IT specialist
9.66K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#learn_english_with_software #smartfon #android

🇬🇧 English Galaxy — kerakli darajani aniqlagan/tanlagan holda – bir vaqtning o‘zida grammatik bilimlar va lug‘aviy boylikni bosqichma-bosqich oshirib borishni istaganlar uchun noyob ilova.

📎 English Galaxy Premium v1.4.3 mobil ilovasini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Duolingo
Drops
Memrise
Busuu
Полиглот 16/32 va boshqalar
English LinDuo
Rosetta Stone
Lingvist
IELTS Test
English Level Checker
English Tenses
4 pics 1 word
Inglizchani o‘rgatuvchi bepul ilovalar
Ingliz tilini kompyuterda o‘zlashtirish uchun dasturlar
Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
Forwarded from IT specialist
#word #bilasizmi

Muayyan bir matn bo‘lagi qatnashgan sahifani qanday qilib albomli ko‘rinishga keltirish mumkin? 📄

Hujjat bilan ishlagan paytingizda ba’zida shunday holat yuzaga keladiki, matnning bir bo‘lagini albomli sahifa ko‘rinishiga o‘zgartirib, qolgan matnni kitobli sahifa ko‘rinishda qoldirishga to‘g‘ri keladi.

Buning uchun ushbu ko‘rsatmaga amal qiling:

— 1-qadam
Kerakli abzats(lar), jadval, ro‘yxat elementi, xullas matn qatnashgan fragmentni dastlab belgilab oling, so‘ngra “Макет”“Параметры страницы”ga o‘ting.

— 2-qadam
Kerakli sahifa ko‘rinishini tanlang (bizning holatimizda — albomli).

— 3-qadam
Muloqot oynasi ostidagi ochiluvchi ro‘yxatdan “Применить к выделенному тексту” bandini tanlang va “OK” tugmasini bosing.

ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍2
Forwarded from IT specialist
#word #maslahat

📄 Microsoft Word uchun layfxaklar (1-qism)

Word bilan hamma ishlaydi, biroq har kim ham undagi ishni ancha osonlashtiruvchi fishkalari haqida bilmaydi. E’tiboringizga har kuni bajariluvchi vazifalarni avtomatlashtirish va matnni tayyorlashni tezlashtirish bo‘yicha bir nechta sir-asrorlarni havola etmoqchimiz.

1️⃣. Hujjatga sana va vaqtni tezkor joylashtirish

Joriy kun, oy va yilni hujjatga tezkor joylashtirish uchun SHIFT + ALT + D klavishlari kombinatsiyasini qo‘llash mumkin. Sana KK.OO.YYYY formatida aks etadi.

Vaqt bilan ham xuddi shu amalni SHIFT + ALT + T birikmasi yordamida amalga oshirish mumkin.

📌 P.S.: Hujjatga ushbu usul yordamida joylashtirilgan sana va vaqt – hujjat har safar qayta ishga tushirilganida yangilanib boradi 🔄.

2️⃣. Registrni tezkor almashtirish (harf katta-kichikligini boshqarish)

Agarda tasodifan matnni mos kelmagan registrda kiritib qo‘ygan bo‘lsangiz, ushbu matn bo‘lagini belgilang va SHIFT + F3 klavishlari birikmasi yordamida registrni kattadan kichikka va aksincha o‘zgartiring.

3️⃣. Kursorni so‘zlar bo‘ylab o‘tkazish

Agarda kursorni klaviatura strelkalari yordamida boshqarsangiz, u har bir simvol bo‘ylab siljiydi. Ushbu siljishni “tezlashtirish” uchun strelkalarni bosish oldidan CTRL klavishini bosib turing. Kursor so‘zdan-so‘zga o‘tish orqali tezkor siljiydi.

📌 P.S.S.: CTRL + SHIFT va strelkalarni bosish orqali so‘z hamda abzatslarni tezkor belgilashingiz mumkin.

4️⃣. Ro‘yxat elementlari/jadval satrlari o‘rnini o‘zgartirish

Agarda ro‘yxat elementlari/jadval satrlari tartibini o‘zgartirish zarurati yuzaga kelsa, o‘rni almashtirilishi lozim bo‘lgan satrga kursorni joylashtiring va SHIFT + ALT birikmasini bosib turgan holda mos ravishda va strelkalarini bosing.

Davomi keyingi postda... 😉

📝 Manba: @bugfeature

ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #smartfon #game

🏃‍♂️Ishqiboz Subway Surfers o'yini Unreal Engine 5 dvijogida qanday ko‘rinishda bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi.

📝 Manba: @DeepFaker

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• O‘yinlar haqidagi mavzular, kompyuter dasturi va o‘yinlari hamda mobil ilova va o‘yinlar ro‘yxatini o‘zida jamlagan postimiz
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
#smartfon #android #game

🧩 Plants vs. Zombies 2 — o‘simliklar va zombilar qarama-qarshiligi haqidagi o‘sha mashhur vaqt o‘ldiruvchi mobil o‘yinning uzoq kutilgan 3-versiyasi. Android 6.0+. o‘simliklarni o'rnatishning kechiktirilishi o‘chirilgan + mod menyusi qo'shilgan (o‘simliklarni o‘rnatish xarajatlari o‘chirilgan).

📎 Plants vs Zombies 3 v8.0.17 mobil o‘yinini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Plants vs. Zombies mobil o‘yini
Plants vs. Zombies 2 mobil o‘yini
• O‘yinlar haqidagi mavzular, kompyuter dasturi va o‘yinlari hamda mobil ilova va o‘yinlar ro‘yxatini o‘zida jamlagan postimiz.
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim

⛔️ Windows'da tizim bilan birgalikda ishga tushuvchi dasturlarning avtomatik yuklanishini faolsizlantirish

Kompyuterni uzoqroq muddat ishlatib kelayotgan foydalanuvchilar, tizim ishga tushirilgan paytdagi yuklanishi – dastlabki yuklanishlariga nisbatan ko‘proq vaqt olayotganiga guvoh bo‘lishlari mumkin.

Bu bizga ortiqcha dasturlarni Windows ishga tushgan paytda birgalikda yuklanishidan o‘chirib qo‘shish maqsadida Автозагрузка'ga murojaat etishimiz lozimligini anglatadi. Bunda bajariladigan qadamlar ketma-ketligi quyidagicha:

1️⃣. Windows 7 va undan oldingi tizimlarda

WIN + R birikmasini bosing va ochilgan Выполнить oynasiga msconfig buyrug‘ini kiritib, ENTER klavishini bosing. Ochilgan oynadagi Автозагрузка varaqa (вкладка)siga o‘ting va tizim bilan birga yuklanishi zarur bo‘lmagan dasturlar qarshisidan qushcha belgilarini olib tashlang. Kiritilgan o‘zgartirishni saqlang.

2️⃣. Windows 8 va undan keyingi tizimlarda

CTRL + SHIFT + ESC klavishlari birikmasini bosish orqali Диспетчер задач oynasini ekranga chaqiring. Ochilgan oynaning Автозагрузка varaqa (вкладка)sida kerakli dastur keltirilgan bandni tanlang, so‘ngra oynaning pastki o‘ng burchagidagi Отключить tugmasini bosing.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
Forwarded from IT Masters
Google tomonidan yaratilgan barcha xizmat va ilovalar 🔥

👉 Bizning barcha loyihalar | #goooogle
👍1
#word #maslahat

💾
Microsoft Word'da fayllarni saqlash qulayligini oshiramiz

Odatda, yangi hujjat yaratilganida, Word kerakli saqlash joyiga o‘tish uchun sichqoncha tugmasini bir necha marta bosishingiz kerak bo‘lgan muloqot oynasini ekranga chaqiradi.

Ammo ko‘pincha bizda fayllar uchun asosiy papka mavjud bo‘lib, unda biz allaqachon fayllarimizni tartiblab kelayotgan bo‘lamiz. Nega endi bizga kerak bo‘lgan standart papkani darhol ochmasdan, dastur taklif etgan muloqot oynasi orqali ishimizni uzaytarishimiz kerak?!

Buning uchun quyidagi harakatlar ketma-ketligi amalga oshiriladi:

1️⃣. “Файл” → “Параметры” bo‘ylab o‘ting.

2️⃣. Sozlamalar oynasining o‘ng tomonidagi “Сохранение” bo‘limini tanlang.

3️⃣. “Не показывать представление Backstage при открытии и сохранении файлов” bandiga qushcha belgisini o‘rnating.

4️⃣. “Расположение локальных файлов по умолчанию” maydonida yangi fayllar saqlanishi uchun taklif etilishi rejalashtirilgan papkangiz manzilini ko‘rsating.

📝 Manba: @bugfeature

ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
Forwarded from IT specialist
#maslahat #internet

🎞 Youtube.com saytidan videoni yuklab olish📤

Ushbu usul anchadan beri ma’lum, lekin shunday bo‘lsa ham o‘z aktualligini yo‘qotmagan.

Kerakli video bilan brauzerning ma’lum bo‘limi (вкладка)da bo‘lganingizda manzil satridagi havola (ссылка) quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
▶️ www.youtube.com/watch?v=xLCn88bfW1o

Yuklab olish sahifasiga o‘tish uchun youtube’dan oldin ssni qo‘shish lozim. Ya’ni sizning havolangiz quyidagi ko‘rinishga keladi:
▶️ www.ssyoutube.com/watch?v=xLCn88bfW1o -> ENTER bosiladi.

👌🏻Ochilgan sahifada yuklab olish uchun mos keluvchi format va video sifatini tanlash mumkin.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
YouTube qaynoq klavishlari
YouTube'dagi reklamalarni bloklaymiz
YouTube'dan videoni yuklab olishning oddiy usuli
720p, 1080p, 4K nima va ular o‘rtasida qanday farq bor?
• YouTube'ga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz
• Internet rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #security #it_humor

Ikki bosqichli autentifikatsiya 😉

ℹ️ Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
Forwarded from IT specialist
#it_darslar #security

Identifikatsiya, autentifikatsiya, avtorizatsiya - farqi nimada? 🆔🔐🔓🤔

Bu bazaviy tushunchalarning o‘rtasidagi farqni bilmay turib, axborot xavfsizligi sohasini o‘zlashtirib bo‘lmaydi.

Bugun biz identifikatsiya, autentifikatsiya, avtorizatsiya nima ekanligini va ushbu tushunchalar orasidagi farqni bilib olamiz.

👉🏻 Batafsil...

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #software #word #excel #powerpoint #outlook

Microsoft Windows va Office'larning rasmiy o‘rnatiluvchi obrazlarini yuklab olish 📥

Windows ISO Downloader – Microsoft serverlaridan Windows operatsion tizimining rasmiy obrazlarini oddiy yuklab olish uchun mo‘ljallangan bepul dastur.

Dastur obrazini yuklab olish mumkin bo‘lgan mavjud operatsion tizimlar ro‘yxatini ko‘rsatadi. Ayni damda bu Windows 7, Windows 8.1, Windows 10 va Insider Preview, shuningdek MS Office 2010, Office 2013, Office 2016, Office 2019 va Expression Studio'lardir. Mos keluvchi tizim tanlanganidan so‘ng, dastur Microsoft Techbench saytidagi kabi monand formani aks ettiradi.

Kompyuterga allaqachon o‘rnatilgan va qo‘llanilib turgan operatsion tizimning tayyor ISO obrazini yuklab olish, tizimni qayta o‘rnatish yoki tiklash uchun ajoyib variant hisoblanadi.

📎 Windows ISO Downloader v8.46.0.154 kompyuter dasturini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Toza Windows 10'ni o‘rnatish
Windows'ni o‘rnatish mahalida Secure Boot'ni o‘chirib qo‘yish
Drayver nima? Drayver haqida batafsil ma’lumot (video)
Drayverlarni topish va o‘rnatish
Printer va skaner uchun drayver yuklash va o‘rnatish
Kompyuterga dastur yuklash uchun saytlar (+ishonchli)
Dastur ornatish sanati
Dasturni qaysi versiyasi yaxshi: eski yoki yangi?
Kompyuter dasturlari qanday turlarga bo‘linishi haqida
Автозагрузка nima? Avtozagruzkadan dasturlarni olib tashlash.
Kompyuter ishlashini tezlashtiramiz! (video)
Bir nechta qismlardan iborat dasturlarni o‘rnatish
Internetda vaqtni xavfsiz o‘tkazish
Operatsion tizimdagi barcha dasturlarni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng antivirus dasturini o‘rnatish, fleshkadan oqilona foydalanish va Total Commander dasturlariga oid tavsiyalar
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍2
#excel

🔢 Alohida sonlar yoki formulalarni ajratib ko‘rsatish

Aytaylik, sizda formulalar orqali hisoblangan ustun bor, biroq ba’zi yacheykalarda sonlar qo‘lda kiritilgan bo‘lishi ehtimoldan holi emas.

Bunday yacheykalarni tezkor aniqlash uchun butun diapazonni belgilang, Главная → Найти и выделить ketma-ketligi bo‘ylab o‘ting va Выделить группу ячеек vositasidan foydalaning. Bu uchun F5 klavishini bosishingiz ham mumkin.

Yuzaga kelgan oynada qo‘lda kiritilgan sonlarni ajratib ko‘rsatish lozim bo‘lsa константы yoki formulalarni bo‘lsa, mos tarzda формулы'ni tanlang.

Shundan so‘ng ajratib ko‘rsatilgan yacheykalarga kerakli qiymatlarni kiritishingiz mumkin bo‘ladi. Ushbu maqsadda ЕФОРМУЛА funksiyasidan ham foydalanishingiz mumkin.

📝 Manba: @hacks_excel

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍4
Forwarded from IT specialist
#powerpoint

Shriftlarni tezkor tarzda almashtiramiz! 🚀

Taqdimotni yaratish vaqtida ko‘pincha yuzaga keluvchi muammo — bu bir vaqtning o‘zida bir nechta slaydlarda ma’lum bir shriftni boshqasiga almashtirishdir.

Bunday holatda bizga menyu satrining Главная varaqa (вкладка)sidagi Замена шрифтов buyrug‘i yordam berishi mumkin. Shriftlarni almashtirish oynachasida almashtirilishi kerak bo‘lgan shriftni tanlash va uni aynan qaysi shriftga almashtirishni ko‘rsatib o‘tish mumkin.

Ushbu buyruqning asosiy afzalligi — almashtirish bir vaqtning o‘zida taqdimotning barcha slaydlarida amalga oshiriladi.

🎞 Batafsil ma’lumotni postga biriktirilgan video orqali olishingiz mumkin 👇🏻.

⚠️ Taqdimot tayyorlashda imkon qadar, bizda Microsoft Word dasturida foydalanish bo‘yicha urfga kirgan serifli – Times New Roman shriftidan foydalanmang, chunki uning uzoqroqdan turib o‘qilishi biroz mushkul.

Uning o‘rniga serifsiz – Calibri, Arial, Verdana, Tahoma shriftlaridan birini foydalanish uchun tanlashingiz mumkin, o‘zingiz uchun buni solishtirib, sinab ko‘rishingiz mumkin.

Shunda auditoriyaning ortidan turib taqdimotni kuzatuvchi tinglovchilarda matnni ilg‘ash borasida muammo yuzaga kelmaydi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
“Serif” va “Sans-serif” shriftlarining farqi
Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft PowerPoint rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #mulohaza_uchun #game

Xitoylik bobo dunyodagi eng keksa erkak geymer sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.

Yang Binglin 1996-yildan beri video o‘yinlar o‘ynab keladi va hozir 88 yoshda. Yoshiga qaramay, u har kuni soatlab ushbu mashg‘ulot bilan band bo‘ladi.

Aytgancha, Ginnes kitobida yoshi kattaroq bo‘lgan geymer buvijon ham bor – u shu oy 94 yoshga to‘ladi.

📝 Manba: @hzvse

ℹ️ O‘yinlar haqidagi mavzular, kompyuter dasturi va o‘yinlari hamda mobil ilova va o‘yinlar ro‘yxatini o‘zida jamlagan postimiz.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍4🔥1
#internet #game

Lichess – shaxmatni onlayn o‘ynaymiz

Lichess – tezkor va standart shaxmat partiyalari uchun eng yaxshi saytlardan biridir. Tezkor o‘yinlar besh daqiqadan ortiq davom etmaydi, taxtada eng ko‘p donasi qolgan ishtirokchi g‘olib deb e’lon qilinadi.

Kechki mahal saytga taxminan 30 ming foydalanuvchi tashrif buyurib, bir vaqtning o‘zida 8 mingtagacha o‘yin o‘ynaladi, raqibni topish uchun bir necha soniya vaqt ketadi xolos. Siz o‘zingiz singari biror foydalanuvchi yoki kompyuterga qarshi o‘ynashingiz yoki o‘z o‘yiningizni yaratishingiz mumkin.

Saytda turnirlar o‘tkaziladi. Professional o‘yinchilarning texnikasini o‘rganish uchun harakatlarini kuzatishingiz mumkin. Ushbu o‘yinga endigina kirishgan yangi fodalanuvchilar uchun o‘quv bo‘limi mavjud.

Bu yerda o‘yin asoslari, harakatlar qoidalari bilan tanishishingiz, “shoh” qilish va nazariyani o‘rganishingiz mumkin. Ishlab chiqaruvchilar sizning harakatlaringizni tahlil qilish funksiyasini ham taklif qilishadi.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• O‘yinlar haqidagi mavzular, kompyuter dasturi va o‘yinlari hamda mobil ilova va o‘yinlar ro‘yxatini o‘zida jamlagan postimiz
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🔥4👍2
#bilasizmi #mulohaza_uchun #hardware

💾 5 Mb hajmdagi dastlabki qattiq disk IBM kompaniyasi tomonidan 1956-yil sentyabr oyida ishlab chiqarilgan. Tizimning umumiy hajmi qariyb 1 tonnani tashkil etgan.

📌 P.S.: 1 dona o‘rtacha audio yoki grafik faylni jismoniy yetkazib berish uchun shunday qurilmani logistika xizmati orqali yuborishni tasavvur etib ko‘ring 😣

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

⚡️ Powerbank ortib olgan Tesla

📌 P.S.: ... va quvvat tugashidan xavotir yo‘q! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🙊4👍2
Forwarded from IT specialist
#word #excel #powerpoint #outlook #internet

⌨️ CTRL + SHIFT + ALT + WIN orqali bajariluvchi kombinatsiyalar

Agar siz Windows 11 yoki 10'dan foydalanayotgan bo‘lib, Microsoft Store'dagi Office ilovasini o‘chirmagan bo‘lsangiz, u holda CTRL + SHIFT + ALT + WIN kombinatsiyasi orqali uni ishga tushirishingiz mumkin.

Shuningdek ofis ilovalarini ishga tushirish uchun xizmat qiluvchi quyidagi klavishlar birikmalari mavjud:

1️⃣. CTRL + SHIFT + ALT + WIN + W – Word;

2️⃣. CTRL + SHIFT + ALT + WIN + P – PowerPoint;

3️⃣. CTRL + SHIFT + ALT + WIN + X – Excel;

4️⃣. CTRL + SHIFT + ALT + WIN + O – Outlook;

5️⃣. CTRL + SHIFT + ALT + WIN + T – Teams;

6️⃣. CTRL + SHIFT + ALT + WIN + DПроводник'dagi OneDrive papkasini ochish;

7️⃣. CTRL + SHIFT + ALT + WIN + N – OneNote;

8️⃣. CTRL + SHIFT + ALT + WIN + L – LinkedIn'ga o‘tish;

9️⃣. CTRL + SHIFT + ALT + WIN + Y – Yammer'ga o‘tish.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Microsoft Word | Excel | PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Microsoft PowerPoint rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍5👏4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #hardware #IT_humor

Ideal klaviaturaga va nihoyat erishganingda, atrofingda baxtingni anglay olmaydiganlar bo‘lsa qiyindaaa... ⌨️🙄

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Klaviatura bilan ishlashga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🤣9👍4