IT specialist
9.67K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#word

DOC va DOCX formatlari o‘rtasidagi farq 🤔

MS Word dasturida hujjatlarni saqlash uchun .docx va .doc eng keng qo‘llaniladigan fayl kengaytmalari hisoblanadi.

Microsoft kompaniyasi MS Word ilovasida qo‘llaniladigan matnli hujjatlar bilan ishlash uchun o‘z formatini ishlab chiqqan. Microsoft Office 97-2003 versiyalarida DOC formatidan foydalanilgan, Microsoft Office 2007 va undan keyingi versiyalarida esa – DOCX formatini qo‘llashga o‘tilgan.

Ushbu formatlar o‘rtasidagi asosiy farqlar quyidagilardan iborat:

MS Word'ning yangiroq versiyalarida ichki o‘rnatilgan maxsus ZIP-arxiviga siqish funksiyasi tufayli DOCX fayli hajmi DOC fayli hajmiga nisbatan kamroq joy egallaydi.

— DOCX – matn, belgilash, jadvallar, konteyner va ssenariylar haqidagi ma’lumotlarni alohida fayllar va papkalarda saqlovchi konteyner formatidir, DOC formatida esa barcha ma’lumotlar bitta faylda saqlanadi.

DOCX'dan foydalanganda foydalanuvchi matnli hujjatlar bilan ishlashda ko‘proq funksional imkoniyatlarga ega bo‘ladi.

📝 Manba: @computer_life

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Hujjatning hajmini maksimal darajada siqish mumkinmi?
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍9
Forwarded from IT specialist
#test #operatsion_tizim

Quyidagi keltirilgan fayl tizimlaridan qaysi biri mavjud emas?
Anonymous Quiz
16%
FAT32
16%
NTFS
47%
exNTFS
20%
exFAT
😁7👍6🥰3🔥2
Forwarded from IT specialist
#telegram #telegramda_kanal_yuritish

Qo‘llanilgan formatni saqlagan holda post chiqarish 📢

Aytaylik, kanalga chiqarilishi lozim bo‘lgan tayyor post mavjud, lekin bir muammo bor — postda matnga nisbatan formatlash qo‘llanilgan (giperhavolalar, qalin, kursiv shrift va hokazo), shu tufayli qo‘lda birma-bir nusxalab, o‘tkazib o‘tirgingiz kelmayapti deylik (ayniqsa smartfonda bu juda noqulay, nusxalab o‘tkazganda qo‘llanilgan formatlar tushib qoladi).

📋 Ushbu muammoni hal qilishning 2 usuli mavjud:

1️⃣. Post chiqarish uchun maxsus bot (@ControllerBot)ga yozuvni repost qilish.
Kamchiligi: formatlashni saqlagan holda postni tahrirlash imkoni yo‘q.

2️⃣. Shaxsiy kompyuterda postning butun matnini nusxalab olib, uni postni chiqarish uchun botga yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri kanalga joylashtirish.
Bunda qo‘llanilgan formatni saqlagan holda matnni tahrirlash imkoniyati mavjud.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Telegram-kanalni qanday yuritgan ma’qul?
Kanal mavzusini tanlash
Kanal admini uchun qanday botlar kerak? Kanallar uchun eng foydali botlar
Telegraph nima? Undan qanday foydalaniladi?
Telegraph'dagi maqolalar matni bo‘ylab tezkor o‘tish
Telegram'da daromad qilishning asosiy yo‘llari
Telegram'da pul topishni istaysizmi?
Telegram'da Izohlar va Muhokamalar
Telegram'da rejalashtirilgan xabarlar yuborish
Telegram 7.1.0 – Anonim guruh administratorlari va kanallardagi izohlar
Telegram'da matnga havola (ссылка) qanday biriktiriladi?
Post matnining ostki qismiga rasm, video yoki GIF-fayl qanday biriktiriladi?
Murojaatlar bilan ishlash uchun maxsus botdan foydalanish (Livegram Bot)
Kanal obunachisining kanalga a’zo bo‘lgan vaqtini ko’rish
Rasm ostida matn ko‘rinishida yuborilgan xabardagi rasmni tahrirlash
Xabar/postlardagi matnni shaxsiy yozishmalar, guruh va kanallarda tahrirlash
Telegram'da yoki Telegram-da?
Telegram'dagi limitlar haqida ma’lumot
Telegram'da matnni formatlash imkoniyatlari
Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari.
Telegram Desktop'da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍10
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim

Windows 10'da “Активация Windows” yozuvini ekrandan butunlay olib tashlash 🚮

Ba’zida foydalanuvchilar Windows 10 bilan aktivatsiyasiz ishlashni ma’qul ko‘rishadi, vaholanki bu ish beradi ham (bu haqda alohida maqolani o‘qib ko‘rishingiz mumkin: Windows 10'dan aktivatsiyasiz qancha vaqt foydalanish mumkin va bunda qanday cheklovlar mavjud?), ammo qandaydir vaqt o‘tganidan so‘ng ekranning pastki o‘ng burchagida – “Windows'ni aktivatsiya qilish uchun Параметры bo‘limiga o‘ting” ta’rifi bilan “Активация Windows” yozuvi paydo bo‘ladi, u Параметры -> Обновления и безопасность -> Активация bandlari bo‘ylab o‘tib, mahsulotning kalitini kiritishingizni nazarda tutadi. Biroq ekrandan yozuvni busiz ham olib tashlash mumkin.

Ushbu ko‘rsatmamizda Windows 10 ekranidan “Активация Windows” yozuvini bir nechta usulda — tizim komponentlari yordamida mustaqil tarzda va chetki dastur yordamida butunlay olib tashlash xususida batafsil so‘z yuritamiz.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Microsoft Windows va Office'larning rasmiy o‘rnatiluvchi obrazlarini yuklab olish
Toza Windows 10'ni o‘rnatish
Windows'ni o‘rnatish mahalida Secure Boot'ni o‘chirib qo‘yish
Drayver nima? Drayver haqida batafsil ma’lumot (video)
Drayverlarni topish va o‘rnatish
Printer va skaner uchun drayver yuklash va o‘rnatish
Kompyuterga dastur yuklash uchun saytlar (+ishonchli)
Dastur ornatish sanati
Dasturni qaysi versiyasi yaxshi: eski yoki yangi?
Kompyuter dasturlari qanday turlarga bo‘linishi haqida
Автозагрузка nima? Avtozagruzkadan dasturlarni olib tashlash.
Kompyuter ishlashini tezlashtiramiz! (video)
Bir nechta qismlardan iborat dasturlarni o‘rnatish
Internetda vaqtni xavfsiz o‘tkazish
Operatsion tizimdagi barcha dasturlarni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng antivirus dasturini o‘rnatish, fleshkadan oqilona foydalanish va Total Commander dasturlariga oid tavsiyalar
Aktivatsiya mavzusiga oid postlar
Mini KMS Activator Ultimate kompyuter dasturi
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍10
Forwarded from IT specialist
#smartfon #android

📷 Genius Scan+ — ushbu ilova hujjatlarni tezkor ravishda skanerlagan holda, ularni JPEG yoki PDF formatida saqlash imkoniyatini taqdim etadi.

📎 Genius Scan+ v6.1.7 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida foydalanish tavsiya etiladi:
CamScanner
TextGrabber
FineReader PDF
PDF Extra
Full Qr Code Scanner and Generator

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍3🔥2
#mulohaza_uchun #operatsion_tizim #hardware #software #IT_humor

Kompyuterga o‘rnatilgan operativ xotira hajmi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, Windows'da qo‘llaniluvchi ayrim dasturiy ta’minotlar tufayli xotira yetishmovchiligi bilan bog‘liq muammo hech to‘xtamasa kerak… 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
😁25👍8👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #dizayn #texnologiya

🕰 Eng noodatiy soat dizayni konseptlaridan biri.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🔥24👍21🤩10
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#smartfon #android #maslahat

Ushbu videoda Android bazasida ishlovchi smartfonlar uchun animatsiya effektlarini tezlashtirish bo‘yicha maslahat berilgan.

Bu bo‘yicha kanalimizga ulashilgan post bilan ham tanishib ko‘rishingiz mumkin.

🎞 Video manbasi

ℹ️ Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #security #IT_humor

Umuman virusi bo‘lmagan kompyuterda Kaspersky antivirusi tomonidan chuqur skanerlash jarayoni ketayotganida protsessor kulerining bexuda sovutishga urinishiga qiyos... 🙄

📝 Manba: funXD

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
😁12👍9🤔1🤩1
#mulohaza_uchun #bilasizmi

💻💸 Dubayda IT-biznes uchun soliq 0 foizni tashkil etadi.

📌 P.S.: Telegram asoschisi Pavel Durov bejizga Dubayda yashamas ekan! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍12😁7🥰2
#telegram #android #desktop

🆕 Telegram Desktop 3.7.1 versiyasiga qadar yangilandi

Kiritilgan yangiliklar:

— Videoning apparatli kodlanishi endi qoida bo‘yicha o‘chirilgan: video yashil rangda ijro etilgandagi xatolik yo‘qolishi kerak. Xohishga ko‘ra, agar bu muammoga olib kelmasa, funksiya “Продвинутые настройки” “Производительность” bo‘limida qayta faollashtirilishi mumkin;
— Boshqa xatoliklarning bartaraf etilishi.

📥 Yuklab olish: rasmiy saytdan yoki GitHub'dan.



🆕 Android uchun Telegram 8.7.1 versiyasiga qadar yangilandi.

Kiritilgan yangiliklar:

— Xabarni o‘qigan foydalanuvchilar ro‘yxati boshqa mijoz-ilovalaridagi kabi 50 dan 100 gacha kengaytirildi;
— Endi MPEG3 formatidagi audioni bildirishnoma ovozi sifatida o‘rnatish mumkin;
— Veb-botlar endi lokal xotiradan foydalanishi mumkin;
— Bildirishnomalarni vaqtincha o‘chirish muddatini tanlash uchun soddalashtirilgan oyna;
— Kichik tuzatishlar va yaxshilanishlar.

📥 Yuklab olish: Google Play, rasmiy saytdan yoki tasdiqlangan kanaldan APK.

📝 Manba: @tginfo

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍7🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#rasm_bilan_ishlash #maslahat

↕️ Photoshop'da inson ortidagi olis fonda tog‘ va osmon bo‘lgan rasmni masshtablashning to‘g‘ri usuli.

📝 Manba: @PhotoshopForYou

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Rasm bilan ishlash rukni ostida turli mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍17
👨🏻‍💻 Izlanib yurmang, shunchaki boshlang!

📈 So‘nggi yillarda axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqish keskin oshmoqda. Yuqori daromadli kasblar ham aynan shu sohalarda.

🤷‍♂ Xo‘sh, sizga bu sohani o‘rganishda bepul darslar bo‘lsa boshlaysizmi?

Kompyuter savodxonligi
Grafik dizayn
Web dasturlash
Dasturlash tillari
Sun'iy intellekt
SMM (ijtimoiy tarmoqlar)
Video/Audio montaj
Frilanserlik darslari

🔥 Marhamat 140 mingdan ziyod obunachilar foydalanayotgan o‘zbekcha platformadan siz ham o‘rganishni boshlang!

Barcha darslar: 👉 @BepulDarslarBot
🔥5👍2👎1
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#smartfon #android #maslahat

Ushbu videoda Android bazasida ishlovchi smartfonning ish vaqtini ko‘paytirish borasida maslahat berilgan.

❗️Video ko‘rsatma Xiaomi kompaniyasiga tegishli smartfon yordamida yozilgan bo‘lib, boshqa kompaniya smartfonlari sozlamalari bilan mos kelmasligi mumkin.

🎞 Video manbasi

ℹ️ Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍9
Forwarded from IT specialist
#smartfon #maslahat #mulohaza_uchun

Smartfoningizdagi keraksiz bildirishnomalarni o‘chiring!

Assalomu alaykum, aziz do‘stlar! Balki siz buni sezmayotgandirsiz, biroq smartfoningizdagi bildirishnomalar sizni chalg‘itmoqda va qimmatli vaqtingizni shafqatsiz o‘g‘irlamoqda!

Ularni o‘chirib qo‘yishga qanday sabablar mavjud?

🔷 Statistikaga ko‘ra, dastlabki boshlab qo‘yilgan faoliyatga qaytish uchun insonga o‘rtacha 9,5 daqiqa vaqt kerak bo‘ladi, biroq faoliyatga to‘liq qaytgani bilan, unga bo‘lgan e’tibor (konsentratsiya) taxminan 40%'ga pasayadi, miya o‘z fokusini yo‘qotadi.
🔷 Inson kun davomida bildirishnomalarga o‘rtacha 18 martadan ko‘proq chalg‘iydi, bunga misol tariqasida elektron pochta, ijtimoiy tarmoqlar va video-xostinglar bildirishnomalarini keltirish mumkin.
🔷 Bildirishnomalar havotir va qaramlikka sabab bo‘ladi: zamonaviy inson kamida olti daqiqada bir marta telefoniga chalg‘iydi.

Albatta, pozitiv bildirishnomalar ham bor – rivojlantiruvchi kanallar, muhim yangiliklar, oila va yaqin insonlar tomonidan qo‘ng‘iroqlar va xabarlar, biroq qolgan “axlat”lardan qanday xalos bo‘lish mumkin?

🔸 Asosiy qoida – shunchaki sizga hayotingizda ko‘maklashmaydigan bildirishnomalarni o‘chiring.
🔸 Kun davomida bildirishnomasi o‘chirib qo‘yilgan resurslarni tekshirish uchun vaqt ajrating. Ushbu tarzda bunday “uzilish”ga tezroq ko‘nikasiz, ha, foydasi tegishi mumkin bo‘lgan axborotni ham o‘tkazib yubormaysiz.
🔸 Smartfoningizdagi vibratsiyali va rangli bildirishnomalarni o‘chirib qo‘ying. Ular qo‘shimcha taktil va assotsiativ qaramlikni keltirib chiqaradi, bu esa bildirishnomalarga chalg‘ish odatidan xalos bo‘lishingizga xalaqit beradi.

🚀 Tez orada siz muhim bo‘lmagan bildirishnomalarga chalg‘imaslikka odatlanasiz, konsentratsiyangiz yaxshilanadi, o‘zingizni osuda va baxtli his etishni boshlaysiz. Endi sizning xotirjamligingiz va hayotingizga tashqi ta’sirlar bo‘lmaydi!

E'tiboringiz uchun rahmat! 🤝

ℹ️ Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍11
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

🌉 Lego'dan ko‘prik yasash imkoniyatiga ega tank konstruksiyasi.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍23🔥4👏1
#telegram #telegramda_kanal_yuritish

📢 O‘z kanalingiz reklamasi

Turli kanallar boshqa kichikroq kanallar adminlaridan har kuni bir nechtalab reklama qilib berish so‘rovini qabul qilishadi.

Bunda esa aksariyat holatlarda vaziyat quyidagicha bo‘ladi:

Kanallarni yaratadilar, u uchun rasm o‘rnatadilar, bir-ikki post joylaydilar va kanalni reklama qilishni boshlaydilar.

Ushbu holatda tajribasizliklari sabab ular nafaqat o‘z vaqtlarini, balki reklamalarni qabul qiluvchi boshqa tajribaliroq adminlarning ham qimmatli vaqtini besamar ketkazadilar.

Bu holatda 100 ta kanalga o‘z reklamangizni joylashtirganingiz bilan – natija siz kutgandek bo‘lmaydi...

❗️Insonlar bunday kanallarga obuna bo‘lganlari bilan, undan tez orada chiqib ketadilar!

Siz vaqtingiz va mablag‘ingizni reklamaga sarflaysiz, qayerdandir obunachilarga erishganingiz bilan – 99% holatlarda bular insofsiz adminlar tomonidan sizga qo‘shilgan foydasiz botlar bo‘ladi.

‼️ Kanal yaratilganidan so‘ng uni 1 oylardan keyingina piar qilgan afzal!

Ushbu vaqt mobaynida siz hech bo‘lmaganda kanalni ma’lumot bilan to‘ldirasiz, shuningdek unga joylashtirilgan kontentga muvofiq kanal uchun munosib nom va tavsif berish borasida bir to‘xtamga kelasiz.

⚠️ Reklamangizdagi havola bo‘ylab loyihangizga o‘tgan har bir inson, uni qiziqtiradigan va obuna bo‘lishga undaydigan narsaga ko‘zi tushishi lozim.

Chala kanalni yaratib olib, uni reklama qilish uchun vaqt va mablag‘ ketkazib, kerakli natijaga erisha olmasangiz – obunachilarni jalb eta olmaganingizdan hafsalangiz pir bo‘ladi va yo‘lingizning boshida qanchalik yorqin istiqbollar bilan ilhomlangan bo‘lsangiz ham, katta ehtimol bilan kanalni rivojlantirishdan voz kechasiz.

📌 P.S.: Odamlar uchun yuqori sifatli kanallar yarating va shundan keyingina o‘z san’at asarlaringizni reklama qiling!

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍12👏1
Forwarded from IT specialist
#rasm_bilan_ishlash #operatsion_tizim

Adobe Photoshop dasturining oyna ko‘rinishini boshqarishga oid ayrim foydali klavishlari birikmasi ⌨️

CTRL + 0 — to‘liq ekranda ko‘rsatish;

CTRL + 1 — asl o‘lcham (100%);

CTRL + + (CTRL + -) — oyna masshtabini kattalashtirish / kichraytirish;

CTRL + H — yordamchi elementlar (вспомогательные элементы);

CTRL + R — chizg‘ichlar (линейки);

CTRL + Y — rang probasi (RGB → CMYK, цветопроба);

CTRL + ; — yo‘naltirgichlarni ko‘rsatish (показать направляющие);

CTRL + ' — setkani ko‘rsatish (показать сетку);

CTRL + ALT + ; — yo‘naltirgichlarni qotirish (закрепить направляющие);

CTRL + SHIFT + H — konturni ko‘rsatish/berkitish (показать/скрыть контур);

CTRL + SHIFT + ; — biriktirish (привязка).

ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari
YouTube qaynoq klavishlari
Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
Bir yarim asr oldin tarixdagi ilk QWERTY-klaviatura qayerda qo‘llangan?
“СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
Punto Switcher dasturi
Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha
Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida

👨🏻‍💻
@itspecuz | Mundarija
👍10
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

📷🧂 Tuz kristallining maksimal yaqinlashtirilgan “zoom”i.

Zoom mavzusiga oid 1-misol | 2-misol.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍19🤩6🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #software #IT_humor

📃 Men va men unchalik yaxshi bilmagan dasturning foydalanuvchi yo‘riqnomasi.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
😁29👍2🤔1😢1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#smartfon #android #ict_news

⌨️📱 Toshkent shahridagi Inha universiteti talabasidan “Tahrirchi” mobil ilovasi

Toshkent shahridagi Inha universiteti Matbuot xizmatining xabar berishicha, universitet talabasi Muhammadsaid Mamasaidov Android telefonlari uchun imlo xatolarisiz yozishga mo‘ljallangan yangi “Tahrirchi” nomli klaviatura ilovasi asoschisiga aylandi.

Dasturning negizi, morfologik tahlilchi o‘zbek tilini tabiiy qayta ishlash sohasining boshlang‘ich asoslaridan hisoblanadi. “Tahrirchi” noto‘g‘ri so‘zlarni adabiy tilga moslab to‘g‘rilash, yakunlanmay qolib ketgan so‘zlarni oxirigacha yetkazib qo‘yish va keyingi so‘zni oldindan aytib berish masalalarida sizga hamroh bo‘ladi. Bundan tashqari, u berilgan matnni kirill yoki lotin yozuviga ham o‘giradi.

🎞 Batafsil ma’lumotni post yuqorisidagi va ushbu videodan olishingiz mumkin.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Xatolarimizni to‘g‘rilaylik!
• Talabalar uchun foydali mavzular jamlangan postimiz.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍8