IT specialist
9.68K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#operatsion_tizim

↗️ Windows yorliqlaridan strelkachalarni olib tashlash

Ishchi stolidagi yorliqlarning rasmlarida kichik o‘lchamdagi strelkalar mavjudligiga ko‘pchilik ahamiyat bergan bo‘lsa kerak. U bizning qarshimizda turgan bu belgi biror fayl yoki papkaning yorlig‘i ekanligini bildirib turadi.

Kichik reyestr tvikini qo‘llagan holda biz yorliqlardagi strelkalardan xalos bo‘lib, faqat rasmning o‘zini qoldirishimiz mumkin. Buning uchun WIN + R birikmasi yordamida “Выполнить” oynasini ekranga chaqiring va unga regedit buyrug‘ini kiritib ENTER'ni bosish orqali “Редактор реестра” oynasini ishga tushiring.

Ochilgan oynada quyidagi yo‘nalish bo‘ylab o‘ting: HKEY_LOCAL_MACHINE\SOFTWARE\Microsoft\Windows\CurrentVersion\Explorer.

Agar mavjud bo‘lmasa “Shell Icons” quyi bo‘limini (qo‘shtirnoqlarsiz) yarating, uning tarkibida esa bo‘sh qiymat bilan “29” nomli satrli parametrni yarating. “Проводник” jarayonini qayta ishga tushiring.

Agar strelka o‘rniga sizda kvadratning bo‘sh konturi aks etib tursa, u holda “29” nomi bilan yaratilgan parametr uchun qiymat sifatida ushbu ikonkaning joylashgan manzilini va vergul bilan ajratgan holda 0 raqamini kiriting. Masalan, C:\blank.ico,0.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#ehson

🤲🏻 Assalom-u alaykum, azizlar!

Rasmdagi yigit Mannopov Abror Toshkent viloyati Bo’ka tumani Mustaqil O’zbekiston MFYda yashaydi. 20 yoshli Abror jigar sirrozi bilan kasallangan. Shu kasallik tufayli u jigar ko‘chirish amaliyoti uchun Hindistonga yuborilgan.

Operatsiya uchun 25 ming dollar kerak ekan. Hozirda saxiy insonlar yordami bilan 12 ming dollarlik mablag‘ yig‘ilgan. Aytilgan mablag‘ yig‘ilmagani uchun operatsiya qilinmayapti. Sizlardan imkoningiz yetganicha Olloh yo‘lida yordam qilishingizni so‘raymiz.

Uzcard:
8600042375144952
Butayeva Kimyo (onasi nomida)

Visa card:
4278310020975686
Abrorbek Mannabov

Murojaat uchun:
+998948941073

Abrorbek haqidagi barcha ma’lumotlar:
https://telegra.ph/Abrorjonga-yordam-12-02

Agar sizda imkoniyatingiz yetmasa yordam guruh haqida, Abrorbekning ahvoli haqida yaqinlaringiz do'stlaringizga ulashing. InSha Alloh ehson qilganlar qatorida savob olishingizga ishonamiz.

🤝 Yordam guruhi: https://t.me/joinchat/Yxjd_Z1H9eIzZTc6

📌 P.S.: @ITdaNimaGap kanali admini: O‘zim o‘rganib chiqdim. Ma’lumotlarini hammasini yaqinlaridan olib bir joyga yig‘ib tayyorladim. Bu yigit hozir Hindistonda operatsiya qilinishini kutib turibdi. Operatsiya esa to‘liq mablag‘ yig‘ilmaguncha qilinmaydi. Yaxshilarning yaxshiligi lozim ukamizga.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #hardware #maslahat

Smartfon uchun USB kabelni qanday tanlash kerak va u zaryadlash tezligiga ta’sir qiladimi? 🔋⚡️📱

Aksariyat foydalanuvchilar smartfonlarining zaryadlash tezligi bevosita ular foydalanayotgan kabel sifatiga bog‘liq bo‘lishi mumkinligidan shubhalanishmaydi. Tez zaryadlash funksiyasiga ega smartfonni o‘ziga mos bo‘lmagan kabelga ulaganda u sekin zaryadlanadi.

Hozirgi zamonaviy Android smartfonlarning ko‘pi USB Type-C turidagi port bilan jihozlangan va kabelni ikki tomonlama aylantirib ulash mumkin (ya’ni chappa rostasi yo‘q). Ba’zi arzonroq yoki eskiroq Android smartfonlarda micro-USB porti o‘rnatilgan bo‘ladi.

1️⃣. Tok o‘tkazuvchanligi

Ushbu xususiyat har qanday kabel uchun muhim bo‘lib, u smartfonni qanchalik tez zaryadlay olishiga bevosita javobgardir. Oddiy kabellar juda past 0,5 A tok kuchi uchun mo‘ljallangan, masalan, 120 Vt quvvat bilan tez zaryadlash uchun 10 V kuchlanish va 12 A tok kuchi ishlatiladi.

Albatta, hatto arzon yarim amperli (A) kabel ham smartfonni zaryadlay oladi, lekin buni juda sekin amalga oshiradi. Ba’zida zaryadlash adapterining kontrolleri (boshqaruvchisi) o‘ziga ulangan kabel past amperga ega ekanligini tushunmasdan unga to‘liq quvvatini beradi. Natijada esa kabel haddan tashqari qizib, izolyatsiyani eritib yuboradi va qisqa tutashuvga olib keladi va bu katta ehtimol bilan smartfonni yaroqsiz holga keltiribgina qolmay, balki yong‘inga ham sabab bo‘lishi mumkin.

Bunday noxush oqibatlarning oldini olish uchun, smartfoningiz zaryadlash adapterining imkoniyatlariga mos kabel sotib olishingiz kerak. Misol uchun, agar zaryadlash adapterida "OUTPUT/Выход: 2 A" yozuvi bo‘lsa, sotib olayotgan kabelning xususiyatlariga qarang. U kamida 2 A maksimal tok kuchini qo‘llab-quvvatlashi kerak.

Ushbu parametr kabelda ishlatiladigan o‘tkazgichlarning kesimiga bevosita bog‘liq — ya’ni kabel qanchalik yo‘g‘on bo‘lsa, tok kuchi shunchalik katta bo‘ladi.

2️⃣. Kabel uzunligi

Kabel qanchalik uzun bo‘lsa, quvvat yo‘qotilishi shunchalik ko‘p bo‘ladi. Hammasi kabelning uzunligi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri proporsional bo‘lgan qarshilik tufayli. Shuning uchun, bir metrdan uzunroq kabelni sotib olmagan ma’qul.

3️⃣. Qoplama materiali

Qoplama materiali kabelning xususiyatlariga hech qanday ta’sir qilmaydi, lekin kabel qancha vaqt xizmat qilishi bevosita unga bog‘liq. Matolik qoplamani eng yaxshisi deyish mumkin. Chunki ko‘rinishi va egilishi jihatidan yaxshiroq, lekin narxi biroz qimmatroq.

Chidamlilik jihatidan metall qoplamani tavsiya qilish mumkin, lekin uning juda qattiqligi tufayli foydalanish qulay bo‘lmaydi va egilishi ham juda qiyin. Plastik qoplamaga kelsak, u odatda eng arzon kabellarda ishlatiladi. Ushbu qoplama qulay foydalanish uchun yetarlicha yumshoq, lekin uzoq muddat foydalanishga bardoshli emas.

Xulosa

Xavfsizlik nuqtai nazaridan, smartfonni zaryad qilish uchun imkon boricha nomi chiqqan brendlar kabellarini xarid qiling. Masalan, Baseus, Ugreen, Hoco, ANKER, Belkin kabi brendlar mahsulotlari.

Savol: Magnit kabeldan foydalanib ko‘rganmisiz va uning afzalliklari nimada deb o‘ylaysiz?

📝 Manba: @gsmgurus_FAQ

ℹ️ Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#powerpoint

☑️ Bir slayd tarkibini boshqa slaydda kichiklashtirilgan ko‘rinishda keltirish

Ba’zida taqdimotning muayyan bir slaydida boshqa slayd(lar)ning to‘liq nusxasini biroz kichiklashtirilgan ko‘rinishda keltirish ehtiyoji yuzaga keladi.

Slayd tarkibidagi ma’lumotlarni nusxalash va ularning o‘lchamlarini keyinchalik kerakli proporsiyalarga kichraytirishning o‘rniga, shunchaki slaydni nusxalash va uni “rasm sifatida” joylashtirish mumkin.

Bunday slaydni tahrirlashning imkoni bo‘lmaydi, biroq u masshtablanishi juda oson bo‘lgan asl nusxa bo‘lib saqlanib qoladi.

📝 Manba: @office_killer

ℹ️ Microsoft PowerPoint rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
Forwarded from IT specialist
#tarmoq #internet #operatsion_tizim

Wi-Fi tarmog‘i signalini tekshirish 📶

Qurilmangizdagi Wi-Fi ulanishining signal darajasini bilish, tarmoq yoki Internetga ulanishning sustligi – sizning Internet-provayderingiz yoki simsiz ulanish nuqtangiz bilan bog‘liq muammo emas, balki signal bilan bog‘liq muammo ekanligini aniqlashga ko‘mak berishi mumkin.

Signalni aniqlash uchun alohida dasturlardan foydalanishingiz mumkin bo‘lsa-da, Windows'da konsol orqali signal kuchini tekshirish usuli mavjud.

Buyruq satri (Командная строка) orqali quyidagi buyruqni ishga tushiring: netsh wlan show interfaces.

Signal sifatini aniqlash uchun Сигнал maydoniga ahamiyat bering. Agar qiymat 80ga teng yoki undan yuroqi bo‘lsa, demak signal darajasi yaxshi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Windows 10’da buyruq satri yordamida Wi-Fi parolini topish
Wi-Fi parolini Windows tizimli kompyuter yoki noutbukda aniqlaymiz
O‘z routeringizdagi Wi-Fi parolini qanday aniqlash mumkin?
Wi-Fi tarmog‘i parolini bilishning 5 usuli
Wi-Fi tarmog‘ingizga kim ulanganligini bilish, uni tarmog‘ingizdan foydalanishga qarshi bloklash va qayta ruxsat berish
Windows 10’da mobil ulanish nuqtasi funksiyasi qanday o‘chiriladi?
Bepul Wi-Fi nimasi bilan xavfli?
Sharh: Ochiq Wi-Fi tarmog‘ida foydalanuvchi shaxsining tasdiqlanishi majburiy bo‘ldi
Umumiy ishlatiladigan Wi-Fi’dan foydalanishda ehtiyot bo‘ling!
“Tarmoq bog‘lanishlari” oynasini tezkor ochish
NetCut — Wi-Fi tarmog‘ini skanerlash
IP-manzil nima va u qanday ishlaydi?
Optik tolaning qanday ishlashi misolda
Noutbuklarda Wi-Fi nuqta hosil qilgan holda o‘zaro ma’lumot almashish
Noutbukka lokal tarmoq orqali keluvchi Internetni Wi-Fi orqali tarqatishning oddiy usuli

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍2
#telegram #maslahat #android #iOS #operatsion_tizim

🔄 O‘z Telegram mijozingizni yangilang!

Yangi identifikatorlar tizimiga o‘tilgani bois, yangi akkauntlarni ro‘yxatdan o‘tkazish Telegram'ning eski versiyalarida ortiq ishlamaydi.

Messenjer keyinchalik barcha funksiyalarini qo‘llab-quvvatlay olishi uchun mijoz-ilovalarni aktual versiyasiga yangilash tavsiya etiladi.

Telegram to‘g‘ri ishlashi uchun sizdagi ilovaning versiyasi quyidagicha bo‘lishi lozim:

Android uchun Telegram: 8.2.7 va undan yuqori;
Android uchun Telegram X: 0.24.0.1439 va undan yuqori;
iOS uchun Telegram: 8.2.2 va undan yuqori;
Windows uchun Telegram Desktop: 3.2.5 va undan yuqori;
macOS uchun Telegram: 8.2.0 va undan yuqori;
Unigram: 8.0.6614 va undan yuqori.

❗️Agarda sizda 32 razryadli qurilma bo‘lsa, havotirlanishga o‘rin yo‘q: 32-bitli protsessorlar 64-razryadli sonlar bilan ishlay oladi.

📝 Manba: @tginfo

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#rasm_bilan_ishlash #internet

🎨 Istalgan rangning kodini bilib olamiz

O‘rningizda o‘tirgan holda loyihangiz uchun qanday rangdan foydalanish haqida o‘ylayabsizmi? Kafeda ko‘rgan lampangizning sirti aynan sizga kerakli bo‘lgan rangda va loyihangizga ideal ravishda mos kelishi haqida eslayabsiz deylik... ColorCopyPaste xizmati aynan shunday onlarda yordam berish uchun yaratilgan.

U bilan siz atrofingizda uchrashi mumkin bo‘lgan har qanday rangning kodini aniqlay olasiz. Smartfoningizning kamerasida tasvirga olinayotgan obyektning rangini to‘g‘ridan-to‘g‘ri nusxalab, qo‘llay olasiz. Xizmat tomonidan veb-ilova, Figma uchun plagin va saytdan alohida arxiv ko‘rinishida yuklab olinadigan Sketch uchun plaginlar taqdim etiladi.

Ilova smartfonni kompyuterga ulash uchun maxsus soketdan foydalanadi. QR-kod ko‘rsatilganida u noyob identifikatorni yaratadi. Skanerlangan rang plagin yoki veb-brauzerning lokal xotirasida saqlanadi.

Foydalanish tartibi quyidagicha:

1️⃣. Smarfoningiz yordamida saytdagi QR-kodni skanerlang yoki “Открыть в браузере”ni tanlang.

2️⃣. Kamerangizni kerakli rangdagi obyekt ustiga olib boring.

3️⃣. Yangi rang avtomatik ravishda plaginga qo‘shiladi.

4️⃣. Kodini nusxalash uchun rang ustiga bosing, yoki o‘chirish uchun Удалить'ni tanlang.

📝 Manba: @bugfeature

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya #hardware

Britaniya muhandislari "inson imo-ishoralari va mimikalari"ni ifoda etuvchi Ameca robotini taqdim etishdi. Ameca – o‘zining ravon va aniq harakatlari bilan insonlarda yaxshi taassurot qoldirishi aniq.

Ammo tabiiylikning bunday imitatsiyasi ba’zi internet foydalanuvchilarini qo‘rqitib yuborgani ham sir emas: “insonlar robotlar bilan ish olib borishni to‘xtatib turishi kerak emasmikan”, deb o‘ylay boshladilar.

📝 Manba: tjournal.ru

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

Kompyuterni o‘chirishni avtomatlashtirish

Agar bizda kompyuterni taymer bo‘yicha o‘chirish zarurati yuzaga kelsa, u holda biz Windows'ning ichki o‘rnatilgan vositalaridan foydalanishimiz mumkin. Bu haqda ushbu postimizda ma’lumot berganmiz. Ammo agar bizga qo‘shimcha funksiyalar kerak bo‘lsa, u holda maxsus yordamchi dasturlar yordamiga tayanishimizga to‘g‘ri keladi.

Bunday dasturiy ta’minotlardan biri airytec.com saytidan Airytec Switch Off hisoblanadi. Belgilangan vaqtda kompyuterni o‘chirishdan tashqari, ushbu yordamchi dastur shaxsiy kompyuterni gibernatsiya rejimiga o‘tkazish, bloklash, qayta yuklash, joriy akkaunt seansini to‘xtatish (tizimdan chiqish), internet ulanishini uzish va triggerlar yordamida bajariluvchi fayllarni ishga tushirish uchun qo‘llanilishi mumkin.

Dasturning ichki o‘rnatilgan vazifalar to‘plami foydalanuvchi buyruqlari (skriptlar)ni qo‘shish evaziga kengaytirilishi mumkin. Avtomatlashtirish imkoniyatlari kunlik, haftalik, ma’lum muddatdan keyin va kompyuter ishsiz bo‘lib turgan paytda vazifalarni rejalashtirish imkonini beradi.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Kompyuterni o‘chirish taymerini sozlash
Kompyuterni ma’lum vaqtdan keyin qayta yuklash yoki o‘chirish
Kompyuterning uyqu rejimi va gibernatsiyasi haqida nimani bilish lozim?
Windows 10’da gibernatsiya
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
🎬 Kanalimizda e'lon qilingan kinolar
#kino

Tarmoqdagi tuzoq
Snouden
Ijtimoiy tarmoq
Qalbaki soxta o'yin (The Imitation Game)
Internet
Spektral
Toklar urushi
Super 30
Imtihon o'yinlari
Kremniy Vodiysi - dunyoning IT poytaxti
Tafakkur o'yinlari (2019)
Stiven Hoking koinoti
Doktor Strenj
Mo'jiza
Bladshot
Teleport
PiKey
Maymunlar sayyorasi 1,2,3
Shamolni bo'ysundirgan bola
Xavfli tomoshalar
Oq uyga hujum
Lyusi

Kanalimizda e'lon qilingan barcha kinolar o'zbek tilida, hamda ko'pchiligi IT sohasiga oid hisoblanadi.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Guruh / Xarita
🔥1
‼️DIQQAT, DIQQAT‼️

Yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadigan konsert dasturlari uchun BILETlarni endi oson xarid qilishingiz mumkin!💥

✔️
04-13.12.2021 | DIZAYN
✔️
11.12.2021 | BOKS OQSHOMI
✔️
14-19.12.2021 | ALISHER FAYZ
✔️
15.12.2021 | ИРИНА КАЙРАТОВНА
✔️
21.12.2021 | ЛЕБЕДИНОЕ ОЗЕРО
✔️
22.12.2021 | ЩЕЛКУНЧИК
✔️
23-24.12.2021 | TARONA SHOU
✔️
25.12.2021 | TIK TOK FESTIVAL
✔️
26-27.12.2021 | JENISBEK PIYAZOV
✔️
27.12.2021 | BONEY M (AFRIKA)
✔️
28-29.12.2021 | GALA KONSERT YANGI YIL YULDUZLARI
✔️
28.12.2021-04.01.2022 | YANGI YIL QAROQCHILARI
✔️
24-25-26.01.2022 | SARDOR MAMADALIYEV
✔️
14.02.2022 | MONATIK
✔️
22-24.02.2022 | SHOHJAHON JO‘RAYEV
✔️
10-25.03.2022 | YULDUZ USMONOVA

🔷Biletlar soni chegaralangan
💰Narxlar kelishilgan holda

«Yulduzlar uz» xizmat ko‘rsatadi!

📞 +998977753132
📞 +998983600226

📢Bizning Telegram-kanal:
https://t.me/joinchat/AAAAAFeS2a9uUz9xWXDDzw
👍1
#telegram #maslahat

Mamlakatlar poytaxtlari va bayroqlarini qay darajada bilasiz?

Telegramda mamlakatlar poytaxtini yod olish uchun ajoyib bot bor ekan. Uning yordamida mamlakatlar poytaxtlarini o‘rganish oson. Bot rus tilida. Lekin, kirill alifbosini bilgan odamga muammo emas. Uni tavsiya qilmasdan o‘tib ketolmasdim.

Mamlakatlar poytaxtini eslab qololmaydigan do‘stlarimizga, jiyanlar va farzandlarimizga jo‘natamiz: Угадай столицу!

📝 Manba: @allaevuzb

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va mulohaza yuritish tavsiya etiladi:
Telegram'da bot yordamida mamlakatlar bayroqlarini o‘rganamiz
Oddiy insondan katta qahramonlik namunasi
“Izlanishning muhimligi haqida” post
• Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

📊 Windows'da bajarilayotgan jarayon uchun prioritet belgilash

Windows 10/11'da bajarilayotgan jarayonlar uchun prioritetni belgilab o‘tishimiz mumkin.

Bu muayyan dasturiy ta’minotning samaradorligini oshirish yoki keraksiz jarayonlarning tizimga yuklamasini kamaytirish uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Jarayonga prioritetni belgilash uchun CTRL + SHIFT + ESC klavishlari birikmasi yordamida Диспетчер задач oynasini ekranga chaqiring, Подробности varaqa (вкладка)siga o‘ting.

Ro‘yxatdan kerakli jarayonni tanlang va uning ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing. Ochilgan kontekstli menyuda Задать приоритет bandi bo‘ylab o‘tib, undagi 6 qiymatdan birini tanlang.

📝 Manba: @computer_life

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Barcha video ko‘rsatmalar o‘zlashtirildi, shogird sertifikat olish uchun tayyor! 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from Tutorials.uz | Rasmiy kanal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Telefondan sichqoncha vazifasida foydalanamiz

📱 Telefonimiz ham sichqoncha vazifasini bajara oladi, faqat bu sichqonchaning vazifalari ko'proq bo'ldi. Buning uchun kompyuterimiz va telefonimizga kerakli dasturlarni o'rnatishimiz lozim.

- Telefonimizga "WIFI Mouse" dasturini o'rnatamiz
- Kompyuterimizga "WIFI Mouse server" dasturini o'rnatamiz

Ikkala dasturni ham o'rnatganimizdan so'ng kompyuter va telefonimizni bitta tarmoqqa ulaymiz, masalan: telefondan "Mobil faol nuqta" tarqatamiz va kompyuterimizdan unga ulanamiz yoki wifi'ga ikkala qurilmadan ham ulanamiz. Muhimi ikkala qurilmamiz bitta tarmoqda bo'lishi lozim

So'ng telefonimizga o'rnatilgan dasturga kiramiz va kompyuterimizni ulash tugmasi chiqadi, endi bemalol telefon orqali kompyuteringizni boshqara olasiz.

🔗 Telefon uchun "WIFI Mouse" dasturi
🔗 Kompyuter uchun "WIFI Mouse server" dasturi

👉 @tutorialsuz | tutorials.uz | youtube
👍1
MouseServer.exe
2.9 MB
👆 Yuqoridagi telefondan sichqoncha sifatida foydalanish haqidagi postda aytilgan dastur.

🖥 Kompyuter uchun!

😉 Siz ham sinab ko'ring.

©️ @kompyuter_bilimlari
com.necta.wifimousefree_290_apps.evozi.com.apk
15 MB
#talablarga_binoan

👆 Yuqoridagi telefondan sichqoncha sifatida foydalanish haqidagi postda aytilgan dastur.

📲 Android uchun!

©️ @kompyuter_bilimlari
👍2
#mulohaza_uchun #maslahat

🧠 Yaponiyalik olimlar miyaning faolroq ishlashiga yordam beruvchi samarali usulni aniqladilar

Yaponiyaning Sukuba universiteti olimlari miya faoliyatini ragʻbatlantiruvchi oddiy va samarali usulni aniqladilar. Mutaxassislar tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot xulosalari "Scientific Reports" jurnalida chop etilgan.

Tadqiqotchilarning aniqlashlaricha, yugurish mashqlari yordamida miyaning faolroq ishlashiga erishish mumkin, shuningdek u kayfiyatni yaxshilashga ham yordam beradi. Buning uchun kuniga 10 daqiqa yugurish kifoya.

Olimlar tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotda avvallari hech qachon yugurish bilan shugʻullanmagan 26 nafar koʻngilli ishtirok etgan. Tadqiqot ishtirokchilari ikkita guruhga boʻlingan. Ulardan biri kuniga 10 daqiqadan yugurish bilan shugʻullangan, ikkinchi guruh esa shunchaki nazorat ostida boʻlgan. Har ikki guruh aʼzolarining kayfiyatlari va oʻzlarini qanday his qilayotganlari doimiy ravishda tekshirib turilgan.

Tadqiqot natijasida qisqa muddatli yugurish mashqlaridan keyin miyaning prefrontal qobigʻiga qon oqimining tezroq yetib borishi aniqlangan. Miyaning ushbu qismi qarorlar qabul qilish, maqsadlar ustida ishlash va boshqa turdagi kognitiv funksiyalar uchun javob beradi. Bundan tashqari, har kuni 10 daqiqadan yugurgan odamlarning kayfiyati odatdagiga nisbatan koʻtarilgani qayd etilgan.

📝 Manba: @xabardor_uz_official

ℹ️ Salomatlikka oid tavsiyalar ro‘yxati keltirib o‘tilgan postimiz.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍2
#telegram

🆕 Telegram 8.3 yangilanishini qabul qilib oldi

Guruh va kanallarda kontentni himoyalash, muayyan davr oralig‘i uchun yozishmalarni o‘chirish, anonim izohlar va boshqa yangilanishlar.

Batafsil ➡️ https://telegram.org/blog/protected-content-delete-by-date-and-more/uz

📝 Manba: @vamtlgrm

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#word

📄 Faqat chop etish jarayonida ko‘rinuvchi yashirin bo‘sh sahifani qo‘shish

Hujjatlarni sahifa varag‘ining ikki tomonida chop etish – bu odatiy vazifalardan biridir. Agar bunday faylda titul sahifasi/muqova bo‘lsa, ko‘p hollarda uning ortida hech narsa chop etilmasligi talab etiladi. Buning uchun titul sahifasi va asosiy matn orasiga qo‘shimcha bo‘sh sahifa qo‘shish kerak bo‘ladi. Bu yerda esa biroz ayyorlik qo‘llashimiz mumkin.

Muqovaning ortidan sahifalarni ajratuvchi “Нечетная страница”ni qo‘shamiz. Vizual ravishda faylda hech narsa o‘zgarmaydi – titul sahifasi va asosiy matn o‘rtasida bo‘sh sahifalar bo‘lmaydi. Biroq ikki tomonlama chop etishda muqova orti bo‘shligicha qoladi. Asosiy matn esa keyingi sahifadan boshlanadi.

📝 Manba: @office_killer

ℹ️ Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija