IT specialist
9.64K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#security

💰 Ethereum kriptovalyutasidagi kamchilik va uning bartaraf etilishi

Oq xaker Jey Friman ixtiyoriy miqdordagi Ethereum kriptovalyuta tokenlarini yaratishga imkon beruvchi muhim xatolikni aniqladi. Ayni paytda bu imkoniyatning oldi olingan.

Frimanning tushuntirishicha, xatolik hujum qiluvchiga Go Ethereum vositasining Optimistic Virtual Machine (OVM) 2.0 forkidan foydalangan holda pullarni nusxalash imkonini bergan. Kashfiyoti uchun Friman "bounty-hunterlar" tarixidagi eng katta mukofot — 2 million dollarni qo‘lga kiritdi.

📝 Manba: @tbite

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Barcha xakerlar yomonmi? Xakerlikning asosiy 5 turi
Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍8👏2
#operatsion_tizim #linux #maslahat

📀 Debian — uy serveri uchun

Uy serveri ko‘p maqsadlar uchun foydali bo‘lishi mumkin. Masalan, ma’lumotlar va zaxira nusxalarini saqlash, torrentlarni yuklab olish yoki o‘zingizning o‘lchamsiz bulutli xotirangizni yo‘lga qo‘yish uchun.

Debian uy serveringizda yaxshi yashab keta oladi. Bu Ubuntu va boshqa ko‘plab Linux tizimlari uchun asos bo‘la olgan barqaror va konservativ distributivdir. U faqat eng ishonchli paketlardan foydalanadi, bu esa uni ajoyib tanlovga aylantiradi.

Afzalliklari: barqarorlik va ilovalarning katta to‘plami.

Kamchiliklari: o‘rnatilganidan so‘ng distributivni qo‘lda sozlash zarurati.

✔️ Alternativlari: Agar Debian siz uchun juda noqulay bo‘lib tuyulsa yoki uning omborlarida sizga kerakli bo‘lgan dasturiy ta’minot mavjud bo‘lmasa — Ubuntu Server'ni sinab ko‘rish mumkin. CentOSRed Hat Enterprise Linux'ga asoslangan, juda barqarorligi bilan ajralib turadi. Shu tufayli CentOS ko‘pincha tijorat tashkilotlarining serverlarida qo‘llaniladi.

📥 Debian'ni yuklab olish.

Linux distributivini tanlashda nimalarga e’tibor bermoq lozimligi hamda “Лайфхакер” nashri tomonidan tavsiya etilgan boshqa distributivlar bilan ushbu postimiz orqali tanishishingiz mumkin.

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍6👏1
🖥 Kanalimizdagi #operatsion_tizim heshtegi ostida Windows 11'ga oid nashr etilgan maqolalar ro’yxati bilan tanishing (6):

