IT specialist
9.65K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
Forwarded from IT specialist
#internet

Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari (горячие клавиши)

Ushbu oddiy kombinatsiyalarni o‘zlashtirgan holda siz Internetda odatdagidek vaqtingizni sarflashingiz mumkin, lekin ko‘prog‘iga ulgurasiz! Tarmoqdagi qariyb barcha biz uchun odatiy bo‘lgan jarayonlarni bor yo‘g‘i bir juft klavishalar yordamida amalga oshirish mumkin.

Kanalimiz qimmatli vaqtingizni tejashni maqsad qilgan holda sizga ushbu klavishalar kombinatsiyalarini tanishtiradi.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️ Internet rukni ostidagi qolgan barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍15🔥2👏1
#mulohaza_uchun #salomatlik

🍀 Sog‘lom turmush tarzining olti muhim sharti. Ular nimalardan iborat?

Sog‘lom turmush tarzining olti muhim sharti. Ular nimalardan iborat?
— Olimlarning fikricha, sog‘lom turmush tarzi olti asosiy shartga amal qilishga asoslanadi, — deydi Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi direktori Barno Odilova. — Ulardan birinchisi, to‘g‘ri ovqatlanish bo‘lib, kundalik iste’mol qilinadigan oziq-ovqatlarni organizmning fiziologik, biologik talablari asosida tanlash va iste’mol qilishdir.

To‘g‘ri ovqatlanish shunday tashkil etilishi kerakki, u o‘zining fizik, kimyoviy hamda biologik xususiyatlari bilan inson tanasiga og‘irlik qilmasin, aksincha, tez va oson hazm bo‘lib, organizmni kerakli ozuqaviy moddalar bilan ta’minlasin.

Ikkinchi shartdoimo harakatda bo‘lish. Kishi kundalik hayotda jismoniy mashqlar, sport o‘yinlari, badanni chiniqtiruvchi muolajalar bilan ko‘proq shug‘ullansa, organizmdagi fiziologik, biologik jarayonlar faollashadi. Natijada, kayfiyat ko‘tarilib, ishchanlik qobiliyati ortadi. Shubhasiz, bu salomatlikni mustahkamlashda muhim ahamiyatga egadir.

Uchinchi shartkun tartibi va ishni biologik rejim asosida tashkil qilish. Koinotda tabiiy hodisalar ma’lum bir tartib asosida takrorlanadi. Xususan, quyoshning har kun ma’lum vaqtda chiqishi va botishi, yil fasllarining har yili takrorlanishi tabiatdagi barcha harakatlar ma’lum bir tartibga bo‘ysunishidan dalolatdir. Va inson ham bundan mustasno emas.

Misol uchun, inson tanasidagi faollik kunduzi ortadi, kechasi susayadi. Shu bois ham ish kuni, dam olish vaqti to‘g‘ri rejalashtirilgan bo‘lishi kerak.

To‘rtinchi shartruhiy osoyishtalikni ta’minlash. Ma’lumki, bizning tanamiz, ichki a’zolar faoliyati asab tizimiga bevosita daxldor. Ularning me’yoriy faoliyati ruhiy holatimiz, kayfiyatimizni belgilaydi. Shu ma’noda huda-behudaga jizzakilik qilmay, yaxshi narsalar haqida o‘ylab, oqilona fikrlash, yomonliklardan tiyilish, nafsga erk bermaslik, xushfe’l, xushmuomala bo‘lish sog‘liqni saqlash va mustahkamlashning garovidir.

Beshinchi shartichkilikbozlik, kashandalik, giyohvandlik singari zararli odatlardan tiyilish. Bu illatlarning sog‘liq va turmushga ziyoni bisyorligini alohida ta’kidlab o‘tirishga hojat yo‘q. Zero, bunday kishilarning hayotga befarq, kun o‘tsin uchun yashovchi, o‘z sog‘lig‘i va kelajagini o‘ylamaydigan zaif odamlarga aylanib qolishi hayotda ko‘p kuzatilgan. Bu achinarlidir.

Oltinchi shartozodalik, orastalikka rioya qilish, atrof-muhitga munosabat masalasi. Kundalik hayoti asnosida inson atrof-muhitga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, hayotimiz uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqatlardan chiqindi hosil bo‘lishi o‘ta tabiiy hol.

Bilasiz, chiqitlarni to‘g‘ri kelgan joyga tashlash tufayli atrof-muhit ifloslanadi: suv, tuproq va havoda salomatlikka salbiy ta’sir qiluvchi omillar vujudga keladi. Shuning uchun ham ozodalikka qat’iy amal qilish kundalik turmushimizda odatiy holga aylanishi kerak.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va amal qilish tavsiya etiladi:
Salomatlikka oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍15👏5
#operatsion_tizim

🪄 Ixtiyoriy hajmdagi fayl yaratish

Ba’zida foydalanuvchilarda, masalan, fayllarni diskdan o‘qilishi, unga yozilishi tezligini yoki faylning serverga yuklanish tezligini sinash zarurati yuzaga kelishi mumkin.

Ushbu maqsadlar uchun qo‘l ostidagi mavjud katta fayllardan foydalaniladi. Biroq bu har doim ham qulay emas, boz ustiga bunday fayllar ayni damda shunchaki mavjud bo‘lmasligi ham mumkin.

Muayyan o‘lchamdagi bo‘sh faylni yaratish uchun bizga operatsion tizim bilan birga keluvchi fsutil yordamchi dasturi ko‘maklashishi mumkin. Ushbu dasturni qo‘llash uchun Buyruq satri (Командная строка)ni ishga tushiring (WIN + RcmdENTER) va unga fsutil file createnew Fayl_joylashihi_lozim_bo‘lgan_manzil O‘lchami buyrug‘ini bajarish uchun yuboring.

Masalan, fsutil file createnew F:\File.txt 10000000, bunda fayl o‘lchami baytlarda ko‘rsatiladi. Ushbu buyruq natijasida F: diski tarkibida 10000000 bayt (qariyb 10 Mb) hajmdagi fayl yaratiladi!

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Buyruq satri (Командная строка) ishtirok etgan barcha maqolalarimiz ro‘yxati keltirilgan postimiz.
Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍12
#internet #maslahat

👎🧮 YouTube'ga dizlayklar hisoblagichini qaytarish

YouTube
platformasi dizlayklar hisoblagichidan voz kechishga qaror qilgani haqida xabaringiz bo‘lsa kerak. Bu juda ziddiyatli qaror bo‘lib, ko‘plab foydalanuvchilarga xush kelmagan. Shunday bo‘lsa-da, roliklar ostidagi salbiy reaksiyalar sonini qaytarishning usuli yuzaga keldi.

Dizlayklar hisoblagichi Return YouTube Dislike brauzer kengaytmasi orqali qaytariladi. U 13-dekabrda o‘chirib qo‘yilishi rejalashtirilgan YouTube API'dan ma’lumot oladi. Shundan so‘ng, ishlab chiqaruvchi kengaytma foydalanuvchilarning layklari va dizlayklari nisbatini hisobga olishni rejalashtirmoqda.

Ishlab chiqaruvchi barcha xohlovchilar uchun kengaytmaning ochiq kodini GitHub'ga joylashtirgan.

📝 Manba: @ltchef

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
YouTube'ga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍13
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Normal insonlar vs. Dasturchilar... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
😁46👍9🤔3🤬2😱1🤩1
#smartfon #android

🛠 Qurilmani root-huquqlari bilan boshqarish imkonini taqdim etuvchi besh ilova

Android qurilmasining deyarli har bir tajribali egasi superfoydalanuvchi huquqlari haqida eshitgan, ammo ularning ko‘pchiligi buni to‘laqonli o‘rnatish haqidagi qarorga kela olmaydi, chunki ular qo‘shimcha funksiyalar qayerda kerak bo‘lishi mumkinligini yaxshi tushunishmaydi.

Superfoydalanuvchi huquqlarini o‘rnatishga qaror qilmaganlarga o‘ylab ko‘rishlari uchun ozuqa berish va qurilma bilan ishlashning yangi usullarini izlayotganlarga yordam berishni maqsad qilgan holda mos ilovalar ro‘yxatini ulashishga qaror qildik:

1️⃣. Magisk — buzib kirish orqali foydalanilayotgan tizimlarning ishlashini taqiqlovchi ilovalardan root-huquqlarini berkitadi, shuningdek xavfsiz modifikatsiyalarni o‘rnatishga imkon beradi.

2️⃣. Greenify — ekranning bloklangan vaqtida tizim jarayonlarini vaqtinchalik o‘chirib turib, qurilmaning avtonom ishlash vaqtini uzaytiradi.

3️⃣. AdAway — tizim, ilovalar va brauzerlarda reklama va yopilmaydigan bannerlarni butunlay bloklaydi.

4️⃣. Link2SD — o‘rnatilgan ilovalarni tashqi xotiraga to‘liq ko‘chirib o‘tkazishga yordam beradi va qurilmaga ilova hali ham ichki xotirada deb o‘ylashga majbur qiladi.

5️⃣. Root Browser — bu tizim ilovalarini qo‘lda o‘chirish imkonini beruvchi, ildiz papkalariga to‘liq kirish huquqiga ega fayl menejeri.

📝 Manba: @exploitex

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Android uchun root-huquqlari qanday olinadi?
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍16🤬1
#ict_news #mulohaza_uchun

To‘rt ming dollarlik yuqori maosh – BPO yoshlar uchun qanday imkoniyatlar taqdim etmoqda? 🤔

2022-yilning 24-mart kuni “Yangi O‘zbekiston” gazetasining 59-sonida “To‘rt ming dollarlik yuqori maosh – BPO yoshlar uchun qanday imkoniyatlar taqdim etmoqda?” nomli maqola chop etildi.

Unda bugungi kunda O‘zbekistonda IT sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda BPO (Biznes jarayonlari autsorsingi)ning taqdim etayotgan imkoniyat va afzalliklari haqida batafsil so‘z yuritilgan.

🖼 Maqolaning gazeta ko'rinishidagi varianti.

👉🏻 Batafsil...

📝 Manba: @mitcuz

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Talabalar uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan mavzular jamlangan postimiz.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍13🤬2
#operatsion_tizim #software

Kompyuterni o‘chirish uchun oddiy taymer dasturi

Ba’zida bizda biror dasturiy ta’minot yoki apparat tugmalariga murojaat etgan holda kompyuterni qo‘lda o‘chirish uchun imkoniyat, vaqt yoki shunchaki xohish bo‘lmasligi mumkin. Aynan shunday vaziyatlarda Shutdown PC Timer yordamchi dasturi bizga yordamga keladi.

Shutdown PC Timer — bu taymer orqali kompyuterni o‘chirish uchun eng oddiy yordamchi dasturdir. Uning yordamida tizimni muayyan vaqtdan so‘ng osongina o‘chirish, qayta yuklash yoki uyqu rejimiga yuborish mumkin.

Kompyuterning o‘chirilishi bunga hali tayyor bo‘lmagan foydalanuvchini ajablantirmasligi uchun yordamchi dastur uni avval o‘n daqiqa qolganida, keyin esa bildirishnomalar yordamida bir daqiqa qolganida ogohlantiradi.

Shutdown PC Timer sozlamalarida ushbu dasturni boshqa oynalar ustidan ko‘rinib turadigan qilish, bildirishnomalar chiqishini cheklash va dasturni to‘liq yopish o‘rniga uni tizim soati yonidagi treyga tushib turadigan qilib sozlash mumkin.

📝 Manba: @komputeer

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Uyqu rejimi va gibernatsiya — farqi nimada?
Kompyuterning uyqu rejimi va gibernatsiyasi haqida nimani bilish lozim?
Gibernatsiya rejimini faollashtirish
Qurilmalarga kompyuterni uyqu rejimidan chiqarishni taqiqlash
Kompyuterda uyqu rejimidan chiqishda so‘raluvchi parolni o‘chirib qo‘yish
Windows 10’da gibernatsiya
Kompyuterni o‘chirishni avtomatlashtirish
Kompyuterni o‘chirish taymerini sozlash
Kompyuterni ma’lum vaqtdan keyin qayta yuklash yoki o‘chirish
SHUTDOWN buyrug‘i
Buyruqlarni muayyan vaqtdan keyin bajarish
Noutbukning ustki qismini yopgandagi amalga oshiriladigan harakatlarni sozlaymiz
Noutbuk (laptop)ni tezkor quvvatlash
Microsoft Edge'ning uyqudagi varaqa (вкладка)lari uchun umumiy taym-ayt vaqtini sozlash
Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍15🤬1🤩1
Forwarded from IT specialist
#excel

⌨️ Funksional klavishlar (1-qism)

F1Справка Excel vazifalar sohasini dastur oynaning o‘ng tomonida aks ettiradi;
CTRL + F1 birikmasi menyu satri ostidagi tasmani berkitadi va qayta ko‘rsatadi;
ALT + F1 birikmasi belgilangan sohadagi matnli va sonli ma’lumotlar asosida ishchi listi tarkibida tezkor diagramma hosil qiladi (alohida list ko‘rinishida diagramma hosil qilish uchun F11 klavishidan foydalaniladi);
ALT + SHIFT + F1 birikmasi ishchi kitobi tarkibiga yangi ishchi listini qo‘shadi.

F2 — faol yacheykani tahrirlash rejimiga o‘tkazib, kursorni uning tarkibidagi matn yoki sonning oxiriga joylashtiradi;
SHIFT + F2 birikmasi yacheykaga izoh qo‘shadi yoki mavjud izohni tahrirlash rejimiga o‘tkazadi;
CTRL + F2 birikmasi Печать varaqa (вкладка)sida chop etish oldindan ko‘rish (предварительный просмотр) sohasini aks ettiradi.

F3Вставка имени oynachasini aks ettiradi (faqatgina foydalanuvchi tomonidan ishchi kitobida alohida yacheyka yoki yacheykalar diapazoniga nisbatan nomlar qo‘llanilganidagina faol bo‘ladi);
SHIFT + F3 birikmasi ekranga Вставка функции muloqot oynasini chaqiradi.

F4 — so‘nggi buyruq yoki harakatni qayta qo‘llash (agar ilgari qo‘llanilgan bo‘lsa);
– Agar formulada biror yacheyka yoki diapazon havolasi belgilangan bo‘lsa, F4 bosilganida havola turi o‘zgaradi;
CTRL + F4 birikmasi tanlangan ishchi kitobining oynasini yopadi (Excel dasturi ishlashda davom etadi);
ALT + F4 tanlangan ishchi kitobi oynasi va Excel dasturini birga yopadi.


📌
2-qism | 3-qism

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• CTRL klavishasi bilan bog‘liq buyruqlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism
Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍14
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

🎥💡 Lampochka sinig‘ining makro tasvirga tushirilish jarayoni.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍19🔥5🤩4👎1👏1
#operatsion_tizim #rasm_bilan_ishlash

🖼 Windows 7/8/8.1'lardagi odatiy rasmlarni tomosha qilish vositasini Windows 10/11'ga qaytaramiz

Средство просмотра фотографий Windows
Windows 10'ga qadar bo‘lgan tizimlarda rasmlarni tomosha qilish uchun qoida bo‘yicha mo‘ljallangan vositadir.

Windows 10/11'lar uchun rasmlarni tomosha qilish uchun qo‘llanilayotgan Фотографии ilovasi chiqarilganidan so‘ng, eski “viewer” tizimdan g‘oyib bo‘ldi.

Biroq agar siz Средство просмотра фотографий Windows'ga odatlangan bo‘lsangiz, tizimdan o‘chirilgan ushbu ilovani osonlik bilan Windows 10/11'ga qaytarishingiz mumkin.

📥 Buning uchun shunchaki ushbu reyestr tvikini yuklab oling va arxivdagi tegishli fayl ustiga ikki marta bosish orqali ilovani faollashtiring yoki qayta o‘chirib qo‘ying.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!
Windows 10’ga standart rasmlarni ko‘rish dasturi qanday qaytariladi?
• Windows reyestri bilan bog‘liq mavzular ro‘yxati ulashilgan postimiz.
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍6
Forwarded from OTMLAR.UZ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli abituriyentlar!

2021/2022 o‘quv yili uchun qabul kvotalari va kirish imtihonlarida davlat granti hamda to‘lov kontraktga o‘tish ballari haqida to‘liq maʼlumot olishni xohlaysizmi?

Taʼlim yo‘nalishlarida qaysi fanlardan imtihon topshirilganligi sizni qiziqtiradimi, unda bizning @otmlarbot botimizdan foydalaning. Bot orqali siz o‘zbek va rus tillarida maʼlumot olishingiz mumkin.

🧲 Botdan foydalanish uchun @otmlarbot botida /start buyrug‘ini yozing.

😍 @otmlaruz - abituriyentlar uchun eng a‘lo kanal
👍10👎3🥰2😁1🤔1
Telefon uchun kerakli barcha narsalarni Malika bozoridan, mashina uchun kerakligini esa Sergelidan topish mumkin.

Lekin Kompyuter uchun zarur dasturlar ITSoftWareUz kanalida jamlangan!

👉 Telegram'dagi eng katta soft'lar virtual ombori: @ITSoftWareUz
👍13
Forwarded from IT specialist
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Hozirgi kunda zo‘r Web-dasturchi bo‘laman deb endigina HTML'ni mukammal o‘zlashtirganingda... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍29😁20👎2🤔2🥰1🤬1
Forwarded from IT specialist
#smartfon #android

“Yaqin-atrofga yuborish” funksiyasi orqali endi ilovalarni ham ulashish mumkin 📤📥

Google kompaniyasi “Yaqin-atrofga yuborish” (Обмен с окружением) imkoniyatini kengaytirdi. Ilgari ushbu funksiya yordamida rasmlar, videolar va boshqa turdagi fayllarni ulashish uchun foydalanishingiz mumkin edi, endi Play Market orqali o‘rnatilgan ilova va o‘yinlarni ham xuddi shu tarzda bitta smartfondan boshqasiga o‘tkazishingiz mumkin.

📲 Ilovalar internetdan foydalanmasdan, o‘zaro Wi-Fi tarmog‘ini yaratib (SHAREit'ga o‘xshab) uzatiladi. Ikkala qurilmada ham Play Market 24.0 va undan yuqori versiyasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Agar u pastroq bo‘lsa, Play Market'ning o‘zini-o‘zi yangilashini kutishga to‘g‘ri keladi.

📶 Ilovalarni qanday ulashish mumkin:

1️⃣. Har ikki smartfonda ham Play Market'ni ishga tushiring.

2️⃣. “Ilova va o‘yinlarim” (Мои приложения и игры) menyusidagi “Ulashish” (Поделиться) yorlig‘ini tanlang.

3️⃣. Birinchi smartfonda “Yuborish” (Отправить), ikkinchisida “Qabul qilish” (Получить)'ni tanlang.

4️⃣. Yuborilishi lozim bo‘lgan ilovalarni tanlang, yaqin atrofdagi smartfonlar ro‘yxati paydo bo‘lguncha kuting va tegishli smartfonni tanlang.

5️⃣. Xavfsizlik uchun ikkala smartfonda ham kod ko‘rsatiladi. Uning mos kelishiga ishonch hosil qiling.

6️⃣. Qabul qiluvchining smartfonida “Qabul qilish” (Получить) tugmasini bosing.

7️⃣. Ilova o‘tkazilgandan so‘ng, u o‘rnatishilishi lozim. Bir nechta ilovalarni uzatishda, ularni bir vaqtning o‘zida o‘rnatishingiz mumkin. Buning uchun “Hammasini o‘rnatish” (Установить всё)'ni ustiga bosing.

❗️Yuboruvchining smartfonida ilovalarga nisbatan qo‘llanilgan sozlamalar uzatilish vaqtida saqlanib qolmaydi.

Ulashish jarayoni yakunlanganidan so‘ng, smartfonlar orasidagi aloqani uzish uchun – “Uzish” (Отключить) tugmasini bosing.

❗️Play Market orqali emas, balki boshqa manbalardan o‘rnatiladigan ilovalarni bu tarzda o‘tkazish mumkin emas (ular boshqa smartfonga yuborilishi mumkin bo‘lgan ilovalar ro‘yxatida ko‘rinmaydi.

🏷 Izoh: Oxirgi paytlarda SHAREit ilovasida g‘alati reklamalarning ko‘rsatilishi, tushunarsiz o‘yinlarning internetdan o‘z-o‘zidan ko‘chirilishi kabi holatlar kuzatilmoqda.
Shu sabab, fayllarni boshqa smartfonga o‘tkazish uchun aynan "Yaqin-atrofga yuborish" funksiyasidan yoki SHAREit ilovasining muqobil variantlaridan (masalan, ShareMe) foydalanish tavsiya etiladi.

📝 Manba: @gsmgurus_FAQ

ℹ️ Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍18
Forwarded from IT specialist
👍11🤬2🤔1🤯1
Forwarded from IT specialist
#mulohaza_uchun #operatsion_tizim #muvaffaqiyatli_insonlar

Bill Geyts qo‘lida Microsoft korporatsiyasi operatsion tizimlari orasida oddiy foydalanuvchilar uchun eng ommabop versiyalaridan biri – Windows XP diskini ushlab turibdi, ortidagi peshtaxtada uning rasmiy ishlab chiqarilishi sanasiga qadar nechi kun qolgani ko‘rsatilgan, 2001-yil 24-avgust, Redmond

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Bill Geyts haqida postlar
• Operatsion tizim rukni ostida joylashtirilgan qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍25
Forwarded from IT specialist
#excel

Excel'da nollik qiymatlarni qanday berkitish mumkin? 👁‍🗨

1️⃣. Nollarni olib tashlash va sahifa o’qilishini yaxshilash maqsadida Файл menyu varaqa (вкладка)si → ПараметрыДополнительно bandlari bo’ylab o’ting.

2️⃣. Параметры отображения листа bo’limida qoida bo’yicha faollashtirilgan holda keluvchi Показывать нули в ячейках, которые содержат нулевые значения bandini toping va qushcha belgisini olib tashlang.

Umuman olganda, nollarni berkitish borasida ushbu usul shartli formatlashni qo’llashga nisbatan qulayroq va samaraliroq hisoblanadi.

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍12
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

🤖 Hayratlanarli hech narsa yo‘q, shunchaki IoT va robototexnikaning maqsadli qo‘llanilishiga oid yaponlar restoranidan video lavha.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍34😁3👎1
#smartfon #android

🖼 PicsKit – bu har bir mobil qurilma uchun cheksiz tasvir qatlamlari, professional aralashtirish rejimlaridan tortib, rangli tasvirlar, foto montajlar, badiiy effektlarga qadar bo‘lgan ilg‘or vositalarni qo‘llagan holda, kreativ rasmlar yaratish mumkin bo‘lgan muharrirdir. Android 5.0+. Pro-versiya.

📎
PicsKit v2.4.2 Mod mobil ilovasini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida foydalanish tavsiya etiladi:
Logo Maker
Logo Maker Plus
Photoshop Express
PhotoRoom
Canva
VSCO
InShot
Enhance it
Prisma
Wallcraft
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍10
#mulohaza_uchun #operatsion_tizim #IT_humor

Men: Yangi operatsion tizimni o‘rnatish uchun yuklanuvchi fleshkani yaratyapman.

Mening joriy operatsion tizimim: 🙄

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostida joylashtirilgan qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
😁9😢5👍2