IT specialist
9.68K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Barcha video ko‘rsatmalar o‘zlashtirildi, shogird sertifikat olish uchun tayyor! 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from Tutorials.uz | Rasmiy kanal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Telefondan sichqoncha vazifasida foydalanamiz

📱 Telefonimiz ham sichqoncha vazifasini bajara oladi, faqat bu sichqonchaning vazifalari ko'proq bo'ldi. Buning uchun kompyuterimiz va telefonimizga kerakli dasturlarni o'rnatishimiz lozim.

- Telefonimizga "WIFI Mouse" dasturini o'rnatamiz
- Kompyuterimizga "WIFI Mouse server" dasturini o'rnatamiz

Ikkala dasturni ham o'rnatganimizdan so'ng kompyuter va telefonimizni bitta tarmoqqa ulaymiz, masalan: telefondan "Mobil faol nuqta" tarqatamiz va kompyuterimizdan unga ulanamiz yoki wifi'ga ikkala qurilmadan ham ulanamiz. Muhimi ikkala qurilmamiz bitta tarmoqda bo'lishi lozim

So'ng telefonimizga o'rnatilgan dasturga kiramiz va kompyuterimizni ulash tugmasi chiqadi, endi bemalol telefon orqali kompyuteringizni boshqara olasiz.

🔗 Telefon uchun "WIFI Mouse" dasturi
🔗 Kompyuter uchun "WIFI Mouse server" dasturi

👉 @tutorialsuz | tutorials.uz | youtube
👍1
MouseServer.exe
2.9 MB
👆 Yuqoridagi telefondan sichqoncha sifatida foydalanish haqidagi postda aytilgan dastur.

🖥 Kompyuter uchun!

😉 Siz ham sinab ko'ring.

©️ @kompyuter_bilimlari
com.necta.wifimousefree_290_apps.evozi.com.apk
15 MB
#talablarga_binoan

👆 Yuqoridagi telefondan sichqoncha sifatida foydalanish haqidagi postda aytilgan dastur.

📲 Android uchun!

©️ @kompyuter_bilimlari
👍2
#mulohaza_uchun #maslahat

🧠 Yaponiyalik olimlar miyaning faolroq ishlashiga yordam beruvchi samarali usulni aniqladilar

Yaponiyaning Sukuba universiteti olimlari miya faoliyatini ragʻbatlantiruvchi oddiy va samarali usulni aniqladilar. Mutaxassislar tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot xulosalari "Scientific Reports" jurnalida chop etilgan.

Tadqiqotchilarning aniqlashlaricha, yugurish mashqlari yordamida miyaning faolroq ishlashiga erishish mumkin, shuningdek u kayfiyatni yaxshilashga ham yordam beradi. Buning uchun kuniga 10 daqiqa yugurish kifoya.

Olimlar tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotda avvallari hech qachon yugurish bilan shugʻullanmagan 26 nafar koʻngilli ishtirok etgan. Tadqiqot ishtirokchilari ikkita guruhga boʻlingan. Ulardan biri kuniga 10 daqiqadan yugurish bilan shugʻullangan, ikkinchi guruh esa shunchaki nazorat ostida boʻlgan. Har ikki guruh aʼzolarining kayfiyatlari va oʻzlarini qanday his qilayotganlari doimiy ravishda tekshirib turilgan.

Tadqiqot natijasida qisqa muddatli yugurish mashqlaridan keyin miyaning prefrontal qobigʻiga qon oqimining tezroq yetib borishi aniqlangan. Miyaning ushbu qismi qarorlar qabul qilish, maqsadlar ustida ishlash va boshqa turdagi kognitiv funksiyalar uchun javob beradi. Bundan tashqari, har kuni 10 daqiqadan yugurgan odamlarning kayfiyati odatdagiga nisbatan koʻtarilgani qayd etilgan.

📝 Manba: @xabardor_uz_official

ℹ️ Salomatlikka oid tavsiyalar ro‘yxati keltirib o‘tilgan postimiz.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍2
#telegram

🆕 Telegram 8.3 yangilanishini qabul qilib oldi

Guruh va kanallarda kontentni himoyalash, muayyan davr oralig‘i uchun yozishmalarni o‘chirish, anonim izohlar va boshqa yangilanishlar.

Batafsil ➡️ https://telegram.org/blog/protected-content-delete-by-date-and-more/uz

📝 Manba: @vamtlgrm

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#word

📄 Faqat chop etish jarayonida ko‘rinuvchi yashirin bo‘sh sahifani qo‘shish

Hujjatlarni sahifa varag‘ining ikki tomonida chop etish – bu odatiy vazifalardan biridir. Agar bunday faylda titul sahifasi/muqova bo‘lsa, ko‘p hollarda uning ortida hech narsa chop etilmasligi talab etiladi. Buning uchun titul sahifasi va asosiy matn orasiga qo‘shimcha bo‘sh sahifa qo‘shish kerak bo‘ladi. Bu yerda esa biroz ayyorlik qo‘llashimiz mumkin.

Muqovaning ortidan sahifalarni ajratuvchi “Нечетная страница”ni qo‘shamiz. Vizual ravishda faylda hech narsa o‘zgarmaydi – titul sahifasi va asosiy matn o‘rtasida bo‘sh sahifalar bo‘lmaydi. Biroq ikki tomonlama chop etishda muqova orti bo‘shligicha qoladi. Asosiy matn esa keyingi sahifadan boshlanadi.

📝 Manba: @office_killer

ℹ️ Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android #maslahat

⛔️ Xiaomi smartfonlarida reklamani bloklaymiz

Agar sizda Xiaomi bo‘lsa — sizga reklamalar borasida sabr tilaymiz. Boisi, ushbu brend ostidagi smartfonlarda reklamalar juda ko‘p uchraydi. Lekin ularni o‘chirib qo‘yishning iloji bor.

Buning amalga oshirilish tartibi esa quyidagicha:

1️⃣. “Настройки — Пароли и безопасность — Доступ к личным данным” bandlari bo‘ylab o‘tamiz.

2️⃣. “msava “MiuiDaemon” komponentlarini faolsizlantiramiz.

3️⃣. “Безопасность” ilovasi, so‘ngra “Передача данных” bandiga o‘tamiz.

4️⃣. Oynaning yuqori o‘ng burchagidagi kontekstli menyuni ochamiz va “Фоновые подключения”ni tanlaymiz va u yerda ham “msa”ni faolsizlantiramiz.

5️⃣. “Безопасность” ilovasiga o‘tamiz, oynaning yuqori o‘ng burchagida ilova sozlamalarini ochamiz va u yerdan “Получать рекомендации” parametrini topamiz.

6️⃣. Surgichni nofaol holatga o‘tkazamiz. So‘ngra bir qadam orqaga qaytamiz va “Глубокая очистка”ni ochamiz.

7️⃣. Ushbu band sozmalalarini ochamiz va tavsiya (рекомендация)larni o‘chiramiz.

📝 Manba: @bugnotfeature

ℹ️ Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
Aziz yurtdoshlar, kanalimizning sodiq kuzatuvchilari! 🙋🏻‍♂️🙋🏻‍♀️

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yillik bayrami bilan barcha kanalimiz muxlislarini tabriklaymiz! Konstitutsiyamiz, qonun ustuvorligimiz, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Hurmat bilan.
IT specialist kanali ma’muriyati
Forwarded from IT specialist
#mulohaza_uchun #software #IT_humor

👈🏻 Foydalanuvchiga ko‘rinuvchi tashqi interfeys;
👉🏻 Dasturni yaratishda qo‘llanilgan kod.

📌 P.S.: Ular buni bilishlari shart emas! 🤫

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#smartfon #android #maslahat #internet

Samolyot rejimini yoqmasdan, smartfondagi qo‘ng‘iroqlarni qanday taqiqlash mumkin? ✈️🤔

Turli xil vaziyatlarda smartfonda kirish yoki chiqish qo‘ng‘iroqlarini taqiqlash imkoniyati kerak bo‘lishi mumkin. Masalan, qo‘ng‘iroqlarga javob berishni ham, ko‘rishni ham xohlamaysiz, lekin mobil internetdan foydalanmoqchisiz.

Ushbu usul, “qora ro‘yxatdan” barcha uchun kirish yoki chiqish qo‘ng‘iroqlari taqiqlanishi bilan farq qiladi (qisqa gudok eshitilmaydi).

1️⃣. Qo‘ng‘iroqlarni taqiqlash uchun, raqam teriladigan “Telefon” ilovasini oching, yuqori o‘ng burchakdagi menyu tugmasini (3 nuqta) bosing va “Sozlamalar” (Parametrlar)ni tanlang;

2️⃣. Ochilgan oynada qo‘ng‘iroqlarni taqiqlamoqchi bo‘lgan SIM-kartaga tegishli “Yana” (Еще) bandini tanlang;

3️⃣. “Qo‘ng‘iroqlaringizni taqiqlash” menyusini tanlab, taqiqlamoqchi bo‘lgan qo‘ng‘iroqlarni belgilang (kiruvchi, chiquvchi, yoki birdaniga, xalqaro yoki rouming);

4️⃣. So‘ralgan parolni kiriting (odatda 0000, 1111 yoki 1234) va tasdiqlang (parol noto‘g‘ri deyilsa operatoringizdan so‘rab biling);

Taqiqni olib tashlash uchun, teskari tartibda ham xuddi shunday qiling.

Umuman olganda, “Telefon” ilovasi sozlamalaridan boshqa kerakli (raqamlarni bloklash, ovozlarni yozib olish, pereadresatsiya) funksiyalarni ham topish mumkin.

Afsuski ba’zi smartfonlarda yuqorida ko‘rsatilgan sozlamalar telefon ilovasidan olib tashlangan.

Savol: “Terilgan raqam mavjud emas” xabari, ishlab turgan raqam uchun qanday yoqiladi?

📝 Manba: @gsmgurus_FAQ

ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan boshqa postlar bilan ham tanishing:
1-qism | 2-qism | 3-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🤩1
Forwarded from IT specialist
#smartfon #android #word #excel #powerpoint

📚 OfficeSuite Pro + PDF – Android uchun to‘liq funksiyali ofis paketi. Ushbu ilova Sizga MS Word va Excel formatlarida fayllarni yaratish, tahrirlash va o‘qish, shuningdek PDF hujjatlari hamda PowerPoint taqdimotlarini kuzatib borish imkonini beradi. Android 4.2+. Premium-versiya.

📎
OfficeSuite Pro + PDF v11.0.33121 mobil ilovasini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida foydalanish tavsiya etiladi:
WPS Office (Kingsoft Office) mobil ilovasi
Moon Reader mobil ilovasi
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #maslahat

Toza Windows 10'ni o‘rnatish 🖥

Ko‘pincha kanalning guruhi va boti orqali ko‘plab foydalanuvchilar tomonidan Windows 10'ni o‘rnatish borasida savollar kelib turadi (undan pastroq versiyalari ham shunga monand tarzda o‘rnatiladi).

Siz uchun tizim arxitekturasini tanlash, yuklanuvchi fleshkani yaratish, fleshkadan yuklash prioritetini belgilash, tizimni o‘rnatish va sozlash hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar bo‘yicha batafsil ko‘rsatma ishlab chiqdik.

👉🏻 Batafsil...

📎Windows 10 x86/x64 12 in 1 obrazini o‘z ichiga oluvchi arxiv fayllarini yuklab olish: 1-qism | 2-qism | 3-qism

📋
Yuklab olingan fayllarni arxivdan alohida .ISO faylga ajratib olish bo‘yicha ko‘rsatma.

📌 P.S.: Toza Windows 10'ni o‘rnatish deganda, eski Windows'ni to‘liq formatlab/o‘chirib tashlab, yangisini o‘rnatish nazarda tutilgan. Shunda tizimni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng C diskida Windows.old nomli papkani uchratmaysiz.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Windows'ni o‘rnatish mahalida Secure Boot'ni o‘chirib qo‘yish
Drayver nima? Drayver haqida batafsil ma’lumot (video)
Drayverlarni topish va o‘rnatish
Printer va skaner uchun drayver yuklash va o‘rnatish
Kompyuterga dastur yuklash uchun saytlar (+ishonchli)
Dastur ornatish sanati
Dasturni qaysi versiyasi yaxshi: eski yoki yangi?
Kompyuter dasturlari qanday turlarga bo‘linishi haqida
Автозагрузка nima? Avtozagruzkadan dasturlarni olib tashlash.
Kompyuter ishlashini tezlashtiramiz! (video)
Bir nechta qismlardan iborat dasturlarni o‘rnatish
Internetda vaqtni xavfsiz o‘tkazish
Operatsion tizimdagi barcha dasturlarni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng antivirus dasturini o‘rnatish, fleshkadan oqilona foydalanish va Total Commander dasturlariga oid tavsiyalar
Operatsion tizim rukni ostidagi postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#telegram

Telegram'ning so‘nggi yangilanishida animatsiyali stikerlarning yuklanishi tezlashdi. Bundan tashqari, endi yuklanish vaqtida ularning shaklini oldindan ko‘rish mumkin.

Yangi yil stikerlari

Chatlaringizga yangi yil kayfiyatini qo‘shish uchun, bayramona stikerlar to‘plamini qarshi oling:

🐃 Buzor Muu
🎄 Archa
🎁 Sovg‘alar
🐿 Olmaxon
🦌 Kiyik Rudi
🐸 Pepe Grinch
🧨
Feyerverklar
🎊
Bayramona to‘plam
🐧
Pingvin Rikki

O‘zingizga qo‘shib oling va do‘stlaringiz bilan baham ko‘ring!

📌 P.S.: Boshqa turdagi stikerlarni @stickersboom kanalidan izlab topishingiz mumkin.

Kanalimizdagi bundan ilgari ulashilgan emodzilar haqidagi postlar bilan tanishing:
1️⃣ | 2️⃣ | 3️⃣ | 4️⃣ | 5️⃣ | 6️⃣ | 7️⃣ | 8️⃣ | 9️⃣ | 🔟 | 11 | 12

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #software

📊 Process Lasso Pro – Windows qoida bo‘yicha dasturlarga markaziy protsessorni to‘liq band etishga ruxsat beradi, bu esa ba’zida tizimning qotib ishlashiga, va mos tarzda ishlashdagi noqulaychiliklarga olib kelishi mumkin.

Process Lasso ishga tushirilgan dasturlarga prioritetlarni qayta taqsimlaydi, shunda ilgari butun markaziy protsessorni yuklab ishlagan jarayonlar ortiq tizimning ularga javob berish navbatini kutib, uning sekinlashuviga olib kelmaydi.

DASTUR HAQIDA:
🆚 Versiya: v10.4.0.38
🖥 OT: Windows
📀 Razryadlik: x86/x64
🇷🇺 Interfeys tili: Ruscha
🔑 Davolash: Talab etilmaydi

📎 Process Lasso Pro v10.4.0.38 dasturini yuklab olish.

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
#smartfon #operatsion_tizim #security #maslahat

⤴️ Xotira kartasidagi o‘chirilgan fayllarni qayta tiklash

Smartfonlar operatsion tizimlarining so‘nggi versiyalaridagi fayl menejerlarida, agar ulardan fayllar o‘chirilguday bo‘lsa, ularni ehtiyot shart “Корзина”ga yuborish imkoniyati qo‘shilgan. Bu bizga keyinchalik ushbu fayllarni qayta tiklash imkoniyatini taqdim etadi, ammo bunday imkoniyat barcha smartfonlarda ham mavjud emas. Shunday noma’qul vaziyat yuzaga kelganida bizga maxsus Wondershare Recoverit dasturi yordamga keladi.

Ushbu yordamchi dasturdan foydalanish tartibi quyidagicha:

1️⃣. Dasturni yuklab olamiz va kompyuterga o‘rnatamiz.

2️⃣. Uni ishga tushiramiz.

3️⃣. Saqlash qurilmasini shaxsiy kompyuterga ulaymiz.

4️⃣. O‘chirilgan fayllarni izlashni ishga tushiramiz
└ Dastur barcha o‘chirilgan fayllarni topadi va ularni turli toifalar bo‘yicha papkalarga ajratadi.

5️⃣. Bizga kerakli fayllarni tanlaymiz.

6️⃣. Ma’lumotlarni boshqa saqlash qurilmasiga saqlaymiz.

Tayyor! Smartfonlar, planshetlar, foto-, videokameralar, qattiq disklar – bularning barchasi Wondershare Recoverit dasturi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Xalqimizda: “Oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q”, “So‘nggi pushaymon – o‘zingga dushman” kabi maqol mavjud. Shunday ekan, avvalambor qurilmadagi fayllardan doim back-up olib turishga, ularni saqlashda bulutli texnologiyalardan foydalanishga odatlanmog‘imiz lozim.

📝 Manba: @GooogleTM

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Fleshkalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz.
• Tiklash mavzusiga doir barcha postlarimiz ro‘yxati.
• Smartfon rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
😁1
#telegram #android

🆕 Android uchun Telegram 8.3.1 versiyasiga qadar yangilandi

Kiritilgan yangilanishlar:
— Biror foydalanuvchi tomonidan kanal nomidan yuborilgan xabarni, uni yuborgan foydalanuvchi tomonidan o‘chirishning imkonsizligi bilan bog‘liq xatolik to‘g‘rilandi;
— Chatga kanal nomidan yuborilgan kontentni chat admini tomonidan o‘chirish va bloklashning imkonsizligi bilan bog‘liq xatolik to‘g‘rilandi.

📥 Yuklab olish: rasmiy saytdan yoki tasdiqlangan kanaldan APK.

📝 Manba: @tginfo

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#rasm_bilan_ishlash #smartfon #android

🖼👉🏻🔤 Rasmdagi matnni tahrirlanuvchi formatga o‘tkazish uchun eng yaxshi mobil ilova

Ko‘pincha biz, keyinchalik raqamli ko‘rinishda qayta chop etishga to‘g‘ri keluvchi katta miqdordagi ma’lumot bilan ishlashimizga to‘g‘ri keladi. Bunda ko‘p vaqt va kuch sarflamaslik uchun FineReader PDF ilovasidan foydalanishimiz mumkin.

Ushbu ilova yordamida istalgan narsani, hujjat va cheklardan tortib, maqola va jadvallarga qadar, tarkibida matnli ma’lumoti bo‘lgan obyektlarni skanerlashimiz mumkin.

Ushbu ilovaning eng katta afzalligi, uning juda ko‘p formatlar bilan va undan ham ko‘proq hajmdagi tillar bilan ishlay olishidir.

📎 FineReader PDF Pro v15.0.0.4 mobil ilovasini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tavsiya etiladi:
TextGrabber
CamScanner
Genius Scan+
PDF Extra
Full Qr Code Scanner and Generator
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
• Smartfon rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

🔴 Buyruqlarni muayyan vaqtdan keyin bajarish

Bunda bizga BAT-fayllari yordamga keladi. Konsol oynasi (qora ekrandagi oq yozuvdagi satrlar)da teskari tartibda hisoblash boshlanib, buyruq ishga tushishi oldidan to‘xtalib turish vaqtini belgilashda timeout /t 120 /nobreak buyrug‘i qo‘llaniladi, bu yerda 120 – buyruq ishga tushishi oldidan teskari tartibda hisoblanuvchi soniyalar (2 daqiqa) miqdoridir.

Xo‘sh, bu qachon kerak bo‘lishi mumkin?

Masalan, siz tunda davomiyligi bir yarim soatlik film tomosha qilyapsiz deylik. U tugallanguniga qadar uxlab qolishingiz mumkin yoki tugaganidan so‘ng kompyuterni gibernatsiya rejimiga o‘tkazish uchun sizda issiq o‘rningizni sovutish istagi yo‘q deylik. Ushbu maqsad uchun Блокнот dasturi (WIN + R -> notepad -> ENTER) yordamida quyidagi matn bilan oddiy BAT kengaytmasi bilan tugaydigan (masalan, command.bat) faylni yaratasiz va uni bevosita filmni tomosha qilish oldidan ishga tushirasiz:

timeout /t 5400 /nobreak
rundll32 powrprof.dll,SetSuspendState 0,1,0


5400 soniya (1s 30daq)dan keyin gibernatsiya buyrug‘i ishga tushadi.

Buyruq ishga tushganidan so‘ng uni bekor qilish istagida bo‘lsangiz, konsol oynasi faol turgan vaziyatda CTRL + C klavishlari birikmasini bosasiz, va Y harfini kiritib ENTER'ni bosasiz.

📝 Manba: @computer_life

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #dasturlash

Tillarning murakkablilik darajasi, xo‘sh, kim qaysi bosqichda... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#internet #maslahat

🗒 Google Keep onlayn-bloknoti

Google Keep — eng mashhur bepul onlayn-bloknotlardan biri bo‘lib, unda soddalik va ilg‘or sozlamalar mujassamlashgan.

Birinchidan, shunchaki oddiy qaydlar emas, balki cheklistlar, biriktirilgan fayllar, rasmlar va ovozli fayllar bilan qaydlar yaratish mumkin.

Ikkinchidan, odatiy vazifalarni almashish funksiyasidan tashqari, bu yerda siz (taqvim bilan sinxronizatsiya qilingan) eslatmalarni nafaqat vaqt, balki joylashuv bo‘yicha ham o‘rnatishingiz mumkin. Masalan, ishga kelishingiz bilanoq, eslatma eshigingizni taqillatadi.

Onlayn xizmatdan tashqari, shuningdek Android va iOS uchun ilovalar, Google Chrome uchun kengaytma mavjud.

📝 Manba: @computer_life

ℹ️ Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija