IT specialist
9.68K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#mulohaza_uchun #hardware #bilasizmi

💿📄 1994-yilda Bill Geyts baland (taxminan 330 mingdan ortiq) qog‘ozlar uyumi ustida qo‘lida disk bilan alpinistlarning maxsus moslamasi yordamida suratga tushgan va “Qo‘limdagi ushbu kompakt disk (CD-ROM) ostimdagi barcha qog‘ozlardan ko‘ra ko‘proq ma‘lumotni o‘zida saqlashi mumkin”, deya ta’kidlagan.

⚡️ Ushbu yangilik o‘sha davrning asl inqilobi bo‘lgan!

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Bill Geyts haqida postlar
Stiv Jobs haqida postlar
Ilon Mask va Tesla haqidagi postlar
Djeff Bezos haqida postlar
Pavel Durov haqida postlar
Alibaba asoschisi Jek Ma tomonidan aytilgan iqtiboslar
Oddiy talabalarning katta muvaffaqiyati. Google tashkil topganiga 22 yil bo‘ldi

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#android #game #smartfon

Happy Color mobil o‘yini 📲

Raqamlar bo‘yicha eng zo‘r bo‘yash o‘yinini yuklab oling, rasmni tanlang va bo‘yab chiqing 🌈.
Yorqin, qiziqarli rasmlar stressdan xalos bo‘lishingizda yordam beradi! 😊

1000 dan ziyod hayvonlar 🐼, yakkashohlar 🦄, manzaralar 🏞, odamlar 😀 rasmlari sizni kutmoqda ☝️. Kattalar va kichiklar, bolalar 👦 va qizlar 👧 uchun har qanday didga mos keluvchi rasmlar tavsiya etiladi. O‘zingizga kundalik hayotdan chalg‘ish hamda ranglar va relaks olamiga sho‘ng‘ishga imkon bering ❤️.

Har bir rasmlarda siz raqamni ko‘rishingiz mumkin 1️⃣, har bir raqamga biror rang mos keladi 🔴. Palitradagi 🎨 raqamlar bo‘yicha rasmni bo‘yab chiqing hamda o‘zingiz va do‘stlaringiz uchun chiroyli tasvirni hosil qiling 🏞. Rasmlar kolleksiyasi doimiy tarzda yangilanib boradi.

Ushbu ilova mobil qurilmangizda ko‘p joyni egallamaydi va batareyani ko‘p sarflamaydi.

⚪️ Har qanday joyda o‘ynash mumkin: bog‘da, ishda, uyda!
🔴 Ilovada yengil va murakkab, yorqin va qiziqarli rasmlarning katta tanlovi mavjud.
🔵 Bo‘yash o‘yini konsentratsiya va e’tiborni rivojlantiradi. Shuningdek u kundalik ishlardan chalg‘ish va stressni yengishda ko‘mak beradi.
⚫️ Ushbu bo‘yash o‘yinining interfeysi oddiy va qulay, barcha uchun tushunarlidir.

Raqamlar bo‘yicha rangli tasvirlarni hosil qiling, orom oling! 👌

📥 Happy Color mobil o‘yinini yuklab olish.

📌 P.S.: Reklamasiz va cheksiz maslahatlar bilan ulashilgan versiyasi: Happy Color v2.12.4.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• O‘yinlar haqidagi mavzular, kompyuter dasturi va o‘yinlari hamda mobil ilova va o‘yinlar ro‘yxatini o‘zida jamlagan postimiz
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT Masters
#Foydali

Kimda Click Up ilovasi bo‘lsa xizmatlar bo‘limiga o‘tib, aksiya ustiga bosing, barabanni aylantirish uchun bitta imkoniyat paydo bo‘ladi. Agar Promo kod bilan kirsangiz 2 ta imkoniyat bo‘ladi.

