IT specialist
9.65K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
Forwarded from IT specialist
#internet #rasm_bilan_ishlash

🖼 Veb-saytdan barcha rasmlarni ajratib olish

Agar biror-bir saytdagi rasm sizga ma’qul kelgan bo‘lib, uni yuklab olishni uddalay olmayotgan bo‘lsangiz yoki shunchaki saytdagi barcha rasmlarni yuklab olishga zarurat bo‘lsa, u holda Image Extractor xizmatidan foydalanib ko‘rishingiz mumkin. Xizmat avtomatik ravishda saytdagi barcha rasmlarni ajratib oladi.

Undan foydalanish tartibi quyidagicha:

1️⃣. Havola bo‘ylab o‘tiladi.

2️⃣. Havola joylashtiriladi va “Extract” tugmasi bosiladi.

3️⃣. Ma’lum bir rasmlar tanlanadi yoki “Select all” tugmasi bosiladi, so‘nggi qadamda “Download selected” tugmasi bosiladi.

📝 Manba: @komputeer

ℹ️ Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

📹 Oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar reklamasining tasvirga olinish jarayoniga guvoh bo‘lamiz.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #software

Operatsion tizim bilan birga keluvchi ilovalarni o‘chiramiz

Ko‘p holatlarda operatsion tizimimiz bilan birga keluvchi ilovalar keraksiz va shunchaki diskda ortiqcha joy egallab turgan bo‘ladi. Ularni odatiy tarzda o‘chirib bo‘lmaydi, bunda bizga Windows 10 App Remover yordamga keladi.

Yordamchi dastur ishga tushirilganidan so‘ng bizdan faqat bir harakat — xalos bo‘lishimiz lozim bo‘lgan dastur nomi keltirilgan tugma ustiga bosish talab etiladi.

Shu bilan birga, yordamchi dastur yordamida muammoli dasturning xatoliklarini kuzatish imkoni mavjud. Buning uchun Show Log bandi qarshisiga qushcha belgisini o‘rnatish talab etiladi.

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim

⌨️ Oynani kattalashtirish, ekranning 1/2 yoki 1/4 qismini egallaydigan qilish yoki vazifalar paneliga tushirish

WIN + ⬅️➡️oynani ekranning yarmini egallaydigan qilib mos ravishda chap yoki o‘ng tomoniga o‘tkazadi;

WIN + ⬇️joriy oynani vazifalar paneliga tushiradi (fonga o‘tkazadi);

Agar oyna ekran chetiga biriktirilgan holda, uning 1/2 qismi (yarmi)ni egallab turgan bo‘lsa, u dastlab 1/4 (chorak) qismini egallaydigan bo‘lib kichrayadi. Birikmaning takroriy bosilishi oynani butunlay fonga o‘tkazadi.

WIN + ⬆️joriy oynani butun ekranga yoyish;

Agar oyna ekran chetiga biriktilgan holda, uning 1/2 qismi (yarmi)ni egallab turgan bo‘lsa, u dastlab 1/4 (chorak) qismini egallaydigan bo‘lib kichrayadi va takroriy bosishda butun ekranni qoplaydi.

🖱 Yaqin orada Sizga sichqonchaning keragi ham bo‘lmay qoladi! 😉

📝 Manba: @computer_life

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz roʻyxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

Instagram'da Lego'dan mahsulotlar “tayyorlanmoqda” 😋. Juda murakkab montaj va millionlab ko‘rishlar soni.

🍗🍟 Qovurilgan tovuq oyoqchalari va fri ishtirokida olingan rolikning o‘zi 3 kun ichida deyarli 1,5 million layk to‘pladi.

📌 P.S.: Buni bir marta ko‘rish bilan cheklanish qiyin! 😉

🏗 Lego ishtirok etgan qolgan postlar: 1️⃣ | 2️⃣ | 3️⃣ | 4️⃣ | 5️⃣ | 6️⃣ | 7️⃣

📝 Manba: @bugnotfeature

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #hardware

👨🏻‍🎨 Yozuv mashinkasi yordamida rasm yaratish jarayoni.

📌 P.S.: Sabringiz yetarmidi? 😉

📝 Manba: @solonabiraem

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
СОЛО на клавиатуре dasturi
• Klaviatura bilan ishlashga oid yana boshqa mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
1
Forwarded from IT specialist
#excel

🔗 Formulada list uchun havola qanday ko‘rsatiladi?

Excel'da istalgan formulani kiritish chog‘ida, ma’lumot o‘rnida istalgan yacheyka (katakcha) manzilini, u hattoki hujjatning boshqa listida joylashgan taqdirda ham ko‘rsatib o‘tishingiz mumkin.

Bunday holatda yacheyka manzili (A2)ni ko‘rsatish oldidan shunchaki listning nomlanishi va undov belgisi (Лист2!)ni kiritib o‘ting. Masalan, Лист2!A2.

Agar listingiz nomlanishida probel mavjud bo‘lsa, list nomini bittalik qo‘shtirnoq orasiga olib, so‘ngra undov belgisini kiritish lozim. Masalan, 'Daromad va xarajat'!F2.

Bunday formula odatdagisidan farq qilmaydi: alohida listda yacheyka qiymati o‘zgartirilishiga qarab, qo‘shni listda qo‘llanilgan formula qiymati avtomatik o‘zgaradi.

📝 Manba: @hacks_excel

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from Excel Hacks | Video kurs
1C buxgalteriya + Excel Hacks kursi

Salkam 10GB+ ma'lumotlar sizni kutmoqda, shunchaki @aktses'ga yozing va kursni chegirma narxida sotib oling!

Darslar mundarijasi: 1C | Excel
Darslardan namuna: 1C | Excel
Forwarded from IT specialist
#bilasizmi #learn_english_with_software

🇬🇧🌐 Ingliz tilini o‘rganish uchun ajoyib manbalar

01. Livemocha
02. Busuu
03. LinguaLeo
04. W2mem
05. Grammar-teacher
06. Interpals
07. British Council
08. Duolingo | Android uchun mobil ilovasi
09. Rosetta Stone | Android uchun mobil ilovasi
10. Drops | Android uchun mobil ilovasi

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #hardware #maslahat

⌨️🖱 Sichqoncha va klaviaturani bloklash

Klaviaturani vaqtinchalik bloklash uni kompyuter ishlab turgan paytida tozalash yoki bolalar multfilm tomosha qilayotganida biror nojo‘ya harakat qilmasligi uchun kerak bo‘lishi mumkin.

BlueLife KeyFreeze — klaviatura va sichqonchani bloklash uchun dastur. U ko‘p tilli qulay interfeys va amaliy sozlamalarga ega. Dastur portativ bo‘lib, o‘rnatishni talab etmaydi.

Foydalanish tartibi quyidagicha:

1️⃣. Havola bo‘ylab o‘ting, yuklab oling va arxivdan chiqaring.

2️⃣. Kompyuteringizdagi o‘rnatilgan operatsion tizimning razryadiga qarab dasturni KeyFreeze.exe yoki KeyFreeze_x64.exe fayli orqali ishga tushiring.

Klaviatura va sichqonchani bloklash va blokdan chiqarish uchun ushbu klavishlar birikmasi bosiladi: CTRL + ALT + F.

📝 Manba: @komputeer

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Klaviatura bilan ishlashga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Sichqoncha bilan ishlashga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
#internet

⚙️🔄 Google Chrome'ning standart sozlamalarini qayta tiklash

Agar kompyuteringizda sizdan ilgari kimdir Google Chrome'dan muntazam foydalanib kelgan bo‘lib, uni o‘zingiz uchun yangidan sozlab olish istagida bo‘lsangiz, istalgan vaqtda brauzer sozlamalarini asl holatiga qaytarishingiz mumkin. Bu yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli muammolarning oldini olishga yordam beradi.

Buning uchun quyidagi qadamlar ketma-ketligi bajariladi:

1️⃣. Chrome brauzerining o‘ng yuqori burchagida uch vertikal joylashgan nuqtali ( ) tugmani ustiga bosing va ochiluvchi menyudan “Настройки” bandini tanlang.

2️⃣. Yon menyudan “Сбросить настройки”ni tanlang.

3️⃣. “Восстановление настроек по умолчанию”ning ustiga bosing va harakatlaringizni “Сбросить настройки” tugmasini bosish orqali tasdiqlang.

Bosh sahifa, tezkor murojaat sahifasi va qidiruv tizimi sozlamalari tiklanadi va barcha varaqa (вкладка)lar olib tashlanadi. Bundan tashqari, tizim barcha kengaytmalarni o‘chiradi va cookie fayllari kabi barcha vaqtinchalik ma’lumotlarni o‘chiradi. Xatcho‘p (закладка)laringiz, ko‘rilgan sahifalaringiz tarixi va parollaringiz saqlab qolinadi.

📝 Manba: @bugfeature

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Google Chrome brauzeriga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#rasm_bilan_ishlash #maslahat

🪄 Photoshop'dagi “Patch Tool” vositasi sehri.

📝 Manba: @PhotoshopForYou

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Rasm bilan ishlash rukni ostida turli mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #tarmoq #internet

🌏 Global kommunikatsiya tizimini tashkil etuvchi suv osti optik kabellarining umumiy joylashuvini ko‘rsatuvchi Yerning 3D-modeli

Hammasi bo‘lib Yer sayyorasi bo‘ylab 426 ta faol kabel yotqizilgan. Ularning umumiy uzunligi deyarli 1,5 million kilometrni tashkil etadi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Materiklar o‘rtasidagi Internet ta'minoti qanday yo‘lga qo‘yilganini bilasizmi?
• Tarmoq rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #software

➡️ Dasturni qayta o‘rnatib o‘tirmasdan boshqa diskka to‘liq ko‘chirib o‘tkazish

github.com saytidagi FreeMove — ochiq kodli bepul dasturiy ta’minot bo‘lib, o‘rnatilgan dasturlar papkalarini boshqa joyga yoki hattoki boshqa diskka funksionalligini buzmagan holda to‘liq ko‘chirish imkonini beradi.

Ko‘chirib o‘tkazilishi lozim bo‘lgan papka va uning yangi joylashuvi tanlanadi, so‘ngra Move tugmasi bosiladi.

Set original folder to hidden opsiyasiga ahamiyat bering. U keyinchalik sizni adashtirmaslik maqsadida, joriy (asl) papkani Проводник'da berkitish imkonini beradi.

Buning boisi, yordamchi dastur barcha papkalar va fayllarni yangi joyga ko‘chirib o‘tkazadi, eski joylashuvida esa ularga bo‘lgan simvolli havolalarni yaratadi. Shunday ekan, ko‘chirib o‘tkazilgan papkalarni o‘chirmasdan, shunchaki ularni berkiting.

Qo‘llanilishi:

Ishga tushirish uchun mo‘ljallangan .EXE kengaytmali fayl ustiga ikki marta bosing va o‘rnatish ketma-ketligidagi oynalar tavsiyasiga amal qiling.

⚠️ Izoh: ushbu dasturda to‘laqonli ishlay olish uchun administrator huquqlari talab etiladi.

Tavsiyalar:

Tizimli kataloglarni ko‘chirib o‘tkazishga urinmang, ular Windows'ni yangilash markazi va Windows ilovalari do‘koni kabi funksiyalarning ishlamay qolishiga sabab bo‘ladi.

Quyidagi: C:\Users | C:\Documents and Settings | C:\ProgramData | C:\Program Files | C:\Program Files (x86) kabi kataloglarni ko‘chirishga urinmang. Agar shunda ham buni amalga oshirish istagida bo‘lsangiz, mas’uliyatni o‘z zimmangizga olgan bo‘lasiz. Katalogni orqaga qaytarish uchun Readme'ning so‘nggi qismiga murojaat eting.

Biroq, yuqorida keltirib o‘tilgan kataloglar tarkibidagi quyi kataloglarni ko‘chirishda hech qanday muammo yuzaga kelmaydi. Shunday ekan, siz C:\Program Files\HugeProgramIDontWantOnMySSD'ni muammosiz ko‘chirib o‘tkazishingiz mumkin.

Ko‘chirib o‘tkazilgan dasturlarni o‘chirish:

Dasturlar odatiy tarzda, ulanishni uzmagan holda o‘chiriladi. O‘chirish dasturi odatiy rejimda, dastur ko‘chirib o‘tkazilgan joyda bo‘sh katalog (papka)ni va katalogning avvalgi joylashuvidagi havolani qoldirgan holda ishlaydi, ularni keyinchalik qo‘lda o‘chirishingiz mumkin.

📥 FreeMove v2.1.0 dasturini yuklab olish.

📝 Manba: @pcTeapot

📝 Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Windows 10, 8.1 va 7'da disk harfini o‘zgartirish
Windows 10'da Buyruq satri (Командная строка) yordamida disk harfini o‘zgartirish
Foydalanuvchi profiliga oid papkalarni boshqa diskka o‘tkazish
Windows 11'da Windows.old papkasini o‘chirish (undan oldingi versiyalar uchun ham o‘rinli)
Windows'da virtual xotira (файл подкачки)ni sozlash: tizim samaradorligini oshirish
Istalgan papka asosida virtual disk yaratish
Windows haqidagi voz kechish lozim bo‘lgan 5 mashhur afsona
SSD va HDD xotiralar bir-biridan qanday farq qiladi?
HDD va SSD farqlari, afzalliklari. Kimga qaysi biri kerak?
Ma’lumotlarni yo‘qotmagan holda fleshka, qattiq disk va SSD’da fayl tizimini FAT32’dan NTFS’ga o‘zgartirish
HDD'dan SSD'ga qanday qilib “og‘riqsiz” o‘tish mumkin?
WinPE 10-8 Sergei Strelec yordamchi vositasini qattiq diskdan ishga tushirish
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun

👀 Juda ta’sirli video. Daltonik bola umrida birinchi bor ranglarni ajrata olgan vaziyat.

📌 P.S.: Bu borada ko‘zi sog‘lom yoki ko‘rish borasida biroz muammosi bo‘lishi mumkin bo‘lgan, biroq rang ajratish borasida muammosi yo‘q do‘stim, shukur qil, tez-tez to‘xtalishlar qilib tur va ko‘zlaringga dam ber!

📝
Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Koʻrish qobiliyatini yaxshilash uchun tavsiyalar
Shaxsiy kompyuter yoki smartfon bilan ishlashda ko‘rish qobiliyatini saqlab qolish uchun maxsus xizmat
Kompyuterda ishlash uchun ko‘zoynak qanday tanlanadi?
“Kompyuter ko‘rish sindromi” nima va undan qanday himoyalanish mumkin?
Televizorni yaqindan tomosha qilish koʻrish qobiliyatiga zarar yetkazadimi?
• Salomatlikka oid mavzularni o‘ziga jamlagan postimiz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #internet

⚙️ Windows 10/11'da boshqa kompyuterni boshqaramiz

Har qanday Windows 10/11 foydalanuvchisi tizim bilan birga keluvchi Быстрая помощь ilovasi yordamida boshqa Windows 10/11 kompyuteridagi har qanday muammoni masofadan turib hal qilishga yordam berishi mumkin.

Windows 10/11'ga ichki o‘rnatilgan Быстрая помощь masofaviy boshqaruv dasturi ishlashi borasida TeamViewer'dan qolishmaydi va barcha Windows foydalanuvchilari uchun bepul va cheklovlarsizdir.

Foydalanish tartibi quyidagicha:

1️⃣. “Пуск” menyusining qidiruv satri yordamida Быстрая помощь izlab topiladi.

2️⃣. Помочь другому пользователю tugmasi bosiladi, Microsoft akkaunti orqali avtorizatsiya jarayonidan o‘tiladi. Qabul qilingan kod yordam olayotgan foydalanuvchiga ulashiladi.

3️⃣. Masofadagi foydalanuvchi kodni kiritganidan so‘ng, yordam taqdim etishda muhim hisoblanuvchi – Получите полный контроль yoki Просмотр экрана umumiy foydalanuv (общий доступ) parametri tanlanadi.

📝 Manba: @komputeer

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#smartfon #android #learn_english_with_software

🇬🇧 Полиглот 16/32 va boshqalar — ingliz tili grammatikasini rus tili asosida o‘zlashtirish uchun puxta o‘ylangan, samarali va tezkor metodikani taqdim etuvchi mobil ilovalar. Android 4.0+. Barcha darslar va imtihonlar blokdan chiqarilgan.

📥 Yuklab olish uchun to‘plam:
Полиглот (01-16) v4.53
Полиглот (17-32) v3.12
Полиглот. Английские cлова v2.16
Полиглот. Артикли v2.03
Полиглот. Аудирование v2.18
Полиглот. Мой словарь v4.9

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#smartfon #android

📚 FBReader Premium — Android bazasidagi qurilmalarda elektron kitoblarni о‘qish uchun eng ommabop ilovalardan biri. Barcha mashhur fayllarni qo‘llab-quvvatlaydi va foydalanish uchun qulay. Android 4.4+. Premium-versiya

📎
FBReader Premium v3.1.5 mobil ilovasini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tavsiya etiluvchi mobil ilovalar:
WPS Office (Kingsoft Office)
OfficeSuite Pro + PDF
Moon+ Reader
eReader Prestigio
Librera Reader
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android #internet

🏎 Internet Speed Meter — yuqori bildirishnomalar paneli orqali internet tezligini nazorat qilish uchun qulay yordamchi mobil ilova. To‘liq versiya

📎
Internet Speed Meter v1.6.2 mobil ilovasini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tavsiya etiluvchi mobil ilovalar:
Speedtest
Net Speed Indicator
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#mulohaza_uchun #tarmoq #internet #IT_humor

– Allo, provayderga ulandimmi? Negadir internetim ishlamay qoldi, sababini bilish uchun ustani yubora olasizmi? 🙄

ℹ️ Tarmoq rukni ostidagi barcha postlarimiz roʻyxati: 1-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #mulohaza_uchun #texnologiya

🎨🖊 AQShda 16 mln rangda yoza oladigan ruchka ixtiro qilindi

Colorpik
atrof-muhitdan ranglarni nusxalashga qodir — gadjet kerakli obyekt ustiga olib borilganida uning sirtidagi rangni skanerlaydi va bo‘yoqlarni aralashtirib, kerakli tusni hosil qiladi.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija