IT specialist
9.23K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#learn_english_with_software #smartfon #android

🇬🇧 English Galaxy — kerakli darajani aniqlagan/tanlagan holda – bir vaqtning o‘zida grammatik bilimlar va lug‘aviy boylikni bosqichma-bosqich oshirib borishni istaganlar uchun noyob ilova.

📎 English Galaxy Premium v2.3.8 mobil ilovasini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Duolingo
Drops
Memrise
Busuu
Полиглот 16/32 va boshqalar
English LinDuo
Rosetta Stone
Lingvist
IELTS Test
English Level Checker
English Tenses
4 pics 1 word
Inglizchani o‘rgatuvchi bepul ilovalar
Ingliz tilini kompyuterda o‘zlashtirish uchun dasturlar
Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍4
#test #powerpoint

PowerPoint'da slaydlar namoyishi (слайд-шоу) qaysi klavisha yordamida boshlanadi?
Anonymous Quiz
12%
TAB
67%
F5
8%
F6
13%
ENTER
Forwarded from IT specialist
#word

🧾 Sahifa oxiriga kelib qolgan jadval satrining boshi avvalgi sahifada qolib, davomi keyingi sahifaga o‘tib ketadigan holat uchun yechim

Ko‘p satrli jadvallar bilan ishlashda ko‘pincha yuzaga keluvchi muammolardan biri, bu sahifa oxiriga kelib qolgan satrning bir sahifada boshlanib, sig‘magani uchun keyingi sahifaga o‘tib ketishida kuzatiladi.

Ushbu vaziyat esa ko‘pchiligimiz uchun yoqimsiz, albatta, ayniqsa satrning boshi avvalgi sahifada arzimagan joyni egallab, davomi esa keyingi sahifada ko‘p joyni band etganida... Bu holatda satr mazmunini tushunish uchun u sahifadan bu sahifaga o‘tishga to‘g‘ri keladi. 😣

Ushbu muammoning yechimi esa quyidagicha:

1️⃣. Jadvalning kerakli satrlari belgilanadi;

2️⃣. Belgilangan soha ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bosiladi va ochiluvchi kontekstli menyu ostidagi “Свойства таблицы” bandi tanlanadi;

3️⃣. Menyu bandida keltirilgan nom ostida ochilgan muloqot oynasida “Строка” varaqasiga o‘tiladi;

4️⃣. “Параметры” guruhidagi “разрешить перенос строк на следующую страницу” bandi faolsizlantiriladi;

5️⃣. “OK” tugmasini bosish orqali kiritilgan o‘zgartirish saqlanadi, tayyor!

Ushbu sozlama bilan post ostidagi video ko‘rsatmada batafsil tanishishingiz mumkin👇🏻🎞.

📝 Manba: @office_killer

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Hujjat sahifasidagi jadvalning so‘nggi satrlarini keyingi sahifaga “majburiy” o‘tkazish sozlamasi
Word'da jadvallarni birlashtirish
Jadval chegaralarini tezkor o‘chirish
Ko‘rinmas jadvalni qanday yaratish mumkin?
Hujjatda turli ko‘rinishdagi chiziqlar va jadvalni tezkor hosil qilish
Jadval yordamida matnni qanday aylantirish mumkin?
Agar jadvaldagi satrning balandligi o‘zgarmasa nima qilish lozim?
Hujjatdagi uzun jadval sarlavhasini boshqa sahifalarda ko‘rsatish
Jadvalning sahifa boshida kelishi bilan bog‘liq muammoni bartaraf etish
Hujjatdagi jadval sarlavhasini qanday qilib boshqa sahifalarda ko‘rinadigan qilish mumkin?
Jadvalning satri bo‘yiga kengaymasa nima qilish lozim?
Jadval kataklarini qanday ikkiga ajratish/birlashtirish mumkin?
Excel'ning keng jadvallarini Word'ga joylashtirish usuli
MS Word jadvallarida formulalar bilan ishlash
Word hujjatiga formula qanday joylashtiriladi?
Formula to‘g‘ri ishlashi uchun oddiy probelni “ajralmas” probelga almashtiramiz
Hujjatga ramka qo‘shamiz
Hujjatga qanday qilib tezkor tarzda chiziqlar tortish mumkin?
Word'da chiziqlarni o‘chirish
Matnni ustunlar yordamida ajratish
Word'da ro‘yxat elementlari o‘rnini tezkor almashtirish
Word’da ishlash bo‘yicha har kimga ham ma’lum bo‘lmagan 7 tryuk
Word'ning 17 foydali klavishlari kombinatsiyasini qulay shaklda o‘rganamiz!
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍6
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim

🗑 Windows 10 “Корзина”si uchun kreativ rasmchalarni sozlaymiz

“Pop Cat” memini eslaysizmi? Reddit foydalanuvchisi bu rasmchalar tizim savatchasi uchun ayni muddao ekanligiga e’tiborini qaratdi.

O‘zimizga ham buni sozlash tartibi esa quyidagicha:

1️⃣. Rasmchalarni yuklab olamiz va kompyuterimizdagi muayyan manzilga arxivdan ajratib olamiz.

2️⃣. WIN + I klavishlari birikmasini bosgan holda Windows 10 parametrlari oynasini ekranga chaqiramiz.

3️⃣. Ochilgan oynada “Персонализация”“Темы” —> “Параметры значков рабочего стола” ketma-ketligi bo‘yicha o‘tamiz.

4️⃣. Bo‘lim ostida o‘zgartirish uchun mavjud yorliqlar ro‘yxati joylashgan. “Корзина”ni tanlaymiz, so‘ngra “Сменить значок”ga bosamiz..

5️⃣. Tanlash uchun dasturlarning rasmchalari keltirilgan maydon ochiladi. “Обзор”ga bosamiz va yuklab olgan rasmchalarimiz joylashgan manzilni ko‘rsatamiz.

6️⃣. Ularni tanlaymiz va “OK”ni bosamiz.

Tayyor! Endi savatchamiz quvnoqroq ko‘rinishda bo‘ladi! 😉

📝 Manba: @tech_lifehacks

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
“Корзина”ni tozalab o‘tirmasdan faylni tezkor o‘chirish
“Корзина”dan o‘chirilgan fayllarni qanday tiklash mumkin?
Fleshkadan o‘chirilgan fayllarni Корзина'ga yuborish
• Tiklash mavzusiga doir barcha postlarimiz ro‘yxati.
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍2
Forwarded from IT specialist
#learn_english_with_software

Drops mobil ilovasi 📲

Lug‘aviy so‘z va jumlalarni zerikarli yodlashdan ko‘ra, buni samarali amalga oshirishni ta’minlovchi, adrenalin bilan to‘ldirilgan o‘yinni tasavvur etib ko‘ring. Drops - bu til o‘rganishda barcha zerikarli jarayonlarni bartaraf etuvchi mobil ilova. Foydali so‘z va jumlalar ajoyib minimalistik rasmlar va tezkor mini-o‘yinlar yordamida o‘zlashtiriladi.

Eng qizig‘i: bu kuniga atigi besh daqiqa vaqt oladi xolos. Rostini aytganda, bu siz uchun aynan kerakli bo‘lgan vaqtdir. Sizga g‘alati tuyulib, “Bu ish beradimi?”, deyishingiz mumkin. Ha, so‘zsiz!

📋 Mavjud tillarning to‘liq ro‘yxati:
🇰🇷 Koreys tili
🇯🇵 Yapon tili
🇨🇳🇭🇰 Xitoy tili (shimoliy xitoy tili va kantoncha dialekt)
🇪🇸🇲🇽 Ispan tili (kastilcha va lotin-amerikancha ispan tili)
🇺🇸🇬🇧 Ingliz tili (amerikancha va britancha ingliz tili)
🇫🇷 Fransuz tili
🇩🇪 Nemis tili
🇳🇱 Golland tili
🇮🇹 Italyan tili
🇷🇺 Rus tili
🇵🇹🇧🇷 Portugal tili (yevropacha va brazilcha portugal tili)
🇮🇱 Ivrit tili
🇸🇦 Arab tili
🇹🇷 Turk tili
🇵🇭 Tagal tili
🇻🇳 Vyetnam tili
🇮🇩 Indoneziya tili
🇩🇰 Daniya tili
🇸🇪 Shved tili
🇳🇴 Norvegiya tili
🇮🇸 Island tili
🇭🇺 Venger tili
🇮🇳 Hind tili
Esparanto tili.

🏆 Ha, aytgancha, ushbu ilova 2018-yilning eng zo‘r ilovasi deb topilgan. Ilova sizga manzur kelsa, uni do‘stlaringizga ham ulashishni unutmang. Birgalikda o‘zlashtirish esa yanada qiziqroq! 😉

📎 Drops Premium v39.0 mobil ilovasini yuklab olish.

📍P.S. Siz uchun taqdim etayotgan versiyamiz aslida Premium versiyasi bo‘lib, unda 5 daqiqalik cheklanma olib tashlangan, ilovadan xohlagan vaqtingizda va istaganingizcha foydalanishingiz mumkin, til o‘rganishda omad sizga yor bo‘lsin!

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍6
Forwarded from IT specialist
#smartfon #android #iOS #operatsion_tizim #tarmoq #internet

Smartfondan tarqatilayotgan Wi-Fi tarmog‘ining kompyuter tomonidan aniqlanmasligi 📱📶 🖥

Smartfonda Wi-Fi ulanish nuqtasini yaratib, unga keyinchalik noutbuk yoki Wi-Fi modulli ShK'ni ulashimiz mumkinligi hech kimga sir bo‘lmasa kerak. Ko‘pincha bu usul noutbuk uchun internet tarqatishda foydali sanaladi.

Foydalanuvchilar smartfonda maxsus yaratilgan ulanish nuqtasi – noutbukdagi mavjud ulanish nuqtalari ro‘yxatida ko‘rinmasligi vaziyatiga duch kelishlari mumkin. Ko‘pincha bu noutbukdagi Wi-Fi moduli faqat 2,4 GGs chastotasida ishlashi, zamonaviy smartfonlar esa 5 GGs chastotasida ishlashi bilan bog‘liq bo‘ladi.

Ushbu muammoni bartaraf etish uchun smartfondagi ulanish nuqtasini sozlash lozim. Bunda amalga oshiriladigan harakatlar quyidagicha:

1️⃣. Android uchun sozlamalarda Точка доступа Wi-Fi'ni topish va Настройка точки доступа'ga o‘tish lozim. Предпочтительная частота bo‘limida 2,4 GGs chastotasini tanlang.

2️⃣. iOS uchun Настройки -> Режим модема ketma-ketligi bo‘ylab o‘ting va Максимальная совместимость funksiyasini faollashtiring.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Wi-Fi tarmog‘i signalini tekshirish
Windows 10’da buyruq satri yordamida Wi-Fi parolini topish
Wi-Fi parolini Windows tizimli kompyuter yoki noutbukda aniqlaymiz
O‘z routeringizdagi Wi-Fi parolini qanday aniqlash mumkin?
Wi-Fi tarmog‘i parolini bilishning 5 usuli
Wi-Fi tarmog‘ingizga kim ulanganligini bilish, uni tarmog‘ingizdan foydalanishga qarshi bloklash va qayta ruxsat berish
Windows 10’da mobil ulanish nuqtasi funksiyasi qanday o‘chiriladi?
Bepul Wi-Fi nimasi bilan xavfli?
Sharh: Ochiq Wi-Fi tarmog‘ida foydalanuvchi shaxsining tasdiqlanishi majburiy bo‘ldi
Umumiy ishlatiladigan Wi-Fi’dan foydalanishda ehtiyot bo‘ling!
“Tarmoq bog‘lanishlari” oynasini tezkor ochish
NetCut — Wi-Fi tarmog‘ini skanerlash
IP-manzil nima va u qanday ishlaydi?
Optik tolaning qanday ishlashi misolda
Noutbuklarda Wi-Fi nuqta hosil qilgan holda o‘zaro ma’lumot almashish
Noutbukka lokal tarmoq orqali keluvchi Internetni Wi-Fi orqali tarqatishning oddiy usuli
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🔥3
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #hardware

🖱⚙️ Sichqonchani avtomatik ravishda qoida bo‘yicha bosiluvchi tugmaga o‘tadigan qilib sozlash

ℹ️ Kompyuter bilan ishlaganimizda sichqoncha juda kerakli va anchagina ishimizni osonlashtiruvchi qurilma hisoblanadi. Bugun bir sozlama orqali undan foydalanishda yanada tezkorlikka erishishni o‘rganamiz.

Buning uchun quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:

1️⃣. WIN + R birikmasi orqali chaqiriluvchi “Выполнить” oynasiga control mouse buyrug‘ini kiritib, ENTER'ni bosamiz.

2️⃣. Ochilgan “Мышь” muloqot oynasining yuqorisidagi “Параметры указателя” bo‘limiga o‘tamiz va uning markazida keltirilgan “Исходное положение в диалоговом окне” maydonidagi “На кнопке, выбираемой по умолчанию” bandini faollashtiramiz ().

3️⃣. Oyna ostidagi OK tugmasini bosgan holda kiritilgan o‘zgartirishni saqlaymiz.

🎞 Batafsil ko‘rsatma post ostidagi videoda ko‘rsatilgan👇🏻.

🤔 Nima o‘zgarganini bilish uchun shunchaki WIN + R birikmasini bosing va sichqonchaning kursori avtomatik ravishda OK tugmasi ustida paydo bo‘lganiga guvoh bo‘lasiz.

❗️Ushbu sozlama majburiy emas, kompyuter uchun hech qanday zarar keltirmaydi. Sozlamani faollashtirilgan joyidan o‘chiriladi.

📝 Manba: @kompyuter_akademiyasi

📌 P.S.: Kimda-kim Windows XP'ning rus mutaxassislari tomonidan ma’lum muddatga qadar maxsus yaratilgan Chip XP to‘plamlaridan birini kompyuteriga o‘rnatib ko‘rgan bo‘lsa, sichqonchaning qoida bo‘yicha faol tugmaga avtomatik o‘tishini kuzatgan bo‘lsa kerak.

Ushbu funksiya bizga noqulaylik tug‘dirgani uchun, ushbu ko‘rsatmadan biz bu funksiyani faolsizlantirish uchun foydalandik, siz ham amalda sinab ko‘rib, yakuniy xulosaga kelishingiz mumkin.

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from Emuallim
Mana o'sha umrimda eng kop vaqt (30 kun) ketgan video!

Bugun sizga nafaqat yangi hujjatli filmimni, balki butunlay yangicha dunyoqarashni taqdim etaman:

- Maxsus Video: Nega yillar davomida o’qib ham gapira olmayotganingizning tub sabablarini vizual tarzda ochib berdim.

- TaleTalk App: Nazariyani amaliyotga aylantirish uchun o'zimiz yaratgan platforma.

- 7 kunlik Challenge: Shunchaki ko'rish emas, balki 7 kun ichida tilingizni "ochish" uchun maxsus dastur!

To'siqlarni parchalash va erkin gapirish vaqti keldi.

Videoni ko'rish

Challengeni boshlash: taletalk.uz

O'zgarishni bugundan boshlang!

P.S. Video va challenge haqida fikraringizni kutib qolaman
Forwarded from IT specialist
#smartfon #android #learn_english_with_software

🇬🇧 English Tenses – ingliz tilidagi zamonlarni (tilning asosini) oson tarzda tushunish va o‘zlashtirish usulini taqdim etuvchi mobil ilova. Barcha imkoniyatlar blokdan chiqarilgan

📎
English Tenses v6.1 mobil ilovasini yuklab olish.

📌 P.S.: Ingliz tili bo‘yicha bilimingiz darajasini qanday baholaysiz? Buni aniqlashda sizga “English Level Checker” va “IELTS Test” mobil ilovalari yordam berishi mumkin.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🎨 Dizayn qilish uchun endi professional bo'lish shart emas!

Canva’ning o‘zimizdagi muqobili — Ijodly.com ishga tushdi! 🚀

Logotiplar, Instagram postlar va resume yarating.
1000 dan ortiq tayyor shablonlar.
Oson va qulay interfeys.

Sizning ijodingiz — bizning platformada!

⚠️ Muhim eslatma: Platformadan to'liq va qulay foydalanish uchun kompyuter yoki noutbuk orqali kirishni tavsiya etamiz. Katta ekranda ijod qilish yanada zavqli!

👉 Hoziroq sinab ko‘ring: ijodly.com
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1
Forwarded from IT specialist
#smartfon #android #iOS #maslahat

🧮 Matematik misollarni ikki soniyada yechamiz

Post ta’lim olayotganlar uchun:
algebradan uyga vazifani ideal tarzda bajarish uchun — Google amakini bezovta qilish yoki darslikni varaqlab o‘tirish shart emas. Misollarni o‘rningizga batafsil yechib beruvchi PhotoMath ilovasi bo‘lsa bas.

Undan foydanalish tartibi quyidagicha:

1️⃣. PhotoMath ilovasini PlayMarket yoki AppStore'dan yuklab olamiz.
2️⃣. Tilni tanlaymiz, kirish qismini o‘tkazib yuboramiz.
3️⃣. Daftardagi misolni skaner qilamiz. Buning uchun butun vazifani qizil chiziqlar orasiga joylashtiramiz.
4️⃣. Qizil tugma ustiga bosamiz. Birozdan so‘ng yechim va grafikalar bilan oyna paydo bo‘ladi. Qadamma-qadam yechimni ko‘rish uchun, “Показать шаги по решению” tugmasiga bosamiz.
5️⃣. Agar matematika siz uchun umuman qiyinchilik tug‘dirsa — hosil bo‘lgan menyuda “Пояснить этапы” tugmasiga bosamiz.

Ilovada shuningdek aqlli kalkulyator mavjud. U orqali siz nafaqat oddiy misollarga, balki tenglamalar tizimi + kvadrat ildizlar, foizlar va boshqa ko‘plab masalalarga yechim topishingiz mumkin.

📝 Manba: @bugnotfeature

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Photomath Plus mobil ilovasi
Oddiy “Калькулятор” dasturi yordamida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash
Microsoft Excel dasturida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash
Windows 10'dagi “Калькулятор” dasturi uchun foydali klavishlar birikmalari
Oddiy kredit kalkulyatoridan foydalanish

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija