IT specialist
9.66K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
Forwarded from IT specialist
#word

Word dasturi uchun o‘z qaynoq klavishlarimizni belgilashimiz mumkinmi? ⌨️🤔

Word'dagi deyarli istalgan harakat uchun yangi klavishlar birikmasini belgilab qo‘yishimiz mumkin. Buning uchun esa quyidagi harakatlar ketma-ketligi amalga oshiriladi:

— 1-qadam
Menyu satrining Файл varaqa (вкладка)si → Параметры → Настроить ленту → Сочетания клавиш bo‘limiga o‘ting. Kerakli buyruq uchun tegishli bo‘lgan kategoriyani tanlang.

— 2-qadam
Oynaning ostki qismidagi tavsif (Описание)ga asoslangan holda mos keluvchi bo‘limdan kerakli buyruqni tanlang.

— 3-qadam
Новое сочетание клавиш
bo‘limiga sichq. chap tugmasi bilan bosing va klaviaturada istalgan klavishlar birikmasini kiriting.

— 4-qadam
Назначить
tugmasini bosgan holda kiritilgan klavishlar birikmasini buyruq uchun belgilayotganingizni tasdiqlang.

ℹ️ Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #telegram #rasm_bilan_ishlash

Siz messenjerning o‘zidan uzoqlashmay turib chatlar foniga bayramona mavzudagi rasmlarni o‘rnatishingiz mumkin.

Buning uchun Telegram sozlamalarida “Настройки чатов”“Изменить фон чатов” bo‘limida qidiruv belgisi ustiga bosing va so‘rovni kiriting. Telegram qidiruvda kiritilgan matnga mos holda fon uchun o‘nlab turdagi rasmlarni taklif etadi.

Shuningdek “Размытие” yoki “Движение” effektlaridan foydalanishni unutmang — ular bilan rasmlar ba’zida xattoki yaxshiroq ko‘rinadi.

📌 P.S.: Telegram'da chatlaringiz uchun fonni o‘zgartirib turasizmi yoki ilovadagi standart fon bilan cheklanasizmi?

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing:
1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#smartfon #android

🎞 VivaCut — YouTube va Instagram'ga chiroyli videolarni yaratish uchun keng imkoniyatlarga ega bo‘lgan professional videomuharrir. Android 5.0+. Pro-versiya.

📎 VivaCut Pro v2.6.5 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #internet #software

µTorrent 3.5.5 kompyuter dasturi 📥📤

µTorrent
peer-to-peer p2p-tarmoqlarida har qanday fayllarni yuklab olish uchun xizmat qiluvchi mashhur mijoz dastur. O‘zining barqarorligi va funksionalligi tufayli ushbu dastur torrent-mijozlari orasida yetakchi hisoblanadi.

🖥 Tizim: Windows XP, Vista, 7, 8, 8.1, 10.
🏢 Ishlab chiqaruvchi: BitTorrent, Inc.
💵 Narxi: Bepul
💾 O‘lchami: 4,91 MB
🇷🇺 Tili: Ruscha
🆚 Versiyasi: 3.5.5

📥 Dasturni yuklab olish.

👉🏻 Dastur haqida batafsil ma'lumot

ℹ️ Ushbu rukn ostida joylashtirilgan boshqa postlar bilan ham tanishishingiz mumkin:
Torrent nima? Torrent bilan ishlash (video)
µTorrent dasturidan reklamani olib tashlashni 3 usuli (video)
µTorrent Pro 3.5.5 kompyuter dasturi
μTorrent Pro v6.5.7 mobil ilovasi
IDM Plus v12.1 mobil ilovasi
Torrent yuklamalar haqida
Internet rukni ostidagi postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism
Operatsion tizim rukni ostidagi postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim

Windows 10'dagi “Калькулятор” dasturi uchun foydali klavishlar birikmalari 🧮⌨️

O‘ylaymizki, tizimning standart dasturlari orasidagi eng mashhur “Калькулятор” dasturidan hamma foydalangan bo‘lsa kerak. Bir qarashda soddadek tuyulishi mumkin bo‘lgan ushbu dasturni ham boshqarish va unda hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun bir talay klavishlar birikmasidan foydalanish mumkin ekan.

📋 Ushbu postimizda Sizning e’tiboringizga ushbu dastur bilan bog‘liq foydali klavishlar birikmalaridan iborat ro‘yxatni ulashishga qaror qildik.

⚡️Umumiy klavishlar birikmalari:
ALT + 1“Обычный” rejimiga o‘tish;
ALT + 2“Инженерный” rejimiga o‘tish;
ALT + 3“Построение графиков” rejimiga o‘tish;
ALT + 4“Программист” rejimiga o‘tish;
ALT + 5, CTRL + E“Вычисление даты” rejimiga o‘tish;
CTRL + M – Xotirada saqlash;
CTRL + P – Xotiraga qo‘shish;
CTRL + Q – Xotiradan ayirish;
CTRL + R – Xotiradan chaqirish;
CTRL + L – Xotirani tozalash;
F9±'ni tanlash;
R1/x'ni tanlash;
@ – kvadrat ildizni hisoblash;
DELETECE'ni tanlash;
CTRL + H – Hisoblashlar tarixiga saqlashni faollashtirish yoki o‘chirish;
– Hisoblashlar tarixi ro‘yxatida yuqoriga o‘tish;
– Hisoblashlar tarixi ro‘yxatida pastga o‘tish;
CTRL + SHIFT + D – Hisoblashlar tarixini tozalash.

⚡️“Инженерный” rejimida:
F3DEG'ni tanlash;
F4RAD'ni tanlash;
F5GRAD'ni tanlash;
CTRL + G10x'ni tanlash;
CTRL + Ocosh'ni tanlash;
CTRL + Ssinh'ni tanlash;
CTRL + Ttanh'ni tanlash;
SHIFT + Ssin'ni tanlash;
SHIFT + Ocos'ni tanlash;
SHIFT + Ttan'ni tanlash;
CTRL + Yy√x parametrini tanlash;
DMod'ni tanlash;
Llog'ni tanlash;
Mdms'ni tanlash;
Nln'ni tanlash;
CTRL + Nex'ni tanlash;
Ocos'ni tanlash;
PPi'ni tanlash;
Qx2'ni tanlash;
Ssin'ni tanlash;
Ttan'ni tanlash;
VF-E'ni tanlash;
XExp'ni tanlash;
Y, ^xy'ni tanlash;
#x3'ni tanlash;
;Int'ni tanlash;
!n!'ni tanlash.

⚡️“Программист” rejimida:
F2 – "DWORD" parametrini tanlash;
F3 – "WORD" parametrini tanlash;
F4 – "BYTE"ni tanlash;
F5 – "HEX"ni tanlash;
F6 – "DEC"ni tanlash;
F7 – "OCT"ni tanlash;
F8 – "BIN"ni tanlash;
F12 – "QWORD" parametrini tanlash;
A-F – A, B, C, D, E, F variantlaridan birini tanlash;
J – "RoL"ni tanlash;
K – "RoR"ni tanlash;
< – "Lsh"ni tanlash;
> – "Rsh"ni tanlash;
% – "Mod"ni tanlash;
| – "Or"ni tanlash;
^ – "Xor"ni tanlash;
~ – "Not"ni tanlash;
& – "And"ni tanlash;
Probel – Bit qiymatlarini o‘tkazish/o‘zgartirish.

ℹ️ Qo‘shimcha tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Oddiy “Калькулятор” dasturi yordamida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash
Excel’ga Windows kalkulyatori qanday qo‘shiladi?
Microsoft Excel dasturida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash
Windows operatsion tizimida hafta kunlari nomini soat oldiga chiqarish
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #maslahat

🔍 Asaxiy.uz internet-do‘koni va Asaxiy Books loyihasi asoschisi tadbirkor Firuz Allayevdan: “Izlanishning muhimligi haqida” post

Tez-tez elektron pochtaga biznes haqida savollar keladi. Imkon darajasida javob beraman. Savol bergan odamni to‘g‘ri tushunaman, chunki o‘zimizda ham ko‘p savol va muammolar tug‘iladi.

Ularga qanaqa qilib javob topishim haqida sizga aytib beraman. Demak, men yechimini topolmaydigan muammo paydo bo‘ldi. Avvalo, muammoga duch kelgan birinchi inson emasligim aniq. Unga mengacha duch kelishgan va kimdir tajribasini internetda bo‘lishgan. Demak, o‘sha joyni qidiraman.

1️⃣. Google, Youtube, Quora yoki boshqa xizmatlardan poisk beraman. Minglab manba kelib chiqadi. Kamida 10 ta maqolani o‘qib ko‘raman. Hatto tushimga kirmagan oson yechimlar topiladi.

2️⃣. O‘sha mavzuda eng zo‘r kitoblarni o‘qiyman. Maqola muammoga to‘liq kirishish imkonini bermadi yoki mavzuni chuqurroq o‘rganmoqchiman. Shu holatda mavzu yuzasidan kitob o‘qib chiqaman.

3️⃣. Trening yoki pullik kurs sotib olaman. Birinchi ikkita resurs hech qanaqasiga yordam bermadi, bu holatda pullik kurs yoki trening sotib olaman. Bunaqasi 7 yillik faoliyatda faqat bir marta bo‘ldi.

4️⃣. Meni qiynagan muammo yoki savolga javobni shu uchta yo‘l bilan topolmadim. Shunda shu sohaning eng zo‘r mutaxassisiga aloqaga chiqaman va undan so‘rayman.

Xullas, izlanganga tole yor. Biznes qilish jarayonida muammolar va savollar bo‘lishi tabiiy. Qo‘l siltab yoki kimdir kelib muammoni hal qilib berishini kutganlar kutib o‘tiraveradi. Harakat qilish, izlanish odamni oldinga ketishiga sabab bo‘ladi.

Izlanishdan to‘xtamang.

📌 P.S.: Yuqoridagi to‘rtta narsani faqat biznes emas, xohlagan o‘rganish jarayoniga nisbatan ham qo‘llasa bo‘ladi.

📝Manba: @allaevuzb

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#telegram #rasm_bilan_ishlash

Telegram'da rasmni yuborishdan oldin ilova bilan birga keluvchi, ichki fotomuharrirdagi “Крывые” vositasi yordamida rasmning nozik rang korreksiyasini amalga oshirish yoki kontrast va ton balansini sozlash mumkin.

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post
Telegram'da chatlar ortidagi fon rasmini almashtirish

👨🏻‍💻
@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#mulohaza_uchun #maslahat #hardware #smartfon #internet #texnologiya

O‘zimizni elektron moslamalardan uzoqlashtirishni o‘rganamiz 📴

Hozirda, internet ish va ijtimoiy munosabatlar tashkil etish vazifasini bajarmoqda. Biroq virtual hayotingiz real hayotingizga salbiy ta’sir o‘tkazayotgan bo‘lib tuyulishi ham mumkin.

Agar ijtimoiy tarmoq, xabar almashish va turli xil elektron qurilmalardan foydalanishni cheklamoqchi bo‘lsangiz, quyidagi maslahatlarimiz sizga qo‘l kelishi mumkin.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Internet rukni ostidagi postlar: 1-qism | 2-qism
• Smartfon rukni ostidagi postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻
@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#word

Mundarija yaratish (2-usul) 📋

Mundarijani hosil qilishdan oldin, dastlab barcha sarlavha va quyi sarlavhalarni to‘plash lozim — sarlavhani belgilaysiz, menyu satrining Ссылка varaqa (вкладка)siga o‘tib, u yerda Добавить текст bo‘limini topasiz.

🔷 Уровень 1 (1-daraja) — boblarga tegishli sarlavhalar;
🔹 Уровень 2 (2-daraja) — quyi sarlavhalar.

Har bir sarlavha uchun darajani tayinlab bo‘lganingizdan so‘ng, kursorni mundarijani joylashtirmoqchi bo‘lgan sohaga o‘rnatasiz, yana Ссылки varaqa (вкладка)siga o‘tib, Оглавление ro‘yxatidagi birinchi bandni tanlaysiz, tayyor.

📌 P.S.: Kanalda mundarija yasashning 1-usuli haqida ulashilgan postimiz bilan ham tanishib, amalda qo‘llab ko‘rishingiz mumkin,

ℹ️ Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🔗 Kanalimizdagi #tarmoq heshtegi ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing (1):

Bepul Wi-Fi nimasi bilan xavfli?
Wi-Fi tarmog‘i parolini bilishning 5 usuli
Sharh: Ochiq Wi-Fi tarmog‘ida foydalanuvchi shaxsining tasdiqlanishi majburiy bo‘ldi
Umumiy ishlatiladigan Wi-Fi’dan foydalanishda ehtiyot bo‘ling!
“Tarmoq bog‘lanishlari” (Сетевые подключения / Network Connections) oynasini tezkor ochish
NetCut — Wi-Fi tarmog‘ini skanerlash
ping 127.0.0.1 bo‘yicha qiyosiy hazil
Simli va simsiz tarmoqqa oid fakt
O‘z routeringizdagi Wi-Fi parolini qanday aniqlash mumkin?
Wi-Fi parolini Windows tizimli kompyuter yoki noutbukda aniqlaymiz
Singan, biroq buzilmagan (qiyosiy hazil)
Ma’lumotlarni uzatish kabelining kesimi
Optik tolaning qanday ishlashi misolda
IP-manzil nima va u qanday ishlaydi?
Windows 10’da buyruq satri yordamida Wi-Fi parolini topish
Windows 10’da mobil ulanish nuqtasi funksiyasi qanday o‘chiriladi?
Kabellarning ideal ulanmasi keltirilgan rasm
Wi-Fi tarmog‘ingizga kim ulanganligini bilish, uni tarmog‘ingizdan foydalanishga qarshi bloklash va qayta ruxsat berish
Moodle serveriga oid qiyosiy hazil
Noutbuklarda Wi-Fi nuqta hosil qilgan holda o‘zaro ma’lumot almashish
Noutbukka lokal tarmoq orqali keluvchi Internetni Wi-Fi orqali tarqatishning oddiy usuli
• Tizim/tarmoq administratorlariga oid qiyosiy hazil: (1) | (2)
Wi-Fi tarmog‘i signalini tekshirish
Wi-Fi vs 4G: smartfon quvvatini qay biri tezroq tugatadi?
Tarmoq kabellari bilan ishlovchi texnik xodimlarga videotavsiya
Mac-manzil nima? (test)
Bepul Wi-Fi va uning paroli (qiyosiy hazil)
Men senga kirma, demaganmidim (qiyosiy hazil)
Smartfondan tarqatilayotgan Wi-Fi tarmog‘ining kompyuter tomonidan aniqlanmasligi
Wi-Fi xonadon bo‘ylab qanday tarqalishini aks ettiruvchi qiziq video
Eshigi server uslubida bezatilgan mana bunday muzlatgich
Materiklar o‘rtasidagi Internet ta'minoti qanday yo‘lga qo‘yilganini bilasizmi?
Facebook'ka tegishli xizmatlar va umuman olganda Internetning qolgan qismi bilan sodir bo‘lgan voqealarning eng ishonchli versiyalaridan biri
Ethernet'ga ulanganda Wi-Fi tarmog‘idan uzilish
Wi-Fi'da shifrlash turlari
Windows'dagi dasturga Internetdan foydalanishni taqiqlash
Wi-Fi tarmog‘ingizdan kim foydalanayotganini aniqlang
Windows 10'da Wi-Fi'ni routersiz tarqatish
Yaponlar ma’lumot uzatish tezligi borasida rekord o‘rnatishdi — soniyasiga 1.02 petabit
Windows 10'da internetga ulanish bilan bog‘liq muammolar yuzasidan tavsiyalar
Tarmoq parametrlarini qayta tiklash
Smartfondan Wi-Fi sichqoncha sifatida foydalanish
Windows 10'da noutbukdagi ekran tasvirini Wi-Fi orqali televizorga uzatish
Global kommunikatsiya tizimini tashkil etuvchi suv osti optik kabellarining umumiy joylashuvini ko‘rsatuvchi Yerning 3D-modeli
Siz ulangan barcha Wi-Fi tarmoqlarining parollarini qanday ko‘rish mumkin?

📌 P.S.: Kanalga tarmoq bo‘yicha yangi postlar nashr qilinishi bilan, ushbu ro‘yxat ham yangilanib boradi.

💡Kanalga ulashilgan maqolalar bilan tanishing, tavsiyalarni amalda qo‘llab ko‘ring va maqolalar ro‘yxatini ushbu sohaga qiziquvchi do‘stlaringizga ulashishni ham unutmang! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#telegram

🔜 Telegram'ning 8.3 yangilanishida kutilayotgan yangiliklar

— iOS uchun rasmlardagi matnni tanish (tahrirlanadigan ko‘rinishda nusxalash) imkoniyati;
— Yangi kiritilgan mavzular;
— Yangi faol sessiyalar menyusi, alohida qurilmalarda maxfiy chatlar va qo‘ng‘iroqlar qabul qilinishini boshqarish;
— Biriktirib yuborilgan fayllarni ochish uchun fayl menejerini tanlash (Android);
— Kalendar va tanlangan vaqt oralig‘i uchun xabarlarni o‘chirish;
— Xususiy (private) chatlar va kanallarda mediani qayergadir yuborish yoki saqlashdan cheklash imkoniyati;
Kanal nomidan xabar yozish;
— Pleylistni teskari yoki ixtiyoriy tartibda ijro ettirish (Desktop).

Telegram yangilanishlari haqida birinchilardan xabardor bo‘lish uchun @betainfo'ga obuna bo‘lish tavsiya etiladi.

📝 Manba: @tginfo

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#rasm_bilan_ishlash #internet

🖼 Rasmlarni photostock'lardan suvli belgilarsiz yuklab olish

Bunda sizga “Downloader La” vositasi yordamga keladi. U — Getty Images'dan tortib Scopio'ga qadar o‘nlab mashhur rasmli stoklardan rasmlarni yuklab olishga imkon beradi.

Undan foydalanish tartibi quyidagicha:

1️⃣. http://downloader.la/ saytiga murojaat etamiz.

2️⃣. Rasm yuklab olinishi lozim bo‘lgan rasmli stokni tanlaymiz.

3️⃣. Maxsus satrga oldindan nusxalab olingan havolani joylashtiramiz va “Download” tugmasini bosamiz.

Xizmat mutlaqo bepul va ishonchlidir!

📝 Manba: @bugnotfeature

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

🔧📈 Windows'da virtual xotira (файл подкачки)ni sozlash: tizim samaradorligini oshirish

“Файл подкачки” nima o‘zi? U talabchan dasturlar bilan ishlaganda operativ xotira (RAM) yetishmovchiligi o‘rnini to‘ldirish uchun qo‘llaniladi. Barcha tafsilotlariga berilib o‘tirish shart emas: agar bu fayl hajmi kichraytirilsa, bir necha gigabayt xotira joyi bo‘shashi mumkinligini bilish yetarlidir. Va aksincha: agar u kattalashtirilsa, tizim samaradorligi oshadi. Nima qilish talab etiladi?

1️⃣. “Пуск” menyusini ochib, “Настройка представления и производительности системы” ilovasini ishga tushiramiz.

2️⃣. Ochilgan muloqot oynasining “Дополнительно” varaqa (вкладка)siga o‘tamiz va “Виртуальная память” bo‘limidagi “Изменить” tugmasini bosamiz.

3️⃣. “Автоматически выбирать объём файла” bandi qarshisidan qushcha belgisini olib tashlaymiz → kerakli diskni tanlaymiz → virtual xotira (файл подкачки) uchun boshlang‘ich va maksimal hajmlarni belgilaymiz.

Nima hisobga olinishi lozim? Virtual xotira uchun (файл подкачки) maksimal hajm operativ xotira hajmining uch barobaridan oshmasligi, boshlang‘ich hajm esa — 400 Mb'dan kam bo‘lmasligi kerak. Agar ushbu cheklovlarga amal qilinmasa, tizimni va qattiq diskni zo‘riqtirib qo‘yish hech gap emas!

📝 Manba: @GooogleTM

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #maslahat

Jamiyatni birdan-bir rivojlantiradigan narsa bu - ta'lim!

🧑‍💻 Biznes va IT jamoasi tomonidan yuritilayotgan "Koreyada karyera" loyihasining ikkinchi soni chiqibdi! Unda siz robototexnika, o'zi yurar avtomobillar yo'nalishlarini o'z ichiga olgan kelajak avtomobillari injineringi sohasi doktoranti Oybek Eraliyev bilan bo'lib o'tgan qiziqarli suhbatni ko'rishingiz mumkin:

https://youtu.be/1RRfhTgWXPg

🙂 Koreyaga "surish"ni niyat qilganlar uchun foydali bo'libdi lekin) Ko'ringizlar...

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
#smartfon #android #security

📲 Android smartfon o‘g‘irlatib qo‘yilganda undagi barcha ma’lumotlarni o‘chirib yuborish usuli

Smartfoningiz o‘g‘irlanganda yoki yo‘qotib qo‘yilganda ma’lumotlaringiz xavfsizligi ta’minlashning eng yaxshi usuli – unga “Find My Device” mobil ilovasini o‘rnatishdir. Ilova yordamida smartfonni bloklash, uning joylashuvini aniqlash va barcha ma’lumotlarini o‘chirib tashlash mumkin.

Ilovadan foydalanish tartibi quyidagicha:

1️⃣. “Find My Device” ilovasini yuklab oling va o‘rnating.

2️⃣. Ilova Google-akkauntga kirishni so‘raydi, talabni bajarasiz. Unga administratorlik huquqini ham berish kerak, aks holda smartfonni topib bo‘lmaydi.

3️⃣. Shundan keyin qurilmaning boshqaruv paneli paydo bo‘ladi. Bu yerdan smartfonga qo‘ng‘iroq qilishingiz, uni tozalashingiz va bloklab qo‘yishingiz mumkin.

❗️Agar qurilmaning internet ishlamasa yoki zaryadi bo‘lmasa, uni izlab topishning imkoni bo‘lmaydi.

📝 Manba: @bugnotfeature

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram #security

🆕🔐 Telegram foydalanuvchilarni avtorizatsiya qilishning yangi tizimini joriy etmoqda

Navbatdagi yangilanishda messenjer avtorizatsiyadan o‘tish tizimini o‘zgartiradi. Sxemaning prinsipi shundan iboratki, ilovaga kirishda akkaunt bilan bog‘langan raqamga muayyan telefon raqamidan qo‘ng‘iroq qilinadi va foydalanuvchi ushbu kelib tushgan raqamdan bir nechtasini kiritishi lozim bo‘ladi. Yangi tizim eskisining o‘rnini to‘liq egallamaydi, faqat ayrim mobil qurilmalarga nisbatan joriy etiladi.

Bundan tashqari, navbatdagi yangilanishlarda Telegram ilovasi tomonidan foydalanuvchi avval tizimga kirgan akkauntni eslab qolish imkoniyati paydo bo‘lishi mumkin. Bu vaqtni sezilarli darajada tejash va foydalanuvchi tomonidan esa faqat ikki faktorli autentifikatsiya parolini kiritish orqali tizimga kirish imkonini beradi.

Ushbu qadamning ehtimoliy sabablaridan biri — loyiha ehtiyojlarini qoplash uchun pulni tejashdir, chunki SMS orqali foydalanuvchini verifikatsiya qilish (ya’ni tekshirish) kompaniya umumiy mablag‘laridan chorak qismi atrofidagi mablag‘ni talab etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq SMS orqali avtirizatsiyadan o‘tishni shaxsiy kompyuterlar uchun Telegram mijozlaridan va Telegram'ning brauzer uchun versiyalaridan olib tashlangan edi.

📝 Manba: @tginfo

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍2
#rasm_bilan_ishlash #internet

🔤 Rasmdagi shrift nomini aniqlaymiz

Illyustratsiyalar yoki saytlarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar ba’zida matnda qo‘llanilgan shrift nomini aniqlashda qiyinchilikka duch kelishi mumkin.

Ushbu muammoga yechim sifatida myfonts.com/WhatTheFont xizmati yo‘lga qo‘yilgan. Unga dastlab rasmni yuklang, ramka yordamida matnli sohani belgilang va ko‘k rangdagi o‘ngga qaratilgan strelkali tugma ustiga bosing.

Tahlil jarayoni tugallanganidan so‘ng rasmda qo‘llanilgan shriftga maksimal darajada yaqin bo‘lgan shriftlar ro‘yxati sizning e’tiboringizga taqdim etiladi. Ehtimol, 100%-lik muvofiqlikni topa olarsiz. 😉

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #software

🔋 Bluetooth qurilmalarining zaryadi darajasi

Bluetooth Battery Monitor — kompyuterga ulangan simsiz qurilmalar (klaviatura, sichqoncha, quloqchinlar va boshqalar)ning zaryad darajasi haqida tezkor ma’lumot olish imkonini beruvchi yordamchi dastur.

Ilovaning tizim uchun belgilangan talablari past bo‘lib, zaryad darajasi haqida ma’lumot olish uchun qurilma ma’lumot uzatish texnologiyasini qo‘llab-quvvatlashi lozimdir.

Dastur ishga tushirilganidan so‘ng, vazifalar panelining o‘ng chetidagi soat bo‘limidan yonida joylashgan, fonda ishlab turgan dasturlar orasidan joy oladi. Maxsus belgisi ustiga bosganingizda simsiz qurilmalar va ulardagi zaryad darajasidan iborat ro‘yxatni kuzatib borishingiz mumkin bo‘ladi.

🌐 Ushbu dasturning rasmiy veb-sayti.

📎 Bluetooth Battery Monitor v1.16.1 dasturini yuklab olish.

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#internet

🔧🎞 YouTube funksionalini Premium obunasisiz kengaytirish

“Improve YouTube” brauzer kengaytmasi mutlaqo tekinga turli xil premium-funksiyalarni qo‘shish imkonini beradi.

Foydalanish uchun uni brauzeringizga yuklab olishingiz kifoyadir: Chrome, Opera, Firefox, Safari, Edge.

Umuman olganda, kengaytma 40 dan ortiq funktsiyalarni o‘z ichiga oladi, ulardan asosiylari quyidagilar: pleyer o‘lchamini sozlash, izohlar va boshqa elementlarni avtomatik ravishda yashirish imkoniyati, qaynoq klavishlarni sozlash, qoida bo‘yicha ijro etish tezligini sozlash, ko‘zlarni tinchlantirish uchun ko‘k rang filtri, va albatta, reklamani bloklash.

📝 Manba: @guide_it

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
YouTube’da o‘z kanalingizni yaratishingiz uchun batafsil qo‘llanma
Youtube.com saytidan videoni yuklab olish
YouTube'da videoni tezkor izlash uchun buyruqlar
YouTube'da videoni kerakli joyidan ko‘rsatish
YouTube tomosha qilayotib, megabaytingizni 15 baravar tejash yo‘li bor!
YouTube’dagi barcha videolarni tomosha qilish uchun qancha vaqt ketadi?
720p, 1080p, 4K nima va ular o‘rtasida qanday farq bor?
YouTube'ni fon rejimida va reklamasiz tomosha qilish (bepul)
Layfxak: YouTube'dagi barcha obunalarni avtomatik bekor qilish
YouTube qaynoq klavishlari
YouTube'dagi reklamalarni bloklaymiz
YouTube'dagi videodan audioni MP3 formatida qanday yuklab olish mumkin?
Brauzerda videoning qotib ishlashi
Onlayn audio tinglaganda qancha megabaytingiz ketadi?
YouTube'ning ko‘zga ko‘ringan yulduzlari qancha mablag‘ to‘plashdi va buni qanday sarf qilishni maqsad qilishdi?
Qo‘shimcha dasturlarsiz har qanday saytdan videolarni yuklab olish uchun 10 universal servis
Google siz haqingizda nimalarni biladi?
Qaysi brauzer ShK resurslarini kamroq talab etadi?
Filmdan parchani topish va yuklab olish
Videomontaj oson bo‘lishi kerakmi?
Telegram orqali YouTube'dan media fayllarni yuklab olish uchun botlar ro‘yxati
Telegram’dagi “tasvir ichida tasvir” funksiyasi
Telegram ilovasi yordamida Youtube va Wikipedia saytlaridan ma’lumot izlash
NewPipe mobil ilovasi
Snaptube mobil ilovasi
Bolalar uchun qiziqarli YouTube kanallar
"Kompyuter Akademiyasi" YouTube-kanali
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

↗️ Windows yorliqlaridan strelkachalarni olib tashlash

Ishchi stolidagi yorliqlarning rasmlarida kichik o‘lchamdagi strelkalar mavjudligiga ko‘pchilik ahamiyat bergan bo‘lsa kerak. U bizning qarshimizda turgan bu belgi biror fayl yoki papkaning yorlig‘i ekanligini bildirib turadi.

Kichik reyestr tvikini qo‘llagan holda biz yorliqlardagi strelkalardan xalos bo‘lib, faqat rasmning o‘zini qoldirishimiz mumkin. Buning uchun WIN + R birikmasi yordamida “Выполнить” oynasini ekranga chaqiring va unga regedit buyrug‘ini kiritib ENTER'ni bosish orqali “Редактор реестра” oynasini ishga tushiring.

Ochilgan oynada quyidagi yo‘nalish bo‘ylab o‘ting: HKEY_LOCAL_MACHINE\SOFTWARE\Microsoft\Windows\CurrentVersion\Explorer.

Agar mavjud bo‘lmasa “Shell Icons” quyi bo‘limini (qo‘shtirnoqlarsiz) yarating, uning tarkibida esa bo‘sh qiymat bilan “29” nomli satrli parametrni yarating. “Проводник” jarayonini qayta ishga tushiring.

Agar strelka o‘rniga sizda kvadratning bo‘sh konturi aks etib tursa, u holda “29” nomi bilan yaratilgan parametr uchun qiymat sifatida ushbu ikonkaning joylashgan manzilini va vergul bilan ajratgan holda 0 raqamini kiriting. Masalan, C:\blank.ico,0.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#ehson

🤲🏻 Assalom-u alaykum, azizlar!

Rasmdagi yigit Mannopov Abror Toshkent viloyati Bo’ka tumani Mustaqil O’zbekiston MFYda yashaydi. 20 yoshli Abror jigar sirrozi bilan kasallangan. Shu kasallik tufayli u jigar ko‘chirish amaliyoti uchun Hindistonga yuborilgan.

Operatsiya uchun 25 ming dollar kerak ekan. Hozirda saxiy insonlar yordami bilan 12 ming dollarlik mablag‘ yig‘ilgan. Aytilgan mablag‘ yig‘ilmagani uchun operatsiya qilinmayapti. Sizlardan imkoningiz yetganicha Olloh yo‘lida yordam qilishingizni so‘raymiz.

Uzcard:
8600042375144952
Butayeva Kimyo (onasi nomida)

Visa card:
4278310020975686
Abrorbek Mannabov

Murojaat uchun:
+998948941073

Abrorbek haqidagi barcha ma’lumotlar:
https://telegra.ph/Abrorjonga-yordam-12-02

Agar sizda imkoniyatingiz yetmasa yordam guruh haqida, Abrorbekning ahvoli haqida yaqinlaringiz do'stlaringizga ulashing. InSha Alloh ehson qilganlar qatorida savob olishingizga ishonamiz.

🤝 Yordam guruhi: https://t.me/joinchat/Yxjd_Z1H9eIzZTc6

📌 P.S.: @ITdaNimaGap kanali admini: O‘zim o‘rganib chiqdim. Ma’lumotlarini hammasini yaqinlaridan olib bir joyga yig‘ib tayyorladim. Bu yigit hozir Hindistonda operatsiya qilinishini kutib turibdi. Operatsiya esa to‘liq mablag‘ yig‘ilmaguncha qilinmaydi. Yaxshilarning yaxshiligi lozim ukamizga.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija