IT specialist
11.3K subscribers
1.11K photos
476 videos
64 files
3.76K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
Forwarded from IT taʼlim
G'arpyib ko'p huvaydo bo'lg'usidir,
Bas, anda shakl paydo bo'lg'usidir...
Ko'rinib har zamone - ko'zga bir shakl, Ko'z ochg'och bo'lg'usidir...o'zga bir shakl! "Farhod va Shirin" dostonidagi ushbu satrda qaysi qurilma haqida so'z ketmoqda?
Anonymous Quiz
18%
Yer osti qurilmasi
21%
Robot
51%
Televizor
10%
Samalyot
Forwarded from IT taʼlim
Poyalar maqdamida bo'lg'ay past,
Aylagay bir-biri yuziga nishast.
Chun sekiz poya qat' bo'ldi tamom, Aylagach shoh o'z yerida maqom. Yana ul poyalar baland o'lg'ay, Taxtidin shoh bahramand o'lg'ay. "Saddi Iskandariy" dostonidan. Bu qaysi qurilma?
Anonymous Quiz
28%
Samolyot
44%
Lift
13%
Raketa
15%
Suv osti kemasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #telegram #IT_humor

Postni qaysi qurilmada va qanday uslubda tayyorlashing muhim emas, asosiysi – bu natija ukajon... 🙄

📌 P.S.: Kanali uchun postni transport ichida, smartfon yordamida, tinimsiz o‘nqir-chonqirliklardan o‘tib, tinchgina qimirlamay o‘tirib keta olmaydigan adminlarga bag‘ishlanadi! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#powerpoint

↕️↔️ Shakl va obyektlar bilan ishlashda CTRL va SHIFT klavishlari bilan bog‘liq layfxaklar

Ko‘pincha taqdimotimizdagi slaydlarda turli shakl va obyektlardan foydalanish va ularning o‘lchamlarini moslashtirishga to‘g‘ri keladi. PowerPoint'da shakl burchaklaridan biridagi markerni tutgan holda shunchaki surishdan tashqari, ularning o‘lchamlarini o‘zgartirish borasida yana bir nechta qo‘shimcha opsiyalar mavjud.

1️⃣. Agar bunda SHIFT klavishini bosib turgan holda shakl burchaklaridan biri siljitilsa, shakl o‘lchami o‘z proporsiyasini saqlagan holda surilayotgan tomonga qarab o‘zgaradi.

2️⃣. Agar shakl CTRL klavishini bosib turgan holda siljitilsa, uning o‘lchami proporsiyalarni saqlamagan holda, shaklning joriy markaziga nisbatan o‘zgaradi.

3️⃣. Agarda CTRL + SHIFT birikmasi bosilib, shakl burchaklaridan biri siljitilsa – uning o‘lchami proporsional ravishda shakl markaziga nisbatan o‘zgaradi.

Post ostidagi video ko‘rsatmaga muvofiq buni amalda sinab ko‘ring va ishingizni soddalashtiring👇🏻🎞.

📝 Manba: @office_killer

ℹ️ Microsoft PowerPoint rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #linux #maslahat

📀 Xubuntu — eski kompyuter yoki netbuklar uchun

Ubuntu'ning ushbu versiyasi yengil va resurslarni iste’mol qilishda kamtarin bo‘lgan Xfce qobig‘iga asoslanadi. Uning talabchanligi juda past va shu bilan birga oson sozlanadi. Agar sizda Windows yordamida boshqarilishi mushkul bo‘lgan biror kompyuter yoki netbuk bir chetda ishsiz yotgan bo‘lsa, unga Xubuntu'ni o‘rnatish orqali ikkinchi hayot ato etishingiz mumkin.

Ushbu distributiv tizim resurslarini kam iste’mol qiladi va deyarli har qanday konfiguratsiyada ishlashga qodir.

Afzalliklari: juda tez va yengil tizim bo‘lib, shu bilan birga o‘zining katta opasi bo‘lmish Ubuntu bilan bir xil paket va ilovalarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Kamchiliklari: garchi nisbatan kamroq xususiyatlarga ega bo‘lsa-da, LXDE yoki i3 kabi qobiqlar Xfce'ga nisbatan tezroq, shuning uchun haqiqatan ham eski mashinalar uchun ularni tanlash ma’qulroqdir.

✔️ Alternativlari: Ubuntu MATE — MATE qobig‘i konservativ ruhda yaratilgan, u juda yengil va kompyuterni ortiqcha yuklamaydi. Shu bilan birga u juda ko‘plab imkoniyatlarga ega. Lubuntu — bu LXDE/LXQT'ga asoslangan yanada tezroq tizim: kamroq sozlamalar, ko‘proq ish samaradorligi. Puppy Linux — bu ixcham “cho‘ntak” distributivi bo‘lib, u hatto 300 MB operativ xotiraga ega shaxsiy kompyuterda ham ishlay oladi.

📥 Xubuntu'ni yuklab olish.

Linux distributivini tanlashda nimalarga e’tibor bermoq lozimligi hamda “Лайфхакер” nashri tomonidan tavsiya etilgan boshqa distributivlar bilan ushbu postimiz orqali tanishishingiz mumkin.

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🤔 Kompyuterni yaxshi bilaman, degan inson nimalarni bilishi kerak?

🔹 Kompyuter parametrlarini aniqlash & sotib olish;
🔹 Arxiv fayllar bilan ishlash;
🔹 Antivirus dasturlaridan foydalanish va viruslardan himoyalanish;
🔹 Ofis dasturlari (Word, Excel, PowerPoint) & PDF hujjatlarini tayyorlash & tahrirlash;
🔹 Kerak bo'lganda Windows'ni mustaqil o'rnatish;
🔹 Videomontaj va mediaga oid ishlarni bajarish va h.k...

Siz bulardan qaysilarini yetarli darajada bilasiz?

Agar ikkilanayotgan bo'lsangiz, Sizga bir maslahat: kompyuter & kompyuter dasturlari bilan ishlashni videodarslar orqali bepul ta'lim berib kelayotgan Kompyuter Akademiyasidan o'rganing!

📍Manzil: @kompyuter_akademiyasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #internet

Shimoliy Koreya rasmiylari G‘arb jurnalistlariga shimoliy koreyaliklar internetdan erkin foydalanishlari mumkinligini ko‘rsatishga qaror qilishdi, biroq nimadir noto‘g‘ri ketdi.

Video lavhada yozilayotgan xabarlar:

“So‘ngra bizga talabalar internetdan foydalanadigan kompyuter xonasini ko‘rsatishdi. Barchasi o‘z o‘rnida degan taassurotni uyg‘otadi. Bu har qanday universitetdagi oddiy kompyuter xonasidek ko‘rinishda. Biroq keyin u yerdagi mutlaq sukunat e’tiborimizni tortdi. Hech kim hech narsa qilmayotgan edi. Hech kim matn kiritmayotgandi, sichqoncha tugmasini bosmayotgandi. Mutlaqo hech nima. Google qidiruv tizimiga qarab turgan yigitga ko‘zimiz tushdi. Biroq u hech narsa izlamayotgandi. U shunchaki ekranga mazmunsiz tikilib turardi.”

ℹ️
Internet rukni ostidagi kanalga joylashtirgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#internet

O‘z akkauntlaringizni qanday qilib tezkor o‘chirishingiz mumkin? 🗑

Ko‘plab kompaniyalar foydalanuvchilarning o‘z akkauntlarini o‘chirishlari murakkab bo‘lishi uchun Dark Pattern texnologiyasini qo‘llashadi.

justdelete.me — bu ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar sahifalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri havolalarni o‘z ichiga oluvchi saytdir.

1️⃣. Yuqorida keltirilgan sayt bo‘ylab o‘ting;
2️⃣. Akkaunti o‘chirilishi lozim bo‘lgan xizmatning nomini qidiruv satriga kiriting;
3️⃣. Paydo bo‘lgan natija ustiga bosing;
4️⃣. Akkauntni o‘chirish jarayonini boshlang.

Sayt akkauntni o‘chirishning murakkablik darajasini ko‘rsatib beradi:
Easyo‘chirish oson;
Mediumqo‘shimcha qadamlarni bajarish talab etiladi;
Hardto‘liq o‘chirish xizmat vakillari bilan bog‘lanishni talab etadi;
Impossibleo‘chirishning imkoni yo‘q.

Shunday qilib, sayt sahifalarini varaqlab o‘chirish tugmachasini izlab o‘tirmay, akkauntlaringizni tezda yo‘q qilishingiz mumkin.

📝 Manba: @bugfeature

ℹ️ Internet rukni ostidagi kanalga joylashtirgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #game

📺 Windows'da FPS'ni ko‘rsatish uchun ichki o‘rnatilgan vositani faollashtirish

FPS
(frame per second) — o‘yin jarayoni kadrlar buferidagi tasvirning yangilash chastotasini ko‘rsatuvchi o‘lchov birligi. Windows 10'da esa faollashtirilishi oson bo‘lgan ichki o‘rnatilgan FPS hisoblagichi mavjud.

Buni amalga oshirish tartibi quyidagicha:

1️⃣. WIN + G klavishlari birikmasini bosamiz.

2️⃣. Game Bar'da “Производительность” bo‘limini ochamiz.

3️⃣. “FPS” bandi ustiga bosamiz.

4️⃣. “Запросить доступ”ga bosamiz.

5️⃣. Kompyuterni qayta yuklaymiz.

6️⃣. O‘yinni ishga tushiramiz va “Производительность” bo‘limini ochamiz.

Hammasi shunday iborat! Buning natijasida nafaqat FPS, balki GPU (videokarta), CPU (protsessor) va RAM (operativ xotira)ning ham yuklanganlik darajasi ko‘rinadigan bo‘ladi.

📝 Manba: @tech_lifehacks

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Kompyuteringizdagi “FPS” aslida nimaligini bilasizmi?
O‘yinlar tufayli kompyuterni eskirishdan qanday himoyalash mumkin?
Kompyuter qanday o‘yinlarni “ko‘tara olishini” aniqlaymiz
• O‘yinlar haqidagi mavzular, kompyuter dasturi va o‘yinlari hamda mobil ilova va o‘yinlar ro‘yxatini o‘ziga jamlagan postimiz
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
💥💥💥 Windows Server 2019 kursidagi navbatdagi dars -

Mavzu: 11. Windows Server 2019 - FTP server va uning sozlash turlari

Video ko'rish: ⬇️⬇️⬇️

https://youtu.be/CpvDdG3lyMQ
#word #excel #security

🔏👀 Word va Excel'da himoyalangan ko‘rish (Защищенный просмотр)ni o‘chirib qo‘yish

Microsoft Word va Excel'larda hujjat yoki jadval fayllarini ochishda “Защищенный просмотр” bildirishnomasiga, unga qo‘shimcha ravishda esa: “Будьте осторожны: файлы из Интернета могут содержать вирусы. Если вам не нужно изменять этот документ, лучше работать с ним в режиме защищенного просмотра” yoki “Изменение файлов этого типа запрещено параметрами политики” kabi keltirilgan izohlarga ko‘zingiz tushishi mumkin. Ushbu holatda hujjat tahrirlanishi joiz bo‘lsa, himayalangan ko‘rish rejimidan chiqish talab etiladi.

Ushbu ko‘rsatmamizda ushbu rejimning nega faollashishi va qanday qilib Word va Excel'larda himoyalangan ko‘rishni o‘chirib qo‘yish mumkinligi xususida so‘z yuritamiz.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Microsoft Word rukni ostidagi qolgan
postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#internet #security

🛡 Brauzerdagi xavfsizlik va maxfiylik

Internetda viruslar, fishing sahifalari va boshqa xavf-xatarlarni yetarlicha uchratish mumkin. Baxtimizga, hozirda o‘zini hurmat qiluvchi har qanday brauzer – potensial xavfli saytga murojaat etganimizda, bizga ogohlantirish xabarini yuboradi. Ammo buning o‘zi yetarli emas. Onlayn tahdidlar haqida kamroq tashvishlanishga ko‘mak beruvchi bir juft vosita mavjud.

Web of Trust — ishonchli saytlarni yashil belgi va ishonchsizlarini – qizil belgi bilan belgilaydigan mashhur kengaytma. U tashrif buyurilgan sahifalar haqida foydalanuvchilarning fikr-mulohazalari asosida ishlaydi. Chrome, Firefox va Opera brauzerlari uchun mavjud.

Maxfiyligingiz haqida qayg‘urish uchun mo‘ljallangan yana bir kengaytma — bu Ghostery. U qidiruv tizimi va veb-saytlardagi kuzatuvni bloklaydi, bu esa sizning maqsadli reklamalar bilan jig‘ingizga tegmasliklarini kafolatlaydi. Chrome, Firefox va Opera brauzerlari uchun mavjud.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Internet rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#bilasizmi #internet #rasm_bilan_ishlash

Google qidiruv tizimiga rasm yuklab, u bo‘yicha ma’lumot izlash 🖼🔍

Qidiruv uchun rasmni yuklashda quyidagi qadamlar ketma-ketligi amalga oshiriladi
:
1. Kompyuterda brauzerni ishga tushiring (masalan, Chrome или Safari).
2. Google Картинки sahifasiga o‘ting.
3. Поиск по картинке belgisi ustiga bosing.
4. Загрузить файл -> Выберите файл yoki Обзор bo‘ylab o‘ting.
5. Kompyuteringizdagi rasmni tanlang.
6. Открыть yoki Выбрать'ning ustiga bosing.

📍Batafsil ma’lumot rus tilidagi ushbu ko‘rsatmada.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Rasm bilan ishlash rukni ostida turli mavzularni o‘zida jamlagan postimiz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Internetdan topgan dasturingizni ishlata olmayapsizmi yoki saytlardan “Download” tugmasini qaysi biri haqiqiyligini bila olmay charchadingizmi?

Asab tolalaringizni asrangda, @UltraSoft_Uz kanaliga obuna bo‘ling va eng so‘nggi zamonaviy dasturlarni BEPUL yuklab oling.

UltraSoftUz nimasi bilan boshqa kanallardan ajralib turadi:
Foydali dasturlar
Sifatli aktiv kontent
Texnologik hazillar
IT-yangiliklar

Uyalmasdan ulanish: 👉 @UltraSoft_Uz
Forwarded from IT specialist
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Ish beruvchi sendan stajing 10 yillik bo‘lishi lozimligini talab etsayu, yoshing hali 20 ga ham to‘lmagan bo‘lsa... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#test #excel

Formulalarni yaratish uchun maxsus vositalar dasturning qaysi varaqa (вкладка)sida joylashgan?
Anonymous Quiz
25%
Главная
52%
Вставка
14%
Макет
8%
Ссылки
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #IT_humor

🔹Alijon: Ko‘chirishga berib turasanmi?
🔸Valijon: Ha, faqat birga-bir qilib ko‘chirma, xo‘pmi?

Natijada esa... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#smartfon #android

🗑 Barcha keraksiz mobil ilovalarni qanday qilib tezkor o‘chirish mumkin?

Hozirgi keltirayotgan ko‘rsatmamiz kanalga bundan oldin nashr qilingan postimizning davomidir, joriy ko‘rsatma bilan tanishish oldidan ushbu ko‘rsatmamizga amal qiling.

Endi esa telefon xotirasini qanday qilib keraksiz ilovalardan tozalash borasida gaplashamiz.

1️⃣. O‘rnatilgan mobil ilova menejerini ochamiz.
2️⃣. Ortiqcha (keraksiz) ilovalar joylashgan bandlar ustiga bosib turgan holda birma-bir belgilaymiz.
3️⃣. Savatcha belgisi ustiga bosamiz.
4️⃣. Tizim oynasida chiqqan xabarga javoban o‘chirishga roziligimizni tasdiqlaymiz.

Sizning qurilmangiz tozalandi.

📌 Layfxak: aynan qaysi ilova ko‘proq joy egallayotganini anglash uchun qidiruv maydonidagi sozlamalar belgisi ustiga bosamiz va o‘lcham bo‘yicha saralaymiz.

ℹ️
Smartfon rukni ostida joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim

Windows 10'ni o‘rnatish uchun PowerShell yordamida yuklanuvchi fleshkani yaratish 🖥|💻

Windows'ni o‘rnatishga qaror qilganimizda, ushbu operatsion tizimning muayyan versiyasi asosida yuklanuvchi fleshkani yaratishimizga to‘g‘ri keladi.

Bundan ilgari biz operatsion tizim tarkibida keluvchi Buyruq satri (Командная строка), Rufus yoki UltraISO dasturlari orqali yuklanuvchi (operatsion tizimni o‘rnatish uchun xizmat qiluvchi) fleshkani yaratishni ko‘rib o‘tgandik. Bugun tizimga o‘rnatilgan PowerShell konsoli yordamida shunday fleshkani yaratish usuli bilan tanishamiz.

Boshlanishiga Windows diskining ISO-obrazini yuklab oling va hajmi 8 Gb'dan kam bo‘lmagan USB-saqlash qurilmasini kompyuterga ulang. Пуск menyusining qidiruv satriga powershell so‘zini kiriting va natija panelida odatda birinchi turuvchi PowerShell konsol dasturi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib Запуск от имени администратора'ni tanlang.

So‘ngra ochilgan konsol dasturi oynasiga ushbu buyruqlarni kiriting:

1️⃣. $Results = Get-Disk | Where-Object BusType -eq USB | Out-GridView -Title 'Select USB Drive to Format' -OutputMode Single | Clear-Disk -RemoveData -RemoveOEM -Confirm:$false -PassThru | New-Partition -UseMaximumSize -IsActive -AssignDriveLetter | Format-Volume -FileSystem FAT32.

2️⃣. Ulangan qurilmani formatlash uchun tanlang. OK tugmasini bosing, fleshkangiz FAT32 fayl tizimiga formatlanadi.

3️⃣. Windows disk obrazini virtual qurilmaga ulang. ISO kengaytmasi bilan tugaydigan ushbu fayl Windows 10'da odatda ustiga ikki marta bosilganida alohida virtual diskovodga ulanadi. Foydalanib bo‘lib uni ham haqiqiy disk o‘quvchi qurilmalar bilan bo‘lgandagi kabi Извлечь qilish mumkin.

❗️Windows 7'da fayl ustiga ikki marta bosib virtual diskka ulash imkoniyati qoida bo‘yicha mavjud emas, bu uchun UltraISO, Daemon Tools va shu kabi boshqa dasturlar alohida o‘rnatiladi.

4️⃣. Set-Location -Path "$($ISO):\boot"
bootsect.exe /nt60 "$($Results.DriveLetter):"
Copy-Item -Path "$($ISO):\*" -Destination "($Results.DriveLetter):" -Recurse -Verbose

Fayllarning nusxalanish jarayoni yakunlanishini kuting. Fleshkangiz Windows'ni o‘rnatish uchun tayyor!

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz ushbu ro‘yxatlarda: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #smartfon

🎣 Suvdan himoyalanish bo‘yicha IP68 standartiga ega smartfonlar ba’zida mana shunday zaruriy vaziyatlarda ham insoniyatga qo‘l kelishi mumkin.

ℹ️ Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija