IT specialist
9.66K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
Forwarded from IT specialist
#maslahat #learn_english_with_software #mulohaza_uchun

📚 Ingliz tilini serial va kinolar bo‘yicha o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun 5 maslahat

1️⃣. Tilni serial va kinolar bo‘yicha noldan (biror so‘z yoki jumlani oldindan bilmay turib) o‘zlashtirishga urinmang.

2️⃣. Tanlagan videongiz siz uchun qiziqarli mavzuda bo‘lishi va til bo‘yicha egallagan joriy darajangizga mos kelishi lozim.

3️⃣. Subtitrlardan foydalaning.

4️⃣. Videoda biroz orqaga qaytib, murakkab tuyulgan joylarini tahlil qilishga erinmang.

5️⃣. Yangi ibora va so‘zlarni muntazam ravishda yozib boring va takrorlang.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍9🔥2
#telegram #unigram #android #iOS #masOS #desktop

🆕 Botlar uchun inqilobiy imkoniyatlar, bildirishnomalar tovushlari va boshqa ko‘plab yangilanishlar

Android, iOS, macOS
va Unigram mijozi uchun Telegram 8.7 versiyasiga, Telegram Desktop – 3.7 versiyasiga qadar yangilandi.

Web-botlarning inqilobiy imkoniyatlari

• Dasturchilarga JavaScript yordamida cheksiz xilma-xillikdagi interfeyslarni yaratish uchun vositalar taqdim etilmoqda.
• Yangi avlod Telegram-botlari har qanday veb-saytning o‘rnini to‘liq bosishi mumkin.
• Botlar interfeysda qo‘llaniluvchi rang haqidagi ma’lumotlarni qabul qiladi, kun va tun rejimlari o‘rtasida o‘tganingizda yoki rang mavzusini o‘zgartirganingizda shu zahoti moslasha oladi.
• Yangi avlod botlarini @DurgerKingBot taqdimoti (demosi) misolida sinab ko‘rishingiz mumkin.

Maxsus bildirishnoma tovushlari

• Endi Telegram'ingizda istalgan tovush bildirishnoma bo‘lishi mumkin.
• Telegram kutubxonasidagi tovushlar barcha qo‘llab-quvvatlanuvchi platformalarda mavjud va mutlaqo bepuldir.
• Bildirishnoma tovushini istalgan alohida chatga va kerakli turdagi barcha chatlar (shaxsiy chatlar, kanallar, guruhlar)ga nisbatan o‘rnatish mumkin.
• Qisqa audiofayl yoki chatdagi ovozli xabar ustiga bosing, uni bildirishnomalar ro‘yxatiga qo‘shing va istalgan suhbatlarda qo‘llang.
• Bildirishnomalar uchun tovushlar sifatida 5 soniyadan kamroq va hajmi 300 KB'gacha bo‘lgan audiofayl va ovozli xabarlarni qo‘llash mumkin.
• Mos keluvchi tovushlar uchun misollar @CustomNotificationSounds'da jamlangan.
• Bildirishnomalarni sozlash yoki yangi tovushlarni qo‘shish uchun Настройки (Sozlamalar) > Уведомления и звуки (Bildirishnomalar va tovushlar) bo‘limi bo‘ylab o‘ting.

Bildirishnomalarni istalgan muddatga o‘chirib turish

• Endi bildirishnomalar kelishini to‘xtatib turishni istalgan muddatga qadar o‘rnatish mumkin.
• Yangilangan menyuda bildirishnomalar kelishini to‘liq yoki vaqtinchalik o‘chirish — yoki shunchaki tovushni o‘chirib qo‘yib, ovozsiz bildirishnomalarni qabul qilishda davom etish mumkin.
• Android'da ovozsiz rejimning davomiyligini sozlash uchun chatning yuqori panelida belgisi ustiga bosing. iOS'da chat profilidagi Убрать звук (Sukut qilish) bandiga bosing.

Chat profilida yangi avtomatik oʻchirish menyusi

• Endi xabarlarning avtomatik o‘chirilishini faollashtirish uchun kamroq harakat talab etiladi.
• Taymer sozlamalari yanada moslashuvchan bo‘ldi: uni, masalan, 2 kun, 3 hafta, 4 oy va hokazo muddatga qadar o‘rnatish mumkin.
• Chat profilidagi belgisiga bosgan holda xabarlarning avtoo‘chirilishini faollashtiring.

