IT specialist
9.68K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Dasturiy mahsulotni mijozga topshirish vaqtida yuzaga kelgan kichik xatolikni uning qarshisida bartaraf etaman degan paytingda... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
😁20👍6🤯4🔥1👏1
Forwarded from IT specialist
#excel

Sparklaynlar 📊

Sparklayn (Спарклайн) – bu bitta yacheykaga joylashishi mumkin bo‘lgan kichik diagrammadir. O‘zining ixchamligi tufayli ular katta ma’lumotlar to‘plamlaridagi umumiy qonuniyatlarni aniq va ta’sirchan tarzda ko‘rsatib beradi.

Sparklaynlarning uch turi mavjud:
Grafik (График) – grafik ko‘rinishidagi diagramma bilan o‘xshash;
Gistogramma (Гистограмма) – xuddu oddiy gistogramma kabi;
Yutish/yutqazish (Выигрыш/проигрыш) – barcha ma’lumotlarni ikki turga: manfiy (salbiy) va musbat (ijobiy)ga bo‘ladi.

— 1-qadam
Sparklayn uchun ma’lumotlar diapazonini belgilang.
Menyu satrining Вставка varaqa (вкладка)sida Спарклайны tugmasi ustiga bosing va kerakli turini tanlang.

— 2-qadam
Listda sparklaynni joylashtirish uchun yacheyka yoki diapazonni tanlang.
ОК tugmasini bosing.

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
7
Forwarded from IT specialist
#word #excel #powerpoint

Ekranda ochilib turgan hujjat oynalari o‘rtasida tezkor o‘tish ↔️

Bir vaqtning o‘zida bir nechta Word hujjatlari bilan ishlash oson emas.

Oynalar o‘rtasida o‘tishda noqulay hisoblangan ALT + TAB klavishlari birikmasini qo‘llagandan ko‘ra, CTRL + F6 birikmasidan foydalanganingiz ma’qulroqdir.

Siz bu orqali (ALT + TAB bilan bo‘lgandagi kabi) ortiqcha animatsiyalarsiz va ishingizdan chalg‘imagan holda hujjatlar keltirilgan oynalar o‘rtasida o‘tishingiz mumkin.

Darvoqe, ushbu funksiya hujjat oynalari butun ekranni egallaydigan qilib ochilmagan taqdirda ham ishlaydi.

📌 P.S.: Ushbu keltirilgan tavsiyamiz Microsoft Office paketining Excel va PowerPoint dasturlari uchun ham o‘rinlidir.

ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
• Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
• Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Buyruq satri (Командная строка)da qo‘llash mumkin bo‘lgan buyruqlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari
YouTube qaynoq klavishlari
Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
“СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
Punto Switcher dasturi
Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha
Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍8🔥1
Forwarded from IT specialist
#mulohaza_uchun #it_humor #operatsion_tizim

Operatsion tizimdagi jarayonni “o‘ldirish” borasida sisadminlar qanday yo‘l tutadi… 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
😁29👍2👎2🔥2👏2
Forwarded from IT specialist
#bilasizmi #muvaffaqiyatli_insonlar

☝🏻 Ilon Mask juda ajoyib xarakter egasi ekan

Ilon Maskning hozirda sayyoramizning eng boy biznes vakillari ro‘yxatida Djeff Bezos bilan yuqori o‘rinlarni zabt etish bo‘yicha bellashayotgani barchaga ma’lum va mashhurdir.

2 yilda bitadigan loyihani matbuotda hammaga 1 yilda yakuniga yetkazamiz deb va’da berib, xodimlariga 6 oyda bitirasizlar, der ekan.

Korxonasidagi mayda detalgacha nazorat qilib, xatto polga axlat to‘kilib qolgan bo‘lsa ham oʻzi supurib olar ekan.

2009-yil butun dunyo bo‘ylab krizis hukmronlik surgan mahalda mashinalari, uylarini sotib, kompaniyasiga tikib, qaynotasining yerto‘lasiga ko‘chib oʻtmoqchi boʻlgan ekan.

Loyihalar muvaffaqiyatli tugagach, butun jamoasi bilan ishxonadagi kompyuterlarda Counter Strike oʻynab, yotib qolishgan ekan.

Oʻzining bizneslari (SpaseX, Tesla, Solarcity) bo‘yicha gʻoyalarni oʻzi oʻylab topmagan boʻlsa ham, muhandislar unga aqlga sigʻmas gʻoyalar bilan kelishganida yoʻq demay pul tikavergan ekan.

📌 P.S.: Boshqa biznes olami vakillaridan uning asosiy farqi, oʻta talabchanligi va juda koʻp oʻqishi boʻlsa kerak.

📝 Manba: @z_gulyamoff

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🔥18👍8👏2
📗 Excel bilan yuqori maoshli ish kafolatlangan!

⚡️ Hozirning o'zida minglab kompaniyalar soha mutaxassislarini izlamoqda.

🥺 Afsus men bilmayman deysizmi?

🤗 Endi siz ham ExcelDarsBot yordamida:

— O'zbek tilidagi yuqori sifatli bepul darslar;
— Sohaga oid fishka va life-hack'larni ekspertlar nazorati ostida o'rganasiz.

👉 Botga ulanish: @ExcelDarsBot
👍9🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

🚗 Haydovchisiz avto va uning atrofdagi statik va dinamik obyekt va subyektlarni aniqlash tizimiga ko‘ra qanday harakatlanishini ifodalovchi video tasvir.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍13🔥2😁1🤩1
#operatsion_tizim #software

🗑 Keraksiz dasturlarni tag-tugi bilan izsiz o‘chirish

Uninstall Tool — kompyuterga o‘rnatilgan keraksiz dasturlarni to‘liq o‘chirish, tizim komponentlari va Microsoft Store do‘konidagi ilovalarni o‘chirish uchun yordamchi dastur. Dasturiy ta’minot tarkibida kuchli qo‘shimcha vositalar: Мастер удаления (O‘chirish ustasi) va Монитор установки ПО (Dasturiy ta’minotlar o‘rnatilishi monitori) mavjud.

Монитор установки ПО funksiyasi dasturning kompyuterda o‘rnatilishini, shuningdek operatsion tizimdagi barcha o‘zgarishlarni kuzatishga yordam beradi. Dastur jarayonlarni kuzatish uchun yadro drayveri rejimidan foydalanadi.

Ushbu usul dasturni kompyuterga o‘rnatishning barcha parametrlarini to‘liq kuzatish imkonini beradi. Keyinchalik ushbu nazorat qiluvchi modul muayyan dasturga tegishli barcha ma’lumotlarning tizimdan to‘g‘ri o‘chirilishiga yordam beradi.

📎 Uninstall Tool v3.5.10.5670 dasturini yuklab olish.

📝 Manba: @computer_life

📌 P.S.: Operatsion tizim va drayverlar o‘rnatilishi bilan dastlab ushbu dasturni, keyin qolganlarini o‘rnatish maqsadga muvofiqdir!

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍151
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

☁️ Dekorativ levitatsiyali (muallaq turuvchi) bulut, texnologiyalar asrida nimalarni o‘ylab topishmaydi deysiz!

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍14
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #maslahat #smartfon

📱 Ko‘p sayohat qilishni xush ko‘ruvchilar uchun smartfon va uning g‘ilofi bilan bog‘liq layfxak.

ℹ️ Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍17
#operatsion_tizim #software

📺 Windows'da fayllarni tezkor oldindan ko‘rish

macOS operatsion tizimida faylni ochmasdan turib tarkibini oldindan ko‘rish uchun qulay Quick Look funksiyasi mavjud. Afsuski, Windows uchun qoida bo‘yicha bunday funksiya mavjud emas.

Bepul QuickLook yordamchi dasturi ushbu muammoning yechimidir. Ushbu dastur macOS'dagi kabi funksiyani Windows'ga qo‘shadi. U orqali deyarli har qanday fayllarni PROBEL klavishini bosgan holda oldindan ko‘rish mumkin.

Dastur yordamida siz rasmlar, hujjatlar, matnli fayllar, videolar, musiqalar va arxivlar tarkibini, ularni to‘liq ochish zaruratisiz tezkor ravishda ko‘rib chiqish mumkin. Agar oldindan ko‘rish panelida ENTER bosilsa, fayl o‘z dasturida ochiladi.

📝 Manba: @komputeer

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍8
#smartfon #android

AudioLab – keng imkoniyatlarni o‘zida mujassam etgan audio va video muharrir. Android 4.0+. Pro-versiya, rus tili qo‘shilgan.

📎
AudioLab v1.2.95 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

🏗 Lego faqat bolajonlarimiz uchun yaratilgan konstruktor deysizmi, u holda uning yordamida yasalgan ushbu transmissiya modeliga nima deysiz?

Lego'ni muhandislik va robototexnika asoslarini o‘zlashtirish uchun ishonchli texnologiyalardan biri, desak mubolag‘a bo‘lmasa kerak.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🔥12👍6😁21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya #game

🖥 FPS darajasining tasvir sifatiga ta’siri.

FPS - Frames Per Second (bir soniyadagi kadrlar soni).

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Kompyuteringizdagi “FPS” aslida nimaligini bilasizmi?
Windows'da FPS'ni ko‘rsatish uchun ichki o‘rnatilgan vositani faollashtirish
O‘yinlar tufayli kompyuterni eskirishdan qanday himoyalash mumkin?
Kompyuter qanday o‘yinlarni “ko‘tara olishini” aniqlaymiz
• O‘yinlar haqidagi mavzular, kompyuter dasturi va o‘yinlari hamda mobil ilova va o‘yinlar ro‘yxatini o‘zida jamlagan postimiz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍81
#excel

🖱⌨️ Excel'da satr va ustunlarni belgilash

Excel'da ishlayotganimizda ko‘pincha muayyan satr yoki ustunlarni butunlay belgilashimizga to‘g‘ri keladi. Buning uchun odatda biz sichqonchaning chap tugmasi yordamida satr raqami (1, 2, 3...) yoki ustun harfi (A, B, C...) ustiga bosamiz.

Biroq bu harakatlarni qaynoq klavishlar yordamida amalga oshirish mumkinligi haqida ko‘pchilikning xabari bo‘lmasligi mumkin. Kerakli yacheykada turgan holda u joylashgan ustunni to‘liq belgilash uchun CTRL + PROBEL birikmasi, satrni to‘liq belgilash uchun esa SHIFT + PROBEL birikmasi bosiladi.

📝 Manba: @computer_life

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🔥5👏4👍1
#internet

🎞 YouTube'dagi videodan GIF yaratish

Bugungi kunda video eng mashhur kontent turlaridan biri bo‘lib, YouTube uning eng katta ombori hisoblanadi. Kulgili videolar, tarixga oid ko‘rsatuvlar, xullas qanday videoni tomosha qilishni xush ko‘rishingizdan qat’i nazar, hech bo‘lmaganda bir marta bo‘lsa ham sizda o‘zingiz yoqtirgan parchadan animatsion GIF yaratish istagi yuzaga kelgan bo‘lishi aniq.

Videodan GIF yaratish uchun tavsiya etiluvchi qadamlar ketma-ketligi esa quyidagicha:

1️⃣. YouTube'dagi GIF-parcha yaratilishi lozim bo‘lgan videoga o‘ting va uning URL-manzilini nusxalab oling.

2️⃣. gifrun.com saytiga o‘ting va nusxalab olingan manzilni undagi matn kiritish maydoniga joylashtiring.

3️⃣. Ochilgan video muharrirda start surgichini kerakli joyga olib o‘tkazing va parchaning davomiyligini tanlang.

4️⃣. So‘ngra “CREATE GIF” tugmasini bosing.

Hosil bo‘lgan animatsiyani kompyuterga saqlash uchun “DOWNLOAD” tugmasini bosishgina qoladi. Xizmat bepul, ro‘yxatdan o‘tish zaruratisiz ishlaydi va GIF-tasviriga suvli belgini qo‘shmaydi.

📝 Manba: @bugfeature

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
YouTube'dan videoning muayyan parchasini yuklab olish mumkinmi?
YouTube'ga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍10👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

O‘quv kursida trener yoritayotgan murakkab mavzuni tez tushunib, qolgan tinglovchilardan o‘zib ketganingizda... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
😁24👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#word

🔍 Word'da matnni qo‘llanilgan formati bilan birgalikda izlash va almashtirish

Word'da matnni izlash va almashtirish funksiyasini, ehtimol, hamma bilsa kerak.
Lekin ushbu jarayonda nafaqat matnning o‘ziga, balki unga qo‘llanilgan formatga nisbatan ham yuzlanish mumkinligini hamma ham bilmasligi mumkin.

Masalan, kerakli so‘z faqat qizil qalin shrift bilan keltirilgan bo‘lsagina, almashtirishi kerak bo‘lgan holatda.

Avvalgi matn o‘rniga qo‘llaniluvchi yangi matnga nisbatan ham mos formatni: shrift, rangi, o‘lchami va boshqa zaruriy parametrlarni belgilab o‘tish mumkin.

📝 Manba: @office_killer

ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍7
Forwarded from IT specialist
#maslahat #security #internet

🔐 Parolingizni buzish qanchalik oson? Buni onlayn tekshirish yo‘li bor!

Ko‘pchilik saytlar, elektron pochta xizmatlari bizga imkon qadar murakkab parol tanlashimizni uqtirishadi. Bu bejiz emas – parol qanchalik sodda bo‘lsa, uni aniqlash, akkauntingizni buzib kirish shuncha oson kechadi-da.

Agar biror servis uchun tanlagan parolingiz qanchalik ishonchli ekanligini bilmoqchi bo‘lsangiz, "Kasperskiy laboratoriyasi" buni onlayn tarzda tekshirish imkonini taqdim etadi.

Buning uchun:

1. Quyidagi havola orqali o‘ting: https://password.kaspersky.com/ru/

2. Tekshirmoqchi bo‘lgan parolingizni "Test your password" maydonchasiga tering.

3. Tekshiruv natijasini ko‘ring.

Parolni terish maydonchasining pastida, uni buzish uchun oddiy kompyuterda qancha vaqt kerak bo‘lishi aks ettiriladi. Agarda bu ko‘rsatkich o‘n yildan kam bo‘lsa, uning o‘rniga boshqa – ishonchliroq parol tanlashni maslahat beramiz. Zero, saytda ko‘rsatilgani – parolingizni oddiy kompyuterda buzish uchun talab etiluvchi muddatdir; jiddiy qasd qilgan xakerlar esa uni bir necha kun ichida ham buza olishlari mumkin.

📝 DiMaX Terabayt.uz

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍14
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #maslahat

Windows reyestrida USB fleshkalar haqidagi ma’lumotlarni tozalash 🧹

Kompyuterga qachonlardir ulangan barcha USB xotira qurilmalari haqidagi ma’lumot tizim reyestrida saqlanadi. Agar kompyuterga turli model va ishlab chiqaruvchilarga tegishli ko‘p fleshkalar ulansa, vaqt o‘tishi bilan reyestrda juda ko‘p “axlat” to‘planib qoladi. Natijada esa yangi qurilmani aniqlash va ulash jarayoni ancha ko‘p vaqt talab etadi va tizimni qotib ishlashiga olib keladi.

Yechimi bitta. Vaqti-vaqti bilan ulanayotgan fleshkalar va boshqa USB xotira qurilmalari haqidagi ma’lumotlarni saqlovchi reyestr bo‘lim (раздел)larini tozalab turish lozim. Ushbu bo‘limlarning tozalanishi yangi USB qurilmalarning ulanishini va umuman tizimning ishlashini tezlashtirishda yordam beradi.

👉🏻 Batafsil...

• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍9
#internet

Turli avlodlarning qaysi ijtimoiy tarmoqlardan ko‘proq foydalanishi bo‘yicha AQShdagi tadqiqot natijalari, 2021-yil

📝 Manba: Flowing Data

ℹ️
Internet rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍12😁2