IT specialist
9.65K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

Operatorning ishi tahsinga loyiq! 👏

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍31🔥8👏3
#smartfon #android #iOS #internet

📍 Internet talab etmaydigan xaritalar

Navigator ilovasi qimmatli trafikni tejashga yordam beradigan va qayerdaligingizni bilmay qolgan taqdiringizda Wi-Fi nuqtasini ko‘r-ko‘rona izlashdan himoya qiladigan maxsus xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak.

Maps.me – qadamma-qadam navigatsiyaga ega tezkor, batafsil va butunlay oflayn xaritalar. iOS и Android'lar uchun mavjud. Sayyohlik qo‘llanmasi va dunyoning turli shaharlari xaritalarini yuklab oling va ulardan oflayn rejimda foydalaning.

Joylashuvingizni aniqlash uchun xarita internetga ulanishga muhtoj emas, eng maqbul marshrutni yaratish uchun GPS koordinatalarini avtomatik ravishda aniqlaydi.

⚠️ Shunday bo‘lsa-da, joylashuvni boshlang‘ich aniqlab olishi uchun Internetni faollashtirish ziyon qilmaydi, aniqlanishi bilan o‘chirib qo‘ysa bo‘ladi, ushbu tavsiya ko‘proq Android'ning eskiroq versiyalariga tegishli.

Oflayn navigatsiya besh turdagi transport uchun mavjud. Ehtiyot bo‘ling, fon rejimida GPS'dan doimiy foydalanish batareyaning ishlash muddatini sezilarli darajada qisqartirishi mumkin.

📝 Manba: @bugfeature

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Maps.Me xaritalariga internetsiz ishlovchi tayyor yo‘nalishlar kiritildi
Maps.Me mobil ilovasi
• Smartfon rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍8🥰1
Tavsiya etilgan 200 ta kitob (Hasanxo'ja Muhammad Sodiq).pdf
122.6 KB
Anchadan beri o'zbek tilida nashr qilingan va "O'qilishi shart bo'lgan" kitoblar ro'yxatini tuzishni reja qilib yurgan edim. Va nihoyat, ushbu ishni bugun Allohning izni ila tugatishga muyassar bo'ldim. Ushbu ro'yxatdagi kitoblarni barchasini o'qib chiqishni tavsiya qilgan bo'lar edim. Albatta, ushbu ro'yxatga kira olmagan juda ko'plab yaxshi kitoblar mavjud, ammo shaxsiy tajriba va ustozlar maslahatiga ko'ra shunday yakunlashga qaror qildik.

Alloh barchamizning ilmimizni ziyoda va barakali qilsin, amiyn !

Hurmat bilan, duolaringizga umidvor bo'lgan Hasanxo'ja Muhammad Sodiq.

P.s. Ushbu ro'yxatdagi kitoblar ko'pchilikka manfaatli bo'lishi uchun yaqinlaringiz bilan ulashishingizni so'rab qolamiz.

P.s.s. Bu ro'yhat yaqinda qayta shakllantiriladi...
👍15🔥1
#rasm_bilan_ishlash #internet

🗜 Har qanday rasmni sifatini yo‘qotmagan holda siqamiz

Agar siz tez-tez veb-sayt, blog yoki hujjatlarga joylashtirish maqsadida rasmlarni yuklab borayotgan bo‘lsangiz, u holda rasm hajmi muhim ekanligini bilishingiz aniq. To‘g‘ri, rasmni siqish muammo emas, lekin bunda sifatni saqlab qolish juda ahamiyatli va shu bilan birga, juda mushkuldir.

Nomi o‘z-o‘zidan gapiruvchi Squoosh xizmati u yoki bu opsiyalar yakuniy natija va hajmga qanday ta’sir qilishini baholaydi va bir juft klik evaziga rasmni optimallashtiradi.

Rasmni xizmatga yuklash uchun uni brauzer oynasiga olib o‘tkazish (drag'n'drop) yoki almashinish buferidan foydalanish mumkin. Shunisi e’tiborliki, sahifa yuklanganidan keyin fayl ustidagi amaliyotlar qurilmangizda lokal ravishda, ya’ni Internetsiz bajariladi.

📝 Manba: @komputeer

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍10
Hurmatli aziz va mo‘’tabar opa-singillar!

Sizlarni 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar” bayrami bilan tabriklaymiz. Sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga fayzu baraka tilaymiz. Doimo oilangiz va farzandlaringiz, elu yurtimiz ardog‘ida bo‘ling!

Hurmat va ehtirom ila,
© “IT specialist” kanali ma’muriyati
🥰10👍8🎉3👎1
#internet #game #bilasizmi

🎮 Mashhur video o‘yinlardagi ovozlarni qanchalik eslay olasiz?

Internetda noodatiy quiz (test) paydo bo‘ldi — Video game SFX quiz. Unda (klassiklaridan tortib zamonaviy relizlarga qadar) mashhur o‘yinlardagi ovoz effektlari to‘plangan. Sizning vazifangiz shunchaki ularni qayerda eshitganingizni eslabdir.

Ovozni tinglash uchun o‘yin nomi kiritiladigan satrining chap tomonidagi belgi ustiga bosing. Cheklanmagan tarzda tinglab ko‘rish mumkin, taymer o‘rnatilmagan. O‘yinning to‘liq nomini kiritishingiz shart emas: ko‘p hollarda o‘yinning muayyan bir qismini ko‘rsatmasdan seriyaning nomini ko‘rsatish kifoyadir, xizmat sizni kichik xatolar, tinish belgilari va bosh harflar kiritilmagani uchun kechiradi.

Barcha aniqlay olgan o‘yinlaringiz nomlarini kiritib bo‘lganingizdan so‘ng, sahifaning pastki qismidagi qizil tugma ustiga bosing va biroz ushlab turing. Shundan keyin barcha o‘yinlarning nomlari aks etadi.

📝 Manba: @komputeer

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• O‘yinlar haqidagi mavzular, kompyuter dasturi va o‘yinlari hamda mobil ilova va o‘yinlar ro‘yxatini o‘zida jamlagan postimiz
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍6👎2
#operatsion_tizim #software

📄 LibreOffice – o‘z funksionali bo‘yicha Microsoft Office paketiga o‘xshash dasturlar to‘plami:
✔️Writer – matn muharriri;
✔️Calc – elektron jadvallar;
✔️Impress – multimediali taqdimotlarni yaratish va tomosha qilish;
✔️Draw – vektorli grafika muharriri;
✔️Math – matematik formulalar muharriri.

Ijobiy xususiyatlardan biri – bu yuqorida sanab o‘tilgan ilovalarning MS Office formatlariga tegishli hujjatlar bilan ishlay olish imkoniyatidir.

DASTUR HAQIDA:
🆚 Versiya: v7.3.1
🖥 OT: Windows
📀 Razryadlik: x86/x64
🇷🇺 Interfeys tili: Ruscha
🔑 Davolash: Talab etilmaydi

📎 LibreOffice v7.3.1 dasturini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida foydalanish tavsiya etiladi:
OfficeSuite Pro + PDF mobil ilovasi
WPS Office (Kingsoft Office) mobil ilovasi
Moon Reader mobil ilovasi
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍6
#internet

📊 Chrome brauzeridagi “Vazifalar dispetcheri” (Диспетчер задач)

Agar Chrome brauzerining sekin ishlayotganiga guvoh bo‘layotgan bo‘lsangiz, u holda gap faqat operativ xotira yetishmovchiligida bo‘lmasligi ham mumkin.

Afsuski siz tomondan ochilgan ba’zi saytlar kompyuteringiz bilan qo‘shimcha harakatlarni amalga oshirishi mumkin. Sayt shunchaki kriptovalyutani mayning qilayotgan ham bo‘lishi ehtimoldan holi emas (shuning uchun ham bilar-bilmas barcha saytlarga kiravermagan ma’qul).

Xuddi shu holat o‘rnatilgan kengaytmalar tufayli ham bo‘lishi mumkin. Shuningdek kengaytma shunchaki optimallashmagan bo‘lishi ham mumkin. Brauzerimizga ichki o‘rnatilgan Vazifalar dispetcheri (Диспетчер задач) orqali ochilib turgan sahifalar va kengaytmalardagi yuklanayotgan resurslarni osongina kuzatishimiz mumkin.

Brauzer menyusini oching va Дополнительные инструментыДиспетчер задач bandlari bo‘ylab o‘ting yoki SHIFT + ESC klavishlari birikmasini bosing.

Jarayonlarni, masalan foydalanilayotgan RAM bo‘yicha saralang va zaruratga ko‘ra ma’lum saytlarni yopish yoki hattoki kengaytmalarni o‘chirish borasida bir qarorga keling.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Google Chrome brauzeriga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍5
#bilasizmi #smartfon

📱 Statistikaga ko‘ra 90% insonlar smartfonini chetga olib 5 soniyadan so‘ng unga yana yuzlanishadi.

ℹ️ Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🔥5😁4👎1
#operatsion_tizim #hardware

🚫 Qurilmalarga kompyuterni uyqu rejimidan chiqarishni taqiqlash

Ba’zida foydalanuvchilar kompyuterning mustaqil ravishda uyqu rejimidan chiqishi holatiga duch kelishadi. Turli xil periferik qurilmalar, masalan, klaviatura, sichqoncha, tarmoq adapterlari buning sababchilari bo‘lishi mumkin.

Qurilmalarga kompyuterni uyqu rejimidan chiqarishni taqiqlash uchun Buyruq satri (Командная строка)ni administrator nomidan ishga tushiring va unda powercfg -devicequery wake_armed buyrug‘ini bajarishga yuboring (ENTER). Ushbu tarzda biz kompyuterni uyqudan “uyg‘otuvchi” qurilmalar ro‘yxatini hosil qilamiz.

Taqiqni faollashtirish uchun bir nechta usullarni qo‘llash mumkin. Buyruq satri (Командная строка)da powercfg -devicedisablewake "Ro‘yxatdagiQurilmaNomi" buyrug‘ini qo‘llang (ENTER).

Yoki Qurilmalar dispetcheri (Диспетчер устройств)ni ishga tushiring (WIN + Rdevmgmt.mscENTER) va ro‘yxatdan kerakli qurilmani toping. Uning xususiyatlari (Свойства) oynasini oching va undagi Управление электропитанием varaqa (вкладка)siga o‘tib, Разрешить этому устройству выводить компьютер из ждущего режима bandidan qushcha belgisini olib tashlang, kiritilgan o‘zgartirishlarni saqlang (OK).

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Uyqu rejimi va gibernatsiya — farqi nimada?
Kompyuterning uyqu rejimi va gibernatsiyasi haqida nimani bilish lozim?
Gibernatsiya rejimini faollashtirish
Windows 10’da gibernatsiya
Kompyuterni o‘chirishni avtomatlashtirish
Kompyuterni o‘chirish taymerini sozlash
Kompyuterni ma’lum vaqtdan keyin qayta yuklash yoki o‘chirish
SHUTDOWN buyrug‘i
Buyruqlarni muayyan vaqtdan keyin bajarish
Noutbukning ustki qismini yopgandagi amalga oshiriladigan harakatlarni sozlaymiz
Noutbuk (laptop)ni tezkor quvvatlash
Microsoft Edge'ning uyqudagi varaqa (вкладка)lari uchun umumiy taym-ayt vaqtini sozlash
Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍12
#operatsion_tizim

📈 Windows 10 interfeysini soddalashtirish orqali uning ishlashini tezlashtirish

Agar sizga tizim interfeysi emas, balki uning ishlash tezligi muhim bo‘lsa, u holda buni quyidagi tartibda amalga oshirish mumkin:

1️⃣. Tizimning Пуск bosh menyusi orqali Параметры oynasini ekranga chaqiring (yoki WIN + I klavishlari birikmasini bosing).

2️⃣. Персонализация bo‘limiga o‘ting va chap tomondan Цвета bandini toping. Uning tarkibidagi Эффект прозрачности parametrini faolsizlantiring.

Ko‘rsatma nihoyatda sodda bo‘lib, uni bajarish ko‘p e’tibor va vaqt talab etmaydi. Natijasi esa shunga arziydi.

📝 Manba: @trojan_anonym

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Joy bo‘shatish, tozalash va tezlashtirishga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍7🔥2
#telegram #unigram #android #iOS #masOS #desktop

🆕 Yuklanmalar menejeri, boshqa ilovalar orqali jonli efir, yangi biriktirmalar menyusi va boshqalar

Android, iOS, macOS
va Unigram mijozi uchun Telegram 8.6 versiyasiga, Telegram Desktop – 3.6 versiyasiga qadar yangilandi.

Yuklanmalar menejeri

• Qidiruvda yangi Загрузки varaqa (вкладка)si paydo bo‘ldi, unda ayni damda yuklab olinayotgan va yaqin orada yuklab olingan media va fayllarni ko‘rish mumkin (Desktop: Настройки > Продвинутые настройки > Загрузки).
• Qidiruv maydonida (iOS) yoki ilovaning sarlavha qismida (Android) materiallarni yuklab olish vaqtida joriy bo‘limga tezkor o‘tish uchun belgicha (иконка) paydo bo‘ladi.
Загрузки'da yuklanmalarni to‘xtatib turish (пауза) va qaytadan ishga tushirish, ularning prioritetini oshirish yoki chatlar ro‘yxatidan muayyan fayl yuborilgan muloqot oynasiga tezkor o‘tish mumkin.

Boshqa dasturiy ta’minotlar orqali jonli efirlar

• Guruh va kanallar administratorlari translyatsiyalarni boshqarish uchun endi OBS Studio yoki XSplit Broadcaster kabi boshqa dasturlarni qo‘llashlari mumkin.
• Boshqa vositalar efir vaqtida oynalar o‘rtasida tezkor o‘tish, tasvir ustidan foydali ma’lumotni qo‘shish yoki yashil ekranni qo‘llash imkonini taqdim etadi.
• Translyatsiyalar uchun dasturlardan foydalanish uchun guruhda yangi videochatni yoki kanalda yangi translyatsiyani yarating, Начать с помощью tugmasini bosing va paydo bo‘lgan ma’lumotni kerakli dasturga nusxalab o‘tkazing.
• RTMP-translyatsiyalarning ishlashi uchun Telegram'ning so‘nggi versiyasi talab etiladi (eskilarida ushbu funksiya ishlamaydi).

Yangi biriktirmalar menyusi

• Bir nechta biriktirmalarni yuborishda hosil bo‘lgan albomni ko‘zdan kechirish, yuborish oldidan materiallar tartibini o‘zgartirish, ortiqcha medialarni olib tashlash yoki albom ostiga tezkor ravishda yozuv qo‘shish mumkin.
• To‘g‘rilashlar kiritish uchun menyuning yuqori qismidagi Выбрано ustiga bosing.
• Biriktirmalar menyusi yangi, qulay dizaynga o‘tdi (iOS).
• Yangilangan Файлы bo‘limida barcha so‘nggi yuborilgan fayllarni ko‘rish va nomlanishi bo‘yicha qidiruvdan foydalanish mumkin (iOS).

Telefon raqami bo‘yicha havolalar

• Endi Siz, Telegramdagi Siz bilan chatni ochish imkonini beruvchi telefon raqamingizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri havolani do‘stlaringizga ulashishingiz mumkin.
• Havolalar faqat maxfiylik sozlamalarida telefon raqami orqali topishga ruxsat berilgan taqdirdagina ishlaydi.
• Telefon raqami xalqaro formatda ko‘rsatiladi (masalan, t.me/+123456789).

Boshqa yangilanishlar

• To‘liq yangilangan t.me sahifalari dizayni.
• Silliq animatsiyalar bilan yangi avtorizatsiyadan o‘tish interfeysi (Android va macOS uchun Telegram).
• QR kod orqali kirish uchun ekrandagi yangi animatsiyalar (masOS uchun Telegram).
• Android'dagi yarim shaffof interfeys.
• Boshqa akkauntni yangi oynada ochish imkoniyati (macOS uchun Telegram).

📃 Batafsil ma’lumot uchun: https://telegram.org/blog/downloads-attachments-streaming/uz

Android: Google Play, rasmiy saytdan yoki tasdiqlangan kanaldan APK.
iOS: App Store.
Desktop: rasmiy saytdan yoki GitHub'dan.
macOS: с App Store yoki tasdiqlangan kanaldan.
Windows 10+ uchun Unigram: Microsoft Store | To‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklab olish | O‘rnatish bo‘yicha ko‘rsatma

📝 Manba: @tginfo

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍6🔥6👏1
Forwarded from IT specialist
#learn_english_with_software #maslahat

🇬🇧 Ingliz tilini o‘rganish uchun samarali 5 layfxak

Bolalarning qisqa muddat ichida ingliz tilini o‘rganishlarida ularga qanday yordam berish mumkin? Quyidagi layfxaklar bu borada sizga asqatadi!

1️⃣. Inglizcha gapiring!

Farzandingiz bilan kuning ma’lum vaqtlarida faqat ingliz tilida suhbatlashing. Bolaning ingliz tilini mukammal darajada biladigan odamlar davrasiga bo‘lishini ta’minlang. Bu uning ana shu muhitga osonroq kirib borishida katta ahamiyat kasb etadi.

Olimlarning aytishlaricha, yangi tug‘ilgan chaqaloqda dunyodagi barcha tillarni o‘rganish moyilligi bo‘ladi. Uning kelgusida qanday tillarni o‘zlashtirishi bola hayotining birinchi yillarida uni kimlar qurshab turganiga qarab belgilanadi.

2️⃣. O‘ynaymiz

Bolalarning til o‘rganishlari osonroq bo‘lishi uchun shu tildagi o‘yinlar ham katta yordam beradi. Bu borada fantaziyangiz keng bo‘lsa yetarli!

3️⃣. Virtual olam

Bugungi kunda virtual olam texnologiyalari yordamida dunyoning turli burchaklariga sayr qilish, ingliz tilida so‘zlashuvchi gid yordamidan foydalanish mumkin. Virtual sayr har qanday yoshdagi o‘quvchilarga ma’qul keladi.

4️⃣. Motivatsiya

Ushbu usulni o‘smirlarga nisbatan qo‘llash mumkin. Eng avvalo, unga qanday musiqa, komikslar, seriallar, xonandalar yoqishini bilib olasiz. Ingliz tilidagi qo‘shiqlarning so‘zlari, sevimli xonandaning shu tildagi intervyulari ham o‘smirni til o‘rganishga rahbatlantiradi.

5️⃣. Ingliz tilida so‘zlashuvchi do‘stlar

Bola muloqot tilini osonroq o‘zlashtirishi uchun internet orqali unga ana shu tilda so‘zlashuvchi do‘st topishni taklif qiling. Boshqa mamlakatlarda istiqomat qiluvchi tengdoshlari bilan ingliz tilida muloqot qilgan bola nafaqat tilni o‘rganadi, balki yangi do‘stlar ham orttiradi!

📝 Manba: Xabardor.uz

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍8👏4
Forwarded from IT specialist
#word

Word hujjatidagi qisqa tirelarni uzunlariga almashtiramiz 🔄

Oddiy chiziqchalar o‘rniga uzun tirelar qo‘llanilgan hujjat yanada jozibali ko‘rinadi.

Hujjatda qo‘llanilgan qisqa tirelarni uzunlariga almashtirish uchun quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:

— 1-qadam
CTRL + H kombinatsiyasini bosish yoki menyu satrining Главная varaqa (вкладка)sida joylashgan Заменить tugmasidan foydalanish orqali Найти и заменить muloqot oynasini ekranga chaqiramiz.

— 2-qadam
Найти
maydoniga ^=, Заменить maydoniga esa — ^+ belgilarini mos tarzda kiritamiz.

— 3-qadam
Заменить всё
tugmasi ustiga bosamiz, tayyor.

📝 Manba: @hacks_word

ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍12
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

🍝 Restoranlar uchun golografik menyu. U 2025 yilga kelib ba’zi restoranlarda paydo bo‘lishi rejalashtirilgan.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍15🔥5👎1
#rasm_bilan_ishlash #bilasizmi

🖼 SVG vektorli grafika formati

SVG (Scalable Vector Graphics) — vektorli grafikaga asoslangan XML belgilash tili. Umuman olganda bu matnli fayl bo‘lib, u masshtablash paytida sifatni yo‘qotmasdan ikki o‘lchovli vektorli rasmlarni tavsiflash uchun ochiq mo‘ljallangan veb-standartdir.

Masshtablash paytida u ma’lumotni yo‘qotmaydi va shu tufayli turli xil ekran o‘lchamlari uchun turli rastrli fayllar variantlarining o‘rnini bosa oladi.

Format chop etish va qidiruv tizimlari tomonidan indekslash uchun mos keladi. Ushbu formatning qamrovi ancha keng bo‘lib, saytning html-kodiga biriktirilishi mumkin, ya’ni u bilan birga keshlanadi va .PNG yoki .JPG formatidagi rasmlarga qaraganda tezroq yuklanadi.

📝 Manba: @computer_life

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍10😁1
#smartfon #android #iOS #maslahat

⚗️ Kimyoni zerikishsiz o‘zlashtirish va kimyoviy tajribalarni laboratoriyasiz vizuallashtirish

Kimyoni nazariy jihatdan o‘rganayotganda, reaksiya paytida moddalar bilan nima sodir bo‘lishini tasavvur qilish qiyin. Bundan ham murakkabrog‘i esa — molekulyar va atom darajasida nima sodir bo‘layotganini taxmin qilishdir. Tajriba o‘tkazish — ko‘pincha qimmat va xavfli zavq hisoblanadi va bunday murakkab fanni vizualizatsiyasiz o‘rganish muqarrar ravishda zerikishni keltirib chiqaradi.

Biroq kimyoni o‘rganishni yanada qiziqarli qilishning bir usuli mavjud. Buning uchun Unreal Chemist ilovasini o'rnatish kifoya (iOS va Android uchun mavjud). Endi butun laboratoriya smartfondagi birgina ilovada mujassam. Juda ko‘p ish qilish mumkin: reagentlarni aralashtirish, suyuqliklarni qizdirish va bug‘lash. Haqiqiy tajribalardan farqli o‘laroq, bu yerda siz hamma narsa kerakli darajada bo'lishi uchun vaqtni ortga qaytarishingiz mumkin.

Kelajakdagi kimyo va boshqa fanga oid darsliklar aynan shunday ko‘rinishda bo‘lishi maqsadga muvofiqdir!

ℹ️ Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍7🔥6🤔2
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Dasturlashni muvaffaqiyatli o‘rganish siri oshkor bo‘ldi... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
😁33🤔11👍7😢2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#powerpoint

⚡️ Slayddagi muayyan obyekt ustiga bosish orqali animatsiyani ishga tushirish

Animatsiyalarni nafaqat avtomatik ravishda yoki slaydning istalgan joyini bosish, balki har qanday obyektga o‘rnatilgan trigger orqali ham boshlash mumkin. Bunday obyekt ustiga sichqoncha kursori yordamida bosish animatsiyani boshlab beradi (va bu animatsiya aynan bosilayotgan obyekt bilan bog‘liq bo‘lmasligi ham mumkin).

Triggerni o‘rnatishda obyekt nomi bo‘yicha tanlanadi. Buni qulayroq amalga oshirish uchun menyu satrining Главная varaqasi orqali Область выделения'ga o‘tish va undagi obyektlar ro‘yxatida kerakli nomlanishni ko‘rish mumkin. Triggerlarga nisbatan sozlangan animatsiyalarda to‘rtburchakdagi raqam chaqmoq belgisi bilan almashtiriladi.

Agar taqdimot namoyishi vaqtida trigger obyekti ustiga bosilmasa, undagi animatsiya ishga tushmaydi.

📝 Manba: @office_killer

ℹ️ Microsoft PowerPoint rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍5🔥4
#rasm_bilan_ishlash #internet

🏞 Onlayn grafik muharriri

Photopea — rastrli va vektorli grafikalari bilan ishlash uchun mo‘ljallangan onlayn grafik muharriri.

Undan tasvirni tahrirlash, illyustratsiyalar yaratish, veb-dizayn yoki turli rasm formatlari o‘rtasida konvertatsiya qilish maqsadida foydalanish mumkin.

Photopea – bu reklama orqali qo‘llab-quvvatlanuvchi dasturiy ta’minot bo‘lib, ushbu xizmat Photoshop PSD, shuningdek JPEG, PNG, DNG, GIF, SVG, PDF va boshqa rasm fayllari formatlari bilan ishlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

📝 Manba: @computer_life

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🔥5👍2