IT specialist
9.64K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#bilasizmi #mulohaza_uchun #muvaffaqiyatli_insonlar

“Yandex” kompaniyasi (ruslardagi Google) asoschilari Yelena Kolmanovskaya, Arkadiy Voloj va Ilya Segalovich Softool ko'rgazmasida, 1997 yil, Moskva

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🔥12👍7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#telegram #android

🆕 Android uchun Telegram 8.4.4 versiyasiga qadar yangilandi

— Reaksiya bildirish tugmasini bosishda yuzaga keluvchi animatsiyaning o‘lchami kichraydi va qisqaroq bo‘ldi.

📥 Yuklab olish: Google Play, rasmiy saytdan yoki tasdiqlangan kanaldan.

📝 Manba: @tginfo

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍37🔥7🎉4🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#word

📄 Hujjatda satrlararo va abzatslararo intervallarning qo‘llanilishi

Microsoft Word'dan endi-endi foydalanishni boshlaganlar uchun ma’lumot o‘rnida:
Agarda abzatslar o‘rtasidagi masofani o‘zgartirish istagida bo‘lsangiz, buni satrlararo intervalni o‘zgartirish orqali amalga oshirmaganingiz ma’qul. U belgilangan matnda qo‘llanilgan har bir abzatslar orasidagi masofa bilan bir qatorda, ulardagi satrlar orasidagi masofani ham o‘zgartiradi va matn sahifa bo‘ylab uzayib ketadi.

Abzatsdagi so‘nggi satrdan keyingi masofani o‘zgartirish otstup (interval)ni qo‘shish orqali amalga oshirilishi mumkin. Bu uchun dasturning menyu tasmasida tugmalar mavjud bo‘lsa-da, bu uchun abzats parametrlariga murojaat etgan afzalroqdir. U yerda otstupni moslashuvchan tarzda o‘rnatish mumkin👆🏻🎞.

📝 Manba: @office_killer

ℹ️ Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍5🤩2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#telegram #desktop #update

🆕 Telegram Desktop barqaror 3.4.8 versiyasiga qadar yangilandi

Kiritilgan yangiliklar:
— Reaksiyalar uchun animatsiya qo‘shildi;
— Windows 11'da biriktirish maketlarining qo‘llab-quvvatlanishi qo‘shildi;
— Kichik tuzatishlar va yaxshilanishlar.

📥 Yuklab olish: rasmiy saytdan yoki GitHub'dan.

📝 Manba: @tginfo

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍14🔥62😁2🎉2🤩2
#operatsion_tizim

🤔 UEFI yoki BIOS: qanday tekshirsa bo‘ladi?

Qaysi oilaga mansub bo‘lishidan qat’i nazar, barcha operatsion tizimlarda mikrodastur turi haqidagi ma’lumotlarni taqdim etuvchi ichki vositalari mavjud bo‘ladi.

Kerakli ma’lumot deyarli har doim ichki “Сведения о системе” dasturida mavjud bo‘ladi. Biroq shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, noutbuk egalari u yerdan izlanayotgan ma’lumotni topa olmasliklari mumkin.

Sizda qanday quyi tizim qo‘llanilayotganini aniqlash uchun WIN + R tugmalari birikmasini bosing va ochilgan “Выполнить” oynasiga msinfo32 buyrug‘ini kiritib ENTER'ni bosing. Ochilgan “Сведения о системе” oynasining shu nomdagi (chap paneldagi dastlabki band) bo‘limida “Режим BIOS” parametrini toping va uning qiymatini tekshiring.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Windows'ni o‘rnatish mahalida Secure Boot'ni o‘chirib qo‘yish
Windows tizimli kompyuterni kerakli paytda o‘zi yonadigan qilamiz!
Windows 11'ni o‘rnatishdagi cheklovlarni chetlab o‘tish (2-usul)
Kompyuterning asosiy (ona) platasidagi batareyka nima uchun xizmat qiladi?
BIOS bilan bog‘liq IT-hazil
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍11
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya #dizayn

Tokiodagi 3D reklama hayratda qoldirishda davom etadi. Kreativ yondashilgan, shunday emasmi? ☺️

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍25😱5🎉4🔥3
#word

📄 Hujjat sahifasidagi jadvalning so‘nggi satrlarini keyingi sahifaga “majburiy” o‘tkazish sozlamasi

Hujjatda jadval bilan ishlayotgan paytimiz shunday holat kuzatiladiki, yuqoridagi sahifaga ma’lumot kiritilishiga qarab, jadval ostidagi muhim, masalan, yuqoridagi satrlarda keltirilgan sonlar yig‘indisi (summasi)ni ko‘rsatuvchi so‘nggi satr yakka holda keyingi sahifaga o‘tib qoladi.

Bunday holatda so‘nggi satr yuqorisida joylashgan bir-ikki satrni majburiy “biriktirish”ni amalga oshirish mumkin. Bunda bizga menyu satridagi Главная yoki Макет/Разметка страницы (eskiroq versiyalarda) varaqa (вкладка)lari orqali chaqiriluvchi Параметры абзаца muloqot oynasining Положение на странице varaqa (вкладка)sidagi Не отрывать от следующего bandining faollashtirilishi ko‘mak berishi mumkin.

Shunda ko‘rsatib o‘tilgan jadval satrlari yangi sahifaga birgalikda o‘tkaziladi. Ushbu jarayonning qanday amalga oshirilishi post ostidagi videoda batafsil keltirilgan👇🏻🎞.

📝 Manba: @office_killer

📌 P.S.: Xuddi shu sozlamani jadval yuqorisida keluvchi tartib raqami va sarlavhasining jadval bilan turli sahifalarda qolib ketishi oldini olish uchun qo‘llash mumkin.

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Word'da jadvallarni birlashtirish
Jadval chegaralarini tezkor o‘chirish
Ko‘rinmas jadvalni qanday yaratish mumkin?
Hujjatda turli ko‘rinishdagi chiziqlar va jadvalni tezkor hosil qilish
Jadval yordamida matnni qanday aylantirish mumkin?
Agar jadvaldagi satrning balandligi o‘zgarmasa nima qilish lozim?
Hujjatdagi uzun jadval sarlavhasini boshqa sahifalarda ko‘rsatish
Jadvalning sahifa boshida kelishi bilan bog‘liq muammoni bartaraf etish
Hujjatdagi jadval sarlavhasini qanday qilib boshqa sahifalarda ko‘rinadigan qilish mumkin?
Jadvalning satri bo‘yiga kengaymasa nima qilish lozim?
Jadval kataklarini qanday ikkiga ajratish/birlashtirish mumkin?
Excel'ning keng jadvallarini Word'ga joylashtirish usuli
MS Word jadvallarida formulalar bilan ishlash
Word hujjatiga formula qanday joylashtiriladi?
Formula to‘g‘ri ishlashi uchun oddiy probelni “ajralmas” probelga almashtiramiz
Hujjatga ramka qo‘shamiz
Hujjatga qanday qilib tezkor tarzda chiziqlar tortish mumkin?
Word'da chiziqlarni o‘chirish
Matnni ustunlar yordamida ajratish
Word'da ro‘yxat elementlari o‘rnini tezkor almashtirish
Word’da ishlash bo‘yicha har kimga ham ma’lum bo‘lmagan 7 tryuk
Word'ning 17 foydali klavishlari kombinatsiyasini qulay shaklda o‘rganamiz!
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍8🔥3🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #telegram

Telegram ilovalarining so‘nggi yangilanishida reaksiyalar uchun animatsiyalar formati o‘zgardi. Ular qisqaroq va ixchamroq ko‘rinishga keltirildi.

Biroq to‘liq o‘lchamdagi reaksiyani ko‘rish imkoniyati to‘liq olib tashlanmadi. Buning uchun yuborish oldidan reaksiya ustiga ikki soniya bosib turish kerak bo‘ladi.

📝 Manba: @vamtlgrm

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍47🔥25😁6😢65👎5🎉5🤩5😱3
#excel

🔐 Excel'da ishchi kitobi tuzilmasini himoyalash

Muayyan yacheykalarni tahrirlashdan himoyalash va faylni ochishda parol so‘raydigan qilib himoyalashdan tashqari, yana bir opsiya mavjud – bu ishchi kitobi tuzilmasini himoyalashdir.

Uning yordamida ularni o‘chirish, berkitish/ko‘rsatish, qayta nomlash va shunchaki list yorliqchalari o‘rnini bir-biriga nisbatan almashtirish kabi fayl listlari bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday o‘zgartirishlarni bloklash mumkin. Himoyani parol bilan yoki parolsiz faollashtirish mumkin.

Bunday ko‘rinishdagi himoyani o‘rnatish jarayoni postimiz ostiga biriktirilgan video ko‘rsatmada batafsil keltirilgan👇🏻🎞.

📝 Manba: @excel_everyday

📌 P.S.: Bunday turdagi himoyalashdan foydalanib, parolni unutgan taqdiringizda, ishchi kitobi va listlardagi himoyani olib tashlash xususida ushbu postimizda batafsil so‘z yuritilgan. Buni faylni ochishda so‘raladigan parolni o‘chirish uchun deb tushunmang, bunday turdagi himoyani buzish juda mushkul va ehtimol, imkonsizdir.

👆🏻Ushbu post buzg‘unchilik qilish maqsadida emas, balki kimgadir ishchi kitobida o‘zi tomonidan o‘rnatilgan va ehtiyotsizlik tufayli yoki vaqt o‘tishi bilan unutilgan parolni olib tashlash uchun ulashilgan, to‘g‘ri tushunasiz, degan umiddamiz.

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🔥9👍2🎉2🤩2
Forwarded from IT specialist
#word #excel #powerpoint #security

Hujjatni parol bilan himoyalash 📄🔐

Word, Excel va PowerPoint dasturlarida yangi hujjatni yaratish yoki mavjud fayllarni tahrirlash paytida qo‘shimcha himoyaga ega bo‘lish hech qachon ortiqchalik qilmaydi. Hujjatni parol bilan himoyalash uchun Файл varaqa (вкладка)sining Сведения bo‘limiga o‘ting va qo‘llanilayotgan dasturga qarab mos tarzda Защитить документ (Word) / Защитить книгу (Excel) / Защитить презентацию (PowerPoint) ochiluvchi ro‘yxatining Зашифровать с использованием пароля opsiyasini tanlang.

Endi parolni yaratishga kirishishingiz mumkin, lekin uni unutib qo‘ygan taqdiringizda, parolni tiklashning imkoni bo‘lmaydi, shuning uchun ehtiyot bo‘ling.

📌 P.S.: Parollarni qo‘llash borasida kanalimizda nashr qilingan ushbu maqolalarni o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz:
Parolingizni buzish qanchalik oson? Buni onlayn tekshirish yo‘li bor!
Qanday qilib murakkab parolni yaratish va uni osongina eslab qolish - xakerdan maslahatlar
Murakkab parolni o‘ylab topish va uni unutmaslikning eng oddiy usuli
Brauzerlarda parolni saqlamaslik uchun 3 sabab
Windows parolini tiklashning oddiy usuli
Fransuz yoqilg‘i quyish shahobchalari zavod tomonidan o‘rnatilgan parol tufayli buzilgan
LastPass parollar generatori
Wi-Fi parolini Windows tizimli kompyuter yoki noutbukda aniqlaymiz
Windows 10’da parolni qayta tiklash (сброс пароля)
Windows 10’ga kirishda so‘raladigan parolni olib tashlash
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🔥43👍2🥰1🤩1
Forwarded from IT specialist
#word

Hujjatni himoyalashning ilg‘or usuli 🔐

Word hujjatini himoya qilishning yagona usuli — parol emasligini hamma ham bilmaydi. Siz istalgan matn fragmentini tahrirlashdan himoya qilishingiz mumkin.

Buning uchun menyu satridagi Файл varaqa (вкладка)si Сведения → Защитить документ → Ограничить редактирование ketma-ketligi bo‘ylab o‘ting. So‘ngra — ikkinchi band qarshisiga qushcha belgisini o‘rnating va Да, включить защиту tugmasi ustiga bosing.

Sizga ushbu bloklanishni keyinchalik olib tashlashingiz uchun dastur tomonidan parol o‘rnatish taklifi bildiriladi.

ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🔥7👍61🤩1
#learn_english_with_software #android

🎓 Ingliz va boshqa xorijiy tillarni o‘rganish uchun eng yaxshi 12 ilova

01. Duolingo – ingliz, ispan, fransuz va nemis tillarini o‘rganishning eng yaxshi usuli! Ilovaning o‘zida barcha kerakli darslar mavjud va ularni alohida sotib olish shart emas. Uning asosiy vazifasi foydalanuvchiga xorijiy til asoslarini o‘rgatish, buning uchun ilovada turlicha yutuq va bildirishnomalar o‘yin usulida qo‘llaniladi. Duolingo bilan o‘tkazilgan 34 soat, samaradorlik jihatidan universitetdagi bir semestrga teng!

02. Busuu – ilova foydalanuvchiga mos dasturni tanlaydi va kursni o‘rganishga yordam beradi. Bu yerda “Suhbat” (Разговор) funksiyasidan foydalanishingiz va haqiqiy ona tilida so‘zlashuvchilar bilan gaplashishni mashq qilishingiz mumkin. Darslarni oflayn rejimda yuklab olib o‘rganish mumkin.

03. Simpler – Do you speak English? Agarda javobingiz yo‘q bo‘lsa yoki bilimingizdan shubhalansangiz, Simpler yordamida bu xatoni osongina tuzatishingiz mumkin. Ilova nafaqat ingliz tilini umuman bilmaganlar uchun, balki uni yaxshilashni istaganlar uchun ham foydalidir.

04. Cake – agar ingliz tilidagi so‘zlashuvingizni tezda yaxshilashni istasangiz, Cake sizga yordam beradi. Ilovada muloqotlarni takrorlovchi amaliy darsliklar mavjud. Bundan tashqari, ilova ingliz tilini bilmagan, lekin uni o‘rganishni orzu qiladiganlar uchun mos keladi, chunki YouTube tarmog‘idagi o‘z ona tilida so‘zlashuvchilardan turli xil iboralarni o‘rganish imkoniyati mavjud.

05. Lingualeo – ushbu xizmat turli xil vazifalarni o‘z ichiga oladi. Butun jarayon qiziqarli o‘yin ko‘rinishida amalga oshiriladi. Hammasi bo‘lib foydalanuvchiga beshta rejim taqdim etiladi: konstruktor, lug‘at kartalari, djungli, tinglash va tarjima-so‘z.

06. Puzzle English – ilovasi xuddi shu nomdagi sayt ishlab chiquvchilari tomonidan yaratilgan. Manba video boshqotirmalar deb ataladigan videolari bilan mashhur. Ularning barchasi ingliz tilida. Mashg‘ulotni boshlagan foydalanuvchining vazifasi tomosha qilingan videoning mazmunini tushunish va keyin uning mohiyatini taqdim etilgan iboralardan tuzishdir. Bir so‘z bilan aytganda, ilova ingliz tilidagi nutqni eshitish qobiliyatini shakllantiradi.

07. Parla – bu yerda zerikarli ma’ruzalar yo‘q, chunki darslar o‘yin tarzida o‘tkaziladi. Asosiysi kichik vazifalarni bajarish va bilimlarni mustahkamlash uchun savollarga javob berishdir.

08. CanTalk: ingliz tili grammatikasi – tilni noldan o‘rganmoqchi bo‘lganlar va o‘z malaka darajasini oshirmoqchi bo‘lganlar uchun mos ilova. CanTalk'da nazariy materiallardan tashqari mavzularga bo‘lingan amaliy mashg‘ulotlar ham mavjud.

09. iSpeak – til amaliyotiga ega bo‘lmaganlar uchun ajoyib ilova. Agar grammatikani bilsangiz va yaxshi lug‘at boyligiga ega bo‘lsangiz, lekin shu bilan birga suhbat qura olmasligingizni his qilsangiz, iSpeak sizga albatta yoqadi.

10. Метод Тичера от Puzzle English – ushbu ilova ingliz tilini hali yaxshi bilmaganlar uchun juda mos keladi. Ilova 395 ta darsdan tashkil topgan bo‘lib, 10 ming mashqdan iborat. Shuningdek, dastur uch ming video darslar bilan ham maqtana oladi! Agar siz 200 soatlik darslarni o‘zlashtirsangiz, albatta o‘z bilimingizni oshirishingiz yoki ingliz tilini noldan ham o‘rganishingiz mumkin bo‘ladi.