Bot-adminlarni tezkor sozlash

• Endi botning profilidan chiqmay turib, maxsus tugmani bosish orqali botni foydalanuvchining guruh yoki kanaliga qo‘shish mumkin.
• Shu yerning o‘zida darhol uning huquqlari va ruxsatlarini sozlab ketish mumkin.
• Kanallarga botlarni faqat adminlar sifatida, guruhlarga esa — ham adminlar, ham ishtirokchilar sifatida qo‘shish mumkin.

Yangilangan “Tasvir ustida tasvir” rejimi (Android)

• Oyna o‘lchamini ikki barmoq bilan ikki chetga yoki markazga surish orqali o‘zgartiring.
• Video ijrochisini tezkor yopish uchun X tugmasiga bosing.
PiP (Picture in Picture) rejimi yumaloq burchakli yangi dizaynga ega bo‘ldi.

Boshqa yangilanishlar

• Xabarlarni qayta uzatishda xabarning suhbatdoshning muayyan xabariga javob tarzida yuborilganligi haqidagi holatini saqlash.
• Xabarlarning yaxshilangan tarjimasi (iOS).
• Guruhlarda xabarlar tarixini barcha uchun tozalash.
• Telefon raqamini o‘zgartirish interfeysidagi yangi animatsiyalar.
• Ko‘proq animatsiyali emodzilar.

📃 Batafsil ma’lumot uchun havola.

Android
: Google Play, rasmiy saytdan yoki tasdiqlangan kanaldan APK.
iOS: App Store.
Desktop: rasmiy saytdan yoki GitHub'dan.
macOS: с App Store yoki tasdiqlangan kanaldan.
Windows 10+ uchun Unigram: Microsoft Store | To‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklab olish | O‘rnatish bo‘yicha ko‘rsatma

📝 Manba: @tginfo

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍12
Forwarded from IT specialist
#test #excel

Excel'da A1:A12 diapazonidagi qiymatlar yig‘indisi natijalarini o‘sib boruvchi tartibda qanday hisoblash mumkin? Buning uchun birinchi yacheykaga kiritiladigan formulani ko‘rsating.
Anonymous Quiz
31%
=СУММ(A1:A1)
28%
=СУММ($A1:A1)
23%
=СУММ($A$1:A1)
18%
=СУММ($A$1:$A$1)
👍14👏4🤬2
Forwarded from IT specialist
#test #excel

Rasmdagi joriy holatda foydalanuvchi tomonidan listni ko‘rishning qaysi rejimi tanlangan? (javob variantlari navbatdagi postda👇🏻)
👍5
Forwarded from IT specialist
👍9🤬6😁2
Forwarded from IT specialist
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

"Assembler" esa evakuator yurib ketayotgan yerdir... 🙄

📌 P.S.: Assembler – mashinaga yo‘naltirilgan quyi darajali dasturlash tili. Dastlabki talqini 1947-yilda ARC2 nomi ostida qo‘llanilgan.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍12😁11🤔1
Forwarded from IT specialist
#smartfon #android #game

🖥 PC Creator PRO - PC Building Simulator

Ushbu o‘yinda siz boshlang‘ichdan professional bosqichga qadar yo‘lni bosib o‘tgan holda, o‘z kompyuter biznesingizni yaratishingiz mumkin. Turli xil tarkibiy qismlarning katta to‘plami va qulay ko‘rish vositalari e’tiboringizga havola etiladi. Pro-versiya.

📎 PC Creator PRO v1.9.64 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍11
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#powerpoint

PowerPoint'ning yangi versiyalari slaydlarning tarkibidan kelib chiqqan holda, ularni bezatish bo‘yicha o‘z takliflarini bera oladi.

Bunda mos keluvchi biror variantni darhol uchratish mumkin, biroq ba’zi slaydlar uchun ushbu foydali funksiya ish bermasligi ham mumkin.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft PowerPoint bo‘yicha video darslar
• Microsoft PowerPoint rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍4
#mulohaza_uchun #maslahat

📖 Odamlar nima o‘qiyotganiga qarab tezroq yoki sekinroq o‘qiydilar

⚠️ Odamlar kompyuterda ishlash vaqtida nafaqat ko‘zni kamroq pirpiratadi, balki displeydagi matnni o‘qish – ulardagi o‘qish tezligini ham pasaytiradi.

