IT specialist
9.66K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #maslahat

💡 Issiq yelimni samarali qo‘llashga oid layfxaklar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍8🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#smartfon #android

🧮 Qachonlardir maktabda shunday yordamchingiz bo‘lishini bir necha bor orzu qilgansiz... 😉

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Matematika endi muammo emas!
Matematikaga oid mobil ilovalar:
Photomath
Математические хитрости
Геометрия
Dasturlash bo‘yicha mobil ilovalar:
SoloLearn
Mimo
Основы HTML и CSS

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍11😁5🤯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#rasm_bilan_ishlash #maslahat

🪄 Photoshop'dagi “Patch Tool” vositasi sehri.

📝 Manba: @PhotoshopForYou

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Rasm bilan ishlash rukni ostida turli mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍15
Forwarded from IT specialist
#word

⌨️ Microsoft Word'da matnni tahrirlash uchun mo‘ljallangan klavishlar birikmalari (2-qism)

👉🏻 Ushbu ro‘yxatning 1-qismi.

CTRL + B — belgilangan matn shriftini qalin qilish / oddiy holatiga qaytarish;

CTRL + I — belgilangan matn shriftini kursiv qilish / oddiy holatiga qaytarish;

CTRL + U — belgilangan matn ostiga chizish / oddiy holatiga qaytarish;

CTRL + DШрифт muloqot oynasini ekranga chaqirish;

CTRL + Q — abzatsga nisbatan qo‘llanilgan formatni o‘chirish;

CTRL + M — chap tomondan otstup qo‘shish;

CTRL + SHIFT + M — chap tomondan otstupni olib tashlash;

CTRL + PROBEL — belgilangan matn fragmentidan, unga nisbatan qo‘llanilgan formatni o‘chirish (matn dastur sozlamasida qoida bo‘yicha o‘rnatilgan shrift turi va o‘lchamiga qaytadi).

CTRL + SHIFT + A — barcha harflarni katta (agar allaqachon katta bo‘lsa, u holda kichik) ko‘rinishga keltirish;

CTRL + SHIFT + C (CTRL + SHIFT + V) — formatlarni nusxalash / boshqa matnga nisbatan qo‘llash;

CTRL + SHIFT + D — matn ostiga ikkitalik chiziq chizish / bekor qilish;

CTRL + SHIFT + H — belgilangan matnni berkitish / ko‘rsatish (bunda berkitilgan matn chop etish vaqtida ko‘rinmaydi, Главная menyu satrida chop etilmaydigan belgilarni ko‘rsatish uchun xizmat qiluvchitugmasi ustiga bosilgan taqdirda ko‘rinadi);

CTRL + SHIFT + K — barcha harflarni kichik harf o‘lchamidagi katta harflar ko‘rinishiga keltirish / bekor qilish;

CTRL + SHIFT + W — so‘zlar ostiga probellarni hisobga olmagan holda chizish;

CTRL + T (CTRL + SHIFT + T) — Выступ qo‘shish / olib tashlash (abzatslarga nisbatan qo‘llaniladi);

SHIFT + F1 — dastur oynasining o‘ng tomonida ochiluvchi matnni formatlash panelini faollashtirish / berkitish.

ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
• Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Buyruq satri (Командная строка)da qo‘llash mumkin bo‘lgan buyruqlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari
YouTube qaynoq klavishlari
Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
“СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
Punto Switcher dasturi
Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha
Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida
• Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍71
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #software

🧹 CCleaner Pro - Operatsion tizimni ortiqcha “axlatlar”dan tozalash uchun mo‘ljallangan. CCleaner o‘z ishi doirasida vaqtinchalik va foydalanilmayotgan fayllarni izlab topadi va o‘chiradi.

USHBU VERSIYA HAQIDA
🆚 Versiya: v5.92 Build 9652
🖥 OT: Windows
📀 Razryadlik: x86/x64
🇷🇺 Interfeys tili: Ruscha
🔑 Davolash: Talab etilmaydi

📎 CCleaner Pro v5.92 Build 9652 dasturini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Kompyuterda joy “o‘g‘irlab” yotgan fayllarni aniqlovchi 3 dastur
CCleaner’ning foydali 6 ta imkoniyati
CCleaner mobil ilovasi

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍11
#telegram #unigram #android #iOS #masOS #desktop

🆕 700 million foydalanuvchilar va Telegram Premium

iOS uchun Telegram
va Unigram mijozi 8.8 versiyasiga qadar yangilandi.
⚠️ Android va Telegram Desktop uchun yangilanishlar hozircha kutilmoqda. Hozirda obunani faqatgina App Store orqali rasmiylashtirish mumkin.

Telegram Premium

• Messenjer pullik obunani taqdim etadi, uning yordamida Telegram’ning keyingi rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash va qo‘shimcha funksiyalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lish mumkin.
Telegram Premium'ga obuna bo‘lgan foydalanuvchi uchun ilovadagi deyarli barcha limitlar ikki baravarga oshiriladi.
• Obunachilar 4 Gb gacha bo‘lgan fayllarni yuklashlari, fayllarni maksimal tezlikda yuklab olishlari, noyob stikerlar va reaksiyalar yuborishlari, suhbatni boshqarishning qo‘shimcha vositalaridan foydalanishlari va boshqa ko‘plab afzalliklarga ega bo‘lishlari mumkin.
• Barcha mavjud funksiyalar hamma uchun bepulligicha qoladi. Bundan tashqari, hattoki Telegram Premium'ga ega bo‘lmaganlar ham obunachilar uchun mavjud bo‘lgan ba’zi imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
• Obunaning xalqaro narxi oyiga 3,99 AQSh dollarini tashkil etadi (ilovalar doʻkoni komissiyalaridan tashqari).
• Premium-obuna afzalliklarining to‘liq ro‘yxati bilan ushbu maqola orqali tanishish mumkin.

Ommaviy guruhlarga a’zolik uchun arizalar

• Ommaviy guruhlar adminlari endi so‘rov bo‘yicha a’zo bo‘lish rejimini faollashtirishlari mumkin.
• Foydalanuvchi tomonidan yuborilgan so‘rov faqat chat adminlariga ko‘rinuvchi ro‘yxatga kiritiladi.
• Ommaviy guruh egalari so‘rov bo‘yicha a’zolikni ushbu bo‘lim orqali faollashtirishlari mumkin: Информация о группе > Редактировать > Тип группы > Кто может отправлять сообщения? > Только участники > Заявки на вступление.

Chatlarni oldindan ko‘rishning yaxshilanishi (Android)

• iOS qurilmalari egalaridagi kabi qulayroq chatni oldindan ko‘rish qo‘shildi.
• Endi ushbu rejimda xabarlarni yuqoriga/pastga siljish orqali butun suhbatni ko‘rish mumkin — bunda ular o‘qilgan deb belgilanmaydi.
• Bundan tashqari, chatdagi bildirishnomalarni o‘chirish, suhbatni o‘qilgan deb belgilash, uni biriktirib qo‘yish yoki o‘chirish imkonini beruvchi yangi tugmalar mavjud.
• Chatni oldindan ko‘rish uchun chatlar ro‘yxatidagi profil rasmi ustiga bosib, ushlab turish yetarlidir.

Botlar uchun yaxshilanishlar

• Dasturchilarlar endi “Что умеет этот бот?” bo‘limiga rasm yoki video joylashtirishlari mumkin.
• Qo‘shimchalar menyusiga qo‘shilgan botlar avval faqat shaxsiy chatlarga ulanish uchun foydalanilgan, ammo endi guruhlar va kanallarda ishlash uchun o‘zgartirilishi mumkin.

Medianing avtomatik saqlanishi (Android)

• Rasmlar va videolarni galereyaga avtomatik saqlash funksiyasi qo‘shimcha sozlamalarga ega bo‘ldi.
• Galereyaga saqlashni shaxsiy chatlar, guruhlar va kanallar uchun alohida faollashtirish yoki o‘chirish mumkin.

Ushbu postning davomi👇🏻

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍10😢1
#telegram #unigram #android #iOS #masOS #desktop

Ushbu postning boshlanishi 👆🏻

Chetki ilovalardan oson yuklab olish (iOS)

Telegram foydalanuvchilarga katta hajmdagi fotosuratlar, videolar va boshqa yirik fayllarni bevosita chetki ilovalaridan yuklash imkonini beradi.

Avatarlar konstruktori (macOS)

• macOS asosidagi qurilmalar egalari endi tezkor tarzda noyob video avatarlarini yaratishlari mumkin.
• Mos keluvchi stiker yoki animatsion smaylikni tanlang va unga yorqin gradiyentli fon qo‘shing.
• Konstruktor profillar, guruhlar va kanallar uchun mavjud.
• Animatsion video avatarini yaratish uchun Sozlamalar yoki chat maʼlumotlari sahifasiga oʻting, hamda Редактировать > Фотография профиля > Стикер или эмодзи ketma-ketligi bo‘ylab o‘ting.

Tuzatishlar va yaxshilanishlar

• Ushbu yangilanishga ishlab chiquvchilar ilovaning mobil va kompyuter versiyalari uchun 100 dan ortiq tuzatishlar va yaxshilanishlarni kiritdilar.
• Xatolar tuzatildi, messenjerning ishlashi tezlashtirildi, ba’zi funksiyalar yaxshilandi.
iPhone va iPad'larning so‘nggi modellari egalari ancha silliq (soniyasiga 120 kadr tezlikdagi) animatsiyalardan bahramand bo‘la olishadi.
• Android'da ovozli va video xabarlardagi audio va video sifati yaxshilandi, telefonning asosiy ekranidagi ilova belgisini o‘zgartirish, so‘nggi stikerlar ro‘yxatini birdaniga o‘chirib tashlash va “О себе” boʻlimidagi boshqa foydalanuvchilarga tegishli xabarlarni va chatlar tavsiflarini tarjima qilish mumkin.

Android: Google Play, rasmiy saytdan yoki tasdiqlangan kanaldan APK.
iOS: App Store.
Desktop: rasmiy saytdan yoki GitHub'dan.
macOS: с App Store yoki tasdiqlangan kanaldan.
Windows 10+ uchun Unigram: Microsoft Store | To‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklab olish | O‘rnatish bo‘yicha ko‘rsatma

📝 Manba: @tginfo

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍8
#telegram #android

🆕 Android uchun yangilanish saytga nashr qilindi

Android uchun Telegram
'ning 8.8.2 versiyasini allaqachon rasmiy saytdan yuklab olish mumkin. Yangilik va o‘zgarishlarning to‘liq ro‘yxati bilan kuni kecha joylashtirilgan ushbu postimiz orqali tanishishingiz mumkin.

Bot hozircha faol bo‘lmagani tufayli Premium'ni hozircha xarid qilib bo‘lmaydi. Botning ishlashni boshlagani haqida barcha foydalanuvchilarga alohida xabar beriladi.

Telegram'ning rasmiy hamkori va @donate boti ishlab chiquvchisi bo‘lgan Smart Glocal kompaniyasining xabar berishicha, @PremiumBot boti uchun ham o‘zi javob beradi.

Ushbu botga ishonish mumkin, chunki u Telegram jamoasi ko‘magida yaratilgan. Katta ehtimol bilan, ushbu xarid tizimi Apple'ning App Store do‘konini chetlab o‘tib to‘lashda pastroq narx belgilash taqiqini chetlab o‘tish uchun mo‘ljallangan.

📌 P.S.: Foydalanuvchilar yangilanishdan keyin yangi reaksiyalar yo‘qligidan shikoyat qilmoqdalar — qurilmangizdagi ilovani o‘chirib, yuklab olinganini qayta o‘rnatishga urinib ko‘ring.

📝 Manba: @tginfo

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍5
#operatsion_tizim

🧮 Windows 10 kalkulyatori ishlamay qolsa nima qilish mumkin?

Agar tizimdagi standart kalkulyator ilovasi ishga tushmay qolsa, quyidagi harakatlarni bajarishga urinib ko‘rish mumkin:

1️⃣. Пуск > Параметры > Приложения > Приложения и возможности ketma-ketligi bo‘ylab o‘ting.

2️⃣. Ilovalar ro‘yxatidan Калькулятор'ni tanlang va Дополнительные параметры bandi ustiga bosing.

3️⃣. Сбросить tugmasiga bosing va qayta ishga tushirish (сброс)ni tasdiqlang.

Shundan so‘ng yana kalkulyatorni ishga tushirishga urinib ko‘ring.

📝 Manba: @computer_life

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍7
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim

🔧 Windows 10/11'ning standart vositalari orqali to‘g‘rilashning iloji bo‘lmagan USB fleshkalarni sozlash

Agar fleshkani kompyuterga ulab, unga murojaat etish chog‘ida “Вставьте диск в устройство” xabariga duch kelsangiz, boz ustiga formatlash jarayoni ham muvaffaqiyatsiz yakunlansa, fleshkani axlat qutisiga uloqtirishga shoshilmang.

Ushbu PowerShell buyruqlari fleshkangizni hayotga qaytarishda yordam beradi:

1️⃣. PowerShell'ni vazifalar panelidagi qidiruv satri orqali toping va uni administrator nomidan ishga tushiring (ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, “Запуск от имени администратора” bandini tanlaysiz).

2️⃣. Get-Disk buyrug‘ini bajarib, fleshkamiz raqamini aniqlaymiz va eslab qolamiz.

3️⃣. Fleshkani tozalash uchun Get-Disk 2 | Clear-Disk -RemoveData buyrug‘ini kiritamiz. Asosiysi, “2”ni sizdagi fleshka raqamiga o‘zgartirishni unutmang❗️

4️⃣. Harakatni tasdiqlash uchun “Y”ni kiritamiz.

5️⃣. New-Partition -DiskNumber 2 -UseMaximumSize | Format-Volume -FileSystem NTFS -NewFileSystemLabel myUSBdisk buyrug‘ini bajaramiz, bu yerda “2” — disk (fleshka) raqami, “myUSBdisk” esa — fleshka uchun berilayotgan yangi nomlanish.

6️⃣. Fleshka harfini tayinlash uchun “2”ni disk (fleshka) raqamiga o‘zgartirgan holda – Get-Partition -DiskNumber 2 | Set-Partition -NewDriveLetter F buyrug‘ini bajaramiz.

📝 Manba: @tech_lifehacks

📌 P.S.: Yuqorida keltirilgan harakatlarni nihoyatda ehtiyotkorlik bilan bajaring, ayniqsa fleshka raqamini to‘g‘ri kiritish bu yerda muhimdir!

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Fleshkalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍10👏1
#mulohaza_uchun #internet #bilasizmi

Google yaratilish vaqtida uning egalari kompaniyani 1 mln AQSh dollariga sotishni xohlaganlar, biroq unga xaridor topilmagan.

Uning hozirgi narxi: 1,4 trillion AQSh dollarini tashkil etadi.

📌 P.S.: Hayotimizda hech bir hodisa shunchaki yuz bermasligi, har narsada hikmat borligiga yana bir misol!

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Google Chrome brauzeriga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍13👏4
#smartfon #internet #iOS #android

🚫 Smartfondagi keraksiz yangilanishlardan qanday himoyalanish mumkin?

Bir tomondan
, ilovalarning avtomatik yangilanishi funksiyasi – foydalanuvchi ruxsatini talab etmagan holda yangilanishlarni yuklab olish va o‘rnatish imkonini beruvchi nihoyatda qulay vositadir.

Boshqa tomondan esa, ushbu qulaylik sizga eng kerakli vaziyatda megabaytlar yetishmovchiligi bilan bog‘liq muammoni yuzaga keltirishi mumkin. Quyida ushbu funksiyani iOS va Android qurilmalarida qanday o‘chirib qo‘yish xususida to‘xtalib o‘tamiz.

iOS'da:

1️⃣. “Настройки”ga kiring.

2️⃣. So‘ngra “App Store” bo‘limiga o‘ting.

3️⃣. “Автоматические загрузки” bo‘limida “Обновления ПО” funksiyasini o‘chirib qo‘ying.

Android'da:

1️⃣. “Google Play Market” oynasining yuqori o‘ng burchagidagi akkauntingiz belgisi ustiga bosib, undagi menyudan “Настройки” bandini tanlang.

2️⃣. “Настройки подключения” bo‘limida “Автообновление приложений” opsiyasini oching.

3️⃣. “Отключить” (yoki xohishga ko‘ra “Только через Wi-Fi”) bandini tanlang.

📝 Manba: @GooogleTM

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍10
Forwarded from IT specialist
#internet #rasm_bilan_ishlash

🖼 PDF hujjatidan rasmlarni tezkor ajratib olish (2-usul)

PDF-faylidan rasmlarni ajratib olishning ko‘plab usullari mavjud. Skrinshotlarni hosil qilish va har bir rasmni alohida qirqib o‘tirish yoki Photoshop yordamida barchasini darhol import qilish mumkin. Dastlabki usul rasm sifatini juda pasaytirib yuborsa, ikkinchi usul kompyuterda Photoshop'ning mavjudligini talab etadi.

Agar PDF-fayli sizda allaqachon mavjud bo‘lib, Photoshop dasturi o‘rnatilgan bo‘lsa, u holda Internet sizga talab etilmaydi. Quyida esa PDF-fayllarini tahrirlash uchun maxsus PDFCandy onlayn-xizmati yordamida amalga oshirish borasida to‘xtalib o‘tamiz.

Ushbu xizmat joriy vazifani maksimal soddalashtiradi. “Извлечь изображения” funksiyasi yordamida xizmat bir necha klik orqali PDF-faylidan barcha rasmlarni ajratish va yuklab olish imkonini taqdim etadi.

Foydalanish tartibi quyidagicha:

1️⃣. Havola bo‘ylab o‘tiladi.

2️⃣. PDF-fayli tanlanadi.

3️⃣. Kerakli rasmlar yuklab olinadi.

📝 Manba: @komputeer

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
PDF-fayllaridan rasmlarni ajratib olishni o‘rganamiz
Rasmdan matnni nusxalaymiz
PDF-faylni Word'ga o‘girishning 15 ta bepul usuli
Taqdimot faylini PDF'ga o‘tkazish/aylantirish
Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!
Pullik dasturlarni bepuliga almashtiramiz
Google Chrome brauzeridagi PDF fayllarni alohida o‘z dasturi orqali ochish haqida
Qo‘shimcha dasturlarni o‘rnatib o‘tirmasdan smartfon yoki kompyuterdagi fayllar bilan ishlash
Rasmdagi matnni tahrirlanuvchi formatga o‘tkazish uchun eng yaxshi mobil ilova
PDF-XChange Pro kompyuter dasturi
PDF Extra mobil ilovasi
OfficeSuite Pro + PDF mobil ilovasi
eReader Prestigio mobil ilovasi
Librera Reader mobil ilovasi
Moon+ Reader mobil ilovasi
CamScanner mobil ilovasi
Genius Scan+ mobil ilovasi
PDF hujjatlar bilan ishlash bo'yicha postlar
Telegram’dagi yozishmani butunligicha saqlab olishni bilasizmi?
Telegram uchun foydali botlar
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍7
Forwarded from IT specialist
🛡 Kanalimizdagi #security rukni ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing (2):

CyberShredder kompyuter dasturi
Game Protector kompyuter dasturi
Adguard kompyuter dasturi
NetGuard mobil ilovasi
Text Converter (Codec) mobil ilovasi
Operatsion tizimdagi barcha dasturlarni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng antivirus dasturini o‘rnatish, fleshkadan oqilona foydalanish va Total Commander dasturlariga oid tavsiyalar
Adobe Flash rasmiy ravishda “iste’foga chiqdi”
Windows'ni o‘rnatish mahalida Secure Boot'ni o‘chirib qo‘yish
ESET Nod32 antivirusi uchun yangilanishlar serveri (Сервер обновлений)ni dastur sozlamalaridagi o‘rniga qaytarish
Qattiq diskdagi o‘chirilgan fayllarni qanday qayta tiklash mumkin?
Windows 10 sozlamalarini qayta tiklash va uni eng dastlabki (zavod tomonidan o‘rnatilgan) holatiga qaytarish
Windows 10 sozlamalarini buyruq satri yordamida qayta tiklash
Windows 10'da parol kiritishga bo‘lgan urinishlar soniga limit o‘rnatish
Foydalanuvchilarga “Проводник” parametrlarini o‘zgartirishni taqiqlash
Parolingizni qanchalik tez buzish mumkinligini tekshiramiz (parolning bardoshliligini tekshirish)
Windows 10'da tashqi saqlash qurilmalaridan foydalanishni cheklash
“Корзина”dan o‘chirilgan fayllarni qanday tiklash mumkin?
Kompyuterni dinamik bloklash
Facebook'ka tegishli xizmatlar va umuman olganda Internetning qolgan qismi bilan sodir bo‘lgan voqealarning eng ishonchli versiyalaridan biri
Kompyuterning to‘liq qotib qolishi (sabablar va yechimlar haqida qisqacha)
Google Chrome'dan foydalanish uchun parol o‘rnatish
Fleshkadan o‘chirilgan fayllarni Корзина'ga yuborish
O‘chirilgan fayllarni tiklash
Kompyuterni bloklash
Windows'da maxfiy ma’lumotlarimizni himoyalaymiz
Tizimdagi berkitilgan elementlarni ko‘rsatish
Windows 10'da torrentlar va “keraksiz” dasturiy ta’minotlarni bloklashni bekor qilish
“OK, Google” o‘tmishda qolmoqda: yordamchi endi bizni tez-tez eshitib turadigan bo‘ladi
Wi-Fi'da shifrlash turlari
Windows'da berkitilgan faylni yaratish
Windows'dagi dasturga Internetdan foydalanishni taqiqlash
“Корзина”ni tozalab o‘tirmasdan faylni tezkor o‘chirish
Windows brandmaueri (Firewall)ni o‘chirib qo‘yishning ikki usuli
Kompyuterdagi ma’lumotlarimizni qanday himoyalashimiz mumkin? (WinRAR misolida)
Telegram foydalanuvchilarni avtorizatsiya qilishning yangi tizimini joriy etmoqda
Android smartfon o‘g‘irlatib qo‘yilganda undagi barcha ma’lumotlarni o‘chirib yuborish usuli
Xotira kartasidagi o‘chirilgan fayllarni qayta tiklash
Fayllarni berkitish va berkitilgan fayllarni ko‘rsatish
Filmlardagi “xakerlik hujumlari” va real hayot
Word va Excel'da himoyalangan ko‘rish (Защищенный просмотр)ni o‘chirib qo‘yish
Brauzerdagi xavfsizlik va maxfiylik
Wi-Fi tarmog‘ingizdan kim foydalanayotganini aniqlang
Ethereum kriptovalyutasidagi kamchilik va uning bartaraf etilishi
Android analitikasi tizimning ishini sekinlashtirib, foydalanuvchini nazorat qiladi: josuslik ilovasini o‘chirib qo'yamiz
Android-smartfonidagi istalgan ilovaga parol o‘rnatish
Hujjatning muayyan qismini tahrirlashdan himoyalash
Windows 10/11'dagi kuzatuvni o‘chirib qo‘yamiz
Kompyuterda uyqu rejimidan chiqishda so‘raluvchi parolni o‘chirib qo‘yish

📌 P.S.: Ro‘yxatning 1-qismi.

💡Maqolalar ro‘yxatini ushbu sohaga qiziquvchi do‘stlaringizga ulashishni ham unutmang! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍6🤔2
Forwarded from IT specialist
#excel #ochiluvchi_ruyxatlar

🔢 Ochiluvchi ro‘yxatni yaratish

Ushbu maqolamiz orqali tanishtirilgan ochiluvchi ro‘yxatlarni yaratishning 4 usulini e’tiboringizga havola etamiz.

Marhamat, maqolada keltirilgan usullarni o‘rganing, sinab ko‘ring va do‘stlaringizga ham ulashing.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #rasm_bilan_ishlash #texnologiya

🎥 Kamera uchun obyektiv muhim ahamiyat kasb etadi, bunga yorqin misol esa ushbu videoda keltirilgan (dunyodagi eng yaxshi kameralardan biri)

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍17🔥6🤩3👎1
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim

⛔️ Windows'da tizim bilan birgalikda ishga tushuvchi dasturlarning avtomatik yuklanishini faolsizlantirish

Kompyuterni uzoqroq muddat ishlatib kelayotgan foydalanuvchilar, tizim ishga tushirilgan paytdagi yuklanishi – dastlabki yuklanishlariga nisbatan ko‘proq vaqt olayotganiga guvoh bo‘lishlari mumkin.

Bu bizga ortiqcha dasturlarni Windows ishga tushgan paytda birgalikda yuklanishidan o‘chirib qo‘shish maqsadida Автозагрузка'ga murojaat etishimiz lozimligini anglatadi. Bunda bajariladigan qadamlar ketma-ketligi quyidagicha:

1️⃣. Windows 7 va undan oldingi tizimlarda

Нажмите WIN + R birikmasini bosing va ochilgan Выполнить oynasiga msconfig buyrug‘ini kiritib, ENTER klavishini bosing. Ochilgan oynadagi Автозагрузка varaqa (вкладка)siga o‘ting va tizim bilan birga yuklanishi zarur bo‘lmagan dasturlar qarshisidan qushcha belgilarini olib tashlang. Kiritilgan o‘zgartirishni saqlang.

2️⃣. Windows 8 va undan keyingi tizimlarda

CTRL + SHIFT + ESC klavishlari birikmasini bosish orqali Диспетчер задач oynasini ekranga chaqiring. Ochilgan oynaning Автозагрузка varaqa (вкладка)sida kerakli dastur keltirilgan bandni tanlang, so‘ngra oynaning pastki o‘ng burchagidagi Отключить tugmasini bosing.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍7
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #security

👀 Tizimdagi berkitilgan elementlarni ko‘rsatish

Fayllar va papkalarni berkitish bilan birga, ularni kerak bo‘lganda qanday qilib ko‘rinadigan qilishni bilish ham muhimdir. Aslini olganda, bu unchalik ham qiyin emas.

1️⃣. Проводник oynasini ekranga chaqiring (WIN + E) va oynaning yuqori qismidagi menyu satrining Вид varaqa (вкладка)siga o‘ting.

2️⃣. Yuzaga kelgan tasmaning Показать или скрыть guruhidagi Скрытые элементы bandini faollashtiring.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍3
Forwarded from IT specialist
#word

Matndagi orfografik/grammatik xatoliklarni qanday berkitish mumkin? 🤔

Orfografik va grammatik xatoliklar ko‘rinib turishini faolsizlantirish uchun quyidagicha yo‘l tutishimiz mumkin:

— 1-qadam
Menyu satrida Файл → Параметры → Правописание → Исключения ketma-ketligi bo‘yicha o‘tamiz.

— 2-qadam
Ikki qushcha belgisini post ostidagi skrinshotda keltirilgani kabi o‘rnatamiz.

Agar matnni terib bo‘lib, uni xatoliklarga qarshi tekshirishga qaror qilsangiz, tekshiruv ishga tushishi uchun menyu satrida Рецензирование → Правописание bandlariga o‘ting.

📌 P.S.: Barchamizga ma’lumki, lotin yoki kirill alifbosida o‘zbek tilida matn kiritganimizda, matn ostidagi qizil hoshiyalar asossiz bo‘ladi, boisi, orfografik xatoliklar aynan o‘zbek tilida emas, balki ingliz, rus yoki nemis tilida tekshiriladi.

Matnda orfografik xatolik mavjudligini bizga yanglishib uzatayotgan Word'ga yordam berishning qulay usuli mavjud:
MS Word’da o‘zbek tilining lotin yoki kirill alifbosida matn kiritilganida yuzaga keladigan “orfografik xato” hoshiyasidan halos bo‘lish

ℹ️ Microsoft Word ruknidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍4
Forwarded from IT specialist
#excel

⌨️ Funksional klavishlar (2-qism)

F5Переход (O‘tish) oynasini aks ettirish;
CTRL + F5 birikmasi tanlangan ishchi kitobi oynasining o‘lchamini tiklaydi.

F6 — boshqaruv maqsadida ishchi list, menyu tasmasi, vazifalar sohasi va masshtabni boshqarish elementlari o‘rtasida tezkor o‘tish.

F7Орфография (Imlo) oynasini aks ettirish;
CTRL + F7 birikmasi, ishchi kitobi yoyilmay turgan (не развернуто) holatida, Переместить (Ko‘chirish) buyrug‘ini bajaradi.

F8 — ajratish (выделение) rejimiga o‘tish va undan chiqish;
SHIFT + F8 birikmasi strelkalar yordamida ajratilgan sohaga tashqi yacheykalar yoki diapazon qo‘shish imkonini beradi;
CTRL + F8 birikmasi oyna yoyilmay turgan (не развернуто) holatida, Размер buyrug‘ini bajaradi;
ALT + F8 birikmasi ekranga Макрос oynasini chaqiradi.


📌
1-qism | 3-qism

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• CTRL klavishasi bilan bog‘liq buyruqlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism
Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍9
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #tarmoq #IT_humor

Do‘sting bilan qo‘shnining Wi-Fi tarmog‘iga ulanishga uringaningda... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
😁14🤔2