11. Английский для Начинающих: LinDuo HD – ilova yangi so‘zlarni o‘rganishga yordam beradi va audioni tinglash evaziga ularni to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘rgatadi. Ilova Internetga doimiy ulanishni talab etmaydi, shuning uchun darsni tez boshlash yoki takrorlash kerak bo‘lsa, LinDuo HD'ni osongina ishga tushirish mumkin.

12. Английский А1 Для Начинающих! – ilova ingliz tili asoslarini tez o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan. Bu yerda ranglar, kiyim-kechak, oila, sevimli mashg‘ulotlar, hayot, kasblar, tana a’zolari, salomatlik va boshqalarni o‘z ichiga olgan juda ko‘p muhim mavzular mavjud. Ilova yordamida nafaqat yangi so‘zlarni yodlaysiz, balki ularni xatosiz talaffuz qilishni ham o‘rganasiz.

📝 Manba: @gsmgurus_FAQ

ℹ️ Lifehacks, applications for PC & mobile

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍151
#telegram #ict_news

💰 Telegram TON xizmatlarini o‘z messenjeriga joriy etishi mumkin

Toncoin kriptovalyutasini yaratgan Pavel Durovning izdoshlari jamoasi 2022-yilning yakuniga qadar fayllarni saqlash, bloklashlarni chetlab o‘tish, pul mablag‘larini o‘tkazish va boshqa shu kabi bir qancha yangi xizmatlarni taqdim etadi. Ushbu xizmatlar Durovning TON blokcheyn-loyihasining bir qismi bo‘lishi kutilmoqda.

Forbes nashri taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, Telegram ushbu xizmatlarni o‘z messenjeriga joriy etish imkoniyatini istisno etmaydi.

➡️ Batafsil rus tilidagi ushbu maqolada.

📝 Manba: @vamtlgrm

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍9🔥3👎1
#mulohaza_uchun #hardware #grafika

🖼 Van Gogning “Yulduzli tun” nomli asari Computer Key Art texnikasida

Erik Jensen eski kompyuter klaviaturalariga yangi hayot baxsh etadi va ulardagi klavishlardan ajoyib badiiy tasvirlar yaratadi! Ish jarayonida 1000 dan kam bo‘lmagan elementlar qo‘llaniladi. Muallifning so‘zlariga ko‘ra, mozaikaning yig‘ilishi odatda 2-3 oyni band etadi.

ℹ️ “Yulduzli tun” – gollandiyalik post-impressionist rassom Vinsent Van Gogning eng mashhur asarlaridan biridir. U 1889-yilning iyun oyida chizilgan va hozirda Nyu-Yorkdagi Zamonaviy san'at muzeyida saqlanib kelmoqda.

📝 Manba: @solonabiraem

⌨️ Klaviaturaga qaramasdan tezkor matn kiritish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun tavsiya etiladi:
СОЛО на клавиатуре kompyuter dasturi
Onlayn klaviatura trenajyorlari

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🤩6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Dastur kompilyatsiya jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tsayu, biroq xatolikka yo‘l qo‘ysa... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
😁18👍4😱3
#internet #rasm_bilan_ishlash

🖼 PDF hujjatidan rasmlarni tezkor ajratib olish (2-usul)

PDF-faylidan rasmlarni ajratib olishning ko‘plab usullari mavjud. Skrinshotlarni hosil qilish va har bir rasmni alohida qirqib o‘tirish yoki Photoshop yordamida barchasini darhol import qilish mumkin. Dastlabki usul rasm sifatini juda pasaytirib yuborsa, ikkinchi usul kompyuterda Photoshop'ning mavjudligini talab etadi.

Agar PDF-fayli sizda allaqachon mavjud bo‘lib, Photoshop dasturi o‘rnatilgan bo‘lsa, u holda Internet sizga talab etilmaydi. Quyida esa PDF-fayllarini tahrirlash uchun maxsus PDFCandy onlayn-xizmati yordamida amalga oshirish borasida to‘xtalib o‘tamiz.

Ushbu xizmat joriy vazifani maksimal soddalashtiradi. “Извлечь изображения” funksiyasi yordamida xizmat bir necha klik orqali PDF-faylidan barcha rasmlarni ajratish va yuklab olish imkonini taqdim etadi.

Foydalanish tartibi quyidagicha:

1️⃣. Havola bo‘ylab o‘tiladi.

2️⃣. PDF-fayli tanlanadi.

3️⃣. Kerakli rasmlar yuklab olinadi.

📝 Manba: @komputeer

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
PDF ixlosmandlari uchun onlayn-uskunalar (iLovePDF)
PDF-fayllaridan rasmlarni ajratib olishni o‘rganamiz
Rasmdan matnni nusxalaymiz
PDF-faylni Word'ga o‘girishning 15 ta bepul usuli
Taqdimot faylini PDF'ga o‘tkazish/aylantirish
Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!
Pullik dasturlarni bepuliga almashtiramiz
Google Chrome brauzeridagi PDF fayllarni alohida o‘z dasturi orqali ochish haqida
Qo‘shimcha dasturlarni o‘rnatib o‘tirmasdan smartfon yoki kompyuterdagi fayllar bilan ishlash
Rasmdagi matnni tahrirlanuvchi formatga o‘tkazish uchun eng yaxshi mobil ilova
PDF-XChange Pro kompyuter dasturi
PDF Extra mobil ilovasi
OfficeSuite Pro + PDF mobil ilovasi
eReader Prestigio mobil ilovasi
Librera Reader mobil ilovasi
Moon+ Reader mobil ilovasi
CamScanner mobil ilovasi
Genius Scan+ mobil ilovasi
PDF hujjatlar bilan ishlash bo'yicha postlar
Telegram’dagi yozishmani butunligicha saqlab olishni bilasizmi?
Telegram uchun foydali botlar
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍62🔥1
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

💻 Kompyuterda turli xil ishlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan qulay transformer kreslo

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍141
Forwarded from IT specialist
#excel

Ustunlar o‘rnini almashtiramiz (1-usul) 🧾

Excel'da SHIFT klavishini bosib turgan holda, sichqoncha bilan siljitish yordamida ustunlar o‘rnini almashtirish mumkin:

— 1-qadam
Sichqonchaning chap tugmasini bosib turgan holda siljitilishi lozim bo‘lgan ustunning ma’lumotlar diapazonini belgilaymiz.

— 2-qadam
SHIFT'ni bosib turgan holda kursorni belgilangan diapazonning chegarasiga olib boramiz va shakli turli tomonga qaratilgan strelka ko‘rinishini olgunga qadar kutamiz (rasmda ko‘rsatilgan).

— 3-qadam
SHIFT klavishini avvalgiday ushlab turgan holda sichqonchaning chap tugmasini bosamiz, ustunni kerakli joyga siljitamiz, tayyor.

👉🏻 2-usul

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Satr va ustunlarni qotirib qo‘yish (закрепление строк и столбцов)
Satrlar va ustunlarning sarlavhalarini har bir sahifada chop etish (Печать сквозных строк и столбцов)
Foydalanuvchi Excel dasturining 17 milliarddan ko‘proq katagini to‘lg‘azib chiqdi
Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
• Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍71🔥1
🔥 Pavel Durov'dan eksklyuziv tavsiya!

Biznes va IT sohasini birgalikda o'rgansangiz sizni nomingizdan ham shunaqa tavsiyalar yozishadi
😁

Axborot texnologiyalar
olamida biznes yuritmoqchi bo'lsangiz ikkilanmay quyidagi kanalni yordamga chaqiring, kanaldagi saviyali postlardan o'zingiz uchun foydali ma'lumotlarni istagancha oling, muhimi uni do'stlarga ham ulashish esdan chiqmasin))

👉 Biznes va IT - biz bilan zamon yanada qiziqarli va foydali.
👍12😁2
Forwarded from IT specialist
#test #word

Qaysi klavishlar kombinatsiyasi matnni sahifa kengligi bo‘ylab tekislash uchun xizmat qiladi?
Anonymous Quiz
30%
CTRL + E
35%
CTRL + H
24%
CTRL + J
12%
SHIFT + E
🔥11🎉5👍4🤩2