IT specialist
9.66K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#smartfon #android

📋 To-do List — vidjetli eng oddiy vazifalar menejeri. Pro-versiya.

📎 To-do List v1.02.78.0319 mobil ilovasini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida foydalanish tavsiya etiladi:
Ishlarimizni rejalashtirib borish va monitoring qilish uchun 3 mobil ilova
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍4
#operatsion_tizim

Tizim ishga tushganida Num Lock funksiyasi faol holatda bo‘lishini sozlash
🔢⌨️

Agar siz tez-tez raqamlar bilan ishlasangiz, ularni klaviaturaning qo‘shimcha raqamlar paneli orqali kiritish ehtimolingiz yuqoridir. Biroq, raqamlarni kiritish jarayonini faollashtirish uchun avval NUM LOCK klavishi ustiga bosish talab etiladi.

Tizim ishga tushirilganida NUM LOCK funksiyasi darhol faollashishi uchun tizim reyestriga o‘zgartirish kiritilishi lozim. Buni amalga oshirish uchun WIN + R klavishlari birikmasini bosib, Выполнить oynasini ekranga chaqiring va u orqali Редактор реестра'ni ishga tushirish uchun regedit buyrug‘ini kiritib, OK tugmasini bosing.

Ochilgan oynada quyidagi yo‘nalish bo‘ylab o‘ting:

HKEY_USERS\.DEFAULT\Control Panel\Keyboard

InitialKeyboardIndicators satrli parametri (строковый параметр)'ni toping, agar u mavjud bo‘lmasa, u holda uni yarating. Uning qiymati sifatida Windows 11'da – 2, Windows 10'da – 80000002'ni kiriting.

🔄 Ushbu harakatlarni HKEY_USERS'ning barcha bo‘limlari uchun takrorlang.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Klaviatura bilan ishlashga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Windows reyestri bilan ishlashga oid mavzular ro‘yxati jamlangan postimiz.
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👏3👍2🔥21
Forwarded from IT specialist
#telegram #bilasizmi #maslahat

⌚️ Telegram'dan Reminder (eslatib turuvchi) sifatida foydalanish

Siz bilmasligingiz mumkindir balki, ammo Telegram barcha kunlik vazifalar bo‘yicha maxsus menejer ilovalari o‘rnini bemalol bosishi mumkin. Masalan, nimanidir “Избранное” bulutli papkasiga yuborishdan tashqari, undan bararilishi lozim bo‘lgan vazifalarni eslatib turuvchi sifatida foydalanish, masalan, “Murodjonni shukrona kuni bilan tabriklash” deb 7-may, soat 10:30'ga taymerni sozlab qo‘yish mumkin. Juda qulay, to‘g‘rimi?

O‘QING: Telegram’ning “Saqlangan xabarlar” (Избранное) bo‘limidan foydalanishda e’tiborli bo‘ling.

📋 Eslatmaning yaratilish tartibi:

1️⃣. Telegram'ni ishga tushiramiz va undagi “Избранное” (Saved Messages) bo‘limiga o‘tamiz.
2️⃣. Eslatma uchun matnni kiritamiz va yuborish tugmasi ustiga bosib, biroz ushlab turamiz (Telegram Desktop'da yuborish tugmasi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosamiz).
3️⃣. “Задать напоминание” (Set a reminder)'ni tanlaymiz va xabar kelishi lozim bo‘lgan sana va vaqtni ko‘rsatamiz.
4️⃣. Telegram Desktop'da “Запланировать” (Schedule) / Android - iOS'da “Отправить” (Remind) tugmasi ustiga bosamiz va kutamiz.

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍8😁2
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI (Valijon Maxmudov)
Tech quiz master
#phone

ℹ️ Ham IT ni ham ingliz tilini o'rganaman deganlar uchun mobil dastur (android). Ancha vaqtlar bu dastur pullik edi, bugun bepul turibdi!

Ushbu dasturda turli darajalarda IT va kompyuter sohasiga oid testlarni ishlaysiz. Faktlar bo'limida esa faktlarni ko'rishingiz mumkin.

⬇️ Play Marketdan yuklash

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
🛫 Telegram I 📺 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
Forwarded from IT specialist
#word

Word'da ro‘yxat elementlari o‘rnini tezkor almashtirish ↕️🚀

MS Word matn muharriri bilan ishlagan paytimiz, markerlangan yoki raqamlangan ro‘yxatlarni yaratishga to‘g‘ri keladi. Biroq shunday vaziyatlar yuzaga keladiki, ro‘yxatning biror elementini yuqoriga yoki pastga siljitish kerak bo‘ladi.

Buni, matnni kesish/joylashtirish usuli bilan amalga oshirish mumkin, albatta, lekin bu noqulaylik tug‘diradi, ya’ni muharrir ro‘yxatning qo‘shimcha satrini yaratib yuboradi, uni esa o‘chirishga to‘g‘ri keladi.

Ro‘yxat elementlari o‘rnini yuqoriga yoki pastga qarab siljitish uchun qaynoq klavishlardan foydalanamiz. Sichqoncha kursorini ro‘yxatning kerakli satriga o‘rnating va ushbu satrni yuqoriga siljitish uchun ALT + SHIFT + yoki pastga siljitish uchun ALT + SHIFT + kombinatsiyasini bosing.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Microsoft PowerPoint:
Ro‘yxatlar bilan ishlashda ENTER va SHIFT+ENTER klavishlarining vazifalari haqida
Ro‘yxat elementlarining yuqoridan pastga va teskari tartibdagi yuzaga kelish animatsiyasi
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍111
Forwarded from IT specialist
#word

Nega ba’zi Word'larda CTRL+C, CTRL+S, CTRL+Z va shunga yaqin, tez-tez qo‘llaniluvchi klaviatura kombinatsiyalari ishlamaydi va bu qanday bartaraf etiladi? 🤔

Shunday holatlar bo‘ladiki, Microsoft Office'ning dasturiy paketida standard (qaynoq) klavishlar ishlamaydi.

Ko‘plab foydalanuvchilar hujjatlarini CTRL+S birikmasi yordamida saqlashga, CTRL+C yordamida obyektlarni nusxalashga va CTRL+V orqali joylashtirishga ko‘nikishgan. Tabiiyki, ushbu kombinatsiyalar ishlamasa, bu ishni ancha sekinlashtiradi.

Buni ikki usul yordamida to‘g‘rilash mumkin. Keltirilayotgan maslahatlar Word'ning 2010 va undan keyingi versiyalariga tegishlidir.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️
Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍81
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #bilasizmi #texnologiya #hardware

🦷 Neyron tarmoqlar uy sharoitida stomatologik diagnostika qilishni o‘rgandilar


Startap Dental Monitoring gadjetini ishlab chiqardi – uni smartfonga ulab, og‘zingizga solishingiz kifoyadir. Ichki o‘rnatilgan sun’iy intellekt (SI) og‘iz bo‘shlig‘ingizni tekshiradi va yangi tishlar uchun kredit olishga arziydimi yoki yo‘qligini maslahat beradi. Ishlash aniqligi hayratlantiradi – model kasalliklarning 89 foizini aniqlay oladi.

📝 Manba: @hzvse

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍10
#smartfon #android #rasm_bilan_ishlash

📷 TapScanner — PDF yoki PNG formatida yuqori sifatda saqlash xususiyatiga ega oddiy va funksional kamera skaneri. Premium-versiya

📎
TapScanner v3.0.30 mobil ilovasini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tavsiya etiladi:
Full Qr Code Scanner and Generator
CamScanner
Genius Scan+
TextGrabber
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍9
Forwarded from IT Quizzes
Excel dasturida joriy katakka joriy vaqtni kiritish uchun quyidagi tugmalardan qaysi birini bosamiz?
Anonymous Quiz
37%
CTRL + SHIFT + :
28%
CTRL + SHIFT + /
25%
CTRL + SHIFT + +
10%
CTRL + SHIFT + ]
👍7
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #hardware #internet

Onlayn klaviatura trenajyorlari ⌨️

Onlayn klaviatura trenajyorlari — bu hech qanday qo‘shimcha dasturiy ta’minotlarsiz, brauzer oynasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qaramasdan matn kiritish ko‘nikmasini orttirish uchun xizmat qiluvchi saytlardir.

1️⃣ Клавогонки (Klavopoygalar) — o‘yin rejimidagi klaviatura trenajyori. O‘yinning mazmuni — boshqa ishtirokchilar bilan matn kiritish tezligi borasida musobaqalashish. Matnni qanchalik tez tersangiz — mashina yoki boshqa transport vositangiz shunchalik tez harakat qiladi.

2️⃣ Ratatype — qaramasdan (mos tarzda rus va ingliz tillarida) matn kiritishni o‘rgatuvchi chiroyli trenajyor. Saytda siz noldan turib bir nechta darslarda ishtirok etishingiz, o‘z mahoratingizni oshirishingiz va natijalaringiz tushirilgan chiroyli sertifikatni olishingiz mumkin.

3️⃣ Klavarog — zamonaviy dizayn ko‘rinishidagi ko‘p tilli bepul klaviatura trenajyori. Dasturchilar uchun maxsus belgilarni kiritish mashqlari va klaviaturaning raqamli blokini o‘zlashtirish imkoniyati mavjud.

4️⃣ VerseQ Online — bu VerseQ klaviatura trenajyorining onlayn versiyasi. Mualliflar trenajyorda qaramasdan matn kiritishning mutlaqo yangi texnologiyasidan foydalanilganligi haqida xabar berishgan.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
Klaviaturaga qaramasdan tezkor matn kiritish ko‘nikmasini shakllantirish (Ratatype)
Klaviaturada tezkor matn kiritish uchun Stamina xizmati
Raqobatlashish rejimini taqdim etuvchi klaviatura trenajyori (TypeRacer)
“СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
Punto Switcher dasturi
Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
• Klaviatura bilan ishlashga oid yana boshqa mavzularni o‘zida jamlagan postimiz
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #hardware

💻 Noutbuk uchun qulay apgreyd

Noutbuk uchun qo‘shimcha ekranlar.

📌 P.S.: Ushbu ixtiroga nechi? 🤔

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍11
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Barcha dasturchilarga ham oson emas... 🤔

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🤣20😁6👍3
Qurilmalarni onlayn tekshirish!
#manba

Yangi yoki mavjud sichqoncha, klaviaturalarni to'liq ishlayotganiga shubha qilyapsizmi? Balki veb kamerangiz yoki tovush sozlamalarda muammolar kuzatilayotgandir?

Bularni barchasini quyidagi manzillar orqali onlayn tekshirishimiz mumkin:

🎙️ Mikrofon sinovi

🎥 Veb-kamera sinovi

🎶 Ovoz sinovi

⌨️ Klaviatura sinovi

🐁 Sichqoncha sinovi

😉 Bundan tashqari yana bir qancha narsalarni tekshirish imkoniyati mavjud ekan, qolganini o'zingiz ko'rib chiqarsiz.

👉 @ITMastersUz | @kompyuter_akademiyasi
🔥2👍1
Forwarded from IT specialist
#bilasizmi #internet #maslahat

Google'ga to‘g‘ri so‘rov yuborish bo‘yicha 5 maslahat 🔎

XXI asrda ma’lumot izlashni bilish — internetning har bir foydalanuvchisi uchun “must have”dir. Quyidagi maslahatlar yordamida esa siz qidiruv jarayonini osonlashtirishingiz, hattoki tezlashtirishingiz ham mumkin.

1️⃣. To‘g‘ridan-to‘g‘ri qidirish
Google aynan muayyan bir jumlani izlashi uchun, muhim jumlani “mana bunday qo‘shtirnoqlar” ostiga oling. Masalan:
“the best programming language”

2️⃣. Yulduzcha belgisi
Unutilgan so‘z o‘rniga yulduzcha belgisini kiriting va Google so‘rovni o‘zi to‘ldirib beradi. Masalan:
“twinkle twinkle little star how I * what you are”

3️⃣. So‘zlarni filtrlash
Agar so‘z oldidan minus belgisi qo‘yilsa, ushbu so‘zni o‘z tarkibiga oluvchi natijalar filtrlanadi. Masalan:
“the best programming language for a beginner -python”
⚠️ Izoh: Qidiruv natijalarida Python dasturlash tili bo‘lmaydi.

4️⃣. Fayllar bo‘ylab izlash
Fayllarni izlash uchun “filetype”dan foydalaning. Masalan:
“python presentation filetype:pptx”

5️⃣. Ortiqcha belgilar
So‘rovingizdan tinish belgilari va boshqalarni olib tashlang. Google ularni baribir hisobga olmaydi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
9 правил поиска в GOOGLE, о которых не знают 99% пользователей
Google qidiruv tizimiga rasm yuklab, u bo‘yicha ma’lumot izlash
Google qidiruviga “Открыть в полном размере” tugmasini qaytaramiz
Google'ga har daqiqa qancha so‘rov kelib tushadi?
“Ok, Google” nimalarga qodir?
OK Google imkoniyatlari
Google siz haqingizda nimalarni biladi?
Google'ga kim va qachon asos solgan?
Google rahbari hayotiy muvaffaqiyatga eltuvchi ikkita tamoyilni aytdi
“Gugol” soni
Qotib ishlayotgan Chrome’ni tezlashtirishning 11 usuli
Chrome – eng “ochofat” brauzer, lekin siz uning “nafsini jilovlay” olasiz!
Chrome’ni sekinlashtirayotgan reklama va viruslardan osongina qutulamiz!
Google Chrome’da saqlangan parolni qanday ko‘rish mumkin?
Google Chrome’da saytlar tomonidan bildirishnomalarni yuborishga ruxsat so‘rash imkoniyatini o‘chirib qo‘yish
Kesh nima?
Telegram ilovasi yordamida Youtube va Wikipedia saytlaridan ma’lumot izlash
Telegram Desktop’da kanal yoki guruhning birinchi xabariga tezkor o‘tish
Dasturlarning muqobil variantlarini qanday izlash mumkin?
Windows 10'da kengaytirilgan qidiruvni faollashtirish
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍3🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #maslahat #game

🏗 Yaponiya maktablarida Minecraft'ning qo‘llanilishi


Yoshlarda kreativlik ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida o‘yindan arxitektura darsligi mashg‘ulotlarida foydalaniladi – o‘quvchilar binoni loyihalashtirib, unga berilgan topshiriqqa binoan o‘z tasavvurlari doirasida yangilanishlar kiritib borishlari kerak bo‘ladi.

😉 Ko‘rib turganingizdek – mashg‘ulotni o‘tkazib yuborayotganlar yo‘q!

📝 Manba: Провод

ℹ️ O‘yinlar haqidagi mavzular, kompyuter dasturi va o‘yinlari hamda mobil ilova va o‘yinlar ro‘yxatini o‘zida jamlagan postimiz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👏2🔥1🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #mulohaza_uchun #game

🏎 Tanishing, Shao Tsziyan — tarixdagi eng yosh litsenziyali poygachi

Bolakay endigina 5 yoshda va u allaqachon poyga simulyatorida o'z litsenziyasiga ega. Jahon reytingida Shao sayyoradagi 10 mingta eng yaxshi poygachilar orasida 27-o‘rinni egallab turibdi.

Nasib qilsa rezyumelarda talab etilganidek 15 yillik tajribaga ega o‘sha 20 yoshli Senior geymer! 😉

📝 Manba: Google

ℹ️ O‘yinlar haqidagi mavzular, kompyuter dasturi va o‘yinlari hamda mobil ilova va o‘yinlar ro‘yxatini o‘zida jamlagan postimiz.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
😁3😎3🔥2👍1
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Dasturchi bo‘lmagan do‘stlaringizga nima bilan mashg‘ul bo‘lishingizni ko‘rsatganingizda... 🙄

📌 P.S.: Ha, yig‘ilishlarda nega asosan jim o‘tirishlaringiz boisini tushuntirish mushkul, yaxshisi o‘zaro qiziq va tushunarli mavzuda suhbat qurib, kodlaringizdan biroz chalg‘iganingiz ma’qul! 🙃

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
2👏1😢1