O‘rtacha hisob-kitoblarga ko‘ra, ekrandan matnni o‘qish qog‘ozdan o‘qishga qaraganda 10% sekinroqdir.

Oddiy sharoitlarda odamlar ko‘zni daqiqasiga 20 marta pirpiratadi. Kompyuterdan foydalanganda bu qiymat daqiqasiga 7 martaga qadar kamayadi.

☝️Xulosa: tezroq o‘qishni va ko‘z nurini asrashni istasangiz – elektronga nisbatan ko‘proq bosma kitoblarni o‘qing.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Talabalar uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan mavzular jamlangan postimiz.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍5👏5
#smartfon #hardware #mulohaza_uchun #maslahat

🔋🔌 Smartfoningizni quvvatlashdagi bu odatlaringizni darhol to‘xtating

Smartfonlar allaqachon hayotimizning bir qismiga aylanib ulgurdi. Lekin ularning quvvati abadiy emas. Bugungi kunda telefon ishlab chiqaruvchi kompaniyalar o‘z mahsulotlari batareya sig‘imini qancha ko‘paytirmasin, baribir, deyarli har kuni smartfonlarimizni hech bo‘lmaganda bir marta quvvatlaymiz. Biroq, qurilmalarimizni to‘g‘ri zaryadlayapmizmi? Quyida smartfonlarni quvvatlashda ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan ikkita xatolikka to‘xtalib o‘tamiz.

1️⃣. Noto‘g‘ri adapterdan foydalanish

Bugungi mobil telefon ishlab chiqaruvchilarining ko‘pchiligi zaryadlash tezligini yaxshilash uchun “tez zaryadlash” deb ataladigan usuldan foydalanadilar va hozirda flagman smartfonlarning zaryadlash tezligi 100 vattdan oshadi. Yuqori tezlikdagi quvvatlanish ostida kuchlanish nisbati tabiiy ravishda ortadi. Bu haroratning tez ko‘tarilishiga olib keladi va bu mobil telefonlarning yong‘inga moyil bo‘lishining sabablaridan biridir. Ko‘p ishlab chiqaruvchilar qurilma quvvatlangani sari uning zaryadlanishini asta-sekin kamaytirib boradigan himoya strategiyasini tanlagan bo‘lsa-da, zaryadlashning dastlabki bosqichida yuqori quvvatdagi tezlikdan qochib bo‘lmaydi va bunda qurilmaning harorati ko‘tarilishini cheklash juda qiyin.

Mumkin bo‘lgan yong‘in hodisalarining oldini olish uchun mobil telefonni zaryad qilishda faqat rasmiy zaryadlovchi adapterlardan foydalanish taklif etiladi. Boshqa zaryadlovchilardan foydalanganda ham, zaryadlash protokoliga mos keladigan adapterni tanlash lozim. Turli markadagi mobil telefonlar va hatto bir xil brend ostidagi mobil telefonlarning turli seriyalari ham har xil zaryadlash protokollaridan foydalanishi mumkin. Noto‘g‘ri zaryadlovchi adapterdan foydalanish nafaqat batareyani zaryad qila olmasligi, balki telefon batareyasining yomonlashishiga olib keladi.

Hozirda ko‘plab ishlab chiqaruvchilar quvvatlovchi adapterlar uchun mobil telefon to‘liq zaryadlangandan keyin quvvatni aqlli ravishda uzib qo‘yish xususiyatini joriy qilishgan. Shuning uchun ham to‘g‘ri zaryadlovchini tanlash juda muhimdir.

2️⃣. Telefon zaryad olayotganda foydalanish

Mobil telefonlarni zaryad olayotganda ishlatish, o‘ynash – eng ko‘p tarqalgan yomon odatlardan biridir. Yuqorida smartfon quvvatlanishni boshlanganida u tez zaryadlanishi sabab qizishi haqida aytildi. Shuningdek, o‘yin o‘ynayotganda ham telefon yuqori darajada ishlaydi va bu uning haroratini tez oshishiga olib keladi. Shunday qilib, smartfonni quvvatlanayotgan vaqtda o‘ynash uning ikki karra qizishiga va garchi sodir bo‘lish ehtimoli juda kichik bo‘lsa-da, bu uning yonib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Darhaqiqat, ba’zilar telefon zaryad olayotgan paytda qo‘ng‘iroq qilish yoki qo‘ng‘iroqqa javob berishga ham odatlanishgan. Smartfon zaryad olayotganda telefonga javob berish ham qurilma haroratini oshiradi va shuning uchun mobil qurilmani quvvatlashga qo‘yishdan oldin uning samolyot rejimini yoqib qo‘ygan ma’quldir.

Bundan tashqari, mobil qurilmalar zaryad olayotganda ularning nurlanishi bir necha barobarga kuchayadi. Radiatsiya to‘lqinlari inson sog‘ligi uchun zararli, albatta va bu zaryad olayotganda telefonlarimizni yolg‘iz qoldirishimiz kerakligining yana bir sababidir.

☝🏻Xulosa shuki, biz o‘zimizga qulay joyda uyqu orqali quvvat olayotganimizda boshqalar bizni bezovta qilishini xohlamaganimizdek, smartfonlar ham zaryad olayotgan vaqtda holi qoldirilishi lozim.

📝 Muhammad Yusuf @terabaytuz

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Batareyalarga oid mavzularimiz ro‘yxati keltirilgan postimiz.
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍111🔥1
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #software #IT_humor

Men: <Google Chrome'ni ishga tushiraman>
Chrome: <ishga tushmayapti>
Men: <belgisi ustiga yana 16 marta bosaman>
Chrome: 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
😁54👍5🤔3🔥1
Forwarded from IT specialist
#internet

🗑 O‘z akkauntlaringizni qanday qilib tezkor o‘chirishingiz mumkin?

Ko‘plab kompaniyalar foydalanuvchilarning o‘z akkauntlarini o‘chirishlari murakkab bo‘lishi uchun Dark Pattern texnologiyasini qo‘llashadi.

justdelete.me — bu ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar sahifalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri havolalarni o‘z ichiga oluvchi saytdir.

1️⃣. Yuqorida keltirilgan sayt bo‘ylab o‘ting;
2️⃣. Akkaunti o‘chirilishi lozim bo‘lgan xizmatning nomini qidiruv satriga kiriting;
3️⃣. Paydo bo‘lgan natija ustiga bosing;
4️⃣. Akkauntni o‘chirish jarayonini boshlang.

Sayt akkauntni o‘chirishning murakkablik darajasini ko‘rsatib beradi:
Easyo‘chirish oson;
Mediumqo‘shimcha qadamlarni bajarish talab etiladi;
Hardto‘liq o‘chirish xizmat vakillari bilan bog‘lanishni talab etadi;
Impossibleo‘chirishning imkoni yo‘q.

Shunday qilib, sayt sahifalarini varaqlab o‘chirish tugmachasini izlab o‘tirmay, akkauntlaringizni tezda yo‘q qilishingiz mumkin.

📝 Manba: @bugfeature

ℹ️ Internet rukni ostidagi kanalga joylashtirgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍14🔥1
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
"Excel - formula ustasi" bepul kursi
#excel / #excel_fu

1-dars. Havolalar (nisbiy, mutlaq,aralash) va ular bilan ishlash. Ko'paytirish jadvalini yaratamiz!
▶️ Ko'rish: Telegram I YouTube
📜 O'rganildi: nisbiy, mutlaq, aralash havolalar; ko'paytirish jadvalini yaratish.

2-dars. Formulada nomlardan foydalanish!
▶️ Ko'rish: Telegram I YouTube
📜 O'rganildi: formulada nomlardan foydalanish.

3-dars. Matematik funksiyalar
▶️ Ko'rish: Telegram I YouTube
📜 O'rganildi: СУММ, СУММЕСЛИ, СУММЕСЛИМН.

4-dars. Statistika formulalari
▶️ Ko'rish: Telegram I YouTube
📜 O'rganildi: МИН, МАКС, СРЗНАЧ, НАИБОЛЬШИЙ, НАИМЕНЬШИЙ, СЧЁТ, СЧЁТЗ, СЧИТАТЬПУСТОТЫ, СЧЁТЕСЛИ, СЧЁТЕСЛИМН, СРЗНАЧЕСЛИ.

5-dars. Matn bilan ishlash uchun formulalar
▶️ Ko'rish: Telegram I YouTube
📜 O'rganildi: сцепить, сжпробелы, строчн, прописн, пропнач, левсимв, правсимв, найти, пстр.

6-dars. Sana bilan ishlash uchun formula va amallar
▶️ Ko'rish: Telegram I YouTube
📜 O'rganildi: сегодня, тдата, чистрабдни, долгода, целое, день, месяц, год, дата.

7-dars. Havola va massivlar bilan ishlash
▶️ Ko'rish: Telegram I YouTube
📜 O'rganildi: впр.

8-dars. Mantiqiy funksiyalar
▶️ Ko'rish: Telegram I YouTube
📜 O'rganildi: если, и, еслиошибка, или.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita
👍8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #rasm_bilan_ishlash #texnologiya

🤳 Sevimli uy jonivorimizni tasvirga olish uchun innovatsion selfi-tayoqcha.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍21🤩4😁2
#word

DOC va DOCX formatlari o‘rtasidagi farq 🤔

MS Word dasturida hujjatlarni saqlash uchun .docx va .doc eng keng qo‘llaniladigan fayl kengaytmalari hisoblanadi.

Microsoft kompaniyasi MS Word ilovasida qo‘llaniladigan matnli hujjatlar bilan ishlash uchun o‘z formatini ishlab chiqqan. Microsoft Office 97-2003 versiyalarida DOC formatidan foydalanilgan, Microsoft Office 2007 va undan keyingi versiyalarida esa – DOCX formatini qo‘llashga o‘tilgan.

Ushbu formatlar o‘rtasidagi asosiy farqlar quyidagilardan iborat:

MS Word'ning yangiroq versiyalarida ichki o‘rnatilgan maxsus ZIP-arxiviga siqish funksiyasi tufayli DOCX fayli hajmi DOC fayli hajmiga nisbatan kamroq joy egallaydi.

— DOCX – matn, belgilash, jadvallar, konteyner va ssenariylar haqidagi ma’lumotlarni alohida fayllar va papkalarda saqlovchi konteyner formatidir, DOC formatida esa barcha ma’lumotlar bitta faylda saqlanadi.

DOCX'dan foydalanganda foydalanuvchi matnli hujjatlar bilan ishlashda ko‘proq funksional imkoniyatlarga ega bo‘ladi.

📝 Manba: @computer_life

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Hujjatning hajmini maksimal darajada siqish mumkinmi?
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍9
Forwarded from IT specialist
#test #operatsion_tizim

Quyidagi keltirilgan fayl tizimlaridan qaysi biri mavjud emas?
Anonymous Quiz
16%
FAT32
16%
NTFS
47%
exNTFS
20%
exFAT
😁7👍6🥰3🔥2
Forwarded from IT specialist
#telegram #telegramda_kanal_yuritish

Qo‘llanilgan formatni saqlagan holda post chiqarish 📢

Aytaylik, kanalga chiqarilishi lozim bo‘lgan tayyor post mavjud, lekin bir muammo bor — postda matnga nisbatan formatlash qo‘llanilgan (giperhavolalar, qalin, kursiv shrift va hokazo), shu tufayli qo‘lda birma-bir nusxalab, o‘tkazib o‘tirgingiz kelmayapti deylik (ayniqsa smartfonda bu juda noqulay, nusxalab o‘tkazganda qo‘llanilgan formatlar tushib qoladi).

📋 Ushbu muammoni hal qilishning 2 usuli mavjud:

1️⃣. Post chiqarish uchun maxsus bot (@ControllerBot)ga yozuvni repost qilish.
Kamchiligi: formatlashni saqlagan holda postni tahrirlash imkoni yo‘q.

2️⃣. Shaxsiy kompyuterda postning butun matnini nusxalab olib, uni postni chiqarish uchun botga yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri kanalga joylashtirish.
Bunda qo‘llanilgan formatni saqlagan holda matnni tahrirlash imkoniyati mavjud.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Telegram-kanalni qanday yuritgan ma’qul?
Kanal mavzusini tanlash
Kanal admini uchun qanday botlar kerak? Kanallar uchun eng foydali botlar
Telegraph nima? Undan qanday foydalaniladi?
Telegraph'dagi maqolalar matni bo‘ylab tezkor o‘tish
Telegram'da daromad qilishning asosiy yo‘llari
Telegram'da pul topishni istaysizmi?
Telegram'da Izohlar va Muhokamalar
Telegram'da rejalashtirilgan xabarlar yuborish
Telegram 7.1.0 – Anonim guruh administratorlari va kanallardagi izohlar
Telegram'da matnga havola (ссылка) qanday biriktiriladi?
Post matnining ostki qismiga rasm, video yoki GIF-fayl qanday biriktiriladi?
Murojaatlar bilan ishlash uchun maxsus botdan foydalanish (Livegram Bot)
Kanal obunachisining kanalga a’zo bo‘lgan vaqtini ko’rish
Rasm ostida matn ko‘rinishida yuborilgan xabardagi rasmni tahrirlash
Xabar/postlardagi matnni shaxsiy yozishmalar, guruh va kanallarda tahrirlash
Telegram'da yoki Telegram-da?
Telegram'dagi limitlar haqida ma’lumot
Telegram'da matnni formatlash imkoniyatlari
Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari.
Telegram Desktop'da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍10
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim

Windows 10'da “Активация Windows” yozuvini ekrandan butunlay olib tashlash 🚮

Ba’zida foydalanuvchilar Windows 10 bilan aktivatsiyasiz ishlashni ma’qul ko‘rishadi, vaholanki bu ish beradi ham (bu haqda alohida maqolani o‘qib ko‘rishingiz mumkin: Windows 10'dan aktivatsiyasiz qancha vaqt foydalanish mumkin va bunda qanday cheklovlar mavjud?), ammo qandaydir vaqt o‘tganidan so‘ng ekranning pastki o‘ng burchagida – “Windows'ni aktivatsiya qilish uchun Параметры bo‘limiga o‘ting” ta’rifi bilan “Активация Windows” yozuvi paydo bo‘ladi, u Параметры -> Обновления и безопасность -> Активация bandlari bo‘ylab o‘tib, mahsulotning kalitini kiritishingizni nazarda tutadi. Biroq ekrandan yozuvni busiz ham olib tashlash mumkin.

Ushbu ko‘rsatmamizda Windows 10 ekranidan “Активация Windows” yozuvini bir nechta usulda — tizim komponentlari yordamida mustaqil tarzda va chetki dastur yordamida butunlay olib tashlash xususida batafsil so‘z yuritamiz.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Microsoft Windows va Office'larning rasmiy o‘rnatiluvchi obrazlarini yuklab olish
Toza Windows 10'ni o‘rnatish
Windows'ni o‘rnatish mahalida Secure Boot'ni o‘chirib qo‘yish
Drayver nima? Drayver haqida batafsil ma’lumot (video)
Drayverlarni topish va o‘rnatish
Printer va skaner uchun drayver yuklash va o‘rnatish
Kompyuterga dastur yuklash uchun saytlar (+ishonchli)
Dastur ornatish sanati
Dasturni qaysi versiyasi yaxshi: eski yoki yangi?
Kompyuter dasturlari qanday turlarga bo‘linishi haqida
Автозагрузка nima? Avtozagruzkadan dasturlarni olib tashlash.
Kompyuter ishlashini tezlashtiramiz! (video)
Bir nechta qismlardan iborat dasturlarni o‘rnatish
Internetda vaqtni xavfsiz o‘tkazish
Operatsion tizimdagi barcha dasturlarni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng antivirus dasturini o‘rnatish, fleshkadan oqilona foydalanish va Total Commander dasturlariga oid tavsiyalar
Aktivatsiya mavzusiga oid postlar
Mini KMS Activator Ultimate kompyuter dasturi
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍10
Forwarded from IT specialist
#smartfon #android

📷 Genius Scan+ — ushbu ilova hujjatlarni tezkor ravishda skanerlagan holda, ularni JPEG yoki PDF formatida saqlash imkoniyatini taqdim etadi.

📎 Genius Scan+ v6.1.7 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida foydalanish tavsiya etiladi:
CamScanner
TextGrabber
FineReader PDF
PDF Extra
Full Qr Code Scanner and Generator

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍3🔥2
#mulohaza_uchun #operatsion_tizim #hardware #software #IT_humor

Kompyuterga o‘rnatilgan operativ xotira hajmi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, Windows'da qo‘llaniluvchi ayrim dasturiy ta’minotlar tufayli xotira yetishmovchiligi bilan bog‘liq muammo hech to‘xtamasa kerak… 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
😁25👍8👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #dizayn #texnologiya

🕰 Eng noodatiy soat dizayni konseptlaridan biri.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🔥24👍21🤩10