Asosiy sovrin: BYD Song Plus elektromobil
IPhone 14 Pro Max (8 ta)
Apple Watch 8 (8 ta)
Yandex Alisa Station (8 ta)
Apple AirPods Pro (8 ta)

Promokod: ICAC7Z (ustiga bosib nusxalang)

P/S: Omad kulishi hech gap emas!
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim

🤔 UEFI yoki BIOS: qanday tekshirsa bo‘ladi?

Qaysi oilaga mansub bo‘lishidan qat’i nazar, barcha operatsion tizimlarda mikrodastur turi haqidagi ma’lumotlarni taqdim etuvchi ichki vositalari mavjud bo‘ladi.

Kerakli ma’lumot deyarli har doim ichki “Сведения о системе” dasturida mavjud bo‘ladi. Biroq shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, noutbuk egalari u yerdan izlanayotgan ma’lumotni topa olmasliklari mumkin.

Sizda qanday quyi tizim qo‘llanilayotganini aniqlash uchun WIN + R tugmalari birikmasini bosing va ochilgan “Выполнить” oynasiga msinfo32 buyrug‘ini kiritib ENTER'ni bosing. Ochilgan “Сведения о системе” oynasining shu nomdagi (chap paneldagi dastlabki band) bo‘limida “Режим BIOS” parametrini toping va uning qiymatini tekshiring.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Windows'ni o‘rnatish mahalida Secure Boot'ni o‘chirib qo‘yish
Windows tizimli kompyuterni kerakli paytda o‘zi yonadigan qilamiz!
Windows 11'ni o‘rnatishdagi cheklovlarni chetlab o‘tish (2-usul)
Kompyuterning asosiy (ona) platasidagi batareyka nima uchun xizmat qiladi?
BIOS bilan bog‘liq IT-hazil
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#smartfon #android

💸 Monefy - shaxsiy daromad va xarajatlaringizni kiritib borgan holda – moliyaviy hisobingizni yuritish uchun oddiy va samarali ilova. Android 4.0+ Pro-versiya.

📎 Monefy Pro v1.9.12(1155) mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Pul boshqaruvi ustalaridan 4 ta moliyaviy maslahat

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#bilasizmi #internet

YouTube'dagi videodan audioni MP3 formatida qanday yuklab olish mumkin? 🎧

Agar sizda YouTube'dagi har qanday videodan audiosini yuklab olish zarurati yuzaga kelsa, bu uchun onlayn-xizmatdan foydalanishingiz mumkin.

1. Ushbu saytga o‘ting.
2. Qidiruv satriga videoning nusxalab olingan havolasini joylashtiring.
3. O‘ng tomondagi strelkachaga bosing (yoki biroz kuting), tizim kerakli videoni izlab topadi.
4. 📥 Загрузить” tugmasini bosing.
5. Tizim videoga ishlov bergunga qadar bir daqiqa atrofida kuting.
6. So‘ngra 📥 Download.mp3” tugmasini bosib, audioni qurilmangizga yuklab oling.

Shuningdek saytdagi qidiruv satriga havolaning o‘rniga videoning nomlanishini kiritishingiz mumkin, sayt qidiruvni bu rejimda ham amalga oshira oladi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• YouTube'ga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz
• Internet rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #security #internet #maslahat

Windows 10'da yangilanishlar o‘rnatilishini osongina cheklab qo‘yamiz 🚫

Microsoft kompaniyasi yaqin orada Windows 10 May 2020 Update yangilanishini tarqatadi. Garchi unda foydalanuvchilarga tizim yangilanishlarini boshqarish imkoni ham berilishi aytilgan bo‘lsa-da, ehtiyotkorlik zarar qilmaydi...

2018-yilgi – October 2018 Update apdeyti butun dunyo bo‘ylab ko‘plab noutbuk va kompyuterlarni ishdan chiqargani, hatto Windows 10'ning navbatdagi yangilanishi iPhone egalariga ham muammolar olib kelgani esingizda bo‘lsa kerak. Shu bois ham tizim yangilanishlarini o‘rnatishga shoshmagan va avtomatik yangilanishlarni to‘xtatib qo‘ygan ma’qul.

Yangilanishlarni to‘xtatib qo‘yishning har xil yo‘llari bor, ammo Windows 10 sozlamalariga kirib, ularni o‘chirib chiqish birmuncha murakkab. Undan ko‘ra, apdeyt fayllarining Microsoft serverlaridan yuklab olinishini bir-ikkita tugmachani bosish orqali taqiqlovchi utilitalar qulayroq.

Shulardan biri – Windows Update Blocker deb nomlanadi va Windows 10 yangilanishlarini to‘xtatishda qo‘l keladi. Ushbu bepul, interfeysi sodda va foydalanishga qulay dasturni ushbu havola yordamida ko‘chirib olishingiz mumkin. Keyin esa uni administrator huquqi bilan ishga tushirasiz (ilova yoki uning havolasi ustiga sichqonchaning chap tugmachasi yordamida bosasiz va “Запуск от имени администратора” bandini tanlaysiz). Windows Update Blocker dasturida ikkitagina opsiya bor: “Enable Service” hamda “Disable Service”. Agarda bulardan birinchisi faol holatda turgan bo‘lsa, tizimga yangilanishlar keladi, ikkinchisi faol bo‘lsa – yangilanish to‘xtatilgan. Keraklisini tanlab, “Apply Now” tugmachasini bosasiz – bo‘ldi! Yaxshi tomoni – bunda kompyuterni (noutbukni) o‘chirib-yoqishga ham hojat bo‘lmaydi.

Windows Update Blocker tizimning yirik apdeytlaridan tashqari, kichik patchlarning ham kelishini to‘xtatib qo‘yadi. Qachonki yangilanishlar xavfsizligiga ishonch hosil qilsangiz, mana shu dasturni ochib, “Enable Service” opsiyasini tanlaysiz va “Apply Now” tugmachasi orqali faollashtirasiz.

📝 DiMaX @terabaytuz

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Windows 10’da Microsoft Defender (Защитник Windows) opsiyasi qanday o‘chiriladi?

📌 P.S.: Windows'ingizda yangilanishdan foydalanasizmi?

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#excel

Mantiqiy funksiya yordamida muayyan ko‘rsatkichdan oshgan qiymatlarni saralash

Ushbu usul yordamida qiymati ma'lum ko‘rsatkichdan oshgan yacheykalarni tezkor tarzda aniqlash mumkin. Keltirilayotgan misolda — 600 dan ortiq sotilgan tovarlar mantiqiy funksiya yordamida aniqlangan.

Buning uchun quyidagi qadamlar bajariladi:

1️⃣. Ushbu namunadagi kabi formula qo‘llaniladi: =ЕСЛИ(E5>600;"+";"-")

🏷 Bu yerda E5 — asos sifatida olingan raqamni o‘z ichiga olgan yacheyka (sotilgan mahsulotlar soni);
600 — belgilangan ko‘rsatkich (kiruvchi qiymat);
+ va - — 600 dan ortiq (+) va undan kam (-) qiymatlar uchun qo‘llaniluvchi matnli status bo‘lib, uning matni boshqacha keltirilishi ham mumkin.
📌 P.S.: ИСТИНА (rost) yoki ЛОЖЬ (yolg‘on) argumentlar o‘rnida formulalar ham qo‘llanilishi mumkin.

2️⃣. Formulani pastroqdagi qolgan yacheykalar uchun ham qo‘llaymiz. Tayyor! 👆🏻🎞

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

🎂 Dasturchining tug‘ilgan kuni uchun atalgan tortga o‘rnatish uchun 2 raqami topilmaganida.

📌 P.S.: Ikkilikdan o‘nlik sanoq tizimiga o‘girib yoshini aniqlab olaverasiz! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim

📸 Ekranning bir qismini rasmga olish

⌨️ WIN + SHIFT + S birikmasi

Ko‘pchilik boshqa, an’anaviy usuldan xabardor bo‘lib, Windows 10'da bunday imkoniyat mavjudligidan bexabar bo‘lishi mumkin. Ba’zilar esa bu uchun alohida dasturlardan foydalanib kelishadi.

Ushbu usul bilan esa hech narsani qo‘shimcha tarzda yuklab olish, o‘rnatish va ishga tushirishga hojat bo‘lmaydi, barchasi nihoyatda sodda va oddiy! 😉

📝 Manba: @computer_life

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#internet #mulohaza_uchun

🌊 Dunyo okeani sathi darajasi bilan o‘ynashish

FloodMap — bu dunyo okeani sathi darajasini o‘z xohishingizga ko'ra o‘zgartirish imkonini beruvchi ajoyib saytdir. O‘zingizga qiziq bo‘lgan qirg‘oq bo‘yi shaharlarida suvga oid turlicha ssenariylar ta’sirida qanday o‘zgarishlar yuz berishini ko‘rishingiz mumkin.

Kerakli qiymatlarni metrlarda kiritish orqali dunyo okeanlari sathi darajasini sozlashingiz mumkin. Sarguzashtlarga ixlosmandmisiz? Manfiy qiymatlarni kiritib hattoki sayyorani quritishingiz mumkin.

Suv sathini muntazam oddiy o‘zgartirishingiz yoki ekstremal ssenariylarni qo‘llashingizdan qat’i nazar, FloodMap interfeysi o‘zgartirishlaringiz ta’sirini real vaqtda kuzatish imkonini beradi.

FloodMap jo‘shqin fantaziya uchun platformani taqdim etadi. O‘zingizni okean sathining o‘zgaruvchan interaktiv dunyosida his qiling va ko‘z o‘ngingizda qirg‘oq chiziqlari o‘zgarishini namoyon eting.

📝 Manba: @bugfeature

ℹ️ Internet rukni ostidagi kanalga joylashtirgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🤔 Dasturlashda pul borligini bilasiz, ammo qanday qilib «SOQQA» qilishni bilmaysizmi?

•Unda mening blogim aynan siz uchun.
👨‍💻 Men Javohir Hayitov dasturlashda 4 yillik tajribam bo’lib va shu paytgacha 35 dan ortiq shogirdlarimni 0 dan daromadga chiqarganman.
•Blogimga hoziroq obuna bo’lsangiz 0 dan qanday qilib $800+ daromad qilishni bepulga o’rgatib boraman.

BLOGIMGA QO’SHILISH👇
@JAVOHIR_PYTHON

😎 Hammani kutaman dasturchi grajdanlar)
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim

📀 Mustaqil ravishda Windows 10 bilan yuklanuvchi fleshkani yaratish — rasmiy usul

Ilgari, yuklanuvchi va o‘rnatuvchi fleshkalar kamdan-kam uchrardi va ularni asosan kompyuter ustalari yoki dasturchilar / tizim administratorlarining qo‘lida ko‘rish mumkin edi. Agar ilgari Microsoft hattoki Windows XP obrazini yuklab olishga ruxsat bermagan bo‘lsa, bugungi kunda yuklanuvchi fleshkalarni yaratishning juda ko‘p usullari mavjud. Shu jumladan Microsoft'ning o‘zi ham ushbu imkoniyatni taqdim etmoqda.

Undan foydalanish tartibi quyidagicha:

1️⃣. Internetga barqaror ulanish, diskda yetarli joy va 5 Gb'dan kam bo‘lmagan hajmdagi bo‘sh fleshkamiz mavjudligiga ishonch hosil qilamiz.

2️⃣. Media Creation Tool yordamchi dasturini Microsoft'ning rasmiy saytidan, “Скачать средство сейчас” katta ko‘k tugmasini bosish orqali yuklab olamiz.

3️⃣. Yordamchi dasturni ishga tushiramiz va “Создать установочный носитель”ni tanlaymiz.

4️⃣. Agar Windows'ni joriy kompyuterga o‘rnatish rejalashtirilayotgan bo‘lsa, “Использовать рекомендуемые параметры для этого компьютера”ni tanlaymiz. Yoki boshqa kompyuterga mos keluvchi parametrlarni kiritamiz.

5️⃣. “USB-устройство флэш-памяти”ni tanlaymiz, mavjud qurilmalar ro‘yxatidan kerakli saqlash qurilmasini ko‘rsatamiz va tanlovimizni tasdiqlaymiz.

6️⃣. Fayllar bilan amaliyotlar tugallanishini kutamiz — so‘ngra dastur barchasini o‘zi bajaradi.

Barchasi shulardan iborat. Toza Windows 10 bilan legal o‘rnatiluvchi fleshka foydalanish uchun tayyor!

📝 Manba: @tech_lifehacks

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Fleshkalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz.
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🚀 2020-yilda IT olamiga qadam qo'ygan Mardon, endi sotuvchi saytlar yaratish va sotuv sohasida top ekspert! Ushbu o’zbek yigit hozirda Malayziyada frilanser bo’lib O’zbekiston va xalqaro bizneslarga xizmat ko’rsatadi. O’tgan 4 yil davomida 150+ bulardan, Shohida Ibragimova, Ixtiyor Do'stmetov, Alisher Avezov, Marifat Jamal kabi ekspert va biznesmenlar, bilan hamkorlikda professional ish olib bordi. 50+ ortiq muvaffaqiyatli veb-sayt va loyihalarini amalga oshirdi va mijozlariga saytlari orqali keltirigan umumiy foydasi $420,000 dan oshadi.

🔥 Top dizayndagi sotuvchi saytlar yasashni, mashxur tadbirkorlar bilan yaqindan tanishish, sotuv strategiyalari orqali oyiga $1500-3000$ gacha topishni va chet elda frilanserlik qilish haqida Mardonning so'nggi tajribalaridan va bilimlaridan foydalaning.

IT, dizayn va sotuv haqida hech qayerda aytilmagan ma’lumotlarni olish uchun Mardonning shaxsiy blogiga qo’shiling 👇

@mardontursunov
@mardontursunov
@mardontursunov
Forwarded from IT specialist
#internet #rasm_bilan_ishlash

🖼 Veb-saytdan barcha rasmlarni ajratib olish

Agar biror-bir saytdagi rasm sizga ma’qul kelgan bo‘lib, uni yuklab olishni uddalay olmayotgan bo‘lsangiz yoki shunchaki saytdagi barcha rasmlarni yuklab olishga zarurat bo‘lsa, u holda Image Extractor xizmatidan foydalanib ko‘rishingiz mumkin. Xizmat avtomatik ravishda saytdagi barcha rasmlarni ajratib oladi.

Undan foydalanish tartibi quyidagicha:

1️⃣. Havola bo‘ylab o‘tiladi.

2️⃣. Havola joylashtiriladi va “Extract” tugmasi bosiladi.

3️⃣. Ma’lum bir rasmlar tanlanadi yoki “Select all” tugmasi bosiladi, so‘nggi qadamda “Download selected” tugmasi bosiladi.

📝 Manba: @komputeer

ℹ️ Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

📹 Oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar reklamasining tasvirga olinish jarayoniga guvoh bo‘lamiz.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #software

Operatsion tizim bilan birga keluvchi ilovalarni o‘chiramiz

Ko‘p holatlarda operatsion tizimimiz bilan birga keluvchi ilovalar keraksiz va shunchaki diskda ortiqcha joy egallab turgan bo‘ladi. Ularni odatiy tarzda o‘chirib bo‘lmaydi, bunda bizga Windows 10 App Remover yordamga keladi.

Yordamchi dastur ishga tushirilganidan so‘ng bizdan faqat bir harakat — xalos bo‘lishimiz lozim bo‘lgan dastur nomi keltirilgan tugma ustiga bosish talab etiladi.

Shu bilan birga, yordamchi dastur yordamida muammoli dasturning xatoliklarini kuzatish imkoni mavjud. Buning uchun Show Log bandi qarshisiga qushcha belgisini o‘rnatish talab etiladi.

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim

⌨️ Oynani kattalashtirish, ekranning 1/2 yoki 1/4 qismini egallaydigan qilish yoki vazifalar paneliga tushirish

WIN + ⬅️➡️oynani ekranning yarmini egallaydigan qilib mos ravishda chap yoki o‘ng tomoniga o‘tkazadi;

WIN + ⬇️joriy oynani vazifalar paneliga tushiradi (fonga o‘tkazadi);

Agar oyna ekran chetiga biriktirilgan holda, uning 1/2 qismi (yarmi)ni egallab turgan bo‘lsa, u dastlab 1/4 (chorak) qismini egallaydigan bo‘lib kichrayadi. Birikmaning takroriy bosilishi oynani butunlay fonga o‘tkazadi.

WIN + ⬆️joriy oynani butun ekranga yoyish;

Agar oyna ekran chetiga biriktilgan holda, uning 1/2 qismi (yarmi)ni egallab turgan bo‘lsa, u dastlab 1/4 (chorak) qismini egallaydigan bo‘lib kichrayadi va takroriy bosishda butun ekranni qoplaydi.

🖱 Yaqin orada Sizga sichqonchaning keragi ham bo‘lmay qoladi! 😉

📝 Manba: @computer_life

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz roʻyxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

Instagram'da Lego'dan mahsulotlar “tayyorlanmoqda” 😋. Juda murakkab montaj va millionlab ko‘rishlar soni.

🍗🍟 Qovurilgan tovuq oyoqchalari va fri ishtirokida olingan rolikning o‘zi 3 kun ichida deyarli 1,5 million layk to‘pladi.

📌 P.S.: Buni bir marta ko‘rish bilan cheklanish qiyin! 😉

🏗 Lego ishtirok etgan qolgan postlar: 1️⃣ | 2️⃣ | 3️⃣ | 4️⃣ | 5️⃣ | 6️⃣ | 7️⃣

📝 Manba: @bugnotfeature

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #hardware

👨🏻‍🎨 Yozuv mashinkasi yordamida rasm yaratish jarayoni.

📌 P.S.: Sabringiz yetarmidi? 😉

📝 Manba: @solonabiraem

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
СОЛО на клавиатуре dasturi
• Klaviatura bilan ishlashga oid yana boshqa mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
1
Forwarded from IT specialist
#excel

🔗 Formulada list uchun havola qanday ko‘rsatiladi?

Excel'da istalgan formulani kiritish chog‘ida, ma’lumot o‘rnida istalgan yacheyka (katakcha) manzilini, u hattoki hujjatning boshqa listida joylashgan taqdirda ham ko‘rsatib o‘tishingiz mumkin.

Bunday holatda yacheyka manzili (A2)ni ko‘rsatish oldidan shunchaki listning nomlanishi va undov belgisi (Лист2!)ni kiritib o‘ting. Masalan, Лист2!A2.

Agar listingiz nomlanishida probel mavjud bo‘lsa, list nomini bittalik qo‘shtirnoq orasiga olib, so‘ngra undov belgisini kiritish lozim. Masalan, 'Daromad va xarajat'!F2.

Bunday formula odatdagisidan farq qilmaydi: alohida listda yacheyka qiymati o‘zgartirilishiga qarab, qo‘shni listda qo‘llanilgan formula qiymati avtomatik o‘zgaradi.

📝 Manba: @hacks_excel

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija