IT specialist
9.65K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#smartfon #android #game

🧩 Machinarium — robotlarning ma’yus dunyosiga oid eski uslubdagi chiroyli grafika bilan yondashilgan boshqotirmali ajoyib sarguzasht o‘yin. Android 4.1+. Barchasi blokdan chiqarilgan.

📎 Machinarium v3.1.2 mobil o‘yinini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• O‘yinlar haqidagi mavzular, kompyuter dasturi va o‘yinlari hamda mobil ilova va o‘yinlar ro‘yxatini o‘zida jamlagan postimiz
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍9🔥6👎2
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#excel

🧾 Bir yacheykadagi jumlada joylashgan bir nechta so'zlarning har birini ustunlar bo'ylab yoyish (Текст по столбцам) va transponirlash (Транспонирование) vositalaridan foydalanish

Telegram'dagi "Microsoft Excel" kanali obunachilarining savoliga javob tariqasida yacheyka(lar)ning qiymatlarini bir nechta ustunlarga bo'lish imkonini beruvchi Текст по столбцам vositasidan foydalanishni ushbu videoda ko'rsatib o'tgan 🎞👆.

Shu bilan birga Специальная вставка muloqot oynasining Транспонирование opsiyasi nusxalab o'tkazilayotgan diapazondagi satr va ustunlarning o'rnini almashtirish imkonini berishi haqida ham alohida ko'rsatma berilgan, bunda satrlar ustunlarga, ustunlar esa – satrlarga aylanadi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Matnni ustunlar bo‘ylab qanday ajratish mumkin
Jadvalni funksiya yordamida transponirlash
• Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍14
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #hardware #IT_humor

🖥 Menga ikkita displey (monitor) nima uchun kerakligini so‘rashganida... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
😁26👍8
#operatsion_tizim

⌨️ Windows (WIN) klavishi bilan bog‘liq foydali kombinatsiyalar to‘plami (2-qism)

👉🏻 Ushbu ro‘yxatning 1-qismi.

WIN + Z – Ilovada to‘liq ekranli rejimda faollashtirilishi mumkin bo‘lgan buyruqlarni ko‘rsatish;
WIN + "." | WIN + ";" – Emodzi panelini ishga tushirish;
WIN + "," – Ish stoli namoyishini vaqtinchalik faollashtirish;
WIN + PAUSE“Свойства системы” oynasini ochish;
WIN + CTRL + F – Kompyuterlar va tarmoqlarni izlash;
WIN + 1…9 – Vazifalar paneliga biriktirilgan dastur yoki xizmatga joylashuvidagi tartib raqami bilan mos ravishda murojaat etish/ishga tushirish;
WIN + SHIFT + 1…9 – Vazifalar paneliga biriktirilgan dastur yoki xizmatning joylashgan tartib raqami bilan mos ravishda murojaat etib, uning yana bir nusxasini ishga tushirish;
WIN + CTRL + 1…9 – Vazifalar paneliga biriktirilgan dastur yoki xizmatning joylashgan tartib raqami bilan mos ravishda murojaat etib, dastur/xizmatning so‘nggi faol oynasiga o‘tish;
WIN + ALT + 1…9 – Vazifalar paneliga biriktirilgan dastur yoki xizmatning joylashgan tartib raqami bilan mos ravishda murojaat etib, dastur/xizmat uchun so‘nggi harakatlar ro‘yxati (kontekstli menyusi)ni ochish (dastur/xizmat belgisi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosgandagi kabi);
WIN + CTRL + SHIFT + 1…9 – Vazifalar paneliga biriktirilgan dastur yoki xizmatning joylashgan tartib raqami bilan mos ravishda murojaat etib, uning yana bir nusxasini administrator nomidan ishga tushirish;
WIN + TAB – Ochilib turgan dastur va oynalarning umumiy namoyishini ishga tushirish;←↑→↓
WIN + ↑/↓ – Oynani butun ekranga yoyish/kichikroq holiga keltirish/vazifalar paneliga tushirish;
WIN + ←/→ – Oynani ekranning chap/o‘ng yarmiga joylashtirish;
WIN + HOME – Joriy oynadan boshqa barcha oynalarni vazifalar paneliga tushirish, yoki barcha tushirilgan oynalarni joyiga qaytarish;
WIN + SHIFT + ↑ – Oynani ekranning yuqori va pastki chetiga qadar kengaytirish;
WIN + SHIFT + ↓ – Faol oynalarni ekranga yoyish yoki avvalgi kengligini saqlagan holda vertikal bo‘yicha vazifalar paneliga olish;
WIN + SHIFT + ←/→ – Dastur yoki oynani bir monitordan boshqasiga o‘tkazish;
WIN + PROBEL – Klaviaturadan kiritish tili va raskladkasini o‘zgartirish;
WIN + CTRL + ПРОБЕЛ – Avvalgi tanlangan kiritish tiliga qaytish;
WIN + CTRL + ENTER“Экранный диктор”ni ishga tushirish;
WIN + "+"“Экранная лупа”ni ishga tushirish.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
• Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar 1-qism | 2-qism | 3-qism
Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Buyruq satri (Командная строка)da qo‘llash mumkin bo‘lgan buyruqlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari
YouTube qaynoq klavishlari
Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Operatsion tizim rukni ostida joylashtirilgan qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🔥5👍4🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Web dasturlashga endigina kirishgan tajribasiz foydalanuvchiga “HTML – bu dasturlash tili” deb aytishganida... 🙄

📌 P.S.: “Tushungan tushundi” ruknidan! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
😁17👍2👏1
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim

⌨️ Проводник (Этот компьютер, Мой компьютер) oynasini ikki klavishani bosish orqali ishga tushiramiz

Biz Проводник oynasidan tez-tez foydalanamiz. Windows 10'da bu oyna ko‘pincha ishchi stolidagi Этот компьютер belgisi orqali ekranga chaqiriladi, bu belgi qoida bo‘yicha ishchi stolida joylashmagan bo‘ladi, uni Рабочий стол'ga joylashtirish haqidagi tavsiyamiz bilan tanishishingiz mumkin.

Проводник oynasini ekranga chaqirish uchun har doim sichqoncha bilan ovora bo‘lib o‘tirmasdan. ikki klavishlar birikmasini eslab qolish ishimizni ancha tezlashtirishi mumkin: WIN + E.

Bu usulning afzalligi shundaki, vazifalar panelidagi Пуск menyusiga murojaat etish yoki ishchi stoliga o‘tish uchun barcha ochilib turgan oynalarni vazifalar paneliga tushirish uchun sichqonchani o‘nlab marotaba bosib o‘tirishga hojat bo‘lmaydi.

📝 Manba: @computer_life

📌 P.S.: WIN + E orqali ochiluvchi oynani Этот компьютер belgisi orqali ochiluvchi oyna bilan bir xil ko‘rinishga keltirish uchun, ushbu postimizdagi ko‘rsatmalarga amal qilishni tavsiya etamiz.

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

🏗 Lego konstruktori vs. tubsizlik yoxud muhandislik asoslari 😉

📌 P.S.: Bu borada ilgari ulashilgan post.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍16🤩5🔥3👏2👎1😁1
#internet

🎞📥 YouTube'dan videoning muayyan parchasini yuklab olish mumkinmi?

Agar YouTube'dagi uzun videodan qisqa parchani yuklab olishingiz kerak bo‘lsa, nima qilasiz? Katta ehtimol bilan siz ushbu videoni to'liq yuklab olasiz, keyin qurilmangizdagi maxsus dasturiy ta’minot yordamida kerakli qismini kesib olasiz. Ushbu vaziyatga boshqacha yondashib, kerakli parchani darhol yuklab olishingiz mumkin.

Kapwing – bu tasvirlar, videolar va GIF'larni yaratish va boshqarish uchun universal platformani ta’minlovchi yuqori samarali veb-xizmatdir. Agar sizda ishonchli Internet aloqasi mavjud bo‘lsa, unda istalgan joydagi istalgan qurilma yordamida ishlash sizga juda qulay bo‘ladi.

Kerakli parchani yuklab olish uchun:

1️⃣. Kerakli video rolikka bo‘lgan YouTube havolasini nusxalab oling.

2️⃣. Xizmat saytiga o‘ting, “Start editing” tugmasiga bosing va videoga tegishli havolani “Paste an image or video URL” maydoniga joylashtiring.

3️⃣. Onlayn video muharrir ishga tushiriladi. U brauzerning o‘zidan turib videoga ishlov berish bo‘yicha ko‘plab foydali uskunalarni o‘z ichiga oladi.

4️⃣. Ekranning pastki qismidagi yo‘lakchadan kerakli parchani kesib oling va “Export Video” nomli yashil tugma ustiga bosing.

Ishlov berish jarayoni tugallanganidan so‘ng faylni kompyuterga yuklab olish mumkin bo‘ladi. Xizmat bepul ishlaydi, ro‘yxatdan o‘tilgandan so‘ng 3 ta videoni suv belgisisiz eksport qilish mumkin. Bu kabi xizmatlardan cheklovlarsiz foydalanish uchun ushbu postdagi Mail.tm bir martalik anonim elektron pochtasidan foydalanish tavsiya etiladi.

📝 Manba: @bugfeature

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
YouTube'ga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍13👎1
Forwarded from IT specialist
#telegram #rasm_bilan_ishlash #bilasizmi

Telegram yordamida istalgan videodan osongina usulda GIF yasaymiz 🎞

Messenjerlar davrida onlayn muloqotlarda GIF-animatsiyalar ham emodzilar darajasiga chiqqan. Harakatlanuvchi suratlar kishilar uchun o‘zini namoyon etish, hissiyotlarini ifodalash vositasiga aylangan.

To‘liq nomi Graphics Interchange Format bo‘lgan ushbu formatdagi fayllarni harakatli rasm yoki ovozsiz qisqa video deyish ham mumkin. Garchi oxirgi bir necha yil mobaynida ommalashgan bo‘lsa-da, bu format ancha eski – 1987 yili ishlab chiqilgan. Bu turdagi rasm sifatini yo‘qotmagan holda siqilgan ma’lumotlarni o‘zida saqlay oladi, faqat 256 rangda.

Xo‘sh, to‘laqonli videorolikni qay tariqa GIF-faylga – animatsiyali, lekin ovozsiz rasmga aylantirish mumkin? Bunda bizga aksariyatga sevimli bo‘lgan Telegram messenjeri yordam beradi. Ushbu ilovaga videorolikni GIF-animatsiyaga transformatsiya qilish imkoni ham qo‘shilgan.

Buning uchun quyidagi amallarni bajarish kifoya:

1️⃣. Istalgan bir chatda jo‘natish uchun kerakli videofaylni tanlang.

2️⃣. Yuborishdan oldin chiquvchi rolikni tahrirlash oynasida ovoz belgichasi ustiga bosing (rasmda ko‘rsatilgan 👇🏻).

3️⃣. Bo‘ldi, uni yuborsangiz, ovoz yo‘lakchasi olib tashlanadi va rolik GIF formatida jo‘natiladi.

Agarda biror videoni kimgadir yuborish uchun emas, shunchaki o‘zingiz uchun GIF-animatsiyaga aylantirib saqlab qo‘ymoqchi bo‘lsangiz, yuqoridagi usulda uni o‘zingizga – “Избранное” bulutli papkasiga yuborsangiz ham bo‘ladi.

📝 DiMaX @terabaytuz

📋 Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍11🤬1
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Uzoq vaqt davomida atigi 5 qator kodning qanday yozilishini bilmay turganingiz kamlik qilganday, ba’zida dasturga tegishli kodning muayyan qismi bo‘yicha yechim miyaga yarim tunda kelib qolishi oqibatida uyqu qochib ketib, kunduzi uyqusirab yurasiz! 🥱

Yana dasturchilar g‘alatiroq xalq deb gapirib ham qo‘yishadi… 😏

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
😁15👍13
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Windows 10'ni mustaqil o'rnatishni o'rganamiz
#videodars / #windows

ℹ️ Windows 7'ni o'rnatish bo'yicha kichik videokursimizni oldinroq eʼlon qilgan edik. Biroq kursimizdan foydalanganlarda juda ko'p savollar va tushunmovchiliklar yuzaga keldi.

😎 Shularni hisobga olgan holda Windows 10'ni o'rnatish va sozlashni biroz kattaroq va to'liqroq kurs qilishga qaror qildik.

📃 Kurs tahminan quyidagi darslardan tashkil topadi (kichik o'zgarishlar bo'lishi mumkin):

1️⃣ Windows o'rnatishga oid savol javoblar

Ushbu videoni ko'rish orqali siz nega, qachon va qanday qilib windows o'rnatish kerakligi va h.k haqida beriladigan ko'pgina savollarga javob topasiz.

2️⃣ Windows'larning barcha turlari, redaksiyalari (Pro, LTSB va h.k) bilan tanishamiz. O'zimiz uchun Windows tanlaymiz!

Windows o'rnatishda kerakli Windows'ni qanday tanlashni o'rganamiz. Ultimate, Pro va b. versiyalarni o'zaro farqlarini bilib olamiz.

3️⃣ Katta hajmli fayllar (dastur, o'yin, kurslar va b) ni yuklash usullari (torrent, internet, telegram)

Tabiiyki Windows fayli ham ancha katta hajmga ega bo'ladi. Bu video orqali katta hajmli fayllarni yuklab olishni 3 usuli bilan tanishamiz.

4️⃣ Istalgan Windows (7/8/8.1/10) ni yuklash va fleshkaga yozishni 2 usuli!

Windows o'rnatish jarayonida muammolarga duch kelmaslik uchun windows'ni fleshkaga to'g'ri va to'liq yozish kerak bo'ladi.

5️⃣ Windows 10'ni o'rnatish

Windows'larni o'rnatish jarayoni deyarli hamma versiyalarida bir xil amalga oshiriladi.

6️⃣ Drayverlarni onlayn va oflayn yangilash. DriverPack dasturlari bilan ishlash.

Windows o'rnatib bo'lganimizdan keyin o'zimizga qulay qilib kichik sozlamalarni amalga oshiramiz. Drayverlarni yangilashni ham onlayn ham oflayn usullarini ko'rib chiqamiz. Bunda bir qancha "gigant" dasturlar bilan ham tanishamiz.

7️⃣ Dasturlarni avtomatik o'rnatuvchi dasturlar

Kompyuter ustalari kerakli dasturlarni bittalab o'rnatib chiqadi deb o'ylaysizmi? Ular BELOFF va Minstall kabi dasturlardan foydalanishadi 😉.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
👍11🔥3
#operatsion_tizim #hardware #internet

⌨️ Klaviaturada tezkor matn kiritish uchun Stamina xizmati

Bugungi kunda juda ko‘plab hajmdagi vazifalarimiz gadjetlar va ular orasidagi eng asosiysi shaxsiy kompyuterlar bilan bog‘liq, shuning uchun tez matn kiritishni bilish — juda muhim ko‘nikmadir!

Va agar siz hali ham matn kiritishda kerakli harfni topish uchun klaviaturaga qarab vaqt yo‘qotib kelayotgan bo‘lsangiz, demak Stamina Online xizmatini qo‘llab ko‘rishning ayni vaqtidir.

Probel klavishiga bosamiz va ekrandagi harflarni kiritamiz — keyinchalik so‘zlar ham boshlanadi. Bir necha daqiqadan so‘ng kiritiluvchi simvol (belgi)lar tugaydi va foydali statistikaga guvoh bo‘lasiz: kiritilgan belgilar soni, bir daqiqada kiritilgan belgilar soni va xatoliklar foizi.

Bu yerda eng asosiysi — muntazam mashg‘ulotlardir!

📝 Manba: @trojan_anonym

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Onlayn klaviatura trenajyorlari
Klaviaturaga qaramasdan tezkor matn kiritish ko‘nikmasini shakllantirish (Ratatype)
Raqobatlashish rejimini taqdim etuvchi klaviatura trenajyori (TypeRacer)
• Klaviatura bilan ishlashga oid mavzularni o‘ziga jamlagan postimiz
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🔥5👏2👍1
#bilasizmi #internet

🌐 Eng arzon va eng qimmat Internet

Eng arzon Internet – Suriyada ekanligi aniqlandi. 220 davlat va 3,356 provayderlarda olib borilgan yangi o‘rganishlarga ko‘ra Suriyada Internetdan bir oylik foydalanish huquqini 2,15 AQSh dollariga xarid qilish mumkin.

Eng qimmat Internet – Burundi (Sharqiy Afrikadagi davlat)da ekanligi aniqlandi, bu yerda undan foydalanish uchun bir oylik to‘lov 430 AQSh dollarini tashkil etishi ma’lum bo‘ldi.

ℹ️ Internet rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍16😱4🤬1
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #software

🧹 CCleaner Pro - Operatsion tizimni ortiqcha “axlatlar”dan tozalash uchun mo‘ljallangan. CCleaner o‘z ishi doirasida vaqtinchalik va foydalanilmayotgan fayllarni izlab topadi va o‘chiradi.

USHBU VERSIYA HAQIDA
🆚 Versiya: v5.77 Build 8521
🖥 OT: Windows
📀 Razryadlik: x86/x64
🇷🇺 Interfeys tili: Ruscha
🔑 Davolash: Talab etilmaydi

📎 CCleaner Pro v5.87 Build 9306 dasturini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Kompyuterda joy “o‘g‘irlab” yotgan fayllarni aniqlovchi 3 dastur
CCleaner’ning foydali 6 ta imkoniyati
CCleaner mobil ilovasi

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍6
Forwarded from IT specialist
#test #excel

Rasmda ko‘rsatilgan yacheykalarni avtoto‘ldirish (kichik kvadrat nuqtachani ushlab turib pastga qarab tortish)da yuzaga keluvchi belgidan qanday maqsadda foydalaniladi? (javob variantlari navbatdagi postda👇🏻)
👍6
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #texnologiya

🖨 3D-chop etish texnologiyalari ajratib bo‘lmaydigan modulli parametrik sirtlarni yaratish imkonini taqdim etadi, ularni ishlab chiqarish ilgari mumkin emas edi.

📌 P.S.: Postning yuqorisida keltirilgan heshteglar ustiga bosish orqali kanalimizda bundan ilgari ulashilgan shu kabi boshqa qiziqarli postlarimizga o‘tishingiz mumkin.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍9😁1
Forwarded from IT specialist
#mulohaza_uchun

Xato qilishdan qo'rqmang

Biz o‘z ishimizni benuqson bajarishga, eng aniq natijalarga erishishga intilamiz. Ammo ba’zida idealga intilib, eng qiziqarli narsalardan mahrum bo‘lish xavfi bor. Tadqiqotchilar o‘z yo‘nalishidan chetlashganida qancha muhim kashfiyotlar qilinganligini eslab ko‘ring. Kolumb Amerikani kashf etdi, bunda u Hindiston qirg‘og‘iga qadam qo‘ydim deb to‘liq ishongan. Fleming tartibsizligi va yuvilmagan Petri idishlari tufayli penitsillinni kashf etgani bois Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Siz ko‘zlagan maqsadingizga erisha olmasligingiz mumkin, lekin
o‘zingizning harakatlaringizda ham, ularni baholashda ham o‘zingizga biroz ko‘proq erkinlik berib, xatolaringiz va muvaffaqiyatsizliklaringizdagi alohida muhim jihatlarni farqlay bilasiz.

💭 Xatoliklar iste’dod (talant)ning rivojlanishiga zamin yaratadi.

Har safar tasodifan qoqilganingizda, miyangiz xatoni tuzatish uchun zo‘r berib ishlashni boshlaydi. Xatolar qilish va ularni tuzatish jarayoni o‘z-o‘zidan juda ijodiydir va qobiliyatlaringizning odatiy chegaralaridan chiqib ketishga imkon beradi. Iste’dod ham odatda aynan o‘sha yerda yashiringan bo‘ladi. Belgilangan maqsadingiz sari odimlang, ammo agar to‘satdan yo‘lda adashganingizni sezib qolsangiz, darhol orqaga yurishga shoshmang, avval atrofga nazar soling, ehtimol aynan shu (adashib kirib qolingan) yo‘lda siz biror yangi va qiziqarli narsani kashf eta olarsiz...

📝 Manba: @goodbiznes

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🔥6👍2
Forwarded from IT specialist
#telegram #telegramda_kanal_yuritish #telegramda_guruh_yuritish

Yuborilgan xabarlarning umumiy miqdori qanday aniqlanadi? 🤔

Ba’zida biror guruh, kanal yoki shaxsiy yozishmalarda qancha xabar yozilganini bilish sizga qiziq tuyulishi mumkin, biroq har bir xabar yoki postni bittalab sanash, tabiiyki, variant emas. Bunday holatda quyidagicha yo‘l tutish maqsadga muvofiq:

Guruh / kanal / shaxsiy yozishmalardagi qidiruv maydoniga o‘tib, “-“ (chiziqcha) belgisini kiriting, shunda xabarlarning umumiy miqdorini ko‘rish mumkin bo‘ladi.

📋 Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍13👎1👏1
Forwarded from IT specialist
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Frontend Backend'ga nisbatan tezroq yaratilganida... 🙄

ℹ️ Kanalda Frontend va Backend mavzularida bundan ilgari ulashilgan postlar bilan tanishing: 1️⃣ | 2️⃣ | 3️⃣ | 4️⃣ | 5️⃣ | 6️⃣ | 7️⃣ | 8️⃣

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
😁23👍5🤔4