Bluetooth qurilmalarining zaryadi darajasi
Faol oynadan tashqari qolgan barchasini vazifalar paneli (Панель задач)ga tushirish
Windows 10'da torrentlar va “keraksiz” dasturiy ta’minotlarni bloklashni bekor qilish
Buyruq satri orqali yuklanuvchi fleshkani yaratamiz
SSD va HDD xotiralar bir-biridan qanday farq qiladi?
Photoshop'ning ishlashini tezlashtirish
Klaviaturadan sichqoncha sifatida foydalanamiz
Windows'ning vazifalar panelidagi oynalar prevyusini kattalashtiramiz
Windows 10'da Wi-Fi'ni routersiz tarqatish
Noutbukning sensorli paneli uchun 10 ta ishora
Uyqu rejimi va gibernatsiya — farqi nimada?
Windows 10/11'da boshqa kompyuterni boshqaramiz
Windows reyestriga oid qiyosiy hazil
Windows 10'da ovoz balandligi tekislashuvini faollashtirish
Qurilmalarga kompyuterni uyqu rejimidan chiqarishni taqiqlash
Windows 10 interfeysini soddalashtirish orqali uning ishlashini tezlashtirish
Klaviaturadan kiritish tili (раскладка клавиатуры)ni qo‘shish yoki olib tashlash
Ixtiyoriy hajmdagi fayl yaratish
Windows 7/8/8.1'lardagi odatiy rasmlarni tomosha qilish vositasini Windows 10/11'ga qaytaramiz
Ekran ortida g‘oyib bo‘lgan oynani ko‘rinadigan joyga olib chiqamiz
Windows 10'da Internet tezligini oshiramiz
• Windows (WIN) klavishi bilan bog‘liq foydali kombinatsiyalar to‘plami: 1-qism | 2-qism
Windows va operativ xotira yetishmovchiligi muammosi (IT-hazil)
WIN + X orqali chaqiriluvchi menyudagi Buyruq satri (Командная строка)
Vazifalar paneliga tizim indikatorlarini qo‘shish
Kompyuter sichqonchasining brauzer ilovasidagi funksiyalari
Windows'da sichqoncha kursorini klaviatura yordamida boshqarish
Windows'da dasturlarning ishga tushirilish tarixini olish
Windows 10 “Корзина”si uchun kreativ rasmchalarni sozlaymiz
Windows 10'da virtual xotira (файл подкачки)ni boshqa diskka o‘tkazish
Noutbuk batareyasining eskirganlik darajasini aniqlash
Kompyuterda uyqu rejimidan chiqishda so‘raluvchi parolni o‘chirib qo‘yish
Windows 10'da internetga ulanish bilan bog‘liq muammolar yuzasidan tavsiyalar
Raqobatlashish rejimini taqdim etuvchi klaviatura trenajyori (TypeRacer)
Tarmoq parametrlarini qayta tiklash
Windows'da “Максимальная производительность” rejimini faollashtirish
Microsoft Internet Explorer'ni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi
Windows 10 kalkulyatori ishlamay qolsa nima qilish mumkin?
Klaviaturadagi yorqinlikni boshqarish klavishlari ishlamasa nima qilish lozim?
Windows'ning himoya tizimi (“Защита системы”) funksiyasini faollashtirish
Windows xotira kartasi (fleshka)ni formatlashni uddalay olmagan holatda nima qilish mumkin?
Smartfondan Wi-Fi sichqoncha sifatida foydalanish
Fayl joriy fayl tizimi uchun juda katta bo‘lsa nima qilish kerak?
“Yangi avlod Windows”i qachon chiqishi ma’lum bo‘ldi
Windows 11 chiqishiga ishora: “Microsoft” ramziy post qoldirdi
Microsoft Windows 11'ni taqdim etdi
Windows 11 Compatibility Checker dasturi
Windows 10'dan Windows 11'ga yangilanish
Kompyuterga o‘rnatilgan Windows 11 yangilanishini bekor qilish
“Mos kelmaydigan” kompyuterda Windows 11'ga yangilanish (1-usul)
Windows 11'ni o‘rnatishdagi cheklovlarni chetlab o‘tish (2-usul)
“Mos kelmaydigan” ShK'da Windows 11'ga yangilanish (3-usul)
Windows 11'ning ishlashini tezlashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma nashr qilindi
Windows 11'da “Пуск” tugmasini chap tomonga ko‘chirish
Microsoft eski shaxsiy kompyuterlarga Windows 11'ni o‘rnatishga ruxsat beradi
Rufus dasturi yordamida Windows 11 bilan yuklanuvchi fleshkani yaratish
Windows 11'da Windows.old papkasini o‘chirish (undan oldingi versiyalar uchun ham o‘rinli)

📌 P.S.: Kanalga Windows 11 bo‘yicha yangi postlar nashr qilinishi bilan, ushbu ro‘yxat ham yangilanib boradi. Ushbu ro‘yxatning 1-qismi | 2-qismi | 3-qismi | 4-qismi | 5-qism.

💡Kanalga ulashilgan maqolalar bilan tanishing, tavsiyalarni amalda qo‘llab ko‘ring va do‘stlaringizni ham jalb eting! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🔥10👍2
💿 Kompyuteringiz uchun operatsion tizimni Google'dan qidirib vaqt ketkazmang!

Shunchaki @UsefulOS_bot ga ulaning va Windows'dan Linux'gacha bo'lgan tizimlarning istalgan versiyasini bepul yuklab oling.

👉 Botni ochish: @UsefulOS_bot
👍4🔥3
#internet #operatsion_tizim #word #powerpoint #smartfon #iOS #android

㊗️ Google Translate'dan yaxshiroq: dunyodagi eng aniq tarjimon

Google Translate yaxshi ishlaydi, biroq ko‘pincha uning tarjimalari to‘liqligicha aniq bo‘lmaydi. Bu uchun DeepL Translate xususiy tarjimonidan foydanalib ko‘rish maqsadga muvofiqdir. Agar solishtirsa, ushbu xizmat taqdim etuvchi sifat Google'nikidan bir necha baravar yuqoridir.

Undan foydalanish tartibi quyidagicha:

1️⃣. Sayt bo‘ylab o‘tamiz, matnni kiritamiz va qaysi tilga tarjima qilinishi lozimligini tanlaymiz.

2️⃣. Siz darhol yuqori sifatdagi tarjimaga guvoh bo‘lasiz. Google yoki Yandex'dan farqli o‘laroq, DeepL Translator jumlalar kontekstini ancha yaxshi tushunadi va xuddi o‘sha til tashuvchilari singari “insoniy tarjima”ni taqdim etadi. Bundagi butun sehr mashina o‘rganishi (Machine Learning)ga asoslanadi.

3️⃣. Oddiy matnlar bilan birga PDF, Word yoki PowerPoint fayllarini ham tarjima qilish mumkin.

Bundan tashqari, xizmat 26 tilga tarjima qiladi va shaxsiy ma’lumotlaringizni saqlamaydi. Saytdan tashqari, DeepL ilovalari Windows, macOS, iOS va Android uchun mavjud.

📌 P.S.: Xizmat pullik, biroq 5000 belgiga qadar matn bepul tarjima qilinadi.

Google Translate'dan farqli ravishda, ushbu xizmatda hozircha o‘zbek tiliga tarjima qilish imkoniyati mavjud emas. 🇺🇿

📝 Manba: @bugnotfeature

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha
postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Microsoft PowerPoint rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism
• Smartfon rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍6😢4👏2
Forwarded from IT specialist
#learn_english_with_software #smartfon #android

🇬🇧 English Level Checker – ingliz tili bo‘yicha bilim darajangiz qanday? Buni ushbu mobil ilova yordamida tez fursatda aniqlab olishingiz mumkin:
Quick testing (Grammar and Vocabulary check);
Full testing (Grammar, Reading, Writing, Vocabulary);
Reading tests;
Grammar tests;
Writing tests;
Vocabulary tests.

📎 English Level Checker v7.32 mobil ilovasini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍2🔥2👏1
#excel

🧾 Faqat yacheyka formatini boshqa yacheykaga nisbatan qo‘llash

Yacheykadagi matnni o‘zgarishsiz qoldirib, faqat undagi formatni boshqa yacheykadagi formatga asoslanib o‘zgartirish uchun quyidagi qadamlarni bajarish lozim:

— 1-qadam
Formati namuna sifatida olishi lozim bo‘lgan yacheykani tanlab, oddiy tarzda qo‘llaniluvchi CTRL + C klavishlari birikmasini bosish.

— 2-qadam
Nusxalangan format qo‘llanilishi lozim bo‘lgan yacheykalar diapazonini belgilash.

— 3-qadam (1-usul)
Menyu satrida Главная → Вставить → Специальная вставка bandlari bo‘ylab o‘tish va yuzaga keluvchi oynada Форматы bandini tanlash, tayyor.

3-qadam (2-usul)
CTRL + V klavishlari birikmasi yordamida nusxalangan matnni belgilangan diapazonga joylashtirib, CTRL klavishi orqali ochiluvchi panelda Форматирование bandini tanlash orqali faqat formatni qo‘llash, tayyor.

📝 Manba: @hacks_excel

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍10
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

⚙️ Ushbu turdagi maxsus plyonka yordamida qurilmalar ichida joylashgan magnitlarni oldindan ko‘rish mumkin.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍16🔥5
#smartfon #iOS #iPhone

🎧 iOS'da pleyerdagi musiqa yoki video ijrosini to‘xtatish taymeri qanday sozlanadi?

Sukunatda uxlay olmay, sevimli musiqa yoki serialingizni ishga tushirib, tinglash yoki tomosha qilish chog‘ida uxlab qolib, ertalab uyg‘onganingizda qurilgangiz quvvati tugab qolishidan xafsalangiz pir bo‘lib kelyaptimi? Hechqisi yo‘q, bu holat sizda ortiq qaytarilmaydi.

Media kontent ijrosini avtomatik to‘xtatish uchun quyidagi qadamlar ketma-ketligi bajariladi:

1️⃣. iPhone'ingizdagi “Часы” ilovasiga murojaat eting.

2️⃣. “Таймер” varaqa (вкладка)siga o‘ting.

3️⃣. “По окончании” bandida tovush o‘rniga “Остановить” bandini tanlang.

4️⃣. Soatni sozlash panelida kerakli vaqtni o‘rnating.

Taymer ishga tushirilganidan so‘ng barcha ijro etiluvchi medialar belgilangan vaqt muddatida avtomatik to‘xtatiladi. Endi bemalol sevimli musiqa sadosi ostida uyquga ketib, telefon quvvati haqida havotir olmasa bo‘ladi.

📝 Manba: @bugfeature

ℹ️ Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍6
📱 Kanalimizdagi #smartfon, #android, #iOS va #iPhone heshteglari ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing (4):

Android-smartfonidagi istalgan ilovaga parol o‘rnatish
18+ kontentga qarshi sozlamani qo‘llash
Smartfon bilan ishlashda bo‘yinga tushadigan yuk
Android ilovasi uchun o‘rnatiluvchi .APK faylini to‘g‘ridan-to‘g‘ri Google Play Market'dan yoki qurilma xotirasidan yuklab olish
Nega smartfonni avtomobilda quvvatlantirib bo‘lmaydi?
Smartfondagi keraksiz yangilanishlardan qanday himoyalanish mumkin?
Smartfondan Wi-Fi sichqoncha sifatida foydalanish
Oddiy sahifaga chop etilgan ma’lumotlarni Excel'ga kiritishning ideal usuli (mobil Excel ilovasi orqali)
Sovuq havoda smartfon akkumulyatorini asrash bo‘yicha maslahatlar
Qiziqarli maqolani uchratdingiz, lekin o‘qishga vaqtingiz yo‘qmi? iPhone va Android uchun buning yechimi bor!
Sizningcha qaysi biri zo‘r - Android yoki iOS? (So‘rovnoma)
Android va iOS smartfonlaridan internet tarqatish
Android’dan iPhone’ga o‘tdingizmi? Unda buni, albatta, o‘qing!
“iPhone”da ikonkalarning standart joylashuvini qayta tiklash mumkinmi?
iPhone’dagi Safari’da tasodifan yopilgan sahifani qanday tez ochish mumkin?
iPhone’ning eski modellarini Apple kompaniyasi tomonidan qo‘llab quvvatlanishi davri
Apple kompaniyasining dastlabki logotipi qanday bo‘lganini bilasizmi?
iPhone va iPad’larda fayllarni tezkor arxivlash
Ronald Ueyn haqida bilazismi?
iPod, iPhone va iPad so‘zlaridagi “i” harfi nimani anglatadi?
iPhone Microsoft’ga bo‘lgan kuchli nafratning mevasi bo‘lgan
iPhone'da turli saytlardagi barcha akkauntlarning login va parollarini ko‘rish
iPhone'da sayt uchun saqlangan parolni qanday bilish mumkin?
iPhone'da avtoyorqinlikni faollashtirish
iPhone'dagi batareyaning so‘nggi foizlarini asraymiz
iPhone kalendarining sirli jihati
iPhone'da avtomatik quvvatni tejash rejimi
iOS'da pleyerdagi musiqa yoki video ijrosini to‘xtatish taymeri qanday sozlanadi?
iPhone akkumulyatorini tejashga doir tavsiyalar
Apple'ning reklamalaridagi nostalgiyani his eting

📌 P.S.: Kanalga smartfonlardan foydalanish bo‘yicha yangi postlar nashr qilinishi bilan, ushbu ro‘yxat ham yangilanib boradi. Ushbu ro‘yxatning 1-qismi | 2-qismi | 3-qismi.

💡 Kanalga ulashilgan maqolalar bilan tanishing, tavsiyalarni amalda qo‘llab ko‘ring va do‘stlaringizni ham jalb eting! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍5
💥💥💥 Windows Server 2019 kursidagi navbatdagi dars

Mavzu: 15. Windows Server 2019 - Tizimni masofadan boshqarish usullari

Video ko'rish: ⬇️⬇️⬇️

https://www.youtube.com/watch?v=SejWbZOMX2A
👍7🤯2
#operatsion_tizim #hardware #internet

⌨️ Klaviaturaga qaramasdan tezkor matn kiritish ko‘nikmasini shakllantirish

Bunda bizga 10 ta barmoqni butunlay qo‘llagan holda klaviaturaga qaramasdan matn kiritish usulini o‘zlashtirish imkonini beruvchi — Ratatype xizmati yordam berishi mumkin.

Bu qanday ishlaydi: o‘z matn kiritish tezligingizni aniqlab olish uchun siz dastlab testdan o‘tasiz. U yakunlanganidan so‘ng siz tasniflanasiz va ko‘nikmangizni tasdiqlovchi sertifikatni olasiz.

Keyingi qadamda ro‘yxatdan o‘tish, mos keluvchi kursni tanlash va ko‘nikmani shakllantirish uchun uning bosqichlaridan muntazam ravishda o‘tib borish talab etiladi.

📝 Manba: @iteach_tb

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Onlayn klaviatura trenajyorlari
Klaviaturada tezkor matn kiritish uchun Stamina xizmati
Raqobatlashish rejimini taqdim etuvchi klaviatura trenajyori (TypeRacer)
• Klaviatura bilan ishlashga oid mavzularni o‘ziga jamlagan postimiz
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🔥6👍4😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #hardware #game #IT_humor

🖱 Asabiy geymerlar uchun maxsus sichqoncha.

ℹ️ O‘yinlar haqidagi mavzular, kompyuter dasturi va o‘yinlari hamda mobil ilova va o‘yinlar ro‘yxatini o‘ziga jamlagan postimiz.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
😁13👍5👎3
#bilasizmi #hardware #operatsion_tizim

💾 SSD va HDD xotiralar bir-biridan qanday farq qiladi?

SSD disklarda mexanik qismlar bo'lmaydi va ular HDD disklardan anchagina mustahkam bo‘ladi. Kompyuteringizga shikast yetguday bo‘lsa, SSD xotiraga ko‘p hollarda zarar yetmaydi.

SSD va HDD xotiraning tezligi bir-biridan katta farq qiladi. Kompyuterni yoqqaningizda va dasturlarni ishga tushirayotganingizda SSD disk katta o‘rin egallaydi va u HDD diskdan ancha tez ishlaydi. Ularning tezligini videoni tomosha qilgan holda solishtirib ko'ring👇🏻🎞.

📌 P.S.: Hozirgi kunda zamonaviy kompyuter va noutbuklarda ikki turdagi disklar ham o‘rnatiladi. Lekin eski modeldagi kompyuterlarga SSD xotira o‘rnatilishi maslahat beriladi, chunki ularda faqatgina HDD disk mavjud bo'lib, bunday qurilmalar sezilarli darajada sekin ishlaydi.

📝 Manba: @kompyuter_bilimlari

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
HDD va SSD farqlari, afzalliklari. Kimga qaysi biri kerak?
Ma’lumotlarni yo‘qotmagan holda fleshka, qattiq disk va SSD’da fayl tizimini FAT32’dan NTFS’ga o‘zgartirish
HDD'dan SSD'ga qanday qilib “og‘riqsiz” o‘tish mumkin?
Windows 10, 8.1 va 7'da disk harfini o‘zgartirish
Windows 10'da Buyruq satri (Командная строка) yordamida disk harfini o‘zgartirish
WinPE 10-8 Sergei Strelec yordamchi vositasini qattiq diskdan ishga tushirish
Windows 11'da Windows.old papkasini o‘chirish (undan oldingi versiyalar uchun ham o‘rinli)
Windows haqidagi voz kechish lozim bo‘lgan 5 mashhur afsona
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍8🥰2🤔1🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #software #IT_humor

O‘rganayotgan dasturingni ipidan ignasigacha o‘zlashtirganingda... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍24😁7🔥5
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #security

Ochilishi uchun yaxshigina bosh qotirishni talab etuvchi yog‘ochli quti.

Turli xil tizimlarga kirish uchun qo‘llaniluvchi foydalanuvchi paroli ham shu kabi murakkab bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. 🔐

ℹ️ Axborot xavfsizligi rukni ostida kanalda nashr etilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍7🔥5😁2
Forwarded from IT specialist
#test #word

Kursordan o‘ng tomonda joylashgan butun so‘zni o‘chirish uchun qaysi klavishlar birikmasidan foydalaniladi?
Anonymous Quiz
46%
CTRL + DELETE
20%
CTRL + BACKSPACE
25%
SHIFT + DELETE
8%
SHIFT + BACKSPACE
👍153😢3
Forwarded from IT specialist
#excel

Excel'dagi listga fon qanday qo‘shiladi? 🖼

Excel'da tanlangan list ortiga rasm joylashtirish imkoniyati mavjud. Buning uchun Разметка страницы menyu varaqa (вкладка)si Подложка'ga o‘ting va fon sifatida qo‘llanilishi lozim bo‘lgan rasm faylini tanlang.

Agarda fon hujjatdagi chiziqlar rangi bilan birlashib ketib, yacheykalardagi chiziqlar sezilmas bo‘lib qolsa, u holda Файл menyu varaqa (вкладка)si
Параметры → Дополнительно
ketma-ketligi bo‘ylab o‘tib, Параметры отображения листа bo‘limida sezilarliroq ko‘rinishdagi rangni tanlang.

❗️E’tibor bering, fon faqat siz tanlagan listga nisbatan qo‘shiladi.

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍8
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim

Windows 10'da bir nechta oynalar bilan ishlash 💠

Bir nechta oynalar bilan ishlashni soddalashtirish uchun Windows 10'da Прикрепить окна o‘rnatilgan funksiyasi mavjud, u ekranni bir nechta oynalar o‘rtasida ajratish imkonini beradi: ikki qismga — chapga va o‘ngga; yoki to‘rt qismga — ekran burchaklari bo‘ylab.

