IT specialist
9.68K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#mulohaza_uchun #bilasizmi #texnologiya

📞 Motorola tomonidan DynaTAC 8000X, 3995 AQSh dollari narxidagi kilogrammli model. 1984 y.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍12🎉1
#internet #maslahat

👁 Shaxsiy kompyuter yoki smartfon bilan ishlashda ko‘rish qobiliyatini saqlab qolish uchun maxsus xizmat

Bunda bizga Blimb.su — ko‘zlardagi zo‘riqishni yengillashtirish va ularning holatini yaxshilash uchun bir qator mashqlarni taklif quluvchi sayt yordam beradi.

Xizmatdan foydalanish uchun Начать зарядку для глаз tugmasiga bosish va yuzaga keluvchi tavsiyalarga rioya qilish yetarlidir.

Agar mashg‘ulotdan so‘ng sayt yopilmagan holda qoldirilsa, u ovozli bildirishnoma orqali mashq qilish lozimligini eslatadi. Mashg‘ulot 3 daqiqa va 25 soniya davom etadi.

📝 Manba: @iTeach

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Salomatlikka oid tavsiyalar keltirib o‘tilgan postlarimiz
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🔥102👍2
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
🎞 Bizning bepul videokurslarimiz:

🏬 3DS MAX dasturi bo'yicha videokurs
Darslar soni: 4 (davomi bor)
Autodesk 3DS Max dasturini o'rnatishdan boshlab to tayyor 3D modelni sotishgacha bo'lgan jarayonlarni 0 dan o'rganamiz.

🏗AutoCAD dasturi bo'yicha videokurs
Darslar soni: 1 (davomi bor)
AutoCAD dasturini o'rnatishdan boshlab istalgan chiqmani chizishni o'rganadigan darajaga chiqamiz. Darslar 0 dan o'rgatiladi.

7️⃣ Windows 7 o'rnatish
Darslar soni: 4
Kompyuter uchun Windows 7'ni yuklash, fleshkaga yozish, kompyuterga o'rnatish, kerakli sozlamalar, drayverlarni yangilashni mustaqil amalga oshiramiz.

🔟 Windows 10 o'rnatish
Darslar soni: 7
Kompyuter uchun Windows 10'ni yuklash, fleshkaga yozish, kompyuterga o'rnatish, kerakli sozlamalar, drayverlarni yangilash, kerakli dasturlarni o'rnatish ishlarini mustaqil amalga oshiramiz.

🧮 Excel dasturi bo'yicha videokurs
Darslar soni: 7
Microsoft Excel dasturini 0 dan o'rganamiz.

🧮 "Excel - Formula ustasi" videokursi
Darslar soni: 4 (davomi bor)
Excel dasturidagi murakkab amal va formulalarni amaliyotda qo'llashga o'rgatadigan kurs.

🔠 Word dasturi bo'yicha videokurs
Darslar soni: 8
Microsoft Word dasturini 0 dan o'rganamiz.

🖼 PowerPoint dasturi bo'yicha videokurs
Darslar soni: 7
Microsoft PowerPoint dasturini 0 dan o'rganamiz.

🎦 Movavi Video Editor (videomontaj) bo'yicha videodarslar
Ushbu dastur videomontajni kuchsiz kompyuterlarda ham amalga oshirish uchun qulay va sodda dastur hisoblanadi.
Videoni montaj qilishni 0 dan o'rganamiz! 1-qism

🌁 Paint NET dasturi bo'yicha videodarslar
Rasmlarni tahrirlash uchun sodda va qulay dastur.
Photoshop qiyinmi? Unda PaintNET dan boshlaymiz!
Rasmlarni tahrirlashni o'rganamiz!
Eski chizmalarni tiklash

📄 PDF hujjatlari bilan ishlash bo'yicha videodarslar
Hujjatlarni PDF dan Word ga o'tkazishning 3 ta sinalgan usuli!
PDF hujjatlarni istalgancha o'zgartiramiz!
PDF sahifalarni birlashtirish
PDF ni qirqishni eng sodda usuli (Chrome orqali)

🗜Arxiv fayllar bilan ishlash bo'yicha videodarslar
Arxiv bilan ishlash. WinRAR dasturini o'rnatish/foydalanish
WinRAR dasturi bo'yicha MasterClass. Murakkabroq amallarni o'rganamiz!
Katta hajmli fayllarni yuklash usullari

🛡Eset NOD32 antivirus dasturi
ESET NOD32 antivirusini o'rnatish
Antivirusni vaqtincha o'chirib turish
NOD32 antivirus bazasini internetsiz (oflayn) yangilash
NOD32 antivirus bazasini onlayn yangilash


🔄 Nasib qilsa, ushbu ro'yxatni kengayib boramiz...

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
👍8🔥4🤩2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#excel

🔽 Kasr sonlarning ustun bo‘ylab avtoto‘ldirilishiga oid maslahat

Odatda ma’lum bir qadam bilan sonlar ustunini yaratish lozim bo‘lganida, dastlabki ikki sonni kiritib, belgilagan holda yacheykaning o‘ng pastki burchagida joylashgan avtoto‘ldirish markeridan foydalanamiz. Biroq kasr sonlar bilan ishlashda natija butunlay aniq bo‘lmasligi mumkin (butun sonni kasr qismidan ajratuvchi verguldan keyin razryad o‘zgarib ketadi).

Formula va hisoblashlardagi xatoliklarning oldini olish va kasr sonlar qatorini aniqlik bilan yaratish uchun, qiymatni yaxlitlash (ОКРУГЛ) funksiyasini qo‘llashimiz mumkin. Arifmetik progressiyani hosil qilish maqsadida Прогрессия vositasini ham qo‘llashimiz mumkin, bu ham juda qulay👆🏻🎞.

📝 Manba: @excel_everyday

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍4
#operatsion_tizim

🔊 Windows'da ovoz boshqaruvini soddalashtiramiz

Ma’lumki, Windows 10'dan boshlab dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilariga ovoz balandligini boshqarish funksiyasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri dasturlarning o‘ziga joylashtirishga ruxsat berildi. Biroq agar sizda bunday dasturlardan bir nechtasi ishga tushirilgan bo‘lsa, mos keluvchi dastur oynasiga murojaat etishga to‘g‘ri keladi, bu esa ba’zida noqulaydir.

EarTrumpet – Windows 10'da ovoz balandligini boshqarish uchun kuchli dasturiy ta’minot. U bilan ishga tushib turgan istalgan dasturdagi ovoz balandligini yagona paneldan turib boshqarish mumkin. Har safar kompyuter bo‘ylab kerakli sozlamalarni izlashga ortiq hojat yo‘q, barcha kerakli narsalar tizim soati yonidagi treyga joylashtiriladi.

Dastur standart ovoz sozlagichi uslubiga moslashtirilgan va ovoz boshqaruvi bo‘yicha kengaytirilgan imkoniyatlarni taqdim etadi: har bir dasturdagi tovush balandligini nazorat qilish va qaysi audio chiqarish qurilmasiga ovoz yuborilishini tanlash imkonini taqdim etadi.

Yordamchi dastur har bir ochilib turgan dasturni tahlil qiladi va agar u ovozdan foydalansa (brauzerlar, audio, video pleyerlar, o‘yinlar va boshqalar), u holda dastur belgisini bosgan holda siz ushbu dastur belgisi va ovoz shkalasini ko‘rasiz. Kerakli dastur uchun yurgich (ползунок)ni siljitish orqali kerakli ovoz balandligiga erishish mumkin.

📝 Manba: @bugfeature

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Windows 10'da muayyan dasturning ovozini sozlash
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍11
Forwarded from IT specialist
#smartfon #android

🕹 J2ME Loader — eski telefonlar uchun Java'da ishlab chiqilgan eski o‘yin va ilovalardan foydalanishga mo‘ljallangan yaxshi emulyator. Mascot Capsule sheyderlarini qo‘llab-quvvatlash qo‘shilgan.

📎
J2ME Loader Mod v0.77.2 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍4
Forwarded from IT specialist
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

👤 Loyiha menejeri telefon orqali mijozga: “Ha, albatta, buni ham qo‘shamiz. Barchasini uddalay olamiz! Muddatmi? Shu hafta juma kuni kechasi topshiramiz!”.

Ushbu suhbatni eshitib turgan dasturchilar jamoasi... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
😁26👍4👎1
Forwarded from IT specialist
#smartfon #android

📲 Android'ga o‘rnatilgan ilovalarni qanday ulashish mumkin?

Foydalanuvchilarning barchasi ilovalarni qo‘llashadi. Shunday vaziyatlar bo‘ladiki, qurilmangizga o‘rnatilgan ilovani ulashishga to‘g‘ri kelib qoladi. Ilovani qayerdan yuklab olganingizni eslashga urinib, uni aniq rasmiy do‘kon (PlayMarket)dan olmaganingiz yodingizga tushadi, Xo‘sh, bunday vaziyatda ilovani qanday qilib tezkor tarzda ulashish mumkin?

1️⃣. Ushbu ilovalar menejerini yuklab olamiz va o‘rnatamiz.
2️⃣. Ilovani ishga tushiramiz. Ulashilishi lozim bo‘lgan ilovaning APK-faylini yaratish uchun tanlaymiz.
3️⃣. Опции tugmasini bosamiz, Извлечь bandini tanlaymiz.
4️⃣. Saqlash uchun papkani tanlaymiz, Использовать эту папку tugmasi ustiga bosamiz.
Tayyor, endi ilovani siqilgan formatda saqlab, istalgan foydananuvchilar bilan bo‘lishish mumkin.

📲 Boshqa foydali ilovalarni ushbu postimiz orqali topishingiz mumkin.

ℹ️ Smartfon rukni ostida joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍7
Forwarded from IT specialist
#grafika #dizayn #rasm_bilan_ishlash

“Serif” va “Sans-serif” shriftlarining farqi 🔤

Serif — bunday shriftlarning serif'lari bor hisoblanadi. Serif bu harflar oxirini tugatadigan (ba’zan harflarning “oyoqlari” deb ham ataladigan) dekorativ qism. Serif shriftlari odatda an’anaviy, asosli va ishonchli degan ma’nolarni bildirish maqsadida qo‘llaniladi.

Sans-serif — bunday shriftlarda serif mavjud emas. Sans-serif shriftlar asosan zamonaviy, norasmiy va do‘stona degan ma’nolarni berish uchun qo‘llaniladi.

❇️ Kompaniyalar to‘g‘ri ma’nolarni anglatish uchun bularga alohida e’tibor qaratishadi. Misol uchun: 2015-yilda Google o‘zining logosini Serif'dan Sans-serif'ga almashtirdi. Chunki Sans-serif shrifti Google xizmatlari taqdim etuvchi zamonaviylik, qulaylilik kabi ma’nolarni to‘g‘ri tasvirlaydi. Texnologiyaga asoslangan, doimo yangiliklar bilan ommani o‘ziga jalb qiluvchi kompaniya uchun bu maqsadli tanlov hisoblanadi.

📝 Manba: @sociallyuz

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Windows 10'da bir nechta rasmlarning hajmini qanday o‘zgartirish mumkin?
Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!
Rasm orqasidagi fon qanday o‘chiriladi?
Rasm sifatini yo‘qotmasdan qanday kattalashtirish mumkin?
Android'da suratni qayta ishlovchi eng zo‘r ilovalar
Microsoft Word'da hujjat tarkibidagi rasmlar hajmini siqish
Telegram'da post matnining ostki qismiga rasm, video yoki GIF-fayl qanday biriktiriladi?

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍103🔥1
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Loyihani boshlash oldidan uning texnik shartini aniq belgilab olish lozim, aks holda... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
😁28👍3🔥31
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #telegram

⤴️ Telegram ilovasida repostlar sonini ko‘rish

Kanal administratorlari xabarning repostlari soni va uning statistikasini kuzatish uchun har doim kanal profili sozlamalaridagi Statistika bo‘limiga o‘tib ovora bo‘lishlari shart emas.

Adminlar Поделиться (Share, Uzatish) tugmasi ustiga bosganida ilovaning pastki o‘ng burchagida pepostlar soni ko‘rinadi. Ushbu son ustiga bosilganida, u bo‘yicha statistikani ham ko‘rish mumkin.

📌 P.S.: Plus Messenger'ning so‘nggi yangilanishlarida post ostida repostlar soni barcha foydalanuvchilar uchun doimiy ko‘rinib turadigan bo‘ldi.

📝 Manba: @vamtlgrm

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍9
#operatsion_tizim #linux #maslahat

Linux distributivini tanlashda nimalarga e’tibor bermoq lozim? 🤔

Hozirgi kunda Linux'ning juda ko‘plab versiyalari mavjud. DistroWatch.com saytida butun tarixiga ko‘ra ularning 700 dan ortiq turi sanab o‘tilgan. Ushbu rang-baranglik orasida tanlovni qanday amalga oshirish lozim? Bunda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan ikki bosh me’zon mavjud:

1️⃣. Distributivning mashhurligi

Distributivingiz qanchalik mashhur bo‘lsa, Internetda u bo‘yicha qo‘llanmani topishingiz shunchalik oson bo‘ladi. Agar distributivni o‘zlashtirishda muammoga duch kelsangiz, u bo‘yicha yuzaga kelgan katta hamjamiyat – forumlarda osongina yordam olishingiz mumkinligini anglatadi.

Distributiv qanchalik keng tarqalgan bo‘lsa, u uchun mo‘ljallab yaratilgan ilova va paketlar ham ko‘proq bo‘ladi. Qandaydir noma’lum distributivga doir yozilgan kodlar to‘plamlari bilan qiynalib ovora bo‘lib yurgandan ko‘ra, tayyor paketli asosga ega mashhur yechimlarni tanlagan afzaldir.

2️⃣. U bilan shug‘ullanuvchi dasturchilar jamoasi

Tabiiyki, Canonical Ltd., Red Hat yoki SUSE kabi yirik kompaniyalar tomonidan qo’llab-quvvatlanuvchi yoki katta jamoalarga ega bo’lgan distrubutivlarga e’tibor qaratgan ma’quldir.

Shuni yodda tutish lozimki, hatto eng yaxshi Linux distributivlarining ham, ulardan unchalik kam bo’lmagan analoglari mavjud. Agar nashriyot tomonidan tanlangan versiyalar sizni qandaydir sabablarga ko‘ra qoniqtirmasa, ularning alternativ variantlarini qo‘llab ko‘rishingiz mumkin.

Xo‘sh, 2022-yilda Linux'ning qaysi distributivini tanlash lozim?

“Лайфхакер” nashri o‘z obunachilari uchun Linux operatsion tizimining 13 mashhur versiyasini tanladi: Linux Mint, Manjaro, Fedora, Arch, openSUSE, elementary OS, Ubuntu, Xubuntu, Debian, openmediavault, Ubuntu Studio, Kodi, Parrot Security.

🎞 Ushbu versiyalar bilan Kompyuter Akademiyasi kanalidagi quyidagi video post orqali yaqindan tanishishingiz mumkin.

📃 Linux'ning yuqorida sanab o‘tilgan versiyalari bilan atroflicha tanishtiruvchi matnli ma’lumotlarni har kuni alohida post ko‘rinishida kanalimizda ulashib borishga harakat qilamiz.

ℹ️ Linux operatsion tizimi eslatib o‘tilgan quyidagi postlarimiz bilan ham tanishing:
Qaysi operatsion tizim sizga ko‘proq yoqadi?
Endryu Tanenbaum 75 yoshda
• Linux operatsion tizimi haqida hazillar: 1-post | 2-post | 3-post | 4-post
UltraISO dasturi yordamida yuklanuvchi fleshkani yaratish
VirtualBox kompyuter dasturi
Dasturchilikdagi 3 kunda o‘zlashtirsa bo‘ladigan ko‘nikmalar
Python dasturlash tili haqida 5 fakt
Barcha xakerlar yomonmi? Xakerlikning asosiy 5 turi
Yuzimizni solishtirish orqali izlash funksiyasiga qarshi tanib bo‘lmaydigan qilamiz
Pullik dasturlarni bepuliga almashtiramiz
Dasturlarning eski versiyalari portali
“Корзина”dan o‘chirilgan fayllarni qanday tiklash mumkin?
Windows haqidagi voz kechish lozim bo‘lgan 5 mashhur afsona
Qiziqarli faktlar to‘plami
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | @kompyuter_akademiyasi | Mundarija
🎉6👍31
#smartfon #android #maslahat

🔙 Android'ni zavod tomonidan o‘rnatilgan sozlamalarga xavfsiz qaytarish

Ba’zida qurilmamizning ichki xotirasida to‘plangan axlatlar shunchalik ortib ketadiki, ulardan to‘liq xalos bo‘lish shunchaki imkonsiz bo‘ladi. Bu asosan Android-smartfonning anchadan buyon qo‘llanilayotgani bilan bog‘liqdir. Bir yilning o‘zida smartfonda juda katta miqdorda tizim axlatlari to‘planadi, Android uchun yaratilgan turli cleaner ilovalar bunda yordam bera olmay qoladi. Bunda eng to‘g‘ri yechim — qurilmani zavod sozlamalariga qaytarish hisoblanadi.

Android'dagi sozlamalarni ma’lumotlarni yo‘qotmagan holda tiklash

1️⃣. Dastlab “Настройки” menyusiga, so‘ngra undagi “Восстановление и сброс” bo‘limiga o‘ting.

2️⃣. Agar sizda “Сброс настроек” (Reset Settings) opsiyasi mavjud bo‘lsa — bu sozlamalarni ma’lumotlarni yo‘qotmagan holda tiklashingiz mumkinligini anglatadi. Agarda sizda “Сбросить телефон” (Reset phone) deb yozilgan bo‘lsa, u holda shaxsiy ma’lumotlar o‘chiriladi.

3️⃣. Ko‘p hollarda dastlabki variant qo‘llaniladi, shuning uchun sozlamalarni qayta tiklash oldidan ma’lumotlarning zaxira nusxasini yaratib olishingiz lozim bo‘ladi.

Sozlamalarni qayta tiklash oldidan ma’lumotlarning zaxira nusxasini yaratish

Maʼlumotlarni yoʻqotmagan holda sozlamalarni qayta tiklashni istasangiz, Gmail qayd yozuvi (akkaunt)ingiz bilan sinxronizatsiyani albatta faollashtiring:

1️⃣. Qurilmangizning “Настройки” bo‘limidagi “Учетные записи Google” bandiga o‘ting.

2️⃣. Google serverlarida saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar qarshisidagi surgichlarni faollashtiring, masalan, kontaktlar, ilovalar, hujjatlar va boshqalar.

3️⃣. Sinxronizatsiya jarayoni tugallanishini kuting. “Последняя синхронизация...” va uning qachon amalga oshirilgani haqidagi xabarni ko‘rasiz.

4️⃣. Shuningdek fotosurat, video va boshqa ma’lumotlarni ham sinxronizatsiya qilish tavsiya etiladi.

5️⃣. Qurilmangizni zavod sozlamalariga qaytarish jarayonini boshlang.

6️⃣. Sozlamalar bilan bog‘liq jarayon yakunlanib, smartfon qayta yuklanganidan so‘ng, sizga Google-akkauntingiz yordamida avtorizatsiyadan o‘tish tavsiya etiladi. Wi-Fi tarmog‘iga ulaning, shundan so‘ng shaxsiy ma’lumotlaringiz qurilmangizga qaytariladi.

7️⃣. Shuningdek sozlamalar qayta tiklanganidan so‘ng qaytarilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar qarshisidagi surgichlarni faollashtirish uchun yana “Настройки”“Учетные записи Google”ga murojaat etishingiz mumkin.

8️⃣. Sinxronizatsiya jarayoni tugallanishini kuting.

📌 P.S.: Ma’lumotlarni yo‘qotmagan holda sozlamalarni qayta tiklashning yana bir usuli, bu muhim fayllarni SD-xotira kartasiga, kompyuterga yoki bulutli xotira papkasiga saqlashdir.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Android’ni ishlab chiqaruvchi sozlamalariga qaytarish (Hard Reset)
“iPhone”da ikonkalarning standart joylashuvini qayta tiklash mumkinmi?
Windows 10 sozlamalarini qayta tiklash va uni eng dastlabki (zavod tomonidan o‘rnatilgan) holatiga qaytarish
Windows 10 sozlamalarini buyruq satri yordamida qayta tiklash
• Qayta tiklash mavzusiga oid maqolalar ro‘yxati ulashilgan postimiz
• Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍11🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yangilik 📌

"Koreyada karyera" loyihamizning 3-son premyerasi 🔥

Suhbat uchun to’liq link:

🔗 https://youtu.be/7PLD3JhTemE

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Instagram | YouTube
👍9
#security #maslahat

🔐 Kurbanoff.net'dan parollar xavfsizligiga oid tavsiya

Darvoqe, agar siz Google Chrome'ning parollar saqlash imkoniyatidan foydalansangiz, u holda Google'da parollaringiz xavfsizligini tekshiruvchi ajoyib vosita mavjud. Uni brauzer sozlamalaridagi Защита аккаунта bo‘limidan topish mumkin.

Umuman olganda, bunday turdagi saqlashdan foydalanishni tavsiya etmayman, Google shunaqasiga ham biz haqimizda ancha-muncha narsani biladi, biroq unga ushbu ma’lumotlarni o‘z qo‘llarimiz bilan topshib qo‘yish yaramaydi :)

📌 P.S.: Skrinshotdagi 171 sayt va ilovalar haqida berilgan savolga javobim — men u yerda faqat notanqidiy manbalar – faqatgina o‘qish uchun murojaat etadigan turli forumlarni saqlayman. Biroq unutmang, parollar takrorlanmasligi lozim (ya’ni muayyan xizmatdan foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tish paytida qo‘llanilgan parolni boshqa biror xizmat uchun qo‘llamang)👇🏻🖼.

📌 P.S.S.: Yaxshisi parollarni shakllantirish va saqlash uchun maxsus dasturlardan foydalangan ma’qul, biroq shunda ham ma’lumotlar bulutli xotirada emas, balki o‘z qurilmangizda saqlash sharti bilan albatta!

ℹ️ Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍7
💥💥💥 Windows Server 2019 kursidagi navbatdagi dars -

Mavzu: 07. Active Directoryda foydalanuvchi guruhlar yaratish va dastlabki guruh qoidalarini qoʻllash

Video ko'rish: ⬇️⬇️⬇️

https://www.youtube.com/watch?v=Z5HS8gmcQIg
👍6👎1🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #hardware

💻 Tanishing, ekran diagonali 6 dyuym va vazni 440 grammni tashkil etuvchi dunyoning eng kichik noutbuklaridan biri – GPD MicroPC.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍15🔥5🤯2
#operatsion_tizim #linux #maslahat

📀 Linux Mint — Linux'dan ilgari hech foydalanib ko‘rmaganlar uchun

Windows'dan ko‘chib o‘tayotgan yangi foydalanuvchilar, albatta, Linux Mint'ni o‘rnatib ko‘rishlari lozim. Bu bir vaqtlar eng mashhur Linux distributivi bo‘lgan, ammo hozir MX Linux va Manjaro tomonidan ortda qoldirilgan. Shunga qaramay, Mint o‘zining barqarorligi va ishonchliligi bilan ular bilan ijobiy farqlanadi. Bu Ubuntu'ga asoslangan, foydalanish uchun juda oson tizimdir.

Linux Mint oson va intuitiv tushunarli interfeysga ega (zamonaviy kompyuterlar uchun Cinnamon va eski qurilmalar uchun MATE qobiqlari) hamda qulay ilovalar menejeri bilan jihozlangan, shuning uchun siz dasturlarni topish va o‘rnatishda muammolarga duch kelmaysiz.

Afzalliklari: oddiylik, oddiy foydalanuvchilar uchun g‘amxo‘rlik. Mint'ni o‘rnatish va qo‘llash uchun sizga maxsus bilimlar talab etilmaydi.

Kamchiliklari: hech qachon kerak bo‘lmasligi mumkin bo‘lgan tizim bilan birgalikda keluvchi dasturiy ta’minotlar.

✔️ Alternativlari: LMDEDebian asosidagi Linux Mint. Oddiy versiyaga qaraganda barqarorroq, ammo dasturlar bu yerda kamroq yangilanadi. Zorin OSUbuntu'ga asoslangan distributiv. Uning interfeysi Windows'ni eslatadi, bu esa tajribasiz foydalanuvchilar uchun o‘tishni osonlashtirishga xizmat qiladi.

📥 Linux Mint'ni yuklab olish.

Linux distributivini tanlashda nimalarga e’tibor bermoq lozimligi hamda “Лайфхакер” nashri tomonidan tavsiya etilgan boshqa distributivlar bilan ushbu postimiz orqali tanishishingiz mumkin.

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍9
#operatsion_tizim

Windows 10'da uzun yozuvdagi manzillar qo‘llab-quvvatlanishini faollashtirish

Ehtimol, kimdir bilmas, ammo Windows'dagi fayl yoki papka manzilining maksimal uzunligi qoida bo‘yicha 260 belgidan oshmasligi lozim. Agar ushbu qiymatdan oshib ketilgudek bo‘lsa, bunday ma’lumotlar bilan ishlashda biz Слишком длинный целевой путь xabariga duch kelamiz va bu, ayniqsa ma’lumotlarni bir joydan boshqasiga ko‘chirib o‘tkazish jarayonida xalal berishi mumkin.

Windows 10'da biz ushbu cheklovni chetlab o‘tishimiz mumkin. Boshlanishiga WIN + R klavishlari birikmasi yordamida Выполнить oynasini ekranga chaqiring va unga gpedit.msc buyrug‘ini kiritib, ENTER'ni bosish orqali Редактор локальной групповой политики'ni ishga tushiring.

Ochilgan oynaning chapki panelida Конфигурация компьютера → Административные шаблоны → Система → Файловая система yo‘nalishi bo‘ylab o‘ting. Включить длинные пути Win32 parametrini faollashtiring (Включено).

📥 Yuqorida keltirilgan harakatlarni qo‘lda bajarib o‘tirmaslik uchun ushbu tayyor reyestr tvikidan foydalanishingiz mumkin.

📌 P.S.: Ushbu yechimni bilmagan va fayllarni nusxalash hamda bir joydan boshqasiga to‘liq ko‘chirishda muammoga duch kelmaslik uchun ba’zi foydalanuvchilar Total Commander'ga murojaat etib yurishgan bo‘lsa ham ajabmas. 😉

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows reyestri bilan bog‘liq mavzular ro‘yxati ulashilgan postimiz
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍9
#mulohaza_uchun #maslahat

💡 Super insonning 6 odati

1️⃣. Belgilagan vaqtingizdan yarim soat vaqtliroq uyg‘oning (bu uyquga ketish uchun ham taalluqli).

2️⃣. Biror joyga borish uchun rejalashtirilganidan 15 daqiqa oldinroq chiqing.

3️⃣. Mahsulotlarning bir haftalik xaridini qilib qo‘ying.

4️⃣. Muloqot paytida shikoyatlar, tanqidlar va g‘iybatlardan saqlaning.

5️⃣. Ota-onangiz va eski do‘stlaringizga qo‘ng‘iroq qiling.

6️⃣. Kichik narsalar/yutuqlaringizdan zavqlaning va minnatdor bo‘ling.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Talabalar uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan mavzularni o‘ziga jamlangan postimiz
• Salomatlikka oid tavsiyalar keltirib o‘tilgan postlarimiz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍14🔥9
#telegram

🆕 Video stikerlar, yaxshilangan reaksiyalar va boshqalar yangilanishlar

Android, iOS, macOS
va Unigram mijozi uchun Telegram 8.5 versiyasiga, Telegram Desktop – 3.5 versiyasiga qadar yangilandi.

Video stikerlar
• Silliq animatsiyali yangi turdagi batafsil stikerlardan foydalaning;
@stickers'ga .webm videolarini yuborish orqali yangi stikerlar to‘plamlarini yarating;
• Boshqa ilovalardan shaxsiy animatsion stikerlaringizni olib keling.

Yaxshilangan reaksiyalar
• Xabarlarga munosabat bildirishda kichikroq, ixcham animatsiyalar ko‘ring;
• Foydalanuvchi sizning xabaringizga munosabat bildirganda, chatda real vaqtda animatsiyalarni ko‘ring;
• Reaksiyalar uchun yangi emodzilar: 🥰, 🤯, 🤔, 🤬, 👏;
• Sevgi, minnatdorchilik, g‘azab yoki hayratni ifodalovchi qo‘shimcha smayliklar bilan munosabat bildiring.

Reaksiyalar holatini ko‘rish
• Koʻrilmagan reaksiyalarga ega boʻlgan xabarlaringizga oʻtish uchun chatlardagi yangi tugmani bosing;
• Tugmani bosganingizda ko‘rilmagan reaksiyalar uchun animatsiyalarni tomosha qiling.

So‘nggi chatlar bo‘yicha navigatsiya
— Oldinroq ko‘rilgan muayyan chatga qaytish uchun “Назад” tugmasiga bosib, biroz ushlab turing.

Qolgan qo‘shimchalar
• Agar siz chatga rasm yoki fayllarni yuklayotgan bo‘lsangiz, ilova sizni yopilishi oldidan ogohlantiradi;
• Video chatlarda ekran ulashish sifati yaxshilanishidan zavqlaning;
Instant View'ga ichki o‘rnatilgan tarjimon.

📃 Batafsil ma’lumot uchun:
https://telegram.org/blog/video-stickers-better-reactions/uz

Android: Google Play, rasmiy saytdan yoki tasdiqlangan kanaldan APK.
iOS: App Store.
Desktop: rasmiy saytdan yoki GitHub'dan.
macOS: с App Store yoki tasdiqlangan kanaldan.
Windows 10+ uchun Unigram: Microsoft Store | To‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklab olish | O‘rnatish bo‘yicha ko‘rsatma

📝 Manba: @tginfo

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍9🔥4🥰2🤯2👏1