IT specialist
11.6K subscribers
1.11K photos
471 videos
62 files
3.75K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
Forwarded from IT specialist
⬆️⬇️ (bundan oldingi postdagi rasm va savolga e’tibor bering)
Anonymous Quiz
47%
CTRL + DELETE
37%
CTRL + SHIFT + BACKSPACE
12%
CTRL + -
4%
SHIFT + *
Forwarded from IT specialist
#test #operatsion_tizim

Quyidagi buyruqlardan qaysi birini “Выполнить” oynasiga kiritib, ENTER klavishi bosilsa, Lokal guruh siyosati muharriri (Редактор локальной групповой политики) ishga tushiriladi?
Anonymous Quiz
30%
regedit.exe
24%
gpedit.msc
22%
charmap.exe
15%
lusrmgr.msc
10%
mmc.exe
Forwarded from IT specialist
#test #rasm_bilan_ishlash

Quyidagi rasm formatlaridan qaysi biri vektor grafikasiga tegishli?
Anonymous Quiz
28%
JPEG
13%
GIF
18%
TIFF
25%
SVG
17%
PNG
Forwarded from IT specialist
#excel

Kerakli listga tezkor o‘tish 🚀

Agar siz ishlab turgan faylda ko‘plab miqdorda ishchi listlari qo‘llanilayotgan bo‘lsa, unda ular bo‘ylab o‘tish siz uchun biroz qiyinchilik tug‘dirishi mumkin.

Bunday holatda dastur oynasining pastki chap qismida listlarga o‘tkazish uchun xizmat qiluvchi istalgan strelka ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosib, ochilgan listlar ro‘yxatidan biror band ustiga bosgan holda sizga kerakli bo‘lgan listga bir zumda o‘tish mumkin.

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #internet #IT_humor

Janjalning Internet va real hayotdagi ko‘rinishi... 🙄 (bunga yana bir misol)

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#smartfon #android

📄 PDF Extra – rasmni PDF formatiga skanerlab o‘tkazish uchun maxsus mobil ilova. Android 5.0+.

📎 PDF Extra v6.9.3.973 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida foydalanish tavsiya etiladi:
CamScanner mobil ilovasi

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#test #excel

MS Excel'da qaysi klavishlar birikmasi yordamida bir yacheyka doirasida keyingi satrga o‘tish mumkin?
Anonymous Quiz
33%
ENTER
24%
ALT + ENTER
22%
CTRL + ENTER
13%
SHIFT + ENTER
8%
Bunday birikma mavjud emas
Forwarded from IT specialist
#mulohaza_uchun #dasturlash

Omadli bo‘lish — oson emas! ☝🏻

ℹ️ O‘qish ko‘rish tavsiya etiladi:
Dasturlash, uning sohalari, har bir soha uchun kerak bo‘luvchi kompyuter xarakteristikalari

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#mulohaza_uchun

🌇 “Ichishga suvi ham yo‘q davlat qanday boyidi?”: Singapurning raqamli iqtisodiyoti haqida (birinchi maqola)

🇸🇬 Singapur Malayziyadan ajralib chiqqan — ular mustaqillik berishni so‘rashganida tashlandiq va botqoqda yashovchi asosan xitoylik va hindistonlik qashshoqlar (asl malayyaliklar juda oz)dan iborat “boshog‘riq”dan tezroq qutulish uchun Malayziya hukumati ko‘p o‘ylab o‘tirmagan ekan.

❗️Shu bir parcha yerda neft, gaz, oltin nima qilsin, hatto ichadigan suvigacha Singapur to‘liq Malayziyadan keltiradi — salkam olti million aholiga!..

Endi esa...

👉🏻 Batafsil...

Ushbu maqolaning 2-qismi.

📝 Manba: @eGovUz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android #iOS #internet

📍 Internet talab etmaydigan xaritalar

Navigator ilovasi qimmatli trafikni tejashga yordam beradigan va qayerdaligingizni bilmay qolgan taqdiringizda Wi-Fi nuqtasini ko‘r-ko‘rona izlashdan himoya qiladigan maxsus xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak.

Maps.me – qadamma-qadam navigatsiyaga ega tezkor, batafsil va butunlay oflayn xaritalar. iOS и Android'lar uchun mavjud. Sayyohlik qo‘llanmasi va dunyoning turli shaharlari xaritalarini yuklab oling va ulardan oflayn rejimda foydalaning.

Joylashuvingizni aniqlash uchun xarita internetga ulanishga muhtoj emas, eng maqbul marshrutni yaratish uchun GPS koordinatalarini avtomatik ravishda aniqlaydi.

⚠️ Shunday bo‘lsa-da, joylashuvni boshlang‘ich aniqlab olishi uchun Internetni faollashtirish ziyon qilmaydi, aniqlanishi bilan o‘chirib qo‘ysa bo‘ladi, ushbu tavsiya ko‘proq Android'ning eskiroq versiyalariga tegishli.

Oflayn navigatsiya besh turdagi transport uchun mavjud. Ehtiyot bo‘ling, fon rejimida GPS'dan doimiy foydalanish batareyaning ishlash muddatini sezilarli darajada qisqartirishi mumkin.

📝 Manba: @bugfeature

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Maps.Me xaritalariga internetsiz ishlovchi tayyor yo‘nalishlar kiritildi
Maps.Me mobil ilovasi
• Smartfon rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Tavsiya etilgan 200 ta kitob (Hasanxo'ja Muhammad Sodiq).pdf
122.6 KB
Anchadan beri o'zbek tilida nashr qilingan va "O'qilishi shart bo'lgan" kitoblar ro'yxatini tuzishni reja qilib yurgan edim. Va nihoyat, ushbu ishni bugun Allohning izni ila tugatishga muyassar bo'ldim. Ushbu ro'yxatdagi kitoblarni barchasini o'qib chiqishni tavsiya qilgan bo'lar edim. Albatta, ushbu ro'yxatga kira olmagan juda ko'plab yaxshi kitoblar mavjud, ammo shaxsiy tajriba va ustozlar maslahatiga ko'ra shunday yakunlashga qaror qildik.

Alloh barchamizning ilmimizni ziyoda va barakali qilsin, amiyn !

Hurmat bilan, duolaringizga umidvor bo'lgan Hasanxo'ja Muhammad Sodiq.

P.s. Ushbu ro'yxatdagi kitoblar ko'pchilikka manfaatli bo'lishi uchun yaqinlaringiz bilan ulashishingizni so'rab qolamiz.

P.s.s. Bu ro'yhat yaqinda qayta shakllantiriladi...
#rasm_bilan_ishlash #internet

🗜 Har qanday rasmni sifatini yo‘qotmagan holda siqamiz

Agar siz tez-tez veb-sayt, blog yoki hujjatlarga joylashtirish maqsadida rasmlarni yuklab borayotgan bo‘lsangiz, u holda rasm hajmi muhim ekanligini bilishingiz aniq. To‘g‘ri, rasmni siqish muammo emas, lekin bunda sifatni saqlab qolish juda ahamiyatli va shu bilan birga, juda mushkuldir.

Nomi o‘z-o‘zidan gapiruvchi Squoosh xizmati u yoki bu opsiyalar yakuniy natija va hajmga qanday ta’sir qilishini baholaydi va bir juft klik evaziga rasmni optimallashtiradi.

Rasmni xizmatga yuklash uchun uni brauzer oynasiga olib o‘tkazish (drag'n'drop) yoki almashinish buferidan foydalanish mumkin. Shunisi e’tiborliki, sahifa yuklanganidan keyin fayl ustidagi amaliyotlar qurilmangizda lokal ravishda, ya’ni Internetsiz bajariladi.

📝 Manba: @komputeer

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Hurmatli aziz va mo‘’tabar opa-singillar!

Sizlarni 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar” bayrami bilan tabriklaymiz. Sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga fayzu baraka tilaymiz. Doimo oilangiz va farzandlaringiz, elu yurtimiz ardog‘ida bo‘ling!

Hurmat va ehtirom ila,
© “IT specialist” kanali ma’muriyati
#internet #game #bilasizmi

🎮 Mashhur video o‘yinlardagi ovozlarni qanchalik eslay olasiz?

Internetda noodatiy quiz (test) paydo bo‘ldi — Video game SFX quiz. Unda (klassiklaridan tortib zamonaviy relizlarga qadar) mashhur o‘yinlardagi ovoz effektlari to‘plangan. Sizning vazifangiz shunchaki ularni qayerda eshitganingizni eslabdir.

Ovozni tinglash uchun o‘yin nomi kiritiladigan satrining chap tomonidagi belgi ustiga bosing. Cheklanmagan tarzda tinglab ko‘rish mumkin, taymer o‘rnatilmagan. O‘yinning to‘liq nomini kiritishingiz shart emas: ko‘p hollarda o‘yinning muayyan bir qismini ko‘rsatmasdan seriyaning nomini ko‘rsatish kifoyadir, xizmat sizni kichik xatolar, tinish belgilari va bosh harflar kiritilmagani uchun kechiradi.

Barcha aniqlay olgan o‘yinlaringiz nomlarini kiritib bo‘lganingizdan so‘ng, sahifaning pastki qismidagi qizil tugma ustiga bosing va biroz ushlab turing. Shundan keyin barcha o‘yinlarning nomlari aks etadi.

📝 Manba: @komputeer

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• O‘yinlar haqidagi mavzular, kompyuter dasturi va o‘yinlari hamda mobil ilova va o‘yinlar ro‘yxatini o‘zida jamlagan postimiz
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #software

📄 LibreOffice – o‘z funksionali bo‘yicha Microsoft Office paketiga o‘xshash dasturlar to‘plami:
✔️Writer – matn muharriri;
✔️Calc – elektron jadvallar;
✔️Impress – multimediali taqdimotlarni yaratish va tomosha qilish;
✔️Draw – vektorli grafika muharriri;
✔️Math – matematik formulalar muharriri.

Ijobiy xususiyatlardan biri – bu yuqorida sanab o‘tilgan ilovalarning MS Office formatlariga tegishli hujjatlar bilan ishlay olish imkoniyatidir.

DASTUR HAQIDA:
🆚 Versiya: v7.3.1
🖥 OT: Windows
📀 Razryadlik: x86/x64
🇷🇺 Interfeys tili: Ruscha
🔑 Davolash: Talab etilmaydi

📎 LibreOffice v7.3.1 dasturini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida foydalanish tavsiya etiladi:
OfficeSuite Pro + PDF mobil ilovasi
WPS Office (Kingsoft Office) mobil ilovasi
Moon Reader mobil ilovasi
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#internet

📊 Chrome brauzeridagi “Vazifalar dispetcheri” (Диспетчер задач)

Agar Chrome brauzerining sekin ishlayotganiga guvoh bo‘layotgan bo‘lsangiz, u holda gap faqat operativ xotira yetishmovchiligida bo‘lmasligi ham mumkin.

Afsuski siz tomondan ochilgan ba’zi saytlar kompyuteringiz bilan qo‘shimcha harakatlarni amalga oshirishi mumkin. Sayt shunchaki kriptovalyutani mayning qilayotgan ham bo‘lishi ehtimoldan holi emas (shuning uchun ham bilar-bilmas barcha saytlarga kiravermagan ma’qul).

Xuddi shu holat o‘rnatilgan kengaytmalar tufayli ham bo‘lishi mumkin. Shuningdek kengaytma shunchaki optimallashmagan bo‘lishi ham mumkin. Brauzerimizga ichki o‘rnatilgan Vazifalar dispetcheri (Диспетчер задач) orqali ochilib turgan sahifalar va kengaytmalardagi yuklanayotgan resurslarni osongina kuzatishimiz mumkin.

Brauzer menyusini oching va Дополнительные инструментыДиспетчер задач bandlari bo‘ylab o‘ting yoki SHIFT + ESC klavishlari birikmasini bosing.

Jarayonlarni, masalan foydalanilayotgan RAM bo‘yicha saralang va zaruratga ko‘ra ma’lum saytlarni yopish yoki hattoki kengaytmalarni o‘chirish borasida bir qarorga keling.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Google Chrome brauzeriga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #smartfon

📱 Statistikaga ko‘ra 90% insonlar smartfonini chetga olib 5 soniyadan so‘ng unga yana yuzlanishadi.

ℹ️ Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #hardware

🚫 Qurilmalarga kompyuterni uyqu rejimidan chiqarishni taqiqlash

Ba’zida foydalanuvchilar kompyuterning mustaqil ravishda uyqu rejimidan chiqishi holatiga duch kelishadi. Turli xil periferik qurilmalar, masalan, klaviatura, sichqoncha, tarmoq adapterlari buning sababchilari bo‘lishi mumkin.

Qurilmalarga kompyuterni uyqu rejimidan chiqarishni taqiqlash uchun Buyruq satri (Командная строка)ni administrator nomidan ishga tushiring va unda powercfg -devicequery wake_armed buyrug‘ini bajarishga yuboring (ENTER). Ushbu tarzda biz kompyuterni uyqudan “uyg‘otuvchi” qurilmalar ro‘yxatini hosil qilamiz.

Taqiqni faollashtirish uchun bir nechta usullarni qo‘llash mumkin. Buyruq satri (Командная строка)da powercfg -devicedisablewake "Ro‘yxatdagiQurilmaNomi" buyrug‘ini qo‘llang (ENTER).

Yoki Qurilmalar dispetcheri (Диспетчер устройств)ni ishga tushiring (WIN + Rdevmgmt.mscENTER) va ro‘yxatdan kerakli qurilmani toping. Uning xususiyatlari (Свойства) oynasini oching va undagi Управление электропитанием varaqa (вкладка)siga o‘tib, Разрешить этому устройству выводить компьютер из ждущего режима bandidan qushcha belgisini olib tashlang, kiritilgan o‘zgartirishlarni saqlang (OK).

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Uyqu rejimi va gibernatsiya — farqi nimada?
Kompyuterning uyqu rejimi va gibernatsiyasi haqida nimani bilish lozim?
Gibernatsiya rejimini faollashtirish
Windows 10’da gibernatsiya
Kompyuterni o‘chirishni avtomatlashtirish
Kompyuterni o‘chirish taymerini sozlash
Kompyuterni ma’lum vaqtdan keyin qayta yuklash yoki o‘chirish
SHUTDOWN buyrug‘i
Buyruqlarni muayyan vaqtdan keyin bajarish
Noutbukning ustki qismini yopgandagi amalga oshiriladigan harakatlarni sozlaymiz
Noutbuk (laptop)ni tezkor quvvatlash
Microsoft Edge'ning uyqudagi varaqa (вкладка)lari uchun umumiy taym-ayt vaqtini sozlash
Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

📈 Windows 10 interfeysini soddalashtirish orqali uning ishlashini tezlashtirish

Agar sizga tizim interfeysi emas, balki uning ishlash tezligi muhim bo‘lsa, u holda buni quyidagi tartibda amalga oshirish mumkin:

1️⃣. Tizimning Пуск bosh menyusi orqali Параметры oynasini ekranga chaqiring (yoki WIN + I klavishlari birikmasini bosing).

2️⃣. Персонализация bo‘limiga o‘ting va chap tomondan Цвета bandini toping. Uning tarkibidagi Эффект прозрачности parametrini faolsizlantiring.

Ko‘rsatma nihoyatda sodda bo‘lib, uni bajarish ko‘p e’tibor va vaqt talab etmaydi. Natijasi esa shunga arziydi.

📝 Manba: @trojan_anonym

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Joy bo‘shatish, tozalash va tezlashtirishga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija