IT specialist
9.64K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#mulohaza_uchun #telegram #IT_humor

Yurtimizdagi ob-havo sharoiti shunday smaylik joriy etilishini taqozo etadi... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
😁47😢2👎1🤔1
#internet

📂 Google Chrome'da ochilib turgan varaqa (вкладка)larni bir guruhga qo‘shish

Aksariyatimizda kompyuterimizdagi Chrome brauzerida ko‘pincha bir vaqtning o‘zida o‘nlab varaqa (вкладка)lar ochilib turadi. Ushbu holatni tartibga solish maqsadida brauzerga oid turli kengaytmalarni o‘rnatamiz yoki hattoki boshqa brauzerlarga o‘tamiz.

Biroq ushbu vaziyatda aslini olganda qo‘shimcha vositalarni izlash, yuklab olish hamda o‘rnatish uchun vaqt sarflashga hojat yo‘q. Kuzatishni qulaylashtirish, varaqalarni saralash va brauzerdagi ochilib turgan sahifalar o‘rnini ixchamlashtirish maqsadida – ularni belgilash va alohida guruhga qo‘shish mumkin.

Guruhni yaratish va unga varaqani qo‘shish uchun varaqa ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish va ochiluvchi kontekstli menyudan “Добавить вкладку в группу → “Новая группа” bandlari bo‘ylab o‘tish lozim. Ushbu menyuda guruhni nomlash, u uchun rang tanlash va zaruratga ko‘ra boshqa varaqalarni qo‘shish mumkin.

Varaqani allaqachon mavjud guruhga qo‘shish uchun ushbu guruhni yoyish va kerakli varaqani unga olib o‘tkazish lozim. Guruh ichidagi varaqalarni istalgan tartibda joylashtirish, guruhning o‘zini esa vaqtincha yig‘ib turish yoki boshqa oynaga olib o‘tkazish mumkin (varaqalar guruhi o‘z tartibini saqlagan holda, tarkibi bilan to‘liq ko‘chiriladi).

📝 Manba: @bugfeature

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Google Chrome brauzeriga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍71
Forwarded from IT specialist
#smartfon #android #game

🤫 Android 10'dagi sirli o‘yinni qanday ochish mumkin?

Mana bir necha yildirki, Google o‘z operatsion tizimining turli versiyalarida sirli panelni yashirib keladi. Ushbu sirli paneldagi o‘yinga Android'ning 10-versiyasida qanday murojaat etish tartibi esa quyidagicha:

1️⃣. “Настройки”ga va undagi “О телефоне” bo‘limiga o‘ting.
2️⃣. So‘ngra “Версия Android” satriga tezkor ravishda bir necha marotaba bosing.
3️⃣. “Android 10” logotipi paydo bo‘ladi. 10 sonini “Q” harfi shaklida joylashtiring.

Logotipdagi “1” raqamini boshqarish uchun, uning ustiga ikki marta bosing, so‘ngra darhol ushlab turing, raqam aylanishni boshlaydi. Barchasini to‘g‘ri amalga oshirganingizni kulrang va oq chiziqlar harakatlanishni boshlaganidan bilib olasiz.

Shundan so‘ng ushbu sirli panelning ikkinchi qismi — Picross o‘yini paydo bo‘ladi. Bu chetda ko‘rsatilgan sonlarga mos tarzda maydondagi katakchalarni to‘ldirish bilan bog‘liq boshqotirmadir (yapon krossvordiga o‘xshab ketadi, ammo kataklarni to‘ldirish qoidasi farqlanadi).

Agar siz undagi jumboqqa yechim topsangiz — katta piksellar ko‘rinishidagi rasm va ostida uning miniatyura ko‘rinishi bilan birga tavsifi paydo bo‘ladi. Tavsif ustiga bosgan paytingizda o‘yinning keyingi bosqichi boshlanadi.

ℹ️ Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍9🤔3
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #IT_humor

Menga, men umuman ishlashni istamagan loyihani topshirishga urinishganida... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
😁21👍4🔥3
Forwarded from IT specialist
#smartfon #android

📐 AutoCAD — DWG-fayllarini ochish uchun ilova. Istalgan vaqtda va makonda mobil qurilmalarda AutoCAD chizmalarini ko‘rish, yaratish va tahrirlash imkonini taqdim etadi. Android 5.0+. Premium-versiya.

📎
AutoCAD Premium v5.0.6 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida foydalanish tavsiya etiladi:
GnaCAD mobil ilovasi

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍6
Forwarded from IT specialist
#powerpoint

Shriftlarni tezkor tarzda almashtiramiz! 🚀

Taqdimotni yaratish vaqtida ko‘pincha yuzaga keluvchi muammo — bu bir vaqtning o‘zida bir nechta slaydlarda ma’lum bir shriftni boshqasiga almashtirishdir.

Bunday holatda bizga menyu satrining Главная varaqa (вкладка)sidagi Замена шрифтов buyrug‘i yordam berishi mumkin. Shriftlarni almashtirish oynachasida almashtirilishi kerak bo‘lgan shriftni tanlash va uni aynan qaysi shriftga almashtirishni ko‘rsatib o‘tish mumkin.

Ushbu buyruqning asosiy afzalligi — almashtirish bir vaqtning o‘zida taqdimotning barcha slaydlarida amalga oshiriladi.

🎞 Batafsil ma’lumotni postga biriktirilgan video orqali olishingiz mumkin 👇🏻.

⚠️ Taqdimot tayyorlashda imkon qadar, bizda Microsoft Word dasturida foydalanish bo‘yicha urfga kirgan serifli – Times New Roman shriftidan foydalanmang, chunki uning uzoqroqdan turib o‘qilishi biroz mushkul.

Uning o‘rniga serifsiz – Calibri, Arial, Verdana, Tahoma shriftlaridan birini foydalanish uchun tanlashingiz mumkin, o‘zingiz uchun buni solishtirib, sinab ko‘rishingiz mumkin.

Shunda auditoriyaning ortidan turib taqdimotni kuzatuvchi tinglovchilarda matnni ilg‘ash borasida muammo yuzaga kelmaydi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
“Serif” va “Sans-serif” shriftlarining farqi
Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft PowerPoint rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍12
Forwarded from IT specialist
#surovnoma #hardware

⌨️ O‘zingiz uchun ishlatishga qaysi klaviatura turini ma’qul deb bilasiz?

💿 Tavsiya etiladi: СОЛО на клавиатуре dasturi

📝 Manba: @solonabiraem

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍2
Forwarded from IT specialist
#mulohaza_uchun #internet

Tabiat qo‘yniga dugonasi bilan chiqqan qiz gulzorda chiroyli rasmga tushgisi kelib qoladi:

— “Meni shunday rasmga olginki, gulzor ichiga qarab yugurib ketayotgan bo‘lishim, sochlarim esa ortimdan xilpirab turishi kerak.

Natijada esa... 👇🎞

Virtual fanatizm nima? 🤔

Sizda hech savol yuzaga kelganmi, nega siz doim ijtimoiy tarmoqlarga kirib, u yerda muntazam ravishda postlar yoki o‘z rasmlaringizni qoldirasiz? Aslida esa barchasi juda oddiy — sizda, sizga e’tibor berishlari uchun bo‘lgan ishtiyoq kuchli.

Odatda ijtimoiy tarmoqdan faol foydalanuvchi bunday insonlarga real hayotda jonli suhbat, boshqa insonlar tomonidan elementar qo‘llab-quvvatlash yetishmaydi. Ko‘pincha ularning o‘ziga-o‘zi beradigan bahosi ham past bo‘ladi.

Ammo virtual reallik — bu umuman o‘zga olam, u yerda emotsional xarakterning namoyon etilishi juda past, suhbatni ham jonli suhbat bilan solishtirib bo‘lmaydi.

Doim yangi rasmni profildagi sahifaga yuklashga bo‘lgan ishtiyoq, bu borada mutaxassisga murojaat etish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bu oldi olinishi lozim bo‘lgan jiddiy qaramlikdir!

ℹ️
Internet rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
😁14🤔5👍2
Forwarded from IT specialist
#smartfon #android

👨🏻 Anyface — ovoz va turli effektlarni qo'shish orqali yuzni oddiy animatsiyaga keltirish uchun ilova. Android 7.0+. To'liq versiya.

📎
Anyface Full v1.0.14 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍6
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #rasm_bilan_ishlash #texnologiya

Mohir fotosuratchilar jamoasi aslida Photoshop uchun deyarli ish qoldirmaydi, ushbu harakatlar va effektlarning yakuniy rasmda aks etayotgan natijasi shunchaki tahsinga loyiq! 👏🏻

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍11👏2
Forwarded from IT specialist
👍4👎1😢1
Forwarded from IT specialist
👍5
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #internet #software

📱💻 Mobil brauzerlarning kompyuterdagi emulyatsiyasi

Shunday saytlar borki, ulardan faqat kompyuter uchun mo‘ljallangan brauzerlarda to‘laqonli foydalanish mumkin, yana shundaylari ham mavjudki, saytning maxsus funksiyalari unga faqat mobil brauzer orqali murojaat etilsagina namoyon bo‘ladi.

Kompyuterda ishlash vaqtida sizda u yoki bu saytning mobil telefon yoki planshet ekranida qanday aks etishini, ushbu qurilmalarga murojaat etmagan holda sinab ko‘rish istagi paydo bo‘ldi deylik. Ushbu maqolamiz orqali buni qanday qilib Chrome, Mozilla, Opera va Microsoft Edge brauzerlarida amalga oshirish mumkinligi borasida to‘xtalib o‘tishga qaror qildik.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Internet rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍61🤯1
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Insonlarda filmlar orqali xakerlar borasida hosil bo‘lgan tasavvur va asl dasturchilar o‘rtasidagi farq... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
😁10👍5🔥1
⛔️ Kompyuteringizda "ishkal" paydo bo'ldimi?

😎 Bizga murojaat qiling!

Любой masalada IT | Ishkal kanali sizga yordam berib, PC va OS'larda uchrab turadigan har qanday muammolarni oson yechish yo'lini o'rgatadi.

☝️ Kompyuterda ishlash mobaynida turli xil noxushliklarga duch kelishni istamasangiz kanalimizga obuna bo'ling!

📍 @it_ishkal - Har qanday muammoning решаласи!
👍10
#excel

↔️ Excel hujjatlarida matnni kirilldan lotin yozuviga va lotindan kirill yozuviga o‘girish uchun makros (+ video qo‘llanma)

Istalgan hujjatda keltirilgan matnga qarab, uni ba’zida kirilldan lotinga yoki lotindan kirillga o‘girish zarurati yuzaga kelib turadi.

Ushbu postimizda buni amalga oshirish uchun maxsus makros va undan foydalanish ketma-ketligi borasida to‘xtalib o‘tmoqchimiz:

1️⃣. Kerakli Excel ishchi kitobini ishga tushiring.

2️⃣. Ishchi kitobidagi kerakli listga o‘ting.

3️⃣. Makrosni hujjatga biriktirish uchun xizmat qiluvchi Microsoft Visual Basic for Applications dasturi oynasini ekranga chaqirish uchun bosiladi: ALT + F11

4️⃣. Ochilgan dasturda File → Import File... → Kirill_Lotin - Lotin_Kirill_Excel.bas (faylni joylashgan manziliga o‘tib tanlaymiz) F5 Ochilgan oynachada Lotin yoki Kirill'ni mos tarzda tanlaymiz O‘ng tomondagi dastlabki Run tugmasi Ochilgan oynadagi OK tugmasini bosamiz, tayyor!

📥 Excel dasturiga biriktiriluvchi Kirill_Lotin - Lotin_Kirill_Excel.bas makros faylini yuklab olish.

Yuqorida matnli ko‘rinishda keltirilgan harakatlar ketma-ketligini ushbu post ostidagi video qo‘llanmada amaliy ko‘rishingiz mumkin👇🏻🎞.

📄 Microsoft Word uchun kanalimizda ulashilgan Translit kengaytmasi orqali buni MS Word dasturida Microsoft Basic for Applications dasturi yordamisiz qulay bajarish mumkin, buni ham sinab ko‘ring (sinab ko‘rmagan bo‘lsangiz albatta 😉).

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍5🤩2👏1
#smartfon #android #internet

🤖📥 Android ilovasi uchun o‘rnatiluvchi .APK faylini to‘g‘ridan-to‘g‘ri Google Play Market'dan yoki qurilma xotirasidan yuklab olish

Agar sizda .APK faylini yuklab olish zarurati yuzaga kelsa, masalan, uni emulyatorga o‘rnatish uchun ilovaning o‘rnatiluvchi faylini shubhali saytlardan izlab o‘tirishning hojati yo‘q.

Buni Google Play'ning o‘zi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Установить” tugmasini chetlab o‘tgan holda yuklab olish, yoki smartfonning ichki xotirasida o‘rnatilgan ilovalar orasidan ushbu faylni ajratib olish mumkin.

1️⃣. Birinchi holatda APK Downloader xizmati yordamga keladi. Undan foydalanish uchun esa shunchaki ilovaning Google Play'dagi havolasini nusxalab olib, xizmatdagi tegishli maydonga joylashtirishingiz kerak bo‘ladi.

2️⃣. Ikkinchi holatda esa — Apk Extractor ilovasi qo‘llaniladi. Ushbu vosita qurilmadan foydalanishning administrator huquqlarini talab etmaydi. Foydalanish uchun esa shunchaki ilovani ishga tushirish va o‘rnatilgan ilovalar orasidan keraklisini ustiga bosish talab etiladi.

📂 Ajratib olingan .APK faylini qurilmaning ichki xotirasidagi ilovaga mos tarzda maxsus nomlangan papkadan topishingiz mumkin.

📝 Manba: @tech_lifehacks

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍5🔥5
#internet

🕵🏻‍♂️ Google Chrome'da “doimiy” yashirin – “Инкогнито” rejimni faollashtiramiz

Google Chrome brauzeridagi “Инкогнито” rejimi allaqachon talabga ega ekanligini isbotlagan. Brauzer oddiy tarzda ishga tushirilganida tashriflar tarixi, yuklab olishlar, cookie-fayllar va boshqa ma’lumotlarni eslab qoladi.

Biroq muayyan manbalarga shunday tashrif buyurish mumkinki, bu haqdagi ma’lumot hech qaysi makonda va hech qanday shaklda saqlanmaydi. “Инкогнито” rejimi aynan shu qulaylikni ta’minlash maqsadida qo‘llaniladi.

Google Chrome har safar ishga tushirilganida “Инкогнито” rejimini avtomatik faollashtirish tartibi quyidagicha:

1️⃣. Vazifalar panelidagi Chrome brauzeri ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosamiz va ochiluvchi kontekstli menyudan “Google Chrome” bandi ustiga boramiz.

2️⃣. Ushbu band ustiga yana sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, bu safar menyudan “Свойства” bandini tanlaymiz.

3️⃣. Qarshimizda brauzer xususiyati oynasi yuzaga keladi. Ushbu oynaning “Ярлык” varaqa (вкладка)sining “Объект” bandi qarshisida ishga tushiriluvchi fayl joylashgan manzilni ko‘ramiz: "C:\Program Files (x86)\Google\Chrome\Application\chrome.exe".

Yopiluvchi qo‘shtirnoq ortidan darhol –incognito kalit so‘zini kiritamiz, shunda yozuv quyidagi ko‘rinishga keladi: "C:\Program Files (x86)\Google\Chrome\Application\chrome.exe" -incognito

4️⃣. Endi “Применить” va “OK” tugmalarini bosgan holda kiritgan o‘zgartirishimizni saqlaymiz, tayyor!

📝 Manba: @trojan_anonym

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Google Chrome brauzeriga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍8
#mulohaza_uchun #operatsion_tizim #IT_humor

🏷 BSoD – Blue Screen of Death (ko‘k o‘lim ekrani, синий экран смерти)

📌 P.S.: Kompyuter bilan ish tajribangizda bu holat hech yuzaga kelganmi? 🤔

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Windows haqidagi voz kechish lozim bo‘lgan 5 mashhur afsona
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
😁15👍4