IT specialist
11.3K subscribers
1.11K photos
476 videos
64 files
3.76K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#operatsion_tizim #software

🔍 Fluent Search — Windows bo‘ylab tezkor qidiruv

Windows'ga e’tirozlar aslida ko‘p emas, ammo ular umuman yo‘q deyish — xatodir. Masalan, qidiruv tizimiga doir savollar bor. Uning ishlashi soz, biroq, tan olish lozim, juda sekin! Windows to kerakli ma’lumotni topmaguniga qadar har bir so‘rov uchun ketma-ketlikda papkada papkaga o‘tib boradi.

Fluent Search — bu qidiruv vazifasini bajaruvchi maxsus dasturiy ta’minot. Hamma joydan: ishga tushirilgan dasturlar, brauzer varaqa (вкладка)laridan, zakladkalar, fayllar orasidan izlaydi. Fluent Search — bu, avvalambor tezlikdir. Ikkinchidan, “Пуск” menyusidan farqli o‘laroq, dastur mavjud ishni davom ettirishga mo‘ljallangan. Ishga tushirilgan dasturlar va brauzer varaqalari o‘rtasida oson o‘tish mumkin. Fayllar esa joriy jarayon ostida izlanadi.

Fluent Search doimiy ravishda harakatlaringizni o‘rganib boradi — dastur ilg‘or Machine Learning modeliga asoslangan. U bilan do‘stlashib olsangiz, barcha ishlarni o‘rningizga bajara boshlaydi.

🎞 Ingliz tilidagi ushbu video orqali dastur imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

📝 Manba: @mcrosoft

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Windows 10'da qidiruv indeksatsiyasini qanday o‘chirib qo‘yish mumkin?
Windows 10'da kengaytirilgan qidiruvni faollashtirish
Everything kompyuter dasturi
F3 klavishi yordamida izlash
Dasturlarning muqobil variantlarini qanday izlash mumkin?
Yuzimizni solishtirish orqali izlash funksiyasiga qarshi tanib bo‘lmaydigan qilamiz
Windows 10'da almashinish buferi (буфер обмена): ish samarasini qanday qilib oshirish haqida so‘z yuritamiz!
Eng yaxshi fayl menejeri
Internetda kamroq vaqt sarflash ushun 5 maslahat
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#internet

🗑 Google Chrome'ni bir zumda tozalash

👉 Brauzerda to‘planib boradigan ma’lumotlarni tozalash lozim. Nima uchun deysizmi? Keshda to‘planib boruvchi fayllar diskda ko‘p joy egallaydi. Buning natijasi o‘laroq brauzer sekinroq ishlashni boshlaydi. Bundan tashqari, keshdagi eskirgan resurslar saytdagi kontent tarkibining noto‘g‘ri aks etishiga olib kelishi mumkin. Xulosa: bunday “o‘ziga xosliklar”ning oldini olish uchun brauzerni tozalab borish maqsadga muvofiqdir.

📌 Buni mustaqil ravishda amalga oshirish ko‘p vaqt sarfini talab etadi, shu bois Clear Cashe'ni o‘rnatish tavsiya etiladi. Sichqoncha bilan bir dona klik → va tayyor! Dastur moslashuvchan sozlamalarga ega: nimani va qaysi davr oralig‘ida tozalash lozimligini ko‘rsatish mumkin. Biroq soddaroq yondashish ham mumkin — kerak paytda uskunalar panelidagi maxsus belgi ustiga bosishning o‘zi kifoya. Cookies, yuklanmalar, tashrif buyurilgan sahifalar tarixi va boshqalar darhol o‘chiriladi.

📝 Manba: @PushEnter

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Google Chrome'da yopilgan varaqa (вкладка)larni tiklash
Chrome'da varaqa (вкладка)larni oldindan ko‘rish panelini faollashtirish
Google Chrome'dagi barcha sahifalar manzilini bir harakatda nusxalash
Qotib ishlayotgan Chrome’ni tezlashtirishning 11 usuli
Chrome – eng “ochofat” brauzer, lekin siz uning “nafsini jilovlay” olasiz!
Chrome’ni sekinlashtirayotgan reklama va viruslardan osongina qutulamiz!
Google Chrome'dan foydalanish uchun parol o‘rnatish
Google Chrome’da saqlangan parolni qanday ko‘rish mumkin?
Google Chrome brauzeri oynasini belgilangan kenglik va balandlikda ochish
Chrome orqali Super Mario'ni o‘ynaymiz
Google Chrome’da saytlar tomonidan bildirishnomalarni yuborishga ruxsat so‘rash imkoniyatini o‘chirib qo‘yish
Google Chrome brauzerida varaqa (вкладка)larning avtoyangilanishini o‘chirib qo‘yish
Chrome'da maqolaning muayyan qismini havola sifatida nusxalab olish mumkinmi?
Google Chrome’da qorong‘i mavzu qanday faollashtiriladi?
Internet Explorer vs. Google Chrome (IT hazil)
Google Chrome vs. operativ xotira (IT hazil)
Google Chrome haqida yana bir hazil post
Corsair kompaniyasi Google Chrome va Photoshop’ning operativ xotirani iste’mol qilishi yuzasidan kuldi
Google Chrome yangi kengaytmalar platformasi – Manifest v3'ga o‘tmoqda
Mozilla Firefox brauzerida saytga kirishni bloklash
Brauzer tomonidan internet sarfini qanday kamaytirish mumkin?
Brauzer ishlashini tezlashtirish
Brauzerda videoning qotib ishlashi
Kesh nima?
Brauzerda cookie’ni boshqarish uchun kengaytma
Mobil brauzerlarning kompyuterdagi emulyatsiyasi
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from Telegram Uzbekistan (Davronbek Rustamov)
🔓 Вниманию пользователей LivegramBot

Некоторое время база данных @LivegramBot была в открытом доступе из-за ошибки безопасности.

Проблема уже исправлена, но в целях безопасности все токены подключённых ботов будут отозваны командой Telegram.

Что сделать:
• В @BotFather отправьте /mybots.
• Выберите нужный бот в списке → API TokenRevoke current token.
• Отправьте новый токен в @LivegramBot.

Напоминаем об альтернативе LivegramBot — @FleepBot

@TeleUz

🔓 LivegramBot foydalanuvchilari diqqatiga

@LivegramBot ma’lumotlar bazasi xavfsizlik xatosi tufayli bir muncha vaqt ommaga ochiq edi.

Muammo allaqachon bartaraf etilgan, ammo xavfsizlik nuqtai nazaridan ulangan botlarning barcha tokenlari Telegram jamoasi tomonidan bekor qilinadi.

Nima qilish kerak:
@BotFather'ga /mybots yuboring.
• Ro‘yxatda kerakli botni tanlang → API tokenRevoke current token.
@LivegramBot'ga yangi tokenni yuboring.

Sizga LivegramBot'ni o‘rnini bosuvchi — @FleepBot haqida eslatib o‘tamiz
#smartfon #android #internet #security

🚫 Android'da ilovalarga internetdan foydalanishni cheklash (batareya va trafikni tejaymiz)

Qurilmaga o‘rnatilgan ko‘plab ilovalar fon rejimida internetdan foydalanadi: tahliliy natijalarni uzatadi, ma’lumotlarni to‘playdi, yangilanadi. Ushbu holatda batareya quvvati va trafik tezroq sarflanadi. Ilovalarning internetdan foydalanishini nazorat qilish uchun NoRoot Firewall mobil ilovasidan foydalanish tavsiya etiladi.

Ushbu xizmat sizga muayyan ilovalar uchun internetdan foydalanishni bloklash imkoniyatini beradi.

Ilovani qo‘llash tartibi quyidagicha:

1️⃣. “Start” tugmasiga bosing va VPN'ga ruxsatni taqdim eting.

2️⃣. “Pending”ga o‘ting va internetga kirish cheklanishi lozim bo‘lgan ilovalarni tanlang.

3️⃣. Agar ilova tizim bilan birgalikda ishga tushishini istasangiz “Auto start on boot” bandini faollashtiring.

📝 Manba: @bugnotfeature

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
NetGuard mobil ilovasi
Windows'dagi dasturga Internetdan foydalanishni taqiqlash
Windows brandmaueri (Firewall)ni o‘chirib qo‘yishning ikki usuli
Windows 10’da Microsoft Defender (Защитник Windows) opsiyasi qanday o‘chiriladi?
Windows Defender (Защитник Windows)ni tezkor o‘chirish
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #IT_humor

💵 Loyiha bo‘yicha maoshni soatbay uchun olganingizda... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #hardware

💽
Windows 10'da Buyruq satri (Командная строка) yordamida disk harfini o‘zgartirish

Kanalimizda nashr etilgan ushbu postimizda HDD yoki SSD'da foydalanuvchi tomonidan ajratilgan disk bo‘limlari uchun harf tayinlash borasida ko‘rsatma keltirib o‘tilgan.

Ushbu postimizda buni Buyqur satri (Командная строка) yordamida amalga oshirish tartibi xususida to‘xtalib o‘tamiz:

1️⃣. WIN + R birikmasini bosib, ochilgan Выполнить oynasiga cmd buyrug‘ini kiritib, CTRL + SHIFT + ENTER klavishlari birikmasini bosish orqali Buyruq satri (Командная строка)ni ishga tushiring.

2️⃣. diskpart buyrug‘ini kiritib, ENTER'ni bosamiz.

3️⃣. list volume buyrug‘ini kiritib takroran ENTER'ni bosamiz.

4️⃣. Bizga kerakli diskni izlaymiz va X harfi o‘rniga diskning harfini to‘g‘ri ko‘rsatib o‘tgan holda select volume X buyrug‘ini bajaramiz.

5️⃣. Y'ning o‘rniga yangi harfni kiritgan holda, assign letter=Y buyrug‘ini bajaramiz.

⚠️ E’tibor bering, tizim bo‘limi (C diski) harfini texnik jihatdan o‘zgartirish mumkin, biroq bunday qilmagan afzaldir, boisi o‘rnatilgan dasturlar va tizim komponentlarining fayllari disk harfiga biriktirilgan holda reyestr (tizimni boshqaruvchi asosiy bo‘lim)ga kiritiladi va ushbu disk harfining o‘zgartirilishi yuqorida keltirilganlarning nosoz ishlashiga olib kelishi mumkin.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Windows 10, 8.1 va 7'da disk harfini o‘zgartirish
Istalgan papka asosida virtual disk yaratish
C diskidagi “Users” papkasidagi foydalanuvchi papkalarini D diskiga mohirona o‘tkazish
Windows 10’da “Проводник” ilovasi tomonidan ochiladigan doimiy papkani o‘zgartirish
Windows haqidagi voz kechish lozim bo‘lgan 5 mashhur afsona
Buyruq satri orqali yuklanuvchi fleshkani yaratamiz
Windows 10/11'ning standart vositalari orqali to‘g‘rilashning iloji bo‘lmagan USB fleshkalarni sozlash
WinPE 10-8 Sergei Strelec yordamchi vositasini qattiq diskdan ishga tushirish
HDD va SSD farqlari, afzalliklari. Kimga qaysi biri kerak?
HDD'dan SSD'ga qanday qilib “og‘riqsiz” o‘tish mumkin?
Ma’lumotlarni yo‘qotmagan holda fleshka, qattiq disk va SSD’da fayl tizimini FAT32’dan NTFS’ga o‘zgartirish
Windows 11'da Windows.old papkasini o‘chirish (undan oldingi versiyalar uchun ham o‘rinli)
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word

🗑 Word hujjatida qo‘llanilgan barcha rasmlarni tezkor o‘chirish

Agarda fayl tarkibida ko‘p miqdorda rasmlar mavjud bo‘lib, ularni o‘chirish lozim bo‘lsa, u holda ko‘pchilik uchun ma’lum bo‘lmagan tezkor usulni qo‘llash mumkin.

Dastur oynasi faol holatda ekanligiga amin bo‘lgan holda CTRL + H klavishlari birikmasi orqali Найти и заменить oynasini ekranga chaqiring. Найти: maydoniga ^g'ni kiriting, Заменить на: maydonini bo‘sh qoldiring. Заменить все tugmasiga bosing.

Tayyor, hujjat masshtabini kichraytirgan holda, barcha rasmlar o‘chirilganligiga amin bo‘lishingiz mumkin, bu hujjat sahifalari kamayganligidan ham darhol ayon bo‘ladi.

📝 Manba: @computer_life

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
MS Office dasturlarida hujjatni saqlashda rasm sifatini sozlash
Hujjatga rasm joylashtirishning “iqtisodiy” usuli
Word’da hujjat tarkibidagi rasmlar hajmini siqish
MS Word’dagi hujjat hajmini kichraytirishning 3 usuli
Hujjatning hajmini maksimal darajada siqish mumkinmi?
Rasmlar bilan ishlashda badiiy effektlardan foydalanish
Rasmni aylana ko‘rinishida qanday kesish mumkin?
Sahifa ortiga rasm joylashtirish (Подложка)
Word dasturi ichida skrinshot hosil qilish
Hujjatga ramka qo‘shamiz
Hujjatda sahifalar rangi qanday o‘zgartiriladi?
Muayyan shrift nomini qanday aniqlash mumkin?
Uzoq o‘qish vaqtida ko‘zlarni qanday tinchlantirish mumkin?
• Microsoft Word rukni ostidagi qolgan
postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#telegram

Balki e’tibor berishga ulgurmagandirsiz – Telegram'dagi so‘nggi yangilanishlar bilan birga yangi interaktiv emodzilar paydo bo‘ldi: 🔥😁🤩😢😭😱❄️.

Emodzini alohida xabar ko‘rinishida yuboring va suhbatdoshingizda ham aks etadigan animatsiyani ishga tushirish uchun ustiga bosing.

📝 Manba: @vamtlgrm

Kanalimizdagi bundan ilgari ulashilgan emodzilar haqidagi postlar: 01 | 02 | 03 | 04 | 05 | 06 | 07 | 08 | 09 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23

📋 Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #maslahat

✍🏻 To‘g‘ri yozish uchun 10 ta tavsiya

1️⃣. Tinish belgisidan foydalanayotganda shu o‘rinda aniq shu belgi ishlatilishini bilsangiz, qo‘ying, bo‘lmasa, qo‘ymang. Shunda darak gapning oxirida ham so‘roq qo‘yib qo‘ymaysiz.

2️⃣. So‘zlarning to‘g‘ri yozilishini bilish uchun imlo lug‘at dasturlaridan foydalaning: muharrir, savodxon, imlo kabi dasturlar pley marketda bor.

3️⃣. Ko‘proq kitob o‘qing, diqqat bilan, albatta.

4️⃣. O‘zbekcha klaviatura o‘rnatib oling (masalan, Android uchun Klavus mobil ilovasidan foydalanishingiz mumkin).

5️⃣. Yozgan matningizni yuborishdan oldin o‘zingiz o‘qib ko‘ring.

6️⃣. O‘z o‘rnida bosh harflar, tinish belgilarini qo‘yishga erinmang.

7️⃣. Internetda bo‘laveradi degan qoida yo‘q. Bu dangasa, savodsizlar o‘zini oqlash uchun o‘ylab topgan gap. Qaysi bir hurmatli kishini, biror ustozni kuzatsangiz, internetda ham to‘g‘ri yozadi. Mana shunday kishilarga o‘xshashga harakat qilish kerak.

8️⃣. Jargon, shevalardan yozuvda foydalanmang. Sof adabiy tilda yozishga harakat qiling.

9️⃣. Xabaringizni rahbaringizga yozsangiz ham shunday yozarmidingiz? Qarshingizdagi kishi rahbaringiz bo‘lmagani behurmatlik qilishga loyiq degani emas.

🔟. @Xatoliklar, @OrifTolib va @Kitaabun kanallarini kuzatib boring. Iloji bo‘lsa, hammasini o‘qib chiqing.

📝 Manba: @Kitaabun

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Xatolarimizni to‘g‘rilaylik!
Probel klavishidan to‘g‘ri foydalanishning grammatik qoidalari
So‘zlarni avtoalmashtirish (Автозамена)
Telegram'da yoki Telegram-da?
Qo‘llanilgan formatni saqlagan holda post chiqarish
Telegram'da jozibador matn yozishga oid tavsiyalar
Telegram'da matnlarni ajratish
Nega ba’zilar taslim bo‘lishadi yoki qanday qilib kanal yuritishni tashlab qo‘ymaslik?
Postlar ostidagi mualliflarning ko‘rinib turishi haqida
Telegram'da matnga havola (ссылка) qanday biriktiriladi?
Post matnining ostki qismiga rasm, video yoki GIF-fayl qanday biriktiriladi?
Kanal admini uchun qanday botlar kerak? Kanallar uchun eng foydali botlar
Dastlabki kurs talabalariga maslahatlar

👨🏻‍💻
@itspecuz | Mundarija
#excel

🖨 Katta jadvallarni chop etish

Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan paytida, Excel avtomatik ravishda uni bir nechta sahifalarga ajratadi. Bu esa har doim ham muvaffaqiyatli bo‘lmaydi. Agarda jadvaldagi muayyan satr yoki ustunlar bir sahifada joylashishi lozim bo‘lsa, sahifadagi uzilish (разрыв)larni mustaqil ravishda o‘rnatish mumkin:

— 1-qadam
Uzilish o‘rnatilishi lozim bo‘lgan satrdan bitta pastdagisini butunlay belgilaymiz.

— 2-qadam
Menyu satridagi Разметка страницы varaqa (вкладка)sida Разрывы tugmasiga bosamiz va ochilgan ro‘yxatdan Вставить разрыв страницы bandini tanlaymiz.

Buning natijasida belgilanganidan boshlab keyingi satrlarning barchasi keyingi sahifaga o‘tkaziladi. Ustunlar uchun uzilishlar ham shu tarzda o‘rnatiladi.

📝 Manba: @hacks_excel

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Assalomu alaykum kanalimizning aziz va muhtaram a'zolari! Barchangizni "Vatan himoyachilari kuni"ning 30 yilligi munosabati bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz. Ilohim yurtimiz hamisha tinch, oilalarimiz xotirjam, Vatanimizni ko'rolmaganlar zotiljam bo'lsin.

Hurmat va ehtirom ila, sizning @itspecuz!
🇺🇿 Vatan himoyachilari uchun ayollardan maxsus!

Xonadon obro‘yi, taxti - erkakdir,
Bolalar quvonchi, baxti - erkakdir.
Ayollar qudrati, mulki - erkakdir,
Vatanim g‘ururi, ko‘rki - erkakdir.

Erkak bor, bog‘larda gullar ochilar,
Ular bor, qalblarga quvonch sochilar.
Oila butundir ular boridan,
Hayotin qizg‘anmas do‘sti, yoridan.

Dasturxon qutligi - ular mehnati,
Ustimiz butligi - ular himmati.
Farzandlar chirog‘i - ular borligi,
Muhabbatning bizga mudom yorligi.

Erkaklar mardligi berur iftixor,
Ularda mehr bor va muhabbat bor.
Farzandin ertasin o‘ylovchi ular,
Oila obro‘yin qo‘llovchi ular.

Shunday yigitlarni sevar xaloyiq,
Shundayin erkaklar mehrga loyiq.
Ular elimizning sodiq posboni,
Ular bor, tinch erur yurtning osmoni.

Bayram muborakdir, aziz erkaklar,
Tilaymiz sizlarga ezgu tilaklar.
Omon bo‘ling bola, onalar uchun,
Sezing doim ayol mehrining kuchin!

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word

📄 Kanalimizdagi Microsoft Word dasturi bo‘yicha joylashtirilgan postlar bilan tanishing (3):

Nega ba’zi Word'larda CTRL+C, CTRL+S, CTRL+Z va shunga yaqin, tez-tez qo‘llaniluvchi klaviatura kombinatsiyalari ishlamaydi va bu qanday bartaraf etiladi?
Hujjatning istalgan joyiga sichqoncha kursorini o‘rnatib matn kiritish
Mavjud uslubni o‘zgartirish
Hujjatdan veb-sahifa qanday yaratiladi?
Hujjat bo‘ylab tezkor o‘tish uchun 4 foydali klavishlar birikmalari
Word'da jadvallarni birlashtirish
MS Office dasturlarida hujjatni saqlashda rasm sifatini sozlash
Word hujjatida qo‘llanilgan barcha rasmlarni tezkor o‘chirish
So‘zlardagi harflar registrini o‘zgartirish
Hujjatda satrlararo va abzatslararo intervallarning qo‘llanilishi
Abzatslar bo‘yicha hazil post
Word va Excel'da himoyalangan ko‘rish (Защищенный просмотр)ni o‘chirib qo‘yish
Google Translate'dan yaxshiroq: dunyodagi eng aniq tarjimon
Word'da matnni qo‘llanilgan formati bilan birgalikda izlash va almashtirish
DOC va DOCX formatlari o‘rtasidagi farq
Word'ning ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan 5 sirli xususiyat
Hujjatda obyektlarni belgilash
Hujjatning muayyan qismini tahrirlashdan himoyalash
Sahifa oxiriga kelib qolgan jadval satrining boshi avvalgi sahifada qolib, davomi keyingi sahifaga o‘tib ketadigan holat uchun yechim
Word'da ochiluvchi ro‘yxat qanday yaratiladi?
Word'da so‘nggi qo‘llanilgan harakatni qayta qo‘llash uchun tavsiyalar
Word'da harflar registrini o‘zgartirish usuli va “Найти и заменить” funksiyasi qo‘llanilishi bilan bog‘liq holatlar
• Microsoft Word uchun layfxaklar: 1-qism | 2-qism
Microsoft Word'da fayllarni saqlash qulayligini oshiramiz

📌 P.S.: Kanalga MS Word dasturidan foydalanish bo‘yicha yangi postlar nashr qilinishi bilan, ushbu ro‘yxat ham yangilanib boradi. Ushbu ro‘yxatning 1-qismi | 2-qismi.

🔠 Agar MS Word bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalaringizni sinab ko‘rish istagida bo‘lsangiz, unda #test heshtegi yordamida turli ruknlardagi (nafaqat MS Word) test savollariga o‘tib ko‘rishni tavsiya etamiz.

💡Kanalimizda MS Word bo‘yicha taqdim etilgan ushbu maqola va tavsiyalardan iborat mundarijani do‘stlaringizga ham ulashishni unutmang! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#smartfon #android

🎞 ActionDirector — smartfon yoki planshetingiz uchun kuchli video muharrir. Uning yordamida videoroliklarni yozib olishingiz va Android-qurilmangizning o‘zidan turib darhol qo‘shimcha effektlarni qo‘shgan holda tahrirlashlarni amalga oshirishingiz mumkin. Android 4.3+. Premium-versiya.

📎 ActionDirector v7.8.0(200425) mobil ilovasini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida foydalanish tavsiya etiladi:
Film Maker Pro
Intro Maker
VideoShow
VivaCut
GIF Maker
FilmoraGo
ADV Screen Recorder
AZ Screen Recorder
NewPipe (YouTube)
Snaptube (YouTube)
MX Player
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#mulohaza_uchun #hardware #IT_humor

Qora ishchi o‘zi doim e’tibordan chetda qolib kelgan... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #internet

🖥 Windows 11'ni o‘rnatmasdan foydalanib ko‘rish

Windows 11 operatsion tizimi rasmiy tarzda taqdim etilganidan so‘ng bir qancha muddat o‘tdi. Ushbu vaqt mobaynida ko‘pchilik tizimning yangi versiyasiga o‘tishga ulgurdi: kimdir kiritilgan yangilanishlar va o‘zgarishlardan juda mamnun bo‘lgan bo‘lsa, yana kimdir esa hamon o‘sha eski va qadrdon bo‘lishga ulgurgan Windows 7'ni qo‘msaydi.

Agarda siz hali Windows 11'ni o‘rnatish bo‘yicha bir qarorga kelmagan bo‘lib, umuman olganda, ushbu tizimga o‘tishning o‘zi kerakmi, deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz, shoshilishning hojati yo‘q. Mohir dasturchi bunda sizga ko‘maklashish maqsadida operatsion tizimning virtual versiyasini veb-sayt ko‘rinishida taqdim etdi.

Ushbu sayt orqali Windows 11'ni demo-versiya sifatida qo‘llab ko‘rishingiz, yangi dizayn bilan tanishishingiz mumkin. Sayt operatsion tizimning tashqi ko‘rinishi va asosiy funksiyalarni emulyatsiya qiladi (hattoki terminal (Командная строка)ni ishga tushirish mumkin).

Foydalanib ko‘rish uchun havola bo‘ylab o‘tishning o‘zi yetarli. Saytda Windows Store, Edge brauzeri va hatto Spotify'ni ishga tushirib ko‘rish mumkin. O‘zingizni butunlay yangi tizimda his etish, ya’ni sayt tarkibini butun ekranga yoyish uchun F11 klavishini bosing (odatiy ko‘rinishga qaytish uchun ham shu amal bajariladi).

📝 Manba: @bugfeature

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
“Yangi avlod Windows”i qachon chiqishi ma’lum bo‘ldi
Windows 11 chiqishiga ishora: “Microsoft” ramziy post qoldirdi
Windows 11 Compatibility Checker dasturi
Windows 10'dan Windows 11'ga yangilanish
Kompyuterga o‘rnatilgan Windows 11 yangilanishini bekor qilish
“Mos kelmaydigan” kompyuterda Windows 11'ga yangilanish (1-usul)
Windows 11'ni o‘rnatishdagi cheklovlarni chetlab o‘tish (2-usul)
“Mos kelmaydigan” ShK'da Windows 11'ga yangilanish (3-usul)
Windows 11'ning ishlashini tezlashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma nashr qilindi
Windows 11'da “Пуск” tugmasini chap tomonga ko‘chirish
Microsoft eski shaxsiy kompyuterlarga Windows 11'ni o‘rnatishga ruxsat beradi
Rufus dasturi yordamida Windows 11 bilan yuklanuvchi fleshkani yaratish
Windows 11'da Windows.old papkasini o‘chirish (undan oldingi versiyalar uchun ham o‘rinli)
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
💥💥💥 BOOOOM

Windows Server 2019 kursimni
YouTube tarmog‘idagi sahifamizga joylashni boshladim. InshaAlloh, har hafta shanba kuni bittadan darsni joylab boraman. Siz sahifamizga aʼzo bo‘lib qo‘ying va videolarga layk bosishni unutmang. Eʼtiboringiz uchun rahmat.

👉 Youtube sahifamiz: https://www.youtube.com/channel/UCBm1MTUDmpMJOMBd418HbEA

@tarmoq_tizim
Forwarded from IT specialist
#mulohaza_uchun #grafika #dasturlash #IT_humor

Loyiha menejeri: Dasturdagi ushbu tushunmovchilikni ertangi kunga qadar bartaraf etishingiz shart!

Bunga javoban men... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim

Windows'ning buyruq satri (Командная строка)da kiritilgan buyruqlar tarixi 📜

Faraz qiling, siz Windows'ning konsol oynasida ishlamoqdasiz. Qaysidir onda sizga oldinroq kiritilgan buyruqni qayta qo‘llash zarurati paydo bo‘lib qoldi, biroq siz uning kiritilish tartibini unutdingiz.

Bunday vaziyatda nima qilish lozim? Barcha kiritilgan buyruqlar bo‘ylab yuqoriga/pastga qaratilgan strelkachali klavishlarni bosish orqali tartib bilan o‘tishmi? Bu ortiqcha vaqt olishi mumkin.

🗝 Buning osonroq yechimi – F7 funksional klavishidan foydalanishdir. U kiritilgan buyruqlar ro‘yxatini o‘zida aks ettiradi.

📋 Siz buni qo‘llash orqali kerakli bo‘lgan buyruqni tezroq topib, uni ENTER klavishini bosgan holda ishga tushirishingiz mumkin.

📝 Manba: @bugfeature

ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
• Buyruq satri (Командная строка)da qo‘llash mumkin bo‘lgan buyruqlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism
Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#test #excel

Yacheykaga 3/10 qiymati kiritilmoqda. ENTER klavishi bosilganidan so‘ng yacheykada qanday ma’lumot hosil bo‘ladi?
Anonymous Quiz
30%
oddiy kasr son — 3/10
41%
son — 0,3
24%
sana — joriy yilning 3-oktabri
5%
vaqt — 3 dan 10 daqiqa o‘tgan