#smartfon #android #security
🔐 Android-smartfonidagi istalgan ilovaga parol o‘rnatish
Smartfondagi muayyan ilovaga nisbatan grafik kalit yoki parolni tizimning ichki imkoniyatlari, shuningdek qo‘shimcha ilovalar orqali o‘rnatish mumkin. Ko‘plab zamonaviy smartfonlarda bu ilovalar sozlamalaridagi “Защита приложений” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.
Bunday parolni o‘rnatish tartibi quyidagicha:
1️⃣. Qurilma sozlamalariga murojaat etib, “Приложения” — “Защита приложений” bandlari bo‘ylab o‘ting.
2️⃣. Himoya faollashtirilishi lozim bo‘lgan ilovalar yonidagi surgichlarni faol holatga keltiring, so‘ngra “Задать пароль”ni ustiga bosing.
3️⃣. Ishonchli grafik kalitni ikki marta kiriting. Agarda raqamli kod o‘rnatishni istasangiz, “Способ защиты”ga bosib, kerakli variantni tanlashingiz mumkin.
📝 Manba: @komputeer
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija

👍9
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#smartfon #internet #maslahat
🛠 Farzandlaringiz har xil bo‘lmag‘ur (pornografik 18+) saytlarga kirmasligi uchun Smartfonlar va SmartTV'ni video ko‘rsatmada keltirilgani kabi sozlab qo‘yish tavsiya etiladi.
🤝 Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!
📝 Manba: @uzmdk
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👍17🔥5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #dizayn #grafika #rasm_bilan_ishlash
Ayollar o‘rtasidagi Euro 2022 futbol chempionatiga maxsus tayyorlangan ushbu rasm xotiradan qancha joy egallaydi deb o‘ylaysiz? 🤩
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Rasm bilan ishlash rukni ostidagi mavzularimiz ro‘yxati ulashilgan postimiz.

👍8🤩4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #dasturlash #dizayn #IT_humor
Dasturchi va dizaynerlar oddiy foydalanuvchilarning nazdida... 🙄
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Dasturchi va dizaynerlar oddiy foydalanuvchilarning nazdida... 🙄
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
😁22👍3
#internet
🔍 Google Chrome'da qoida bo‘yicha sozlangan qidiruv tizimini o‘zgartirish
Kompyuterdagi Google Chrome'da qoida bo‘yicha sozlangan qidiruv tizimini o‘zgartirish uchun quyidagi oddiy qadamlar ketma-ketligi bajariladi:
1️⃣. Brauzerda yuqori o‘ng burchakdagi “⋮” tugmasiga bosib, menyuni ekranga chaqiring va undagi “Настройки” bandini tanlang.
2️⃣. Sozlamalar orasidagi “Поисковая система” bo‘limiga o‘ting.
3️⃣. “Поисковая система, используемая в адресной строке” bandi qarshisidagi ro‘yxatdan siz Google, Yandex, Mail.Ru, Bing yoki DuckDuckGo'lardan birini tanlashingiz mumkin.
4️⃣. Boshqa qidiruv tizimini qo‘shish talab etilsa, “Управление поисковыми системами и поиском по сайту” bandi orqali kerakli qidiruv tizimining veb-manzilini kiriting.
📝 Manba: @computer_life
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Google Chrome brauzeriga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👍5
#mulohaza_uchun #smartfon #maslahat
🤳 Smartfon bilan ishlashda bo‘yinga tushadigan yuk, o‘zingiz va yaqinlaringizdagi ushbu holatga ahamiyatliroq bo‘ling.
Unutmang, displeyli gadjetlardan oqilona foydalanish – ko‘z va tana salomatligini uchun muhimdir! 🤝
📝 Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Salomatlikka oid mavzularni o‘ziga jamlagan postimiz.
• Talabalar uchun foydali mavzular jamlangan postimiz.
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
🤳 Smartfon bilan ishlashda bo‘yinga tushadigan yuk, o‘zingiz va yaqinlaringizdagi ushbu holatga ahamiyatliroq bo‘ling.
Unutmang, displeyli gadjetlardan oqilona foydalanish – ko‘z va tana salomatligini uchun muhimdir! 🤝
📝 Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Salomatlikka oid mavzularni o‘ziga jamlagan postimiz.
• Talabalar uchun foydali mavzular jamlangan postimiz.
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
👍12🔥2👏2🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#word #security
🔐 Hujjatning muayyan qismini tahrirlashdan himoyalash
Agar Sizga hujjatning qaysidir qismini tahrirlashdan himoyalash lozim bo‘lsa, u holda buni dasturdagi maxsus “Ограничить редактирование” opsiyasi yordamida amalgan oshirish mumkin👆🏻🎞.
⚠️ Ushbu holatda eng muhimi, o‘rnatilgan parolni unutib qo‘ymaslikdir!
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Hujjatni parol bilan himoyalash
• Hujjatga o‘zgartirish kiritishni cheklash
• Hujjatni himoyalashning ilg‘or usuli
• Hujjatdan shaxsiy ma’lumotlarni qanday o‘chirish mumkin?
• Word va Excel'da himoyalangan ko‘rish (Защищенный просмотр)ni o‘chirib qo‘yish
• Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

🎞⏳ YouTube'da qancha vaqt sarflashingizni qanday bilish mumkin?
YouTube'ning mobil ilovasi foydalanuvchilari uchun ilovani qo‘llashdagi faollikni nazorat qilish funksiyasi mavjudligi haqida ko‘pchilikning xabari bo‘lmasligi mumkin. Xizmat foydalanuvchilarga video tomosha qilish uchun sarflagan vaqtlari haqida to‘liq hisobot taqdim etadi.
Ilovada sarflangan ekran vaqtini kuzatish uchun YouTube ilovasini oching, yuqori chap burchakda aylanali akkaunt belgisi ustiga bosing va undagi “Время просмотра” bandini tanlang. Tomosha qilishga sarflagan vaqtingiz jadvali keltirilgan sahifaga o‘tasiz.
Hisobotdan siz YouTube'da har kuni o‘rtacha qancha vaqt sarflashingizni, joriy kun, oldingi kun va so‘nggi haftada qancha muddat video tomosha qilganingizni ko‘rishingiz mumkin.
Ushbu menyuning o‘zida siz tomosha qilishga ketadigan vaqtni boshqarishingiz mumkin. Dam olish haqidagi eslatmalarni faollashtirishingiz, uyqu vaqti bildirishnomalarini sozlashingiz va keyingi videoni avtomatik ijro etish funksiyasini oʻchirib qoʻyishingiz mumkin.
📝 Manba: @bugfeature

• YouTube'ga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.

👍14👎1
#smartfon #android
📻 MyTuner Radio – 120 mamlakatdagi 30 000 dan ortiq mashhur radiostansiyalarni qulay tinglash uchun mobil ilova. Android 5.0+.
📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

To‘liq versiyasi faollashtirilgan.
📎 MyTuner Free v8.0.55 mobil ilovasini yuklab olish.📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
👍7
#mulohaza_uchun #telegram #IT_humor
Yurtimizdagi ob-havo sharoiti shunday smaylik joriy etilishini taqozo etadi... 🙄
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Yurtimizdagi ob-havo sharoiti shunday smaylik joriy etilishini taqozo etadi... 🙄
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
😁47😢2👎1🤔1
#internet
📂 Google Chrome'da ochilib turgan varaqa (вкладка)larni bir guruhga qo‘shish
Aksariyatimizda kompyuterimizdagi Chrome brauzerida ko‘pincha bir vaqtning o‘zida o‘nlab varaqa (вкладка)lar ochilib turadi. Ushbu holatni tartibga solish maqsadida brauzerga oid turli kengaytmalarni o‘rnatamiz yoki hattoki boshqa brauzerlarga o‘tamiz.
Biroq ushbu vaziyatda aslini olganda qo‘shimcha vositalarni izlash, yuklab olish hamda o‘rnatish uchun vaqt sarflashga hojat yo‘q. Kuzatishni qulaylashtirish, varaqalarni saralash va brauzerdagi ochilib turgan sahifalar o‘rnini ixchamlashtirish maqsadida – ularni belgilash va alohida guruhga qo‘shish mumkin.
Guruhni yaratish va unga varaqani qo‘shish uchun varaqa ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish va ochiluvchi kontekstli menyudan “Добавить вкладку в группу” → “Новая группа” bandlari bo‘ylab o‘tish lozim. Ushbu menyuda guruhni nomlash, u uchun rang tanlash va zaruratga ko‘ra boshqa varaqalarni qo‘shish mumkin.
Varaqani allaqachon mavjud guruhga qo‘shish uchun ushbu guruhni yoyish va kerakli varaqani unga olib o‘tkazish lozim. Guruh ichidagi varaqalarni istalgan tartibda joylashtirish, guruhning o‘zini esa vaqtincha yig‘ib turish yoki boshqa oynaga olib o‘tkazish mumkin (varaqalar guruhi o‘z tartibini saqlagan holda, tarkibi bilan to‘liq ko‘chiriladi).
📝 Manba: @bugfeature
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Google Chrome brauzeriga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
📂 Google Chrome'da ochilib turgan varaqa (вкладка)larni bir guruhga qo‘shish
Aksariyatimizda kompyuterimizdagi Chrome brauzerida ko‘pincha bir vaqtning o‘zida o‘nlab varaqa (вкладка)lar ochilib turadi. Ushbu holatni tartibga solish maqsadida brauzerga oid turli kengaytmalarni o‘rnatamiz yoki hattoki boshqa brauzerlarga o‘tamiz.
Biroq ushbu vaziyatda aslini olganda qo‘shimcha vositalarni izlash, yuklab olish hamda o‘rnatish uchun vaqt sarflashga hojat yo‘q. Kuzatishni qulaylashtirish, varaqalarni saralash va brauzerdagi ochilib turgan sahifalar o‘rnini ixchamlashtirish maqsadida – ularni belgilash va alohida guruhga qo‘shish mumkin.
Guruhni yaratish va unga varaqani qo‘shish uchun varaqa ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish va ochiluvchi kontekstli menyudan “Добавить вкладку в группу” → “Новая группа” bandlari bo‘ylab o‘tish lozim. Ushbu menyuda guruhni nomlash, u uchun rang tanlash va zaruratga ko‘ra boshqa varaqalarni qo‘shish mumkin.
Varaqani allaqachon mavjud guruhga qo‘shish uchun ushbu guruhni yoyish va kerakli varaqani unga olib o‘tkazish lozim. Guruh ichidagi varaqalarni istalgan tartibda joylashtirish, guruhning o‘zini esa vaqtincha yig‘ib turish yoki boshqa oynaga olib o‘tkazish mumkin (varaqalar guruhi o‘z tartibini saqlagan holda, tarkibi bilan to‘liq ko‘chiriladi).
📝 Manba: @bugfeature
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Google Chrome brauzeriga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
👍7❤1
Forwarded from IT specialist
#smartfon #android #game
🤫 Android 10'dagi sirli o‘yinni qanday ochish mumkin?
Mana bir necha yildirki, Google o‘z operatsion tizimining turli versiyalarida sirli panelni yashirib keladi. Ushbu sirli paneldagi o‘yinga Android'ning 10-versiyasida qanday murojaat etish tartibi esa quyidagicha:
1️⃣. “Настройки”ga va undagi “О телефоне” bo‘limiga o‘ting.
2️⃣. So‘ngra “Версия Android” satriga tezkor ravishda bir necha marotaba bosing.
3️⃣. “Android 10” logotipi paydo bo‘ladi. 10 sonini “Q” harfi shaklida joylashtiring.
Logotipdagi “1” raqamini boshqarish uchun, uning ustiga ikki marta bosing, so‘ngra darhol ushlab turing, raqam aylanishni boshlaydi. Barchasini to‘g‘ri amalga oshirganingizni kulrang va oq chiziqlar harakatlanishni boshlaganidan bilib olasiz.
Shundan so‘ng ushbu sirli panelning ikkinchi qismi — Picross o‘yini paydo bo‘ladi. Bu chetda ko‘rsatilgan sonlarga mos tarzda maydondagi katakchalarni to‘ldirish bilan bog‘liq boshqotirmadir (yapon krossvordiga o‘xshab ketadi, ammo kataklarni to‘ldirish qoidasi farqlanadi).
Agar siz undagi jumboqqa yechim topsangiz — katta piksellar ko‘rinishidagi rasm va ostida uning miniatyura ko‘rinishi bilan birga tavsifi paydo bo‘ladi. Tavsif ustiga bosgan paytingizda o‘yinning keyingi bosqichi boshlanadi.
ℹ️ Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👍9🤔3
Forwarded from IT specialist
#test #word
Word'da shakl (фигура)larni formatlashda quyida keltirilgan amallar orasidan qaysi birini qo‘llab bo‘lmaydi?

Anonymous Quiz
32%
Yorqinlikni o‘zgartirish (Изменение яркости)
20%
Soya qo‘shish (Добавление тени)
22%
Hajmdorlikni qo‘shish (Добавление объема)
27%
Gradiyentli rang bilan to‘ldirishni qo‘shish (Добавление градиентной заливки)
🔥3👍2🤔2🎉1
Forwarded from IT specialist
👍4🔥4😁2😢1
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #IT_humor
Menga, men umuman ishlashni istamagan loyihani topshirishga urinishganida... 🙄
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Menga, men umuman ishlashni istamagan loyihani topshirishga urinishganida... 🙄
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
😁21👍4🔥3
Forwarded from IT specialist
#smartfon #android
📐 AutoCAD — DWG-fayllarini ochish uchun ilova. Istalgan vaqtda va makonda mobil qurilmalarda AutoCAD chizmalarini ko‘rish, yaratish va tahrirlash imkonini taqdim etadi. Android 5.0+.
📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida foydalanish tavsiya etiladi:
• GnaCAD mobil ilovasi

Premium-versiya.
📎 AutoCAD Premium v5.0.6 mobil ilovasini yuklab olish.📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida foydalanish tavsiya etiladi:
• GnaCAD mobil ilovasi
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
👍6
Forwarded from IT specialist
#powerpoint
Shriftlarni tezkor tarzda almashtiramiz! 🚀
Taqdimotni yaratish vaqtida ko‘pincha yuzaga keluvchi muammo — bu bir vaqtning o‘zida bir nechta slaydlarda ma’lum bir shriftni boshqasiga almashtirishdir.
Bunday holatda bizga menyu satrining Главная varaqa (вкладка)sidagi Замена шрифтов buyrug‘i yordam berishi mumkin. Shriftlarni almashtirish oynachasida almashtirilishi kerak bo‘lgan shriftni tanlash va uni aynan qaysi shriftga almashtirishni ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Ushbu buyruqning asosiy afzalligi — almashtirish bir vaqtning o‘zida taqdimotning barcha slaydlarida amalga oshiriladi.
🎞 Batafsil ma’lumotni postga biriktirilgan video orqali olishingiz mumkin 👇🏻.
⚠️ Taqdimot tayyorlashda imkon qadar, bizda Microsoft Word dasturida foydalanish bo‘yicha urfga kirgan serifli – Times New Roman shriftidan foydalanmang, chunki uning uzoqroqdan turib o‘qilishi biroz mushkul.
Uning o‘rniga serifsiz – Calibri, Arial, Verdana, Tahoma shriftlaridan birini foydalanish uchun tanlashingiz mumkin, o‘zingiz uchun buni solishtirib, sinab ko‘rishingiz mumkin.
Shunda auditoriyaning ortidan turib taqdimotni kuzatuvchi tinglovchilarda matnni ilg‘ash borasida muammo yuzaga kelmaydi.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• “Serif” va “Sans-serif” shriftlarining farqi
• Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft PowerPoint rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism

👍12
Forwarded from IT specialist
#surovnoma #hardware
⌨️ O‘zingiz uchun ishlatishga qaysi klaviatura turini ma’qul deb bilasiz?
💿 Tavsiya etiladi: СОЛО на клавиатуре dasturi
📝 Manba: @solonabiraem
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
⌨️ O‘zingiz uchun ishlatishga qaysi klaviatura turini ma’qul deb bilasiz?
💿 Tavsiya etiladi: СОЛО на клавиатуре dasturi
📝 Manba: @solonabiraem
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
👍2
Forwarded from IT specialist
#mulohaza_uchun #internet
Tabiat qo‘yniga dugonasi bilan chiqqan qiz gulzorda chiroyli rasmga tushgisi kelib qoladi:
— “Meni shunday rasmga olginki, gulzor ichiga qarab yugurib ketayotgan bo‘lishim, sochlarim esa ortimdan xilpirab turishi kerak.”
Natijada esa... 👇🎞
Virtual fanatizm nima? 🤔
Sizda hech savol yuzaga kelganmi, nega siz doim ijtimoiy tarmoqlarga kirib, u yerda muntazam ravishda postlar yoki o‘z rasmlaringizni qoldirasiz? Aslida esa barchasi juda oddiy — sizda, sizga e’tibor berishlari uchun bo‘lgan ishtiyoq kuchli.
Odatda ijtimoiy tarmoqdan faol foydalanuvchi bunday insonlarga real hayotda jonli suhbat, boshqa insonlar tomonidan elementar qo‘llab-quvvatlash yetishmaydi. Ko‘pincha ularning o‘ziga-o‘zi beradigan bahosi ham past bo‘ladi.
Ammo virtual reallik — bu umuman o‘zga olam, u yerda emotsional xarakterning namoyon etilishi juda past, suhbatni ham jonli suhbat bilan solishtirib bo‘lmaydi.
Doim yangi rasmni profildagi sahifaga yuklashga bo‘lgan ishtiyoq, bu borada mutaxassisga murojaat etish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bu oldi olinishi lozim bo‘lgan jiddiy qaramlikdir!
ℹ️ Internet rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

😁14🤔5👍2
Forwarded from IT specialist
#smartfon #android
👨🏻 Anyface — ovoz va turli effektlarni qo'shish orqali yuzni oddiy animatsiyaga keltirish uchun ilova. Android 7.0+.
📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
👨🏻 Anyface — ovoz va turli effektlarni qo'shish orqali yuzni oddiy animatsiyaga keltirish uchun ilova. Android 7.0+.
To'liq versiya.
📎 Anyface Full v1.0.14 mobil ilovasini yuklab olish.📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
👍6
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #rasm_bilan_ishlash #texnologiya
Mohir fotosuratchilar jamoasi aslida Photoshop uchun deyarli ish qoldirmaydi, ushbu harakatlar va effektlarning yakuniy rasmda aks etayotgan natijasi shunchaki tahsinga loyiq! 👏🏻
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!

👍11👏2