IT specialist
9.68K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#smartfon #bilasizmi #texnologiya

🔋 Smartfonlar uchun ixcham dizayndagi va moslashuvchan tashqi akkumulyator.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish tavsiya etiladi:
Batareyalarga oid mavzularimiz ro‘yxati keltirilgan postimiz
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍8
#mulohaza_uchun #IT_humor

Ayni paytda yurtimizning aksariyat mahallalarida yoshlar ushbu tarzda vaqtichog‘lik qilayotgan bo‘lishsa ham ajabmas.

Elektr tarmog‘i tiklanmay mobil tarmoq uzilsa, yoshlarga sherik bo‘lishimiz ham ehtimoldan holi emas... 🙄

@itspecuz | Mundarija
😁22🔥3😢2😱1
Forwarded from IT specialist
#test #excel

Excel'da sonning butun qismi, uning kasr qismidan qaysi tinish belgisi yordamida ajratiladi?
Anonymous Quiz
32%
nuqta
40%
vergul
17%
probel
11%
ikki nuqta
🔥3👍2
Forwarded from IT specialist
#test #excel

Excel'da qaysi klavishlar birikmasi yordamida yacheykaga giperhavola joylashtirish mumkin?
Anonymous Quiz
42%
CTRL + G
15%
F6
24%
ALT + G
19%
CTRL + K
🔥7👍3
Forwarded from IT specialist
#mulohaza_uchun #game #IT_humor

Sizda ham shundaymi? 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
😁36
#mulohaza_uchun #maslahat

🧠 Materialning o‘zlashtirilish ulushiga turtki bo‘luvchi omillar:

— 5% ma’ruza;
— 10% o‘qish;
— 20% vizualizatsiya;
— 30% taqdimot;
— 50% guruhiy muhokama;
— 75% amaliyot;
— 90% boshqalarga o‘rgatish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Talabalar uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan mavzularni o‘ziga jamlangan postimiz
• Salomatlikka oid tavsiyalar keltirib o‘tilgan postlarimiz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🔥7👍53
#smartfon #hardware

🔋 Zaryadsiz bir hafta: smartfonlarda quvvatni tejash rejimlari haqida

Quvvatni tejash rejimi anchadan buyon smartfonlarning aksariyatida mavjud. Gap shundaki, quvvatni tejash rejimida turli xil usullarning mavjudligi, ayrim foydalanuvchilar uchun tanlovni qiyinlashtirishi mumkin.

Zamonaviy smartfon uchun bir kun zaryad olmasdan ishlash normaga aylandi. Albatta, qurilmadan qanday foydalanishingizga qarab, u bir necha kunni tashkil qilishi ham mumkin. Bundan tashqari, agar xohlasangiz, smartfoningizni faqat so‘zlashish uchun “oddiy telefonga” ham aylantira olasiz va bu holatda batareya quvvati bir haftaga ham yetadi.

Smartfoningiz sozlamalaridagi “Batareya” bo‘limi barcha quvvatni tejaydigan Sozlamalar uchun “markaz” bo‘lib, bu yerda siz quvvat sarfi statistikasini ko‘rishingiz va quvvat tejash rejimlaridan birini yoqishingiz mumkin.

Bo‘limning yuqori qismida qurilmaning kun davomida ishlatilishiga asoslanib, qolgan ish vaqti haqida ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Bu sizga quvvat qancha muddatga yetishini tushunishga imkon beradi. “Optimallashtirish” tugmasini bosish bilan smartfon joriy sozlamalarni tekshiradi va muammo deb topilganlarini o‘zgartirishni taklif qiladi, masalan, ekranning kutish vaqtini kamaytirish yoki avtomatik sinxronlashni o‘chirish.

Ushbu bo‘limda quyidagi quvvatni tejash rejimlari mavjud:

“Maksimal”
, “O‘yin” rejimi kabi, turli xil smartfonlarda turlicha nomlanadi. Bu quvvat tejash emas, aksincha, quvvat sarflaydigan holatlar uchun qo‘llaniladi. Masalan, o‘yinlarni yuqori grafikada o‘ynash uchun, smartfon o‘z imkoniyatlarini maksimal darajada ishlatadi va shu sabab batareya nisbatan tezroq sarflanadi.

“Standart” yoki “Optimallashtirilgan” quvvatni tejash rejimida, ilovalarning orqa fondagi faolligini cheklash va ayrim bildirishnomalarini o‘chirish, ekran yorqinligini pasaytirish, avtomatik sinxronlashni o‘chirish va ayrim smartfonlarda protsessor ishlash quvvati ham pasaytirilishi mumkin. Smartfonimizda batareya quvvati kam qolganda (5-10%), odatta ushbu rejim avtomatik ishga tushadi. Ushbu rejim qancha muddatga quvvatni tejashini aniq aytish qiyin, lekin taxminan 1,5-2 soat o‘zimda sinalgan holat.

“Ultra” rejimi, sizga smartfon asosan aloqada bo‘lish juda muhim bo‘lgan holatlarda as qotadi . Ya’ni smartfoningizni qo‘shimcha funksiyalarini o‘chirib, faqat so‘zlashish uchun “oddiy telefonga” aylantiradi. Lekin, qo‘shimcha sozlamalar orqali, ba’zi bir ilovalardan (Internet, Diktofon kabi) foydalanish ham mumkin. Odatta, ushbu rejimda ekran rangi kulrang yoki qoraga o‘zgaradi va ish stoli ham maxsus ko‘rinish oladi.
Ushbu rejim eng maksimal quvvatni tejab bera oladi va qurilmadan qanday foydalanishingizga qarab bir haftagacha zaryad olmasdan foydalanishingiz mumkin.

📝 Manba: @gsmgurus_FAQ

ℹ️ Mavzuga oid qo‘shimcha ma’lumotlar:
Nima uchun smartfon batareyasi tezda tugaydi?
Batareyalarga oid mavzularimiz ro‘yxati keltirilgan postimiz
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍12🔥4👎1
#excel

↕️↔️ Jadvalni funksiya yordamida transponirlash

Excel'da =ТРАНСП funksiyasi gorizontal jadvalni vertikalga va aksincha o‘zgartirish imkonini beradi. Buning uchun quyidagi qadamlar bajarilishi lozim:

— 1-qadam
Asl jadvalni argument sifatida ko‘rsatgan holda, istalgan qulay joyga =ТРАНСП funksiyasini kiritamiz.

— 2-qadam
Ushbu funksiyali yacheykani nusxalab olamiz (CTRL + C) va uni oldindan belgilangan diapazonga joylashtiramiz (CTRL + V), uning uzunligi asl jadvaldagiga nisbatan kattaroq yoki undagi yacheyka va ustunlar soniga teng bo‘lishi mumkin.

— 3-qadam
So‘ngra F2 klavishini bosamiz va massiv formulasini CTRL + SHIFT + V klavishlari birikmasi orqali to‘ldiramiz, tayyor.

⚠️ MS Excel 365'da vertikal/gorizontal jadval shakllantirish uchun =ТРАНСП funksiyasi doirasida asl jadval diapazonini ko‘rsatib, ENTER klavishini bosish yetarlidir (bu MS Excel 2021 uchun ham o‘rinli bo‘lishi mumkin).

📝 Manba: @hacks_excel

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Bir yacheykadagi jumlada joylashgan bir nechta so'zlarning har birini ustunlar bo'ylab yoyish (Текст по столбцам) va transponirlash (Транспонирование) vositalaridan foydalanish
Matnni ustunlar bo‘ylab qanday ajratish mumkin?
• Ustunlar o‘rnini almashtiramiz: 1-usul | 2-usul
• Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍6🔥3
#operatsion_tizim #security

👀 Fayllarni berkitish va berkitilgan fayllarni ko‘rsatish

Ishimizda qo‘llaydigan fayllar va papkalardan tashqari, tizim tomonidan berkitilgan elementlar ham mavjuddir. Ushbu postimizda har qanday ma’lumotlarni qiziquvchan ko‘zlardan berkitish, shuningdek berkitilgan fayllarni ko‘rinadigan qilib sozlash xususida to‘xtalib o‘tamiz.

1️⃣. Fayllar yoki papkalarni berkitish uchun ularning xususiyatlari oynasida Скрытый atributini qo‘llash lozim bo‘ladi. Buning uchun kerakli elementning Свойства muloqot oynasini oching (ALT + ENTER). Ochilgan oyna ostidagi Атрибуты bo‘limida Скрытый bandini faollashtiring, OK tugmasini bosish orqali kiritilgan o‘zgartirishni tasdiqlang, tayyor!

2️⃣. Berkitilgan elementlar ko‘rinib turishini sozlash uchun Панель управления'ni ishga tushiring (WIN + RcontrolENTER). Ochilgan oynada Параметры проводника bo‘limiga o‘ting (yoki WIN + Rcontrol foldersENTER). Ochilgan muloqot oynasining Вид varaqa (вкладка)sida – berkitilgan fayllarni ko‘rsatish yoki ko‘rsatmaslik kabi bandlardan birini tanlash orqali faollashtiring, OK tugmasini bosib, ushbu o‘zgartirishni saqlang, tayyor!

Windows 10/11 uchun papka parametrlarini istalgan ishga tushirilgan Проводник oynasi orqali chaqirish mumkin. Buning uchun oyna yuqorisidagi menyu satrining Вид varaqa (вкладка)siga o‘tib, Параметры tugmasiga bosiladi.

📌 P.S.: Oddiy foydalanuvchilar shunchaki Total Commander dasturining qadriga yetishmaydi. Virus tufayli berkinib qolgan fayl va papkalarni Windows'dagi Проводник dasturi ko‘p holatlarda ko‘rsatib bera olmaydi, Total Commander esa doim ushbu ma’lumotlarni (agar ular chindan ham fleshkada va berkitilgan holatga o‘tib qolgan bo‘lsa) doim ko‘rsatib kelgan.

Total Commander'da berkinib qolgan fayllarni ko‘rsatish uchun tartib: Yuqoridagi menyuda satridagi ВидРасширенные настройки (birinchi turadi)Показывать скрытые и системные файлы: вкл/выкл (ro‘yxatda pastdan beshinchi, sariq undovchali belgisi bor).

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Tizimdagi berkitilgan elementlarni ko‘rsatish
Windows'da berkitilgan faylni yaratish
Windows ishchi stoli (Рабочий стол)da ilovalar yorliqlarini qanday berkitish mumkin?
Vazifalar panelida ishga tushurilgan dasturlar belgilariga tegishli yozuvlarni chiqarish/berkitish
Ekrandagi ochilib turgan ilova/o‘yin oynasini bir zumda berkitamiz
Operatsion tizimdagi barcha dasturlarni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng antivirus dasturini o‘rnatish, fleshkadan oqilona foydalanish va Total Commander dasturiga oid tavsiyalar
Windows uchun Fences dasturi
"Лист"ni super ko‘rinmaydigan qilib berkitish
Formulalarni qanday qilib berkitish mumkin?
Excel'da nollik qiymatlarni qanday berkitish mumkin?
Excel jadvalidagi xatoliklar va nollarni qanday berkitish mumkin?
Ma’lumotlarni qulay tarzda berkitish
Excel'da ishchi kitobi tuzilmasini himoyalash
Berkitilgan ustunlardagi ma’lumotlar hisob-kitoblarda qatnashadimi? (Excel, test)
Qaysi klavishlar birikmasi yordamida belgilangan ustunlarni berkitish mumkin? (Excel, test)
Photoshop'da qaysi klavishlar birikmasi yordamida setkani ko‘rsatish / berkitish mumkin? (Test)
Matndagi orfografik/grammatik xatoliklarni qanday berkitish mumkin?
Hujjatdagi matnni qanday berkitish mumkin?
Guruhlardagi anonim administratorlar
Spoyler formatlanishi
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍5🔥3👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #rasm_bilan_ishlash

Bitta rasmni eplab chiza olmagan paytingizda bir vaqtning o‘zida 5 ta rasmni shakllantirayotgan bunday iqtidorlarni ko‘rib uyalib ketishingiz turgan gap. Insonmi bu, printermi bu?! Ha, aytgancha, printerni ham inson yaratganku! 🤔

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍23😱13🤩7🔥41👎1😢1
#smartfon #android #maslahat

Ishlarimizni rejalashtirib borish va monitoring qilish uchun 3 mobil ilova

1️⃣. Dreamie Planner | Yuklab olish

Ko‘plab chiroyli fonlar va smayliklarni o‘z ichiga oluvchi yorqin va qulay mobil ilova. Oy, hafta, kun uchun rejalashtirish imkoniyati mavjud.

2️⃣. My Tasks To Do List & Diary | Yuklab olish

Kalendar, kundalik, rejalashtirgichlarning ajoyib uyg‘unligini o‘zida mujassam etgan oddiy va qulay interfeysli mobil ilova. Kun yoki haftalik vazifalaringizni oson tuzib boring.

3️⃣. To Do List & Goal Planner | Yuklab olish

Oddiy va minimalistik tamoyilidagi mobil ilova. Uning yordamida maqsadlar, vazifalar, quyi vazifalar, qaytariluvchi vazifalarni belgilash, ularni guruhlash, eslatmalar, vidjetlar yaratish imkoni bor. Shuningdek ishlardagi taraqqiyotning avtomatik hisobi ham yuritiladi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Barcha yumushlarni barajarishga ulgurish uchun ko‘maklashuvchi rejalashtirgich
Talabalar uchun 10 ta bepul foydali mobil ilovalar
O‘rganish uchun Top-7 mobil ilovalar ro‘yxati
Rubik kubikini yig'ish sxemalarini taqdim etuvchi 9 mobil ilova
Sport bilan shug‘ullanish bo‘yicha mobil ilovalar
Rasmdagi matnni tahrirlanuvchi formatga o‘tkazish uchun eng yaxshi mobil ilova
Video bilan ishlash uchun foydali mobil ilovalar
Chizmachilik uchun mobil ilovalar
Dasturlashni o‘zlashtirib borish uchun mobil ilovalar
Dasturlashni mobil qurilmalarda o‘rgatuvchi 11 ilova
Dasturlash tillaridan turli qiyinchilikdagi misollarni ishlash uchun 25 ta sayt
Bolalar uchun qiziqarli YouTube kanallar
Ingliz va boshqa xorijiy tillarni o‘rganish uchun eng yaxshi 12 ilova
Ingliz tilini o‘rganish uchun ajoyib manbalar
List of English & IELTS Channels to follow
Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍8🔥2
#mulohaza_uchun #word #IT_humor

Hujjatda abzatslar uchun TAB o‘rnida SPACE (probel) klavishi qo‘llanilganida... 🙄

ℹ️ Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
😁30👍3🤩2😱1
📚 100 mingdan ziyod kitoblar sizni kutmoqda...

@KitobQidiruvchi_bot — bu bot sizga istalgan elektron kitoblarni topib beradi.

Manzil: @KitobQidiruvchi_bot
👍6🔥4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #telegram #android

⬅️ Chatlar ro‘yxatidagi xabarlarni chapga svayp qilgandagi harakatni tayinlash

Android uchun Telegram'da chatlar ro‘yxatidagi elementlarni chapga svayp qilishdagi harakatni tayinlash mumkin.

Buning uchun Настройки чатов'ga o‘ting va harakatlardan birini tanlang: yuqoriga qadab qo‘yish, o‘qilgan qilish, arxivga yuborish, ovozini faolsizlantirish, o‘chirish yoki papkani o‘zgartirish.

⚠️ Papkani o‘zgartirish harakati tayinlanganida, chapga svayp qilish ish bermaydi, shunchaki papkalar bo‘ylab o‘tish faollashadi.

Boshqa biror harakat tayinlanganida ilovaning yuqori qismidagi papka belgilariga bosish orqali muayyan papka ostiga biriktirilgan chatlar guruhiga o‘tish mumkin bo‘ladi.

📝 Manba: @vamtlgrm

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍10
#mulohaza_uchun #bilasizmi #texnologiya

📞 Motorola tomonidan DynaTAC 8000X, 3995 AQSh dollari narxidagi kilogrammli model. 1984 y.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍12🎉1
#internet #maslahat

👁 Shaxsiy kompyuter yoki smartfon bilan ishlashda ko‘rish qobiliyatini saqlab qolish uchun maxsus xizmat

Bunda bizga Blimb.su — ko‘zlardagi zo‘riqishni yengillashtirish va ularning holatini yaxshilash uchun bir qator mashqlarni taklif quluvchi sayt yordam beradi.

Xizmatdan foydalanish uchun Начать зарядку для глаз tugmasiga bosish va yuzaga keluvchi tavsiyalarga rioya qilish yetarlidir.

Agar mashg‘ulotdan so‘ng sayt yopilmagan holda qoldirilsa, u ovozli bildirishnoma orqali mashq qilish lozimligini eslatadi. Mashg‘ulot 3 daqiqa va 25 soniya davom etadi.

📝 Manba: @iTeach

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Salomatlikka oid tavsiyalar keltirib o‘tilgan postlarimiz
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🔥102👍2
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
🎞 Bizning bepul videokurslarimiz:

🏬 3DS MAX dasturi bo'yicha videokurs
Darslar soni: 4 (davomi bor)
Autodesk 3DS Max dasturini o'rnatishdan boshlab to tayyor 3D modelni sotishgacha bo'lgan jarayonlarni 0 dan o'rganamiz.

🏗AutoCAD dasturi bo'yicha videokurs
Darslar soni: 1 (davomi bor)
AutoCAD dasturini o'rnatishdan boshlab istalgan chiqmani chizishni o'rganadigan darajaga chiqamiz. Darslar 0 dan o'rgatiladi.

7️⃣ Windows 7 o'rnatish
Darslar soni: 4
Kompyuter uchun Windows 7'ni yuklash, fleshkaga yozish, kompyuterga o'rnatish, kerakli sozlamalar, drayverlarni yangilashni mustaqil amalga oshiramiz.

🔟 Windows 10 o'rnatish
Darslar soni: 7
Kompyuter uchun Windows 10'ni yuklash, fleshkaga yozish, kompyuterga o'rnatish, kerakli sozlamalar, drayverlarni yangilash, kerakli dasturlarni o'rnatish ishlarini mustaqil amalga oshiramiz.

🧮 Excel dasturi bo'yicha videokurs
Darslar soni: 7
Microsoft Excel dasturini 0 dan o'rganamiz.

🧮 "Excel - Formula ustasi" videokursi
Darslar soni: 4 (davomi bor)
Excel dasturidagi murakkab amal va formulalarni amaliyotda qo'llashga o'rgatadigan kurs.

🔠 Word dasturi bo'yicha videokurs
Darslar soni: 8
Microsoft Word dasturini 0 dan o'rganamiz.

🖼 PowerPoint dasturi bo'yicha videokurs
Darslar soni: 7
Microsoft PowerPoint dasturini 0 dan o'rganamiz.

🎦 Movavi Video Editor (videomontaj) bo'yicha videodarslar
Ushbu dastur videomontajni kuchsiz kompyuterlarda ham amalga oshirish uchun qulay va sodda dastur hisoblanadi.
Videoni montaj qilishni 0 dan o'rganamiz! 1-qism

🌁 Paint NET dasturi bo'yicha videodarslar
Rasmlarni tahrirlash uchun sodda va qulay dastur.
Photoshop qiyinmi? Unda PaintNET dan boshlaymiz!
Rasmlarni tahrirlashni o'rganamiz!
Eski chizmalarni tiklash

📄 PDF hujjatlari bilan ishlash bo'yicha videodarslar
Hujjatlarni PDF dan Word ga o'tkazishning 3 ta sinalgan usuli!
PDF hujjatlarni istalgancha o'zgartiramiz!
PDF sahifalarni birlashtirish
PDF ni qirqishni eng sodda usuli (Chrome orqali)

🗜Arxiv fayllar bilan ishlash bo'yicha videodarslar
Arxiv bilan ishlash. WinRAR dasturini o'rnatish/foydalanish
WinRAR dasturi bo'yicha MasterClass. Murakkabroq amallarni o'rganamiz!
Katta hajmli fayllarni yuklash usullari

🛡Eset NOD32 antivirus dasturi
ESET NOD32 antivirusini o'rnatish
Antivirusni vaqtincha o'chirib turish
NOD32 antivirus bazasini internetsiz (oflayn) yangilash
NOD32 antivirus bazasini onlayn yangilash


🔄 Nasib qilsa, ushbu ro'yxatni kengayib boramiz...

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
👍8🔥4🤩2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#excel

🔽 Kasr sonlarning ustun bo‘ylab avtoto‘ldirilishiga oid maslahat

Odatda ma’lum bir qadam bilan sonlar ustunini yaratish lozim bo‘lganida, dastlabki ikki sonni kiritib, belgilagan holda yacheykaning o‘ng pastki burchagida joylashgan avtoto‘ldirish markeridan foydalanamiz. Biroq kasr sonlar bilan ishlashda natija butunlay aniq bo‘lmasligi mumkin (butun sonni kasr qismidan ajratuvchi verguldan keyin razryad o‘zgarib ketadi).

Formula va hisoblashlardagi xatoliklarning oldini olish va kasr sonlar qatorini aniqlik bilan yaratish uchun, qiymatni yaxlitlash (ОКРУГЛ) funksiyasini qo‘llashimiz mumkin. Arifmetik progressiyani hosil qilish maqsadida Прогрессия vositasini ham qo‘llashimiz mumkin, bu ham juda qulay👆🏻🎞.

📝 Manba: @excel_everyday

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍4
#operatsion_tizim

🔊 Windows'da ovoz boshqaruvini soddalashtiramiz

Ma’lumki, Windows 10'dan boshlab dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilariga ovoz balandligini boshqarish funksiyasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri dasturlarning o‘ziga joylashtirishga ruxsat berildi. Biroq agar sizda bunday dasturlardan bir nechtasi ishga tushirilgan bo‘lsa, mos keluvchi dastur oynasiga murojaat etishga to‘g‘ri keladi, bu esa ba’zida noqulaydir.

EarTrumpet – Windows 10'da ovoz balandligini boshqarish uchun kuchli dasturiy ta’minot. U bilan ishga tushib turgan istalgan dasturdagi ovoz balandligini yagona paneldan turib boshqarish mumkin. Har safar kompyuter bo‘ylab kerakli sozlamalarni izlashga ortiq hojat yo‘q, barcha kerakli narsalar tizim soati yonidagi treyga joylashtiriladi.

Dastur standart ovoz sozlagichi uslubiga moslashtirilgan va ovoz boshqaruvi bo‘yicha kengaytirilgan imkoniyatlarni taqdim etadi: har bir dasturdagi tovush balandligini nazorat qilish va qaysi audio chiqarish qurilmasiga ovoz yuborilishini tanlash imkonini taqdim etadi.

Yordamchi dastur har bir ochilib turgan dasturni tahlil qiladi va agar u ovozdan foydalansa (brauzerlar, audio, video pleyerlar, o‘yinlar va boshqalar), u holda dastur belgisini bosgan holda siz ushbu dastur belgisi va ovoz shkalasini ko‘rasiz. Kerakli dastur uchun yurgich (ползунок)ni siljitish orqali kerakli ovoz balandligiga erishish mumkin.

📝 Manba: @bugfeature

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Windows 10'da muayyan dasturning ovozini sozlash
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍11
Forwarded from IT specialist
#smartfon #android

🕹 J2ME Loader — eski telefonlar uchun Java'da ishlab chiqilgan eski o‘yin va ilovalardan foydalanishga mo‘ljallangan yaxshi emulyator. Mascot Capsule sheyderlarini qo‘llab-quvvatlash qo‘shilgan.

📎
J2ME Loader Mod v0.77.2 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍4