IT specialist
9.66K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
Қаттиқ_''Х''ми,_юмшоқ_''Ҳ''_Тўхтасин.pdf
2.7 MB
#maslahat

📚 "Yangi asr avlodi" nashriyoti
👤 To‘xtasin Arslonov
📙 Qattiq “X”mi, yumshoq “H” (risola)
🔎 PDF (2.7 MB)

Ona tilimiz boy va go‘zal. Uni sevib o‘rganish, kundalik muomalada unumli foydalanish bizdan katta mas’uliyat talab qiladi. Ayniqsa bog‘chalarda, maktablarda, o‘quv yurtlarida, ba’zan matbuotda, efir to‘lqinlarida, muomalada tilimizdagi “h” va “х” harflari qo‘llanadigan so‘zlarni ishlatishda biroz savodsizligimiz sezilib qolayapti. Ana shu bo‘shliqni to‘ldirish, tilimiz sofligiga erishish niyatida e’tiboringizga havola etilayotgan mazkur risola hojatingizni chiqarishga ko‘maklashadi, degan umiddamiz.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍12
Forwarded from IT specialist
#mulohaza_uchun #bilasizmi

📖👁 Inson ko‘zi bosma matnni elektron matnga qaraganda 20% tezroq o‘qiydi.

O‘QING: Kitob haqida beshta fikr

📝 Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Xitoy maqollari
Sergey Bodrov fikri
Bill Geytsning 10 qoidasi
Mark Sukerbergning odati
Stiv Jobs'dan omadning 6 siri
Motivatsiya (yoki ilhom) haqida
Millionerlardan 20 ta oltin qoida
O‘g‘ilning otaga bergan tarbiyasi
To‘g‘ri yozish uchun 10 ta tavsiya
O‘zimiz uchun sarmoya kiritishning 5 usuli
O‘zingizni tobora yaxshilab borishning amaliy usullari
Asaxiy.uz internet-do‘koni va Asaxiy Books loyihasi asoschisi tadbirkor Firuz Allayevdan: “Izlanishning muhimligi haqida” post
Oddiy kitob va kompyuter ekranidagi kitob aniqligi o‘rtasidagi farq
Kitob oʻqishni sevuvchilar! Siz uchun mos 8ta kasb
Har qanday odamga kitob o‘qishni tavsiya qilgan bo‘lardim...
Kitob o‘qishni boshlash uchun 7 sabab
Har kuni kitob o‘qish uchun 9 sabab + sovg‘a!
Kitob o‘qish tufayli paydo bo‘luvchi 7 foydali odat
Nima uchun kitobni eshitish emas, oʻqish koʻproq samara beradi?
Kitobni o‘qish qancha vaqt talab etishini bilish uchun xizmat
Imtihonda muvaffaqiyatga erishish uchun nima qilish kerak?
Axborot narxi: smartfon jodusini qanday yengish mumkin?
PDF-faylni Word'ga o‘girishning 15 ta bepul usuli
PDF hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha postlar
• PDF-fayllari bilan ishlash bo‘yicha mavzular, dastur va mobil ilovalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz
Koʻrish qobiliyatini yaxshilash uchun tavsiyalar
Kompyuter qarshisida qanday o‘tirish kerak?
Yaxshi uyqu uchun tavsiyalar
• Salomatlikka oid mavzularni o‘ziga jamlagan postimiz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍4
Forwarded from IT specialist
#smartfon #maslahat

🔋 Smartfonning quvvati kam qolganida asqotadigan 9 tavsiya

Ba’zida eng noqulay vaqtda telefonning quvvati kam qolganini ko‘ramiz. Ekranda 20% dan kam quvvat qolgani haqida xavotirli bildirishnoma paydo bo‘ladi, ammo biz haliyam telefonni ishlatishga muhtoj bo‘lamiz, deb yozadi Aniq.uz.

O‘QING: Wi-Fi vs 4G: smartfon quvvatini qay biri tezroq tugatadi? (+“jonli” video)

Ko‘pchilik smartfonni zudlik bilan o‘chirish va zarur paytda yoqishni maslahat beradi. Masalan, har 15 daqiqada kimdir qo‘ng‘iroq qilgani yoki yozgan-yozmaganini tekshirib ko‘rish mumkin. Ammo bu xato. O‘chirish va yoqish paytida ortiqcha energiya sarfi yuz beradi va natijada smartfon yanada tezroq quvvatsizlanadi.

Nima qilish kerak? 🤔

1️⃣. Ortiqcha funksiyalarni o‘chirib qo‘ying. Bular: GPS, Bluetooth, Wi-Fi yoki mobil aloqa, ekranni avtomatik teskari qilish funksiyasi, ikkinchi SIM-karta.

2️⃣. Telefonni energiya tejovchi rejimga o‘tkazing (sozlamalarda).

3️⃣. Ortiqcha dasturlarni yoping. Buning uchun bosh ekranga o‘ting va pastdagi kvadratcha ustiga bosing (smartfon modeliga qarab farqlanishi mumkin), keyin esa ishlatmayotgan dasturlaringizni faolsizlantiring.

4️⃣. Vidjetlarni o‘chiring. Hatto oddiy ob-havoni ko‘rsatuvchi vidjet ham batareya energiyasini iste’mol qiladi.

5️⃣. Ovoz va vibratsiyani o‘chiring. Kutilmagan qo‘ng‘iroq ortiqcha energiya sarfiga sabab bo‘lishi mumkin.

6️⃣. Yorqinlik darajasini pasaytiring.

7️⃣. Aloqa tipini 4G dan 3G ga, iloji bo‘lsa 2G'ga o‘zgartiring. Internet tezligi pasayadi, ammo bu messenjerlardan xabar olish uchun yetarlidir.

8️⃣. Muhim xabar yoki qo‘ng‘iroqni kutayotgan bo‘lsangiz, qurilmani aviarejimga o‘tkazing va vaqti-vaqti bilan chiqarib turing.

9️⃣. Kuchli temperaturadan qoching. Sovuqda smartfonni tanangizga yaqin tuting. Gadjetingizni juda issiq makonda qoldirmang.

📝 DiMaX @terabaytuz

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Smartfoningiz quvvati tez tugab qolyaptimi?
Nega smartfonni 100 foiz quvvatlash mumkinmas?
Smartfon batareyasi umrini qisqartiruvchi narsalar — 0 dan 100 gacha
Smartfon va noutbukni noto‘g‘ri quvvatlayapsiz, buni bilasizmi?
Smartfon haqida 7 ta cho‘pchak
iPhone'dagi batareyaning so‘nggi foizlarini asraymiz
Android'da batareyaning eskirganligini aniqlash (va smartfonni oqilona quvvatlash)
Qaysi Android-ilovalar batareya quvvatini eng ko‘p sarflaydi?
Ushbu 17 ta ilovani smartfoningizdan hoziroq o‘chirishingiz kerak!
Yaroqsiz batareykani nima qilish kerak?
Yaponlar o‘zi tiklanuvchi akkumulyator yaratishdi
Kompyuterning uyqu rejimi va gibernatsiyasi haqida nimani bilish lozim?
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍11
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Dastur o'rnatish sanʼati
#tavsiya

ℹ️ Kompyuterga biror dasturni o'rnatishni o'zi ham bir san'at hisoblanadi. Ko'pchilik dastur o'rnatish vaqtida dasturni xohishlarini e'tiborga olmaydi, shu sababli bu bo'yicha ma'lumot ulashishga qaror qildim!

❗️Demak biror dasturni o'rnatishda:

Antivirusni vaqtincha o'chirib turish (sababi ba'zi dasturlarni antivirus virus yoki xavfli dastur deb o'ylaydi, agar antivirus yoniq qolsa dasturimizni biror faylini o'chirib tashlaydi, masalan, uTorrent dasturi bilan antiviruslar do'st emas);

Internetni o'chirib turish kerak (ko'pchilik dasturlarni crack versiyasini ishlatishimiz sababli agar o'rnatish paytida internet yoniq bo'lsa dastur internet orqali biz qilayotgan ish yolg'onligini va kiritayorgan kalitimiz haqiqiy emasligini bilib qoladi);

Belgilanadigan joylarga e'tiborli bo'lish ( ni belgilashda e'tiborli bo'lish kerak, ba'zi dasturlarni "dumi" bo'ladi ya'ni ular o'ziga qo'shib boshqa keraksiz dasturlarni ham o'rnatib olishmoqchi bo'lishadi; bundan tashqari dasturni avtozagruskaga qo'shilishiga ruxsat berishimiz () kompyuter ishlashini sekinlashtiradi);

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
🔥74👍3
#mulohaza_uchun #texnologiya #IT_humor

IoT (Arduino Uno) kreativi endi to‘ylarda ham qo‘l kelmoqda... 💍😉

📌 P.S.: Asosiysi texnolog yoshlar baxtli bo‘lishsin! 🥳

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
😁7🤣72👍1
IT sohasiga endi kirib kelayotganlar hamma narsani Google, YouTube va ChatGPT'dan olishlari mumkin, lekin bir narsani internetdan topish qiyin. Bu esa tajribadir!

2020-yildan beri o'zining loyihalari orqali ko'pchilikka ilm ulashishga intilayotgan Valijon Maxmudovning kanalida esa shu kunga qadar olingan tajribalarni kuzatib borishingiz mumkin.

Birovning xatosidan ibrat olish dononi ishi: @Maxmudovning_tajribasi
👍8
Forwarded from IT specialist
#smartfon #android #learn_english_with_software

📲🇬🇧 “English Grammar in Use” mobil ilovasi qarshi oling!

📚 Cambridge University Press — ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha dunyoning yetakchi o‘quv adabiyotlari nashriyoti. Ilovaning tarkibidagi kontent ushbu sohaning yetuk mutaxassislari tomonidan yaratilgan.

Raymond Murphy tomonidan yaratilgan “English Grammar in Use” rasmiy ilovasi. Hayotning barcha jabhalari uchun qo‘l keluvchi, ingliz tilining o‘rtacha darajasini o‘zlashtirayotganlar uchun ingliz tili grammatikasini mashq qilishda yordam beradi. Boshlang‘ich to‘plami grammatikaning oltita bo‘limidan (hozirgi va o‘tgan zamonlar) iborat bo‘lib, tushuntirishlar va interaktiv mashqlar, glossariy va qaysi grammatika bo‘limini o‘zlashtirishingiz lozimligini aniqlashda yordam beruvchi uslubiy qo‘llanmani o‘z ichiga oladi.

💸 Dunyo bestselleri

Raymond Murphy’s English Grammar in Use
— Cambridge University Press tomonidan nashr qilingan, tilning o‘rtacha darajasini o‘zlashtirayotganlar uchun ingliz tili grammatikasi bo‘yicha dunyo bestselleri. Ushbu ilovaga kitobning 4-nashrida keltirilgan 145 grammatika bo‘limi va sizga mashq qilish hamda o‘z ko‘nikmalaringizni yaxshilashda ko‘mak beruvchi yuzlab interaktiv mashqlar kiritilgan. Siz barcha 145 bo‘limni xarid qilishingiz yoki ular orasidan faqat keraklilarini tanlashingiz mumkin.

🤗 Har qayerda va har qachon

Grammatik tushuntirishlar va mashqlar Raymond Murphy tomonidan smartfon va planshetlar uchun maxsus yozilgan bo‘lib, grammatikani istalgan vaqtda va istalgan joyda o‘zlashtirish imkonini beradi.

Avtomatik baholash

Grammatika mashqlariga javoblar avtomatik ravishda baholanadi, agar xato qilsangiz to‘g‘ri javobni darhol ko‘rsatadi. Mustaqil o‘rganish uchun ayni muddao.

🎧 Namunalarning eshittirilishi

Namunali jumlalarning audio yozuvlari sizga tinglash ko‘nikmalari hamda grammatikani yaxshilashga yordam beradi.

📥 English Grammar in Use v1.11.18 mobil ilovasini yuklab olish.

Ilovada jami 145 ta unit mavjud, ulardan dastlabki 6 ta unit ilova bilan birga kelgan bo‘lib, foydalananish uchun ochiq bo‘ladi. Qolgan Unit'larga murojaat etishingiz bilan ochiluvchi ogohlantiruvchi oynada OK tugmasi bosiladi va qolgan 139 ta unit yuklab olinishi jarayoni boshladi. Barchasi yuklab olinganidan so‘ng ilovadan erkin foydalanaverasiz! 😉

🤝 Texnik qo‘llab-quvvatlash: ptsupport@cambridge.org

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tomosha qilish, tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Darslarni onlayn tomosha qilish uchun “Cambridge University Press ELT” YouTube kanali
“Grammar in Use”ning 30 yilligi uchun Raymond Murphy bilan maxsus intervyu
“Basic Grammar in Use” kompyuter dasturi
“Basic Grammar in Use 3rd Edition” elektron kitobi
“English Grammar in Use 5th Edition - 2019” elektron kitobi
“English Grammar in Use Supplementary Exercises 5th Edition - 2019” elektron kitobi
Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍5
Forwarded from IT specialist
#smartfon #android

📋 To-do List — vidjetli eng oddiy vazifalar menejeri. Pro-versiya.

📎 To-do List v1.02.71.1231 mobil ilovasini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida foydalanish tavsiya etiladi:
Ishlarimizni rejalashtirib borish va monitoring qilish uchun 3 mobil ilova
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

🪞 Biz endigina 2025-yilni qarshi olgan bir paytda, Janubiy Koreya allaqachon 2030-yilda yashamoqda

Bu yerda siz sartaroshxonalarning o‘zida mijozning yuz shaklini skanerlab, mos keluvchi soch turmaklarini taklif etuvchi aqlli oynalarni uchratishingiz mumkin.

📝 Manba: @aiaiai

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍10
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #hardware #maslahat

⌨️🖱 Sichqoncha va klaviaturani bloklash

Klaviaturani vaqtinchalik bloklash uni kompyuter ishlab turgan paytida tozalash yoki bolalar multfilm tomosha qilayotganida biror nojo‘ya harakat qilmasligi uchun kerak bo‘lishi mumkin.

BlueLife KeyFreeze — klaviatura va sichqonchani bloklash uchun dastur. U ko‘p tilli qulay interfeys va amaliy sozlamalarga ega. Dastur portativ bo‘lib, o‘rnatishni talab etmaydi.

Foydalanish tartibi quyidagicha:

1️⃣. Havola bo‘ylab o‘ting, yuklab oling va arxivdan chiqaring.

2️⃣. Kompyuteringizdagi o‘rnatilgan operatsion tizimning razryadiga qarab dasturni KeyFreeze.exe yoki KeyFreeze_x64.exe fayli orqali ishga tushiring.

Klaviatura va sichqonchani bloklash va blokdan chiqarish uchun ushbu klavishlar birikmasi bosiladi: CTRL + ALT + F.

📝 Manba: @komputeer

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Klaviatura bilan ishlashga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Sichqoncha bilan ishlashga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍5
#mulohaza_uchun #texnologiya

🚘📍Avtomobilning harakatiga qarab xaritani aylantiruvchi dastlabki GPS-navigator, 1930-yil

📌 P.S.: Bu ham hayotimizga Internet kirib kelib, ushbu texnologiyaning bugungi kunda qanchalik rivojlanganiga yana bir dalil. ☺️

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🔥8🤔1
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #hardware #internet

Onlayn klaviatura trenajyorlari ⌨️

Onlayn klaviatura trenajyorlari — bu hech qanday qo‘shimcha dasturiy ta’minotlarsiz, brauzer oynasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qaramasdan matn kiritish ko‘nikmasini orttirish uchun xizmat qiluvchi saytlardir.

1️⃣ Клавогонки (Klavopoygalar) — o‘yin rejimidagi klaviatura trenajyori. O‘yinning mazmuni — boshqa ishtirokchilar bilan matn kiritish tezligi borasida musobaqalashish. Matnni qanchalik tez tersangiz — mashina yoki boshqa transport vositangiz shunchalik tez harakat qiladi.

2️⃣ Ratatype — qaramasdan (mos tarzda rus va ingliz tillarida) matn kiritishni o‘rgatuvchi chiroyli trenajyor. Saytda siz noldan turib bir nechta darslarda ishtirok etishingiz, o‘z mahoratingizni oshirishingiz va natijalaringiz tushirilgan chiroyli sertifikatni olishingiz mumkin.

3️⃣ Klavarog — zamonaviy dizayn ko‘rinishidagi ko‘p tilli bepul klaviatura trenajyori. Dasturchilar uchun maxsus belgilarni kiritish mashqlari va klaviaturaning raqamli blokini o‘zlashtirish imkoniyati mavjud.

4️⃣ VerseQ Online — bu VerseQ klaviatura trenajyorining onlayn versiyasi. Mualliflar trenajyorda qaramasdan matn kiritishning mutlaqo yangi texnologiyasidan foydalanilganligi haqida xabar berishgan.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
Klaviaturaga qaramasdan tezkor matn kiritish ko‘nikmasini shakllantirish (Ratatype)
Klaviaturada tezkor matn kiritish uchun Stamina xizmati
Raqobatlashish rejimini taqdim etuvchi klaviatura trenajyori (TypeRacer)
“СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
Punto Switcher dasturi
Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
• Klaviatura bilan ishlashga oid yana boshqa mavzularni o‘zida jamlagan postimiz
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🔥6👍51
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#word #maslahat

Saqlab qo‘ying, kerak bo‘lib qoladi! ⌨️😉

Matnli hujjatda raqamning joylashuvi (satr usti yoki satr osti indeksi)ni tezkor o‘zgartirish usuli.

ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
• Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍14
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

🚗⚡️ Finlyandiyada 687 ta Tesla elektromobillari Darude'ning – Sandstorm mem qo‘shig‘ini ijro etish uchun birga jamlandi

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Ilon Mask va Tesla haqidagi postlar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍5🔥3👏1
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #hardware #software

Windows 10, 8.1 va 7'da disk harfini o‘zgartirish 🔄

Agar sizni Windows tomonidan avtomatik ravishda disklarga nisbatan belgilangan harflar qoniqtirmasa yoki ular tizimning qayta o‘rnatilishi/yangilanishidan keyin o‘zgarib qolsa, ularni osongina o‘zgartirishingiz mumkin. Bu qattiq disklarga ham, SSD-disklarga ham (aniqrog‘i, ulardagi bo‘lim (раздел)larga), boshqa USB-saqlash qurilmalariga ham tegishli.

Ushbu ko’rsatmada operatsion tizimning ichki vositalari yordamida Windows'da disk harfini o‘zgartirishning ikki oddiy usuli haqida so‘z yuritiladi.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍5
Forwarded from IT specialist
#excel

⌨️ Funksional klavishlar (1-qism)

F1Справка Excel vazifalar sohasini dastur oynaning o‘ng tomonida aks ettiradi;
CTRL + F1 birikmasi menyu satri ostidagi tasmani berkitadi va qayta ko‘rsatadi;
ALT + F1 birikmasi belgilangan sohadagi matnli va sonli ma’lumotlar asosida ishchi listi tarkibida tezkor diagramma hosil qiladi (alohida list ko‘rinishida diagramma hosil qilish uchun F11 klavishidan foydalaniladi);
ALT + SHIFT + F1 birikmasi ishchi kitobi tarkibiga yangi ishchi listini qo‘shadi.

F2 — faol yacheykani tahrirlash rejimiga o‘tkazib, kursorni uning tarkibidagi matn yoki sonning oxiriga joylashtiradi;
SHIFT + F2 birikmasi yacheykaga izoh qo‘shadi yoki mavjud izohni tahrirlash rejimiga o‘tkazadi;
CTRL + F2 birikmasi Печать varaqa (вкладка)sida chop etish oldindan ko‘rish (предварительный просмотр) sohasini aks ettiradi.

F3Вставка имени oynachasini aks ettiradi (faqatgina foydalanuvchi tomonidan ishchi kitobida alohida yacheyka yoki yacheykalar diapazoniga nisbatan nomlar qo‘llanilganidagina faol bo‘ladi);
SHIFT + F3 birikmasi ekranga Вставка функции muloqot oynasini chaqiradi.

F4 — so‘nggi buyruq yoki harakatni qayta qo‘llash (agar ilgari qo‘llanilgan bo‘lsa);
– Agar formulada biror yacheyka yoki diapazon havolasi belgilangan bo‘lsa, F4 bosilganida havola turi o‘zgaradi;
CTRL + F4 birikmasi tanlangan ishchi kitobining oynasini yopadi (Excel dasturi ishlashda davom etadi);
ALT + F4 tanlangan ishchi kitobi oynasi va Excel dasturini birga yopadi.


📌
2-qism | 3-qism

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• CTRL klavishasi bilan bog‘liq buyruqlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism
Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍12
Forwarded from IT specialist
#excel

Bo‘sh yacheykalarni tezkor o‘chirish usuli

Ba’zida shunday holat bo‘ladiki, foydalanuvchi tomonidan keraksiz ma’lumotlar o‘chirilganidan keyin bo‘sh yacheykalar qolib ketadi. Oradagi hosil bo‘lgan ushbu bo‘shliqlarni olib tashlash esa unchalik murakkab emas:

— 1-qadam
Bo‘sh yacheykalari o‘chirilishi lozim bo‘lgan ustun yoki satrni belgilang.

— 2-qadam
Menyu satrining Главная varaqa (вкладка)sida Найти и выделитьВыделить группу ячеек tugmalari ustiga bosing. So‘ngra yuzaga kelgan oynada Пустые ячейки variantini tanlab, OK tugmasini bosish orqali tasdiqlang. Buning natijasida barcha bo‘sh yacheykalar belgilanadi.

— 3-qadam
Belgilangan yacheykalardan istalgan birining ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va УдалитьЯчейки, со сдвигом вверх bandlari bo‘ylab o‘ting, tayyor.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
• Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍11
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim

Windows'ning “Проводник” fayl menejeri oynasi bilan ishlash uchun tezkor klaviatura birikmalari 📝

* — tanlangan papka tarkibiga kiruvchi barcha papkalarni ko‘rsatish;

+ — tanlangan papkaning tarkibini ko‘rsatish (раскрыть содержимое);

- — tanlangan papkaning tarkibini berkitish (скрыть содержимое);

ALT + D — manzil satrini tanlash;

ALT + P — ko‘rish sohasini ko‘rsatish / berkitish;

ALT + ENTER — tanlangan elementning xususiyatlari (Свойства) oynasini chaqirish;

ALT + — asosiy papkaga qaytish;

ALT + (ALT + ) — oldingi / keyingi papkaga o‘tish;

BACKSPACE — oldingi papkani ko‘rish;

CTRL + F — qidiruv maydoniga o‘tish;

CTRL + N — yangi oynani ochish;

CTRL + SHIFT + E — joriy papka qaysi papkalar tarkibida joylashganligini ko‘rsatish;

CTRL + SHIFT + N — yangi papkani yaratish;

CTRL + W — faol oynani yopish;

F4 — manzil satriga o‘tish;

F6 — oyna yoki ishchi stolidagi elementlar o‘rtasida siklik o‘tish;

F10 — faol ilovadagi menyu satriga o‘tish;

F11 — faol oynani butun ekranga yoyish (развернуть) / vazifalar paneliga tushirish (свернуть);

HOME — faol oynadagi elementlar (fayllar va papkalar)ning dastlabkisiga o‘tish;

END — faol oynadagi elementlar (fayllar va papkalar)ning so‘nggisiga o‘tish.

ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
Windows operatsion tizimiga tegishli ayrim foydali klavishlar birikmasi
Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
• Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar 1-qism | 2-qism | 3-qism
Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari
YouTube qaynoq klavishlari
Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
“СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
Punto Switcher dasturi
Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha
Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍6🔥5
Forwarded from Digital.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Endi Sun’iy intellekt asoslari kursini Uzbekcoders.uzʼda BEPUL o’rganishingiz mumkin!

🧾"Cloud Computing" tomonidan ishlab chiqilgan 6 ta moduldan iborat ushbu kurs "Generativ Ai" nima ekanligi, undan qanday foydalanilishga qaratilgan boshlangʻich darajadagi bilimlarni beradigan onlayn kurs hisoblanadi. 

🏷Shuningdek, ushbu kursda oʻz "Generativ Ai" ilovangizni ishlab chiqishda yordam beradigan "Google Tools"ni ham oʻrganishingiz mumkin.

➡️Hoziroq uzbekcoders.uz portaliga kiring!

Shuningdek, kelajakda yaxshi daromad topish uchun internetdagi vaqtingizni chet tili va zamonaviy kasblarni bepul o‘rganishga sarflang!

Uzbekcoders.uz, https://it-istedod.uz/online-resources.html va https://100imkoniyat.uz/ saytlari orqali ma’lumotlarga ega bo‘ling hamda ko‘plab bepul kasblarni bepul o‘rganing.


📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9