Odatda ushbu opsiya qoida bo‘yicha faollashtirilgan bo‘ladi, biroq Параметры (WIN + I) — СистемаМногозадачность ketma-ketligi bo‘ylab o‘tib, uning holatini tekshirish mumkin. Прикрепить окна guruhi va ostidagi bandlari faol holatga keltirilgan bo‘lmog‘i lozim.

Ikki yoki undan ortiq dastur ishga tushirilgan paytida, istalgan oynani sarlavha satridan tutib turgan holda ekranning chap/o‘ng chetiga yoki ekran burchaklaridan biriga biriktirish uchun siljiting, va birikish sohasi ko‘rsatilganidan so‘ng sichqoncha tugmasini qo‘yib yuboring.

2️⃣ qismga ajratish (chapga yoki o‘ngga siljitishda) paytida siz ekranning qolgan qismida oynani tanlash taklifini ko‘rasiz, uni tanlang va u o‘ng yoki chapdagi qolgan bo‘sh sohani egallaydi.

Ekranni 4️⃣ qismga ajratish paytida har bir burchak uchun oynani qo‘lda siljitishga to‘g‘ri keladi. Agar ekrandagi sohalar o‘lchami nisbatini o‘zgartirishni istasangiz, buni oynalar o‘rtasidagi ajratkichni siljitish orqali amalga oshiring.

Oynalarni tezkor joylashtirish uchun qaynoq klavishlardan foydalanish mumkin. Kerakli oynani tanlab WIN va ⬅️, ➡️, ⬆️ va⬇️ strelkalarini bosing.

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostida joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍9
#smartfon #android

⌚️ Suzuvchi soatlar: Android'dagi sirli sozlamani faollashtirish

Smartfon – bu ishlab chiqaruvchilar tomonidan kiritilgan ko‘plab foydali xususiyatlarni o‘z ichiga olgan yuqori texnologiyali qurilmadir. Biroq, ularning ba’zilarini standart menyu orqali sozlab bo‘lmaydi. Android asosida ishlovchi qurilmamizga qo‘shimcha imkoniyat taqdim etish maqsadida sirli opsiyani faollashtirish xususida to‘xtalib o‘tamiz.

Dasturchi rejimiga kirish talab etiladi:

1️⃣. “Настройки” menyusiga o‘ting;

2️⃣. “О телефоне” bo‘limida “Номер сборки” bandi ustiga 7 marta bosing. Agar smartfon Xiaomi bo‘lsa, “Версия MIUI” satrini toping va xuddi shu harakatlarni bajaring;

3️⃣. Siz dasturchi rejimini faollashtirganingiz haqidagi xabar yuzaga keladi.

❗️Android smartfonining ishlab chiqaruvchisiga qarab, bo‘limlarning nomlanishi biroz farq qilishi mumkin.

So‘ngra yana Настройки menyusiga qaytish lozim.

1️⃣. Sozlamalar oynasining yuqorisidagi qidiruv satriga “Для разработчика” jumlasini kiriting, ustiga bir marta bosish orqali kiriluvchi bo‘lim paydo bo‘ladi;

2️⃣. Bu yerda qidiruv satri yo‘q, shuning uchun sahifa bo‘ylab pastga qarab “Ввод” guruhiga qadar tushishga to‘g‘ri keladi;

3️⃣. Ushbu guruhdagi “Плавающие часы” bandini faollashtiring, shundan keyin u ekranda paydo bo‘ladi.

Soat barcha ochilib turgan oynalar ustida ko‘rinib turishi tufayli, ushbu qulay opsiya har qanday ilova yoki o‘yin ishlab turgan paytida vaqtni kuzatib turish imkonini beradi. Xohish yoki zaruratga ko‘ra soatni oddiy barmoq harakati orqali ekranning istalgan nuqtasiga siljitish mumkin.

📝 Manba: @smartphonesecrets

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Android’da dasturchilar uchun menyuni faollashtirish
Android ekranida barmoq tekkan joyni aks ettirish
• Smartfon rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍7