IT specialist
9.66K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Uzoq vaqt davomida atigi 5 qator kodning qanday yozilishini bilmay turganingiz kamlik qilganday, ba’zida dasturga tegishli kodning muayyan qismi bo‘yicha yechim miyaga yarim tunda kelib qolishi oqibatida uyqu qochib ketib, kunduzi uyqusirab yurasiz! 🥱

Yana dasturchilar g‘alatiroq xalq deb gapirib ham qo‘yishadi… 😏

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
😁15👍13
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Windows 10'ni mustaqil o'rnatishni o'rganamiz
#videodars / #windows

ℹ️ Windows 7'ni o'rnatish bo'yicha kichik videokursimizni oldinroq eʼlon qilgan edik. Biroq kursimizdan foydalanganlarda juda ko'p savollar va tushunmovchiliklar yuzaga keldi.

😎 Shularni hisobga olgan holda Windows 10'ni o'rnatish va sozlashni biroz kattaroq va to'liqroq kurs qilishga qaror qildik.

📃 Kurs tahminan quyidagi darslardan tashkil topadi (kichik o'zgarishlar bo'lishi mumkin):

1️⃣ Windows o'rnatishga oid savol javoblar

Ushbu videoni ko'rish orqali siz nega, qachon va qanday qilib windows o'rnatish kerakligi va h.k haqida beriladigan ko'pgina savollarga javob topasiz.

2️⃣ Windows'larning barcha turlari, redaksiyalari (Pro, LTSB va h.k) bilan tanishamiz. O'zimiz uchun Windows tanlaymiz!

Windows o'rnatishda kerakli Windows'ni qanday tanlashni o'rganamiz. Ultimate, Pro va b. versiyalarni o'zaro farqlarini bilib olamiz.

3️⃣ Katta hajmli fayllar (dastur, o'yin, kurslar va b) ni yuklash usullari (torrent, internet, telegram)

Tabiiyki Windows fayli ham ancha katta hajmga ega bo'ladi. Bu video orqali katta hajmli fayllarni yuklab olishni 3 usuli bilan tanishamiz.

4️⃣ Istalgan Windows (7/8/8.1/10) ni yuklash va fleshkaga yozishni 2 usuli!

Windows o'rnatish jarayonida muammolarga duch kelmaslik uchun windows'ni fleshkaga to'g'ri va to'liq yozish kerak bo'ladi.

5️⃣ Windows 10'ni o'rnatish

Windows'larni o'rnatish jarayoni deyarli hamma versiyalarida bir xil amalga oshiriladi.

6️⃣ Drayverlarni onlayn va oflayn yangilash. DriverPack dasturlari bilan ishlash.

Windows o'rnatib bo'lganimizdan keyin o'zimizga qulay qilib kichik sozlamalarni amalga oshiramiz. Drayverlarni yangilashni ham onlayn ham oflayn usullarini ko'rib chiqamiz. Bunda bir qancha "gigant" dasturlar bilan ham tanishamiz.

7️⃣ Dasturlarni avtomatik o'rnatuvchi dasturlar

Kompyuter ustalari kerakli dasturlarni bittalab o'rnatib chiqadi deb o'ylaysizmi? Ular BELOFF va Minstall kabi dasturlardan foydalanishadi 😉.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
👍11🔥3
#operatsion_tizim #hardware #internet

⌨️ Klaviaturada tezkor matn kiritish uchun Stamina xizmati

Bugungi kunda juda ko‘plab hajmdagi vazifalarimiz gadjetlar va ular orasidagi eng asosiysi shaxsiy kompyuterlar bilan bog‘liq, shuning uchun tez matn kiritishni bilish — juda muhim ko‘nikmadir!

Va agar siz hali ham matn kiritishda kerakli harfni topish uchun klaviaturaga qarab vaqt yo‘qotib kelayotgan bo‘lsangiz, demak Stamina Online xizmatini qo‘llab ko‘rishning ayni vaqtidir.

Probel klavishiga bosamiz va ekrandagi harflarni kiritamiz — keyinchalik so‘zlar ham boshlanadi. Bir necha daqiqadan so‘ng kiritiluvchi simvol (belgi)lar tugaydi va foydali statistikaga guvoh bo‘lasiz: kiritilgan belgilar soni, bir daqiqada kiritilgan belgilar soni va xatoliklar foizi.

Bu yerda eng asosiysi — muntazam mashg‘ulotlardir!

📝 Manba: @trojan_anonym

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Onlayn klaviatura trenajyorlari
Klaviaturaga qaramasdan tezkor matn kiritish ko‘nikmasini shakllantirish (Ratatype)
Raqobatlashish rejimini taqdim etuvchi klaviatura trenajyori (TypeRacer)
• Klaviatura bilan ishlashga oid mavzularni o‘ziga jamlagan postimiz
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🔥5👏2👍1
#bilasizmi #internet

🌐 Eng arzon va eng qimmat Internet

Eng arzon Internet – Suriyada ekanligi aniqlandi. 220 davlat va 3,356 provayderlarda olib borilgan yangi o‘rganishlarga ko‘ra Suriyada Internetdan bir oylik foydalanish huquqini 2,15 AQSh dollariga xarid qilish mumkin.

Eng qimmat Internet – Burundi (Sharqiy Afrikadagi davlat)da ekanligi aniqlandi, bu yerda undan foydalanish uchun bir oylik to‘lov 430 AQSh dollarini tashkil etishi ma’lum bo‘ldi.

ℹ️ Internet rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍16😱4🤬1
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #software

🧹 CCleaner Pro - Operatsion tizimni ortiqcha “axlatlar”dan tozalash uchun mo‘ljallangan. CCleaner o‘z ishi doirasida vaqtinchalik va foydalanilmayotgan fayllarni izlab topadi va o‘chiradi.

USHBU VERSIYA HAQIDA
🆚 Versiya: v5.77 Build 8521
🖥 OT: Windows
📀 Razryadlik: x86/x64
🇷🇺 Interfeys tili: Ruscha
🔑 Davolash: Talab etilmaydi

📎 CCleaner Pro v5.87 Build 9306 dasturini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Kompyuterda joy “o‘g‘irlab” yotgan fayllarni aniqlovchi 3 dastur
CCleaner’ning foydali 6 ta imkoniyati
CCleaner mobil ilovasi

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍6
Forwarded from IT specialist
#test #excel

Rasmda ko‘rsatilgan yacheykalarni avtoto‘ldirish (kichik kvadrat nuqtachani ushlab turib pastga qarab tortish)da yuzaga keluvchi belgidan qanday maqsadda foydalaniladi? (javob variantlari navbatdagi postda👇🏻)
👍6
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #texnologiya

🖨 3D-chop etish texnologiyalari ajratib bo‘lmaydigan modulli parametrik sirtlarni yaratish imkonini taqdim etadi, ularni ishlab chiqarish ilgari mumkin emas edi.

📌 P.S.: Postning yuqorisida keltirilgan heshteglar ustiga bosish orqali kanalimizda bundan ilgari ulashilgan shu kabi boshqa qiziqarli postlarimizga o‘tishingiz mumkin.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍9😁1
Forwarded from IT specialist
#mulohaza_uchun

Xato qilishdan qo'rqmang

Biz o‘z ishimizni benuqson bajarishga, eng aniq natijalarga erishishga intilamiz. Ammo ba’zida idealga intilib, eng qiziqarli narsalardan mahrum bo‘lish xavfi bor. Tadqiqotchilar o‘z yo‘nalishidan chetlashganida qancha muhim kashfiyotlar qilinganligini eslab ko‘ring. Kolumb Amerikani kashf etdi, bunda u Hindiston qirg‘og‘iga qadam qo‘ydim deb to‘liq ishongan. Fleming tartibsizligi va yuvilmagan Petri idishlari tufayli penitsillinni kashf etgani bois Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Siz ko‘zlagan maqsadingizga erisha olmasligingiz mumkin, lekin
o‘zingizning harakatlaringizda ham, ularni baholashda ham o‘zingizga biroz ko‘proq erkinlik berib, xatolaringiz va muvaffaqiyatsizliklaringizdagi alohida muhim jihatlarni farqlay bilasiz.

💭 Xatoliklar iste’dod (talant)ning rivojlanishiga zamin yaratadi.

Har safar tasodifan qoqilganingizda, miyangiz xatoni tuzatish uchun zo‘r berib ishlashni boshlaydi. Xatolar qilish va ularni tuzatish jarayoni o‘z-o‘zidan juda ijodiydir va qobiliyatlaringizning odatiy chegaralaridan chiqib ketishga imkon beradi. Iste’dod ham odatda aynan o‘sha yerda yashiringan bo‘ladi. Belgilangan maqsadingiz sari odimlang, ammo agar to‘satdan yo‘lda adashganingizni sezib qolsangiz, darhol orqaga yurishga shoshmang, avval atrofga nazar soling, ehtimol aynan shu (adashib kirib qolingan) yo‘lda siz biror yangi va qiziqarli narsani kashf eta olarsiz...

📝 Manba: @goodbiznes

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🔥6👍2
Forwarded from IT specialist
#telegram #telegramda_kanal_yuritish #telegramda_guruh_yuritish

Yuborilgan xabarlarning umumiy miqdori qanday aniqlanadi? 🤔

Ba’zida biror guruh, kanal yoki shaxsiy yozishmalarda qancha xabar yozilganini bilish sizga qiziq tuyulishi mumkin, biroq har bir xabar yoki postni bittalab sanash, tabiiyki, variant emas. Bunday holatda quyidagicha yo‘l tutish maqsadga muvofiq:

Guruh / kanal / shaxsiy yozishmalardagi qidiruv maydoniga o‘tib, “-“ (chiziqcha) belgisini kiriting, shunda xabarlarning umumiy miqdorini ko‘rish mumkin bo‘ladi.

📋 Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍13👎1👏1
Forwarded from IT specialist
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Frontend Backend'ga nisbatan tezroq yaratilganida... 🙄

ℹ️ Kanalda Frontend va Backend mavzularida bundan ilgari ulashilgan postlar bilan tanishing: 1️⃣ | 2️⃣ | 3️⃣ | 4️⃣ | 5️⃣ | 6️⃣ | 7️⃣ | 8️⃣

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
😁23👍5🤔4
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Dasturiy mahsulotni mijozga topshirish vaqtida yuzaga kelgan kichik xatolikni uning qarshisida bartaraf etaman degan paytingda... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
😁20👍6🤯4🔥1👏1
Forwarded from IT specialist
#excel

Sparklaynlar 📊

Sparklayn (Спарклайн) – bu bitta yacheykaga joylashishi mumkin bo‘lgan kichik diagrammadir. O‘zining ixchamligi tufayli ular katta ma’lumotlar to‘plamlaridagi umumiy qonuniyatlarni aniq va ta’sirchan tarzda ko‘rsatib beradi.

Sparklaynlarning uch turi mavjud:
Grafik (График) – grafik ko‘rinishidagi diagramma bilan o‘xshash;
Gistogramma (Гистограмма) – xuddu oddiy gistogramma kabi;
Yutish/yutqazish (Выигрыш/проигрыш) – barcha ma’lumotlarni ikki turga: manfiy (salbiy) va musbat (ijobiy)ga bo‘ladi.

— 1-qadam
Sparklayn uchun ma’lumotlar diapazonini belgilang.
Menyu satrining Вставка varaqa (вкладка)sida Спарклайны tugmasi ustiga bosing va kerakli turini tanlang.

— 2-qadam
Listda sparklaynni joylashtirish uchun yacheyka yoki diapazonni tanlang.
ОК tugmasini bosing.

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
7
Forwarded from IT specialist
#word #excel #powerpoint

Ekranda ochilib turgan hujjat oynalari o‘rtasida tezkor o‘tish ↔️

Bir vaqtning o‘zida bir nechta Word hujjatlari bilan ishlash oson emas.

Oynalar o‘rtasida o‘tishda noqulay hisoblangan ALT + TAB klavishlari birikmasini qo‘llagandan ko‘ra, CTRL + F6 birikmasidan foydalanganingiz ma’qulroqdir.

Siz bu orqali (ALT + TAB bilan bo‘lgandagi kabi) ortiqcha animatsiyalarsiz va ishingizdan chalg‘imagan holda hujjatlar keltirilgan oynalar o‘rtasida o‘tishingiz mumkin.

Darvoqe, ushbu funksiya hujjat oynalari butun ekranni egallaydigan qilib ochilmagan taqdirda ham ishlaydi.

📌 P.S.: Ushbu keltirilgan tavsiyamiz Microsoft Office paketining Excel va PowerPoint dasturlari uchun ham o‘rinlidir.

ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
• Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
• Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Buyruq satri (Командная строка)da qo‘llash mumkin bo‘lgan buyruqlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari
YouTube qaynoq klavishlari
Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
“СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
Punto Switcher dasturi
Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha
Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍8🔥1
Forwarded from IT specialist
#mulohaza_uchun #it_humor #operatsion_tizim

Operatsion tizimdagi jarayonni “o‘ldirish” borasida sisadminlar qanday yo‘l tutadi… 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
😁29👍2👎2🔥2👏2
Forwarded from IT specialist
#bilasizmi #muvaffaqiyatli_insonlar

☝🏻 Ilon Mask juda ajoyib xarakter egasi ekan

Ilon Maskning hozirda sayyoramizning eng boy biznes vakillari ro‘yxatida Djeff Bezos bilan yuqori o‘rinlarni zabt etish bo‘yicha bellashayotgani barchaga ma’lum va mashhurdir.

2 yilda bitadigan loyihani matbuotda hammaga 1 yilda yakuniga yetkazamiz deb va’da berib, xodimlariga 6 oyda bitirasizlar, der ekan.

Korxonasidagi mayda detalgacha nazorat qilib, xatto polga axlat to‘kilib qolgan bo‘lsa ham oʻzi supurib olar ekan.

2009-yil butun dunyo bo‘ylab krizis hukmronlik surgan mahalda mashinalari, uylarini sotib, kompaniyasiga tikib, qaynotasining yerto‘lasiga ko‘chib oʻtmoqchi boʻlgan ekan.

Loyihalar muvaffaqiyatli tugagach, butun jamoasi bilan ishxonadagi kompyuterlarda Counter Strike oʻynab, yotib qolishgan ekan.

Oʻzining bizneslari (SpaseX, Tesla, Solarcity) bo‘yicha gʻoyalarni oʻzi oʻylab topmagan boʻlsa ham, muhandislar unga aqlga sigʻmas gʻoyalar bilan kelishganida yoʻq demay pul tikavergan ekan.

📌 P.S.: Boshqa biznes olami vakillaridan uning asosiy farqi, oʻta talabchanligi va juda koʻp oʻqishi boʻlsa kerak.

📝 Manba: @z_gulyamoff

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🔥18👍8👏2
📗 Excel bilan yuqori maoshli ish kafolatlangan!

⚡️ Hozirning o'zida minglab kompaniyalar soha mutaxassislarini izlamoqda.

🥺 Afsus men bilmayman deysizmi?

🤗 Endi siz ham ExcelDarsBot yordamida:

— O'zbek tilidagi yuqori sifatli bepul darslar;
— Sohaga oid fishka va life-hack'larni ekspertlar nazorati ostida o'rganasiz.

👉 Botga ulanish: @ExcelDarsBot
👍9🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

🚗 Haydovchisiz avto va uning atrofdagi statik va dinamik obyekt va subyektlarni aniqlash tizimiga ko‘ra qanday harakatlanishini ifodalovchi video tasvir.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍13🔥2😁1🤩1
#operatsion_tizim #software

🗑 Keraksiz dasturlarni tag-tugi bilan izsiz o‘chirish

Uninstall Tool — kompyuterga o‘rnatilgan keraksiz dasturlarni to‘liq o‘chirish, tizim komponentlari va Microsoft Store do‘konidagi ilovalarni o‘chirish uchun yordamchi dastur. Dasturiy ta’minot tarkibida kuchli qo‘shimcha vositalar: Мастер удаления (O‘chirish ustasi) va Монитор установки ПО (Dasturiy ta’minotlar o‘rnatilishi monitori) mavjud.

Монитор установки ПО funksiyasi dasturning kompyuterda o‘rnatilishini, shuningdek operatsion tizimdagi barcha o‘zgarishlarni kuzatishga yordam beradi. Dastur jarayonlarni kuzatish uchun yadro drayveri rejimidan foydalanadi.

Ushbu usul dasturni kompyuterga o‘rnatishning barcha parametrlarini to‘liq kuzatish imkonini beradi. Keyinchalik ushbu nazorat qiluvchi modul muayyan dasturga tegishli barcha ma’lumotlarning tizimdan to‘g‘ri o‘chirilishiga yordam beradi.

📎 Uninstall Tool v3.5.10.5670 dasturini yuklab olish.

📝 Manba: @computer_life

📌 P.S.: Operatsion tizim va drayverlar o‘rnatilishi bilan dastlab ushbu dasturni, keyin qolganlarini o‘rnatish maqsadga muvofiqdir!

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍151
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

☁️ Dekorativ levitatsiyali (muallaq turuvchi) bulut, texnologiyalar asrida nimalarni o‘ylab topishmaydi deysiz!

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍14