IT specialist
11.3K subscribers
1.11K photos
476 videos
64 files
3.76K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#operatsion_tizim #android

Ekrandan videoni yozib olish uchun bepul ilovalar 🎥

Ushbu ilovalar sizga kompyuter, planshet yoki smartfon ekranida sodir bo‘layotgan harakatlarni yozib olishda yordam beradi.

1️⃣. OBS Studio

Platformalar:
Windows, macOS, Linux.

Ochiq kodli kross-platformali dastur. Juda tez va funksional. Rus tilidagi interfeys bilan tanishish uchun bir oz vaqt sarflab siz qiyinchiliksiz ekranning tarkibini yozib olishingiz mumkin.

Displeydagi video bilan birgalikda mikrofonning ovozini yozib borish hamda veb-kameradan olinayotgan tasvirni biriktirish mumkin. OBS Studio ekranning yozish o‘lchami (разрешение) ni va yozish formatini (FLV, MP4, MKV, MOV va boshqalar) tanlash imkonini beradi. Bundan tashqari u videoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Twitch va YouTube’ga uzata oladi, shuning uchun ham geymerlar orasida juda ommabop sanaladi.

O‘yinlarni yozib olish va boshqa murakkab vazifalarni amalga oshirish uchun OBS Studio’ning to‘liq salohiyatidan foydalanishni istasangiz, Internet tarmog‘ida dasturni qo‘lda sozlash bo‘yicha ko‘rsatmalarni topishingiz mumkin. Ular tezlik va tasvir sifati o‘rtasidagi mukammal muvozanatga erishishga yordam beradi.

Aytish mumkin bo‘lgan birgina kamchilik - ichki muharrirning yetishmasligidir. Ammo yozib olingan tasvirni kesish yoki qandaydir o‘zgartirish kerak bo‘lsa, videolarni tahrirlash uchun maxsus dasturlardan foydalanishingiz mumkin.

🌐 Link: https://obsproject.com/download

2️⃣. DU Recorder

Platformalar:
Android.

Google Play’dagi ekran tarkibini yozib olish uchun mashhur dastur. Unga juda yuqori baho beriladi. Bundan tashqari DU Recorder mutlaqo bepul va reclama bilan asabga tegmaydi.

Funktsional jihatdan, DU Recorder ham chakki emas. Siz bir vaqtning o‘zida kamera, mikrofon, ekrandan videoni olishingiz va har qanday vaqtda jarayonni pauza qilishingiz mumkin. Dastur bir soniyada 60 kadr tezligida 1080p gacha o‘lcham (разрешение) dagi yozib olishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Bundan tashqari, DU Recorder YouTube, Facebook va Twitch’da videoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatishga imkon beradi. Ichki muharrir orqali tayyor roliklarni kesish va hattoki gifkalarga aylantirish mumkin hisoblanadi.

🌐 Link: https://apkpure.com/du-recorder-%E2%80%93-screen-recorder-video-editor-live/com.duapps.recorder

👨🏻‍💻@itspecuz
DU_Recorder_–_Screen_Recorder%2C.apk
9.1 MB
DU Recorder'ni o‘rnatib oling @itspecuz
Marhamat, dasturlarni yuklab oling, foydalaning va baho bering:
35-MAVZU: Oyning 1-kunini haftaning qaysi kuniga to‘g‘ri kelishini aniqlash

Ushbu Excel faylida 👆 keltirilgan jadvalning foydali tomoni: Bu oyning 1-kuni haftaning qaysi kuniga to‘g‘ri kelishini aniqlash hisoblanadi. Bundan tashqari bu orqali biz haftaning qaysi kunida tug‘ilganimizni aniqlashimiz mumkin. Shunchaki sanani 01.MM.YYYY (M-month, Y-year) formatida kiritishimiz lozim.

Shuni inobatga olishingiz lozimki, Excel sanalar bilan ishlaganda 1900 yildan oldingi yillarni aniqlay olmaydi, masalan 31.12.1899 kiritilganda xatolik kelib chiqadi. Shuning uchun fayldagi namunada 01.01.1990 sanasi o‘rnatilgan.

Kamchiligi: Oy kunlari maksimal qilib 31 kun deb belgilangan, fevral oyining 28 yoki 29, qolgan oylarning 30 yoki 31 kun kelishi inobatga olinmagan.

Bu shunchaki qiziqishimiz doirasida ishlab chiqildi. Ushbu fayldan qo‘llanilgan formulalarni ko‘rib chiqish, nimanidir o‘rganish uchun foydalaning 😉.

E’tiboringiz uchun rahmat!

Biz bilan birga bo‘ling: @itspecuz
"35-MAVZU: Oyning 1-kunini haftaning qaysi kuniga to‘g‘ri kelishini aniqlash" nomli maqolamizga baho bering:
#smartfon #mulohaza_uchun

Smartfon haqida 7 ta cho‘pchak 📱

Tan olish lozim, smartfon juda murakkab texnologik qurilma. Uning ishlashi va komponentlari borasida barchamizda to‘g‘ri tasavvur bo‘lmasligi mumkin. Mazkur maqolada smartfon to‘g‘risida keng tarqalgan xato fikrlarni jamladik. Ushbu cho‘pchak fikrlar bilan yaxshi tanishib olsangiz, kelajakda smartfon xarid qilganingizda ular sizga asqotadi.

1) Kamerada megapiksellar qancha ko‘p bo‘lsa, u shuncha yaxshi suratga oladi

Bekorga biz ushbu ma’lumotni birinchi qatorga joylashtirmadik. Ko‘pchilikda aynan kamera borasida mana shunday xato fikr mavjud. To‘g‘ri, qachonlardir hali smartfonlar kuchli dasturga ega bo‘lmagan paytlarda kameraning suratga olish sifati undagi megapiksellar soniga bog‘liq bo‘lgan. Biroq ayni paytda smartfonlardagi kameraning tasvirga olish kuchi, asosan, uchta parametrga, jumladan, tasvirlarni qayta ishlaydigan chaqqon protsessor, kamera moduli va uning qo‘shimcha parametrlari (matritsa o‘lchami, diafragma, qarshi yorqinlik moduli va boshqalar) va qayta ishlash algoritmlariga bog‘liq. Kuchli va sifatli kameraga ega smartfon arzon narxda sotilishi mushkul. Agar bizning bu fikrimizga qo‘shilmasangiz, so‘nggi vaqtda smartfon sanoatidagi boshqa bir misolni keltiramiz. Deylik, Samsung Galaxy S6 kamerasining sensori 16 MP bo‘lgan bo‘lsa, undan keyin chiqqan Samsung Galaxy S7 12 MPli dual piksel texnologiyasidagi kamera bilan jihozlandi. Shuning o‘zi ham gap megapiksellarda emasligini isbotlaydi. Shu bois smartfon sotib olishdan oldin tarmoqda tarqalgan kamera tavsiflari bilan tanishib chiqishni maslahat beramiz.

2) Batareyaning sig‘imi qancha ko‘p bo‘lsa, smartfon shuncha uzoqroq ishlaydi

Ha, bu fikrda ham jon borday tuyuladi. Biroq batareyaning ishlashi turli omillar bilan chambarchas aloqador. Masalan, smartfon displeyining diagonali qancha kam bo‘lsa, batareya sarfi shuncha qisqaradi yoki aksincha. Shu bilan birga protsessorning quvvati ham batareya sarfiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu jarayonda, ayniqsa, operatsion tizimning ishlab chiqaruvchi tomonidan qay darajada optimallashtirilgani ham katta ahamiyatga ega.
Shuning uchun smartfon xarid qilganda batareya sig‘imi, ekran diagonali va matritsasi hamda operatsion tizim versiyasini hisobga olish tavsiya etiladi.

3) Protsessorda yadrolar soni qancha ko‘p bo‘lsa, smartfon shunchalik tez ishlaydi

Bu smartfon haqidagi eng yolg‘on cho‘pchak bo‘lsa kerak. Sababi, protsessorlardagi yadrolarning ko‘pligi qurilmada bajariladigan jarayonlarni taqsimlash natijasida gadjetning ishlashini tezlashtirib beradi, xolos. Yadrolarning ko‘pligi, asosan, og‘ir fayllar va grafika bilan ishlashda qo‘l keladi. Shuning uchun agar siz smartfondan o‘yin o‘ynash, yuqori formatli tasvirlar bilan ishlash uchun foydalansangiz, u holda sakkiz yadroli protsessor bilan jihozlangan qurilmani xarid qilganingiz ma’qul. Agar smartfonni suhbat, internet-syorfing, elektron pochta va messenjerlarni ishlatish uchun xarid qilmoqchi bo‘lsangiz, unda to‘rt yadroli gadjet sizning talablaringizga to‘liq javob bera oladi. Unutmang, protsessorda yadrolar qancha ko‘p bo‘lsa, uning narxi shuncha qimmat bo‘ladi

4) “Brend” uchun pul to‘lash – nodonlik

Ba’zida qulog‘imizga shunday fikrlar ham chalinib qoladi: “Biror mashhur brend uchun pul to‘lash shart emas, boshqa o‘rtahol ishlab chiqaruvchilar ham “brend”lardan qolishmaydigan smartfonlar tayyorlayapti. Protsessori, tezkor xotira va hatto ekrani bir xil, biroq narxi ancha arzon”. Bir qarashda ushbu mulohazalarda mantiq borday ko‘rinadi. Ammo unga ishonishdan oldin yana bir bor o‘ylab ko‘rish zarar qilmaydi. Siz qanchalik arzon smartfon xarid qilsangiz, undagi parametrlar shunchalik kuchsiz bo‘ladi.
Sohada yetarli tajribaga ega “brend”larning qurilmalari arzon narxdagi gadjetlar sotadigan ishlab chiqaruvchilardan bir qadar qimmat bo‘lsa ham, “brend”larning mahsulotlari eng ilg‘or va innovatsion texnologiyalarda tayyorlanganiga shubha yo‘q. Bundan tashqari, kafolat xizmati va dastur profilaktikasini ham unutmaslik kerak. To‘g‘ri, siz balki qimmat qurilma xarid qilgandirsiz, biroq undan xotirjam foydalanishga nima yetsin. Albatta, bu bilan biz sizni faqat “brend”lardan mahsulot xarid qiling demoqchi emasmiz, shunchaki bir qadar arzon qurilmani sotib olib, keyin afsuslanishdan qaytarmoqchimiz. Ha, darvoqe, juda arzon takliflardan ehtiyot bo‘ling.

5) Sotuvchi har doim “puliga arziydigan” smartfonni taklif qiladi

Bekor gap. Birinchi navbatda, sotuvchi savdolaridan bonus oladigan qurilmani yoki ombordagi “umrini yashab bo‘lgan” smartfonni sizga taklif qilishga urinadi. Albatta, sotuvchi taklifning yaxshiligiga sizni ishontirmoqchi ham bo‘ladi. Biroq bularning barchasi shunchaki biznes: siz xaridor, u sotuvchi. Shuning uchun smartfon sotib olishdan avval o‘zingiz aynan qanday konfiguratsiyadagi gadjetni istashingizni aniqlab oling. Ayniqsa, mablag‘ingiz kam bo‘lsa, shoshmaganingiz ma’qul. Albatta, bir nechta do‘konga kirib, narxlar va takliflar bilan tanishing. Smartfonni sotuvchini gapiga qarab emas, o‘z ehtiyoj va istaklaringizga qarab tanlang.

6) Plyonka yoki himoya oynasi ekranni zarbalardan himoya qiladi

Hozirgi ekranlar ancha mustahkam, biroq plyonka yoki qo‘shimcha oyna ularni zarbalardan himoya qilmaydi. To‘g‘ri, turli qirilishlardan ularning foydasi bor, biroq kuchli zarba natijasida chatnashning oldini ololmaydi. Ekranga plyonka yopishtirish uning sifatini saqlashga yordam beradi, xolos. Qo‘shimcha oyna, aksincha, yuqoridan tushish vaqtida ekranga zarar yetkazishi mumkin. Odatda, ekranlarga tushib ketganda zarbani teng taqsimlab, uni kuchsizlantirishga xizmat qiladigan texnologiya tatbiq etilgan bo‘ladi. Himoya oynasi mazkur jarayonga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Shuning uchun qo‘shimcha oyna o‘rniga chexoldan foydalangan ma’qul.

7) Mobil internetning tezligi smartfonga bog‘liq

Agar smartfoningiz 300 Mbit/s mobil internetni qabul qilish tezligiga ega bo‘lsa-yu, tarmoq operatori kerakli internet tezligi bilan ta’minlamasa, jahondagi eng ilg‘or smartfon ham bunda chorasiz qolishi aniq. Imkoni boricha eng tezkor va sifatli mobil internetni taqdim qiladigan operator xizmatlaridan foydalanish kerak. Ayniqsa, bu narsa O‘zbekiston sharoitida juda dolzarb. Telefon H+ belgisini ko‘rsatib turadi, biroq internetning tezligi E (EDGE) standartiga teng bo‘lishi ham mumkin.

👨🏻‍💻@itspecuz
"Smartfon haqida 7 ta cho‘pchak" mavzusi bo‘yicha fikringiz:
#smartfon #mulohaza_uchun

Telefonga “haydovchi rejimi” nega kerak? 📱

Barchamiz telefonlardagi “uchish rejimi”ni yaxshi bilamiz. Samolyotda uchish paytida mobil telefonning ayrim funksiyalari o‘chirib qo‘yiladi.

AQSh yo‘l xavfsizligi milliy ma’muriyati mobil telefonlar uchun maxsus avtomobil rejimi ishlab chiqishni tavsiya qilyapti. “Driver Mode» yoqilganda harakat davomida haydovchi telefonga kamroq chalg‘iydi.

Taklif soddagina. Rejim yoqilganda interfeys osonlashtirilgan ko‘rinishga o‘tadi, ya’ni tugmalar katta va kam sonli bo‘ladi, muhim bo‘lmagan tugma va funksiyalar o‘chiriladi. Haydovchini telefondagi film va kitoblar chalg‘itmasligining chorasi ko‘riladi.

“Driver Mode»ni faollashtirishning ikki yo‘li taklif qilinmoqda: qo‘lda va avtomatik tarzda. Haydovchi mashinaga o‘tirganida avval telefon multimedia tizimga ulanadi, harakat boshlanganda esa maxsus rejim yoqiladi.

Hozir ekspertlar bu taklifga munosabatlarni ko‘rib chiqmoqda.

👨🏻‍💻@itspecuz
"Telefonga “haydovchi rejimi” nega kerak?": sizningcha bu dolzarb masalami?
36-MAVZU: Ma’lumotlarni solishtirishda Лист’lar bilan ishlashda qulaylik yaratish haqida

Ko‘pincha har xil лист’larda joylashgan ma’lumotlarni solishtirishimizga to‘g‘ri keladi. Вкладка’lar o‘rtasida tinmay o‘tishdan ko‘ra – shunchaki faylni yangi oynada oching va oynalarni yonma-yon joylashtiring.

Buni yuqoridagi video orqali ko‘rib, o‘rganishingiz mumkin 👆.

E’tiboringiz uchun rahmat!

Biz bilan birga bo‘ling: @itspecuz
"36-MAVZU: Ma’lumotlarni solishtirishda Лист’lar bilan ishlashda qulaylik yaratish haqida"gi maqolamizga baho bering:
#smartfon #bilasizmi

Smartfoningiz ta’qibidan qutulishni bilasizmi? 🤔

Zamonaviy smartfonlar o‘z egalarining qaerlarda bo‘lishini bilishadi va bu haqdagi ma’lumotlarni saqlab qo‘yishadi. Ha, hatto shu qo‘lingizdagi telefoningiz ham sizni ta’qib etadi. Biz esa quyida mana shu ta’qibdan qutulish yo‘llarini ko‘rib chiqamiz.

Kim ruxsat bergan ularga?!

Balki siz o‘ylab ham ko‘rmagandirsiz, ammo, agarda smartfoningizda GPS-modul mavjud bo‘lib, siz undagi geolokatsiya sozlamalarini o‘zgartirmagan bo‘lsangiz, u holda gadjetingiz siz borgan joylarni eslab qoladi va bu ma’lumotlarni maxsus jurnalda qayd etib boradi. Qo‘lingizdagi «do‘st»ingiz iPhone bo‘ladimi yo istalgan modeldagi Android-smartfonmi – farqi yo‘q, u sizni mudom kuzatib yuradi.

Bunga esa o‘zingiz ruxsat bergansiz. Ha, ishonavering – foydalanuvchi bitimiga rozilik bergansiz-ku, to‘g‘rimi? O‘shanda uni o‘qib ham ko‘rmaganingizni eslaysizmi?

Apple va Google buni shunday izohlashadi: bunda to‘plangan ma’lumot o‘zlarining servislari bilan ishlashda samarali natijalar bo‘lishini ta’minlash uchun zarur. Masalan, iOS’da joylashuv haqidagi ma’lumotlardan ob-havo ma’lumotlarini berishda, xaritalardagi yo‘nalishlarni aniqlashda va fotosuratlardagi geoteglarni qo‘llashda foydalaniladi. Android’da esa joylashuvlar tarixi Google’ga eng maqbul yo‘nalishlarni taklif etish hamda qidiruvda yanada aniqroq natijalarni berish uchun yordam beradi.

Joylashuvlar tarixini qanday ko‘ramiz?

O‘zingiz borgan joylar tarixini mobil qurilmangiz qanday qayd etib borgan – ko‘rishni istaysizmi?

Buning uchun, agarda iOS tizimli gadjetdan foydalanayotgan bo‘lsangiz, uning sozlamalaridagi mana bu manzilga kirishingiz kerak: «Настройки» → «Конфиденциальность» → «Службы геолокации» → «Системные службы» → «Часто посещаемые места». Shu yerdagi joylashuvlar tarixida, ya’ni «История» bo‘limida siz o‘zingiz tez-tez borib turadigan joylarni ko‘rishingiz mumkin. Undagi har bir yozuvni ochish va o‘sha o‘zingiz borgan joy koordinatlarini xaritada ko‘rish imkoni ham mavjud.

Android tizimli devayslarda ham bunday statistika yuritiladi. Uni quyidagi manzilda ko‘rasiz: «Местоположение» → «История местоположений».

Bulardan tashqari, siz istalgan bir qurilmada Google servislaridan foydalanayotgan bo‘lsangiz, sizning oxirgi borgan joylaringiz Google Maps’ning veb-versiyasida aks etadi. Unda anchayin batafsil ma’lumot to‘plangan bo‘ladi: joylar xaritada nuqtalar tarzida ko‘rsatilgan bo‘ladi, yana sanalar bo‘yicha saralash imkoni ham bor. Agarda tegishli funksiya yoqiq bo‘lsa, qaysi kuni qaerga borganingizni kuzatishingiz ham mumkin.

Bu ma’lumotlarni yo‘qotish va ta’qibni to‘xtatish mumkin

Mazkur kompaniyalar sizning ushbu shaxsiy ma’lumotlaringizdan anonim asosda foydalanishlarini ta’kidlashadi. Lekin, agarda sizga bu yoqmasa, bunga chek qo‘yishingiz mumkin. Buni amalga oshirish ham aytarli qiyin emas, faqat ta’qibni cheklash usuli devaysingizdagi operatsion tizimga bog‘liq.

iOS tizimli devayslarda tizim xizmatlarining «Часто посещаемые места», ya’ni «Tez-tez borib turiladigan joylar» bo‘limida xuddi shu nomdagi tumblerni o‘chirib qo‘yishingiz lozim. O‘sha yerning o‘zida yana, joylashuvlar tarixini tozalash uchun «Очистить историю» tugmachasi ham bor. Shuni bossangiz, sizning qaerlarga borganligingiz haqidagi smartfoningiz to‘plagan barcha ma’lumotlar o‘chirib yuboriladi.

Android tizimli qurilmalarda esa mazkur tumbler geolokatsiya sozlamalarining «История местоположений» bo‘limida joylashgan. Borgan joylaringiz haqidagi ma’lumotlarni o‘chirish uchun esa, «Удалить историю местоположений» tugmachasini bosishingiz va bu qaroringizni tasdiqlashingiz zarur.

Shu harakatlarni amalga oshirganingizdan so‘ng smartfoningiz sizning qayerlarga borganingizni ta’qib etmay qo‘yadi va borgan joylaringizni saqlab qo‘ymaydi.

👨🏻‍💻@itspecuz
Darvoqe, smartfoningizning ta’qibidan tashqari, yana Google ta’qibidan qutulish, Facebook kuzatuvini cheklash hamda Windows 10 kuzatishlariga chek qo‘yish yo‘llarini ham o‘rganib qo‘yishga nima deysiz?
#operatsion_tizim

Kompyuterda joy «o‘g‘irlab» yotgan fayllarni aniqlovchi 3 dastur 🔎

Garchi hozirgi kompyuterlarning qattiq disklari hajmi terabaytlarni tashkil etsa-da, baribir ular ham to‘lib qolishi mumkin. Nisbatan eski kompyuterlarda esa bu muammo tez-tez uchrab turadi. Ba’zan esa hatto diskni to‘ldirib yotgan narsa nima ekan o‘zi, deb o‘ylanib ham qolamiz.

Quyidagi uchta dastur esa kompyuterdagi qattiq diskni qaysi fayl, qancha miqdorda egallaganini aniq ko‘rsatib beradi. Uyog‘iga o‘zingiz hal etishingiz mumkin: fayllarni o‘chirib tashlash yoki ko‘chma xotira qurilmasiga ko‘chirib olib qo‘yish o‘z ixtiyoringizda.

1️⃣. CCleaner

Windows uchun eng ommabop tozalagich-dastur CCleaner hisoblanadi. Aslida uning funksiyalari ko‘p, shulardan biri – katta hajmli fayllarni izlab topish. U dasturning «Сервис» bo‘limida joylashgan bo‘lib, «Анализ дисков»«Disklar tahlili» deb nomlanadi.

CCleaner disk makonini doirasimon diagramma tarzida ko‘rsatadi. Undagi bo‘lmalar fayllarning asosiy turlariga – tasvir, hujjat yoki video fayllari kabilarga ko‘ra ajratilgan bo‘ladi. Pastroqda esa har bir turga oid batafsil ma’lumotlar ko‘rsatilgan jadval joylashgan.

🌐 Link: https://www.piriform.com/ccleaner

2️⃣. WinDirStat

Mazkur dasturni ishga tushirganingizda, u qattiq diskning qanchalik va nimalar bilan to‘lganligini tekshirib chiqadi va uning holatini aks ettiruvchi kartani aks ettiradi. Mazkur karta turli kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchak shakllardan iborat bo‘ladi. Bu shakllarning rangi shu yerdagi fayllarning turini bildiradi, kattaligi esa – ularning hajmini.

WinDirStat’da istalgan shaklning ustiga sichqoncha bilan chertsangiz, shu yerdagi faylning aniq hajmini va diskdagi joylashuv o‘rnini ko‘rsatadi. Jihozlar panelidagi tegishli tugmacha orqali istalgan faylni shu yerning o‘zidayoq o‘chirib tashlashingiz yoki fayl menejeri yordamida uning joylashgan papkasini ochib ko‘rishingiz mumkin.

🌐 Link: https://windirstat.net/index.html

3️⃣. SpaceSniffer

Bu – CCleaner va WinDirStat dasturlarining zo‘r analogi. SpaceSniffer ham diskni to‘ldirib turgan fayllarni xuddi WinDirStat kabi ko‘rinishda aks ettiradi, ammo bunda fayllarni ko‘rish «chuqurligi»ni va aks ettiriluvchi detallar miqdorini osongina sozlash ham mumkin. Bu imkoniyat tufayli esa siz avvalo eng katta katalog – papkalarni ko‘rishingiz, keyin esa fayllar tizimi oralab tobora «tubiga sho‘ng‘ishingiz», eng mayda fayllargacha topib borishingiz mumkin.

🌐 Link: http://www.uderzo.it/main_products/space_sniffer/

👨🏻‍💻@itspecuz