li bilan ko‘rish mumkin bo‘ladi. Himoyasiz qolgan original papkani esa o‘chirib tashlang (iloji boricha o‘zingizga qulay bo‘lgan harflar, sonlar, simvollar kombinatsiyasidan iborat parollardan foydalaning, yodingizdan ko‘tarilib qolsa bu bilan faqatgina o‘zingizga jabr qilgan bo‘lib qolasiz!).

Xuddi shu tarzda 7-Zip har qanday tanlangan faylni parol bilan himoyalashga imkon beradi.

🌐 Link: http://7-zip.org/

Anvide Seal Folder yordamida

Arxiv bilan ishlab, o‘zingizni bezovta qilishni istamasangiz, u holda parolni Anvide Seal Folder dasturidan foydalanib to‘g‘ridan-to‘g‘ri papkaga nisbatan o‘rnatishingiz mumkin. Ushbu yordamchi dastur tanlangan papkalarning tarkibini shifrlaydi va ularni qiziquvchan ko‘zlardan berkitib qo‘yadi. Himoyalangan papkalarni faqatgina Anvide Seal Folder interfeysi orqali parolni kiritgan holda ochishingiz mumkin.

Dasturni foydalanish juda oson. Plyus – + tugmachasini bosish orqali kerakli papkaga yoki o‘z navbatida bir nechta papkalarga ketma-ket yo‘nalishni ko‘rsatishingiz mumkin. Shundan so‘ng Anvide Seal Folder’ning bosh menyusida qo‘shilgan papkalar ro‘yxati paydo bo‘ladi. Ulardan biriga yoki bir nechtasiga parol o‘rnatish uchun ularni shunchaki belgilagan holda yordamchi dasturning ko‘rsatmalariga muvofiq amallarni bajarishingiz kifoya. Bundan tashqari siz Anvide Seal Folder’ga kirish uchun ham parol o‘rnatib qo‘yishingiz mumkin.

🌐 Link: http://anvidelabs.org/programms/asf/

Darvoqe Anvide Labs’ning qolgan dasturlariga ham qiziqib ko‘ring: http://anvidelabs.org/programms/

👨🏻‍💻@itspecuz
👍1
Siz qaysi dasturdan foydalangan bo‘lardingiz?
anonymous poll

🖥 7-Zip – 94
👍👍👍👍👍👍👍 60%

🖥 Anvide Seal Folder – 40
👍👍👍 26%

🖥 Ikkisidan ham 🖥 – 22
👍👍 14%

👥 156 people voted so far.
#smartfon

“Yirik “operativka”li smartfon — marketing aldovidir!” 📱

2016 yilda
taqdim qilingan Vivo Xplay 5 Elite smartfoni o‘zidagi 6 gigabaytli tezkor xotirasi bilan ko‘pchilikni hayratda qoldirgan edi. Keyinchalik Samsung, Huawei, OnePlus va Xiaomi ham devayslariga shuncha sig‘imli tezkor xotira o‘rnatishga kirishib ketdi. Ulardan keyin ASUS o‘zining ZenFone AR gadjetiga sig‘imi 8 GB bo‘lgan “operativka” qo‘ydi. Smartfonlarga bu darajadagi “gigant” tezkor xotiralar qanchalar zarur? Huawei’ning operatsion tizimlar bo‘yicha direktori Lao Shi shu savolga oydinlik kiritdi.

Janob Lao Shi o‘zining Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qilishicha, har qanday turdagi smartfonning samarali ishlashi uchun 4 GB operativ xotira kifoya qiladi. Lao Shi smartfon kompaniyalari o‘rtasidagi yirik tezkor xotirali smartfon ishlab chiqarish musobaqasini “sovuq urush” davrida AQSh va SSSR o‘rtasida qurollanish poygasiga o‘xshatdi.

Lao Shi ekspertlar tomonidan o‘tkazilgan test natijalariga asoslanib, 4 GB tezkor xotirali SoC Kirin 960 protsessori bilan ta’minlangan Huawei smartfoni raqib kompaniyalarning 6 GB tezkor xotirali smartfonlaridan yaxshiroq ishlashini ma’lum qilgan.

Ekspertning fikricha, istiqbolda joriy etiladigan mobil texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun smartfonga 4 GB tezkor hamda 128 GB sig‘imli flesh-xotira kifoya qiladi. Huawei top-menejeri ishlab chiqaruvchilar smartfonni samarali ishlashi uchun uning texnik va dasturiy platformasini muvofiqlashtirishlari kerakligini ta’kidlaydi. Misol uchun, Apple’ning iOS operatsion tizimining kichik sig‘imli operativ xotira bilan ham tez va aniq ishlashining bosh sababi ham undagi dasturlarning optimallashtirilishi bilan bog‘liq.

Huawei rahbarining aytishicha, yirik xotirali telefonlar xaridorni ortiqcha pul to‘lashga majbur qilish uchun o‘ylab topilayotgan marketing siyosatidir. 6 GB “operativka” – bu tamoman bema’nilik. Vaholanki, Huawei’da ham bunday xotirali smartfonlar mavjud. Bir muddat avval Huawei 4K sig‘imli ekranning ham xaridorning “qulog‘ini aldaydigan chaqiriq” deb aytib, smartfonlarda undan foydalanish foydasizligini xabar qilgan edi.

👨🏻‍💻@itspecuz
Bu borada sizning fikringiz qanday?
"Har kuni bir xil ovqat yeyaverishning sog‘liq uchun ta’siri qanday?" nomli maqolamizga baho bering:
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mavzu #word
Ba’zida hujjatimizda sahifa kengligi bo‘ylab gorizontal chiziq o‘tkazishimizga to‘g‘ri kelib qoladi. Quyida ushbu chiziqlarning har xil variantlarini yaratishni ko‘rsatamiz.
@itspecuz