IT specialist
9.68K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
Forwarded from IT specialist
#smartfon #android

🔍 AppWatch – qurilmangizda yuzaga keluvchi reklamani qaysi ilova ko‘rsatayotganini aniqlashga ko‘mak beruvchi maxsus mobil ilova. Android 6.0+. Pro-versiya.

📎
AppWatch v1.6.0 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍81🔥1
#mulohaza_uchun #muvaffaqiyatli_insonlar

⚡️ Mark Sukerbergning odati

Facebook asoschisi juda o‘ziga xos odati bilan mashhur: qaror qabul qilishda vaqtni tejashning samarali usuli deb hisoblab, har kuni bir xil kiyim kiyadi.

Odatlaridan yana biri — bu qandaydir yangi narsalarni o‘rganishdir. Har yili u o‘zi uchun turli xil chellenjlarni uyushtiradi: shu tarzda u xitoy tilining mandarin lahjasini o‘zlashtirdi, bir yil ichida 24 ta kitobni mutolaa qildi, keyingi yili 365 mil masofani yugurib o‘tdi.

So‘nggi tajribasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, har kuni u bor-yo‘g‘i bir mil yugurdi — harakatdagi kichik qadamlar san’ati deb aynan shunga aytilsa kerak.

📌 P.S.: 1 mil = 1,60934 km

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Pavel Durov haqida
Bill Geyts haqida
Djeff Bezos haqida
Ilon Mask haqida
Stiv Jobs haqida
Oddiy talabalarning katta muvaffaqiyati. Google tashkil topganiga 22 yil bo‘ldi
Alibaba asoschisi Jek Ma tomonidan aytilgan iqtiboslar

👨🏻‍💻
@itspecuz | Mundarija
👍7🔥3
#smartfon #maslahat

📱 Xarid qilish oldidan ikki smartfonni barcha xususiyatlari bo‘yicha vizual solishtirish

Smartfon xususiyatlari bo‘ylab mustaqil ravishda o‘tib ko‘rish mumkin, albatta — chunki ularning tavsifi odatda batafsil keltiriladi. Biroq ularni unchalik tushunmagan taqdiringizda, xarakteristikalarni qanday solishtirishingiz mumkin? Yoki ularda sezilarli farq bo‘lmasa-da, bir smartfon ikkinchisini ish samaradorligi bo‘yicha testlarda ishonchli tarzda ortda qoldirsachi?

Ikki smartfon xususiyatlarini solishtirishga yordam berishi mumkin bo‘lgan maxsus xizmat mavjud. U e’tibor berilishi lozim bo‘lgan eng muhim joylarni ajratib, ularni sodda tilda tushuntiradi.

Undan foydalanish tartibi esa quyidagicha:

1️⃣. NanoReview saytiga o‘tamiz.

2️⃣. Qidiruv satrlariga kerakli qurilmalar brendi va modellarini kiritamiz.

3️⃣. “Сравнить” tugmasini bosamiz.

Barchasi oddiy! “Ключевые отличия” bo‘limida smartfonlarning eng muhim afzalliklari haqida umumiy ma’lumotni ko‘rish, “Цена/Качество” bo‘limida smartfonlardan qaysi biri o‘z narxiga ko‘ra yaxshiroq ekanini bilish mumkin. Quyiroqda esa — smartfonlarni har tomonlama batafsil taqqoslanishi keltiriladi.

📝 Manba: @tech_lifehacks

📌 P.S.: Maqolada keltirilgan xizmatga muqobil va o‘z ishini juda yaxshi uddalovchi veb-sayt bilan ham tanishing: GSMArena

ℹ️ Smartfon rukni ostida joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👏2
#mulohaza_uchun #texnologiya

🚦Seuldagi rangli diodli svetoforlar

Hozirgi avlodni bemalol “smartfon zombilari” deya atasak, mubolag‘a bo‘lmasa kerak. Vaqt – bu pul deya bejizga aytishmaydi, axir yo‘lda yurib ketayotgan vaqtingizda ham ishlab turgan asosiy ishingiz yoki qo‘shimcha ishlaringizni hal etib ketishingiz mumkin, har kim ham yurgan yo‘lida o‘yin o‘ynab ketavermaydi. 😉

Janubiy Koreyaning poytaxti sanalmish Seul shahrida aynan shunday, ya’ni qo‘lidagi gadjetiga mukkasidan ketishga odatlangan yo‘lovchilar uchun qulayliklar yaratilmoqda. Poytaxtdagi yo‘lovchilar yo‘lakchalarining boshlanishiga svetoforlar bilan sinxronlashgan tarzda ishlovchi rangli diodli chiroqlar bosqichma-bosqich o‘rnatilmoqda.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍10😱2
#operatsion_tizim #linux #maslahat

📀 openSUSE – stol usti shaxsiy kompyuterlari uchun

Ushbu tizim Germaniyaning Novell kompaniyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Tizim bilan ishlashni endigina boshlaganlar uchun distributiv yetarlicha soddadir. openSUSE KDE grafik muhitini qo‘llaganligi tufayli, u stol usti shaxsiy kompyuterlari uchun asosiy tizim sifatida juda mos keladi.

Ko‘pchilik Linux distributivlarining falsafasi shundan iboratki, bir vosita faqat bir aniq vazifani bajarishi lozim. Natijada esa bu jabhada yangilar ko‘pincha tizimni kerakli darajada ishlashi uchun nimani va qanday dasturda qilish kerakligini tushunishmaydi. openSUSE soddalik va qulaylik uchun ushbu tamoyildan voz kechdi. Uning o‘ziga xos jihati — YaST deb nomlanuvchi dastur bo‘lib, u tizimni bir oynada to‘liq sozlab olish imkonini beradi.

YaST'da repozitoriylarni qo‘shish, disk bo‘limlarini boshqarish, distributivning tashqi ko‘rinishini sozlash, yangi dastur va paketlarni o‘rnatish va boshqa ishlarni bajarish mumkin. Dastur mantiqiy tuzilgan bo‘lib, siz hech qachon kerakli menyu bandini yo‘qotmaysiz.

Distributiv ikki yangilash rejimiga ega: Leap (Ubuntu'dagi kabi barqaror) va Tumbleweed (Arch'dagi kabi eng qiziqarli yangilanishlarga ega o‘zgaruvchan reliz). Shunday ekan, sizga tizim barqarorligi va yangi xususiyatlar orasidan birini tanlash qoladi xolos.

Afzalliklari: qulay YaST sozlamalar menejeri, keng paketlar assortimenti, KDE ilovalarining ajoyib to‘plami.

Kamchiliklari: standart distributivda ko‘plab kodeklar va xususiy drayverlar mavjud emas — bu litsenziya talablari bilan bog‘liq. Muammoni hal qilish uchun tizim o‘rnatilganidan so‘ng ular alohida qo‘lda o‘rnatilishi mumkin.

✔️ Alternativlari: Kubuntu — tarkibida KDE'ga ega eng mashhur distributivlardan biri, uning grafik muhiti Desktop'larda foydalanish uchun idealdir. U Ubuntu'ga asoslangan va bu sizda ilovalar mos kelishi bilan bog‘liq muammolar kuzatilmasligini anglatadi. Yana bir variant, KDE'ning so‘nggi versiyalarini sinab ko‘rmoqchi bo‘lganlar uchun — KDE Neon.

📥 openSUSE'ni yuklab olish.

Linux distributivini tanlashda nimalarga e’tibor bermoq lozimligi hamda “Лайфхакер” nashri tomonidan tavsiya etilgan boshqa distributivlar bilan ushbu postimiz orqali tanishishingiz mumkin.

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍6🔥3
Forwarded from IT specialist
#mulohaza_uchun

Pareto qonuni (yoki 80 ga 20 tamoyili) 📈

Ushbu tamoyil ko‘plab muvaffaqiyat qozonib kelayotgan insonlarga juda katta va keng ommaga sezilmas ta’sir ko‘rsatdi, ammo u hanuz eng buyuk sirlardan biri bo‘lib qolmoqda. U haqda tushunchasi bor, biladigan va amalda qo‘llaydigan sanoqli insonlar ham undagi quvvatning juda oz ulushidan foydalanib keladi.

Pareto qonunida aytilishicha, harakatlaringizning yigirma foizi 80% lik muvaffaqiyatli natijalarni beradi. Qolgan 80% hayotingiz davomida qiladigan boshqa barcha ishlaringiz natijalarning atigi 20% ini tashkil qiladi. Ko‘pchilik insonlar tomonidan bajariladigan ushbu 20% lik ishlar esa hayotining deyarli barcha faol vaqtlarini o‘g‘irlaydi.

Barcha ishlaringizning yigirma foizi – hayotingizdagi eng muhim narsalardir. Eng muhimi, ularni aniqlash, ajratib olish va har kuni bajarishdir, shunda hayotingiz mazmunga boy tarzda kechadi, kuningiz hayrli o‘tsin azizlar!

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Ehson haqida
“Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobidan misralar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍9
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #dasturlash #texnologiya

Sahna oldi va ortida bo‘layotgan jarayonni tasvirlovchi ushbu video (uzilishlarsiz, bir urinishning o‘zida olinayotgani odamni lol qoldiradi, jamoaning ahilligi qanday natija berishini ko‘rsatadi), web-dasturlashdagi Frontend va Backend tushunchalarini qiyosiy tasvirlab bergan... 🙄

Garchi formati kichikroq bo‘lsa-da, videoni ko‘rish uchun ketgan vaqtingizga afsuslanmaysiz, degan umiddamiz 😉

ℹ️ Kanalda Frontend va Backend mavzularida bundan ilgari ulashilgan postlar bilan tanishing:
1️⃣ | 2️⃣ | 3️⃣ | 4️⃣ | 5️⃣ | 6️⃣ | 7️⃣

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍16👏4😁2🔥1
Forwarded from IT specialist
#test #photoshop

Photoshop'da qaysi klavishlar birikmasi yordamida konturni ko‘rsatish mumkin?
Anonymous Quiz
25%
ALT + K
24%
SHIFT + H
32%
CTRL + SHIFT + H
19%
CTRL + K
🔥6👍2
Forwarded from IT specialist
#test #powerpoint

PowerPoint'da slaydlar namoyishi (слайд-шоу) qaysi klavisha yordamida boshlanadi?
Anonymous Quiz
17%
TAB
57%
F5
10%
F6
16%
ENTER
👍9👏1
Forwarded from IT specialist
#test #excel

Kiritilgan qiymatlarning qaysi biri Excel tomonidan sana sifatida qabul qilinadi?
Anonymous Quiz
14%
14.07.1786
12%
30 фев
24%
28.02.2005
50%
Barcha javoblar to‘g‘ri
👍7🔥2😁1
Forwarded from IT specialist
#test #excel

Diagrammaning qaysi elementi Легенда deb nomlanadi? (javob variantlari navbatdagi postda👇🏻)
👍11🔥4
Forwarded from IT specialist
⬆️⬇️ (bundan oldingi postdagi rasm va savolga e’tibor bering)
Anonymous Quiz
21%
1
29%
2
32%
3
18%
4
👍5🔥3
Forwarded from IT specialist
#bilasizmi #dasturlash

🛰 NASAga tegishli Apollon dasturining yetakchi dasturiy taʼminot muhandisi Margaret Xemilton o‘zi va jamoasi tomonidan 1969 yilda insoniyatni Oyga olib kelgan raketa va dasturiy taʼminot uchun qo‘lyozma dastur kodi yonida turibdi.

📝 Manba: @qiziqfan

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍15🤯11🔥7😱7🤬1
#internet #dizayn

🆕🎨 Uchta farq: Google kompaniyasi Chrome yorlig‘ini o‘zgartirmoqda

Google Chrome brauzerining yangi dastlabki relizida (Canary yangilanishlar kanali) ilovalar yorlig‘i o‘zgardi. Yorliq so‘nggi marotaba 2014-yilda yangilangandi.

Dunyodagi eng ommalashgan brauzerdagi o‘zgarishlarni Google dizaynchisi Elvin Xu sharhladi.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️ Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🤯10👍3👏2🎉2
#excel #maslahat

🧾 Uzun jadvallar bilan ishlash

Ko‘pincha, uzun jadvallar bilan bog‘liq muammolar – ularni chop etish bosqichida yuzaga keladi, ma’lumotlar bir nechta sahifa bo‘ylab joylashadi, buning natijasida esa muhim ma’lumotlar e’tibordan chetda qolishi mumkin. Bunday vaziyatlarda quyidagi ko‘rsatmalarga amal qilish maqsadga muvofiqdir:

1️⃣. Jadvalning “shapka”sini har bir sahifaga alohida joylashtiring, bu kerakli ma’lumotlar izlanishini osonlashtiradi.

2️⃣. Kolontitullardan faol foydalaning, ularda muhim ma’lumotlarni qayd etish mumkin (masalan, sana, sahifalar raqamlari, muallif va hkz.).

📝 Manba: @hacks_excel

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Jadvalning sarlavhasini “qotirib qo‘yamiz”
Katta jadvallarni chop etish
Ma’lumotlarni solishtirishda Лист’lar bilan ishlashda qulaylik yaratish haqida
• Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍4🔥4🥰1🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #game #IT_humor

Men seni faqat ashaddiy geymermisan desam, tuppa-tuzuk muhandis ham ekansanku... 🙄

ℹ️ O‘yinlar haqidagi mavzular, kompyuter dasturi va o‘yinlari hamda mobil ilova va o‘yinlar ro‘yxatini o‘ziga jamlagan postimiz

👨🏻‍💻
@itspecuz | Mundarija
😁7👍2👎1🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#telegram #bilasizmi

Reaksiya effektlari va ularning o‘qilganlik holati. Reaksiyalar uchun animatsiyalar ixcham va barcha chat a’zolari uchun real vaqtda ijro etiladi. Menyudagi emodzi ustiga bosib, ushlab turilsa effekt kattaroq ko‘rinishda uzatiladi.

Reaksiyalar uchun ham o‘qilganlik holati mavjud – reaksiyalari ko‘rilmagan xabarlaringizga tezkor o‘tish uchun chatda yuzaga keluvchi ♡ tugmasi ustiga bosing.

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍199🤯7🔥6🥰2👏2😁2
#operatsion_tizim #linux #maslahat

📀 elementary OS — noutbuk uchun

Nomidan ham ko‘rinib turibdiki, Linux'ning ushbu versiyasi juda sodda tuzilgan. Uni o‘zlashtirishda hech qanday muammo yuzaga kelmaydi, u noutbuklarda oson ishga tushiriladi. Bundan tashqari, batareya quvvatini sekin iste’mol qiladi.

elementary OS interfeysi macOS'ni eslatib yuboradi, shunday ekan, distributivdan foydalanish Mac ishqibozlari uchun yoqimli bo‘ladi. Animatsiyalar, oynalar bezatilishi — bu yerda hamma narsa shunchalik silliq va chiroyliki, shunchaki tizimga mahliyo bo‘lishingiz aniq. Shunga qaramay, chiroyli elementary OS qobig‘ining ortida ish uchun zarur bo‘lgan barcha ilovalarni qo‘llab-quvvatlovchi to‘laqonli Linux yotadi.

elementary OS'ning so‘nggi Hera versiyasi ko‘plab yangiliklarni qabul qilib oldi, ulardan eng diqqatga sazovorlari — qorong‘u rejim, “tasvirdagi ichidagi tasvir” qalqib chiquvchi oynasida videolarni tomosha qilish imkoniyati va macOS'dagi kabi sensorli panel imo-ishoralarining qo‘llab-quvvatlanishidir.

Afzalliklari: chiroyli interfeys, indi-ilovaladan iborat shaxsiy do‘kon.

Kamchiliklari: Pantheon grafik qobig‘i garchi zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lsa-da, unchalik funksional emas. Sozlamalari kamroq.

✔️ Alternativlari: Pop!_OS, Ubuntu'ga asoslangan distributiv. U oynalarni tashkil qilishning xususiy Pop Shell tizimiga ega, u avtomatik ravishda ekrandagi oynalarni eng samarali tarzda tartibga soladi. Shu tufayli Pop!_OS ultrabuklar va transformerlarning kichik ekranlarida ham yaxshi ko‘rinadi.

📥 elementary OS'ni yuklab olish.

Linux distributivini tanlashda nimalarga e’tibor bermoq lozimligi hamda “Лайфхакер” nashri tomonidan tavsiya etilgan boshqa distributivlar bilan ushbu postimiz orqali tanishishingiz mumkin.

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🔥3👍2👏1😁1
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

⌨️ Ha, saytlarni yaratish borasida asosan kod yozish (HTML, CSS, BootStrap, JavaScript, jQuery, Ajax, PHP, MySQL, NodeJS, ReactJS va boshq.) bilan kechuvchi web-dasturlash bilan CMS (ya’ni Content Management System: Joomla, Wordpress, Drupal) imkoniyatlaridan foydalanish butkul farq qiladi va bunda siz shunchaki kontent menejer hisoblanasiz... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍8😁6
#smartfon #android

🗜 APK fayl formati haqida

APK (Android Package) Android va Android'ga asoslangan boshqa bir qator operatsion tizimlar uchun arxivli bajariluvchi ilova-fayllari formatidir.

Har bir Android ilovasi barcha dastur kodlari (DEX fayllari), resurslar, aktivlar (assets), AndroidManifest.xml manifest fayli va mahalliy kutubxonalarni (jniLibs) o‘z ichiga olgan yagona faylga kompilyatsiya qilinadi va qolipga solinadi.

Har bir APK-fayli — Dalvik yoki ART virtual mashinasida foydalanish uchun siqilgan arxiv bo‘lib, uni nafaqat Android, balki boshqa tizimlarda ham qo‘llash mumkin.

Chetki, noma’lum manbalardan APK-fayllarini o‘rnatish muayyan xavflarni keltirib chiqarishi mumkin: ko‘pchilik saytlar mashhur ilovalar va o‘yinlarning “qaroqchi versiyalari”ni APK fayllari ko‘rinishida bepul tarqatadi, ularga pullik premium SMS'larni yuborish, ma’lumotlarni o‘g‘irlash, qurilmalarni shifrlash, kuzatuv va boshqa shu kabi zararli xususiyatlar qo‘shilish ehtimoli mavjud.

📝 Manba: @computer_life

ℹ️ Smartfon rukni ostida joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍13🤯2
#operatsion_tizim #maslahat

👤 Foydalanuvchi profiliga oid papkalarni boshqa diskka o‘tkazish

Bu haqda aslida ushbu postimizda batafsil so‘z yuritgan edik, u joriy postga nisbatan uzunroq ko‘rinishda yozilgan bo‘lsa-da, undagi keltirilgan tavsiyalar ham hozirgi vaqt uchun o‘z aktualligini yo‘qotmagan.

Windows'ni qo‘llash paytida yuqori samaradorlikni ta’minlashning dastlabki qoidasi: bu tizimli fayllar keltirilgan diskni toza saqlash. Tushunarsiz bo‘lsa-da, ammo haqiqat shuki, ushbu qoidaga rioya qilish Windows'ning ishlash muddatini 2 barobar oshiradi. Biroq mavzuga qaytamiz: tizim fayllariga qo‘shimcha ravishda C diskida joriy kompyuter foydalanuvchilarining papkalari saqlanadi. Bular Документы, Загрузки, Рабочий стол, Видео va boshq. Ushbu direktoriyalar ko‘p qo‘llaniladi — va C diski ularning joyi emasligi aniq!

1️⃣. Qattiq diskimizdagi yaratilgan boshqa disk (masalan, D diski) tarkibida kerakli papkani yaratib olamiz (va keyinchalik u bilan ishlashda nihoyatda e’tiborli bo‘lamiz).

2️⃣. C:\Users\Foydalanuvchi_Nomi papkasiga o‘tamiz.

3️⃣. Aytaylik, “Документы” papkasiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosamiz va yuzaga keluvchi menyudagi so‘nggi — “Свойства” bandini tanlaymiz (yoki papkani tanlagan holda, shunchaki ALT + ENTER klavishlari birikmasini bosamiz).

4️⃣. Ochilgan muloqot oynasining yuqorisidagi varaqa (вкладка)lar orasidan Расположениеni tanlaymiz.

5️⃣. Oyna markazidagi Переместить... tugmasiga bosamiz.

6️⃣. Dastlabki banddagi ko‘rsatmaga muvofiq yaratilgan papka joylashgan manzilni ko‘rsatamiz va “Выбор папки” tugmasini bosgan holda sodir etmoqchi bo‘lgan harakatimizni tasdiqlaymiz.

7️⃣. Fayllarning yangi manzilga nusxalanib o‘tkazilishini kutamiz va “OK” tugmasini bosgan holda muloqot oynasini yopamiz.

8️⃣. Qolgan zaruriy foydalanuvchi papkalari uchun ham 1-7-bandlarda keltirilgan tavsiyalarni qo‘llaymiz.

Tayyor! “Корзина”ni tozalab turishni (undan o‘chirilgan fayllarni tiklash haqida post), vaqtinchalik fayllarni o‘chirib borishni (hech bo‘lmaganda haftada bir bor) unutmang, buning natijasi o‘laroq, uzilishlarsiz ishlaydigan tizimga ega bo‘ling. Mayli, shu joyida ko‘pchilikning ensasi qotgani aniq, bu ham kafolat bera olmaydi, albatta. Eng yaxshisiga umid qilamiz, eng yomonidan saqlanishga intilamiz!

📝 Manba: @mcrosoft

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Windows 10, 8.1 va 7'da disk harfini o‘zgartirish
Tizimdagi disk harfini o‘zgartiramiz
Windows 10'da Buyruq satri (Командная строка) yordamida disk harfini o‘zgartirish
Istalgan papka asosida virtual disk yaratish
C diskidagi “Users” papkasidagi foydalanuvchi papkalarini D diskiga mohirona o‘tkazish
Windows 10’da “Проводник” ilovasi tomonidan ochiladigan doimiy papkani o‘zgartirish
Windows haqidagi voz kechish lozim bo‘lgan 5 mashhur afsona
Buyruq satri orqali yuklanuvchi fleshkani yaratamiz
Windows 10/11'ning standart vositalari orqali to‘g‘rilashning iloji bo‘lmagan USB fleshkalarni sozlash
WinPE 10-8 Sergei Strelec yordamchi vositasini qattiq diskdan ishga tushirish
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍6🔥31🤩1