IT specialist
11.3K subscribers
1.11K photos
476 videos
64 files
3.76K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#excel

🔝 Jadvalning sarlavhasini “qotirib qo‘yamiz”

Faraz qilamiz, sizning jadvalingizda sarlavhalar mavjud va siz list bo‘ylab pastga qarab o‘tgan taqdiringizda, ularning doimiy ko‘rinib turishini istaysiz.

Buning uchun sarlavha ostida keluvchi satrni to‘liq belgilash lozim. Masalan, jadval sarlavhasi uchinchi satrda joylashgan bo‘lsa – to‘rtinchi satr belgilanadi.

Shundan so‘ng menyu satrining Вид → Закрепить области → Закрепить области bandlari bo‘ylab o‘tasiz.

Agarda sarlavha birinchi satrda joylashgan bo‘lsa, u holda satrlarni belgilab o‘tirishga hojat yo‘q, ushbu bosqichda shunchaki yuqorida murojaat etilgan menyudan Закрепить верхнюю строку bandi tanlanadi.

📝 Manba: @hacks_excel

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Satr va ustunlarni qotirib qo‘yish (закрепление строк и столбцов)
Jadvalning sarlavhasini qanday qilib “muzlatib” qo‘yish mumkin?
• Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

🚮 “Загрузки” papkasidagi foydalanilmayotgan fayllarni avtomatik o‘chirish

Hozirgi kunda Internetda yaratilgan keng imkoniyatlar gigabaytlab miqdordagi o‘yinlar, filmlar, musiqalar, kitoblar va boshqa ajoyib kontentlarni yuklab olish imkonini beradi. Zo‘r-a? Albatta!

Biroq har qanday tanganing ham ikki tomoni bor: “Загрузки” papkasi, unda ancha vaqtdan buyon saqlab kelinayotgan fayllar bilan qattiq diskning ko‘p joyini egallashi mumkin. Foydalanuvchiga tegishli papkalar D diskida saqlanadigan qilib sozlangan bo‘lsa, bu qaysidir ma’noda yordam berishi mumkin.

Ortiqcha fayllarni avtomatik o‘chirilishini sozlash uchun “Параметры” oynasini ekranga chaqirish (WIN + I) va unda “Система” → “Память устройства” bandlari bo‘ylab o‘tib, “Контроль памяти” funksiyasini faollashtirish lozim.

Bu yerda esa tanlov mavjud: papka tarkibini har kuni, har hafta, har oy yoki Windows qaror qilgan paytda (diskda joy kamayin qolgan taqdirda) tozalash mumkin. Saqlash muddati ham sozlanadi! Papkada saqlanayotgan fayllarni yuklab olingan vaqtidan boshlab 1, 14, 30 yoki 60 kundan so‘ng o‘chirish — bu faqat o‘zingizga bog‘liq!

Kelajak avtomatlashtirilgan yechimlar tomonidadir. Qimmatbaho vaqtimizni mayda-chuyda ishlarga sarflagandan ko‘ra, buni mashinaga ishonib topshirgan ma’qul emasmi? U bizdan farqli o‘laroq hech qachon unutmaydi, keyinga surmaydi va erinmaydi! 😉

📝 Manba: @microsoft

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Gmail dan elektron pochta ochish va xabar jo'natish
#videodars / #internet

ℹ️ Gmail - Google kompaniyasining pochta xizmati. Ishonchli va qulay pochta hisoblanadi.

Gmail pochtasi:
https://gmail.com

Android uchun Gmail dasturi:
https://play.google.com/store/apps/details?id=com.google.android.gm&hl=ru

▶️ YouTube da ko'rish

: 03:31 💾: 5.2 mb

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
IT specialist
Crash Team Racing.exe
#game

Yoshlikni eslashda davom etamiz :)))

PS o‘yinlarining kompyuter versiyasini o‘ynab baho bering.

Oloviddin

o'yinni quyidagi fayl orqali ko'chirib oling
#operatsion_tizim

🔎 F3 klavishi yordamida izlash

Windows'ning Проводник oynasida fayllarni kuzatish chog‘ida u-bu fayl yoki papkani izlashga ehtiyoj yuzaga kelsa, kursorni ushbu oynaning qidiruv maydoniga joylashtirish uchun F3 klavishidan foydalaning.

Izlanishi lozim bo‘lgan papka, fayl nomi yoki kengaytmasi (masalan, *.jpg)ni kiriting va ENTER klavishini bosib, qidiruv jarayoni tugallanishini kuting.

📝 Manba: @computer_life

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ict_news #mulohaza_uchun #hardware #texnologiya

Malayziya politsiyasi tomonidan 1000 dan ortiq ASIC-maynerlari yo‘lni tekislash uchun qo‘llaniluvchi katok mashinasi yordamida ustidan bosib o‘tish orqali yo‘q qilindi.

Bu noqonuniy maynerlarga qarshi kurashning namoyish chorasi sifatida qo‘llanildi. Ushbu qurilmalarning umumiy narxi taxminan 1 mln 250 ming AQSh dollarini tashkil etgan.

Maynerlarning harakatlari tufayli mahalliy energetika kompaniyasi 1 mln 965 ming AQSh dollari miqdorida zarar ko‘rgan, hatto shahar elektr ta’minotida uzilishlar ham yuzaga kelgan.

Jinoyatchilarni atigi 8 oylik qamoq jazosi va 1 870 AQSh dollari miqdoridagi jarima kutmoqda.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🤦‍♂️ Kompyuteringiz buzildimi...? Usta izlashga shoshmang, axir o‘zingiz ustasizku...!

“Qanaqasiga ustaman, axir kompyuterni tuzata olmaymanku..., deb fikr yuritishdan hoziroq to‘xtang. O‘sha ustalar ham bir paytlar sizning holatingizda bo‘lgan, faqat ko‘plab tajriba orqali masterlikka erishgan.

🧐 Men bunga qanday erishaman deysizmi?
👌 Sizga javobim bitta: @kompyuter_akademiyasi!

📌 P.S
.: Siz ham KompMaster bo‘lib, video darslar yozishni o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, demak bizda siz uchun joy bor!

👨🏻‍💻 Ulanish: @kompyuter_akademiyasi
— Mana shu: 👂🦻👃🤖 🌹🌸 🎨💻 stikerlar ham animatsiyalanibdi. Endilikda chatda ularni bir o'zini yuborsangiz animatsiyani ko'rishingiz mumkin.

📜 Telegramda o'z animatsiyasiga ega stikerlar ro'yxati: link

© @kompyuter_bilimlari
#mulohaza_uchun #IT_humor

Tushungan tushundi ruknidan... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#smartfon #android #iOS #game #maslahat

🧩 Rubik kubikini yig'ish sxemalarini taqdim etuvchi 9 mobil ilova

01. Cube Algorithms – Android | iPhone;
02. ASolver – Android;
03. Cube X – Android;
04. Magic Cube Solver – iPhone;
05. Twisty Timer – Android | iPhone;
06. Magic Cube Puzzle 3D – Android | iPhone;
07. Flat Cube – noma'lum sabablarga ko‘ra u hozirda Play Market'da mavjud emas, uning APK-faylini yuklab olish va o‘rnatish mumkin;
08. Go Cube – Android | iPhone;
09. Cube Timer – Android.

📝 Manba: Geeker.ru

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish tavsiya etiladi:
O‘zini-o‘zi yig‘uvchi Rubik kubiki
Rubik kubikini tezkor yig‘uvchi mashina
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#excel

📅 Sanalarni saralashda shartli formatlashdan foydalanish

Shartli formatlash uchun Excel dasturi bilan birga keluvchi variantlar juda serob. Agar sanalar bilan ishlashga to‘g‘ri kelsa, u holda o‘tgan hafta, joriy oy, so‘nggi 7 kun va boshqa shartlar bo‘yicha sanalarni osonlikcha rang bilan ajratib ko‘rsatish mumkin.

Albatta, qoidalar amalda to‘g‘ri qo‘llanilishi uchun diapazonda, masalan, (sana noto‘g‘ri kiritilgan paytdagi) matnli qiymatlar emas, balki haqiqatan ham sana sifatida qabul qilinuvchi sonli qiymatlar bo‘lishi lozim.

📝 Manba: @excel_everyday

ℹ️ Qo‘shimcha tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Microsoft Excel dasturida yacheykalardagi yozuvlarni shartli ravishda formatlash (“Условное форматирование” uskunasi)ning imkoniyatlari
• Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

🗑 Windows 11'da Windows.old papkasini o‘chirish (undan oldingi versiyalar uchun ham o‘rinli)

Windows 11
'ga qadar yangilanishdan keyin yoki HDD yoki SSD'larda tizim bo‘limini formatlashsiz toza tizim o‘rtalilganidan so‘ng C diskida bir necha gigabayt joy egallovchi Windows.old papkasi yuzaga kelganligini ko‘rishimiz mumkin. Uni xohishga ko‘ra o‘chira olamiz, biroq buni odatdagidek “Проводник” oynasi orqali amalga oshirmagan ma’qul.

Ushbu yo‘riqnomada Windows 11'da Windows.old papkasini ikki usulda: “Параметры” oynasi va diskni tozalash uchun ichki o‘rnatilgan yordamchi dastur yordamida o‘chirish haqida batafsil so‘z yuritamiz.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Windows 10'da keraksiz tizim xatoliklari xotira dampini o‘chirish orqali joy bo‘shatish
Vaqtinchalik fayl va papkalarni o‘zida saqlab turuvchi Temp papkalarini vaqti-vaqti bilan “bo‘shatib turish” haqida
Qattiq diskdagi o‘chirilgan fayllarni qanday qayta tiklash mumkin?
Android’da xotirani bo‘shatishning yana bir foydali usuli
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Kodingiz xaddan tashqari yaxshi ishlaganida... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#word

Word dasturi uchun o‘z qaynoq klavishlarimizni belgilashimiz mumkinmi? ⌨️🤔

Word'dagi deyarli istalgan harakat uchun yangi klavishlar birikmasini belgilab qo‘yishimiz mumkin. Buning uchun esa quyidagi harakatlar ketma-ketligi amalga oshiriladi:

— 1-qadam
Menyu satrining Файл varaqa (вкладка)si → Параметры → Настроить ленту → Сочетания клавиш bo‘limiga o‘ting. Kerakli buyruq uchun tegishli bo‘lgan kategoriyani tanlang.

— 2-qadam
Oynaning ostki qismidagi tavsif (Описание)ga asoslangan holda mos keluvchi bo‘limdan kerakli buyruqni tanlang.

— 3-qadam
Новое сочетание клавиш
bo‘limiga sichq. chap tugmasi bilan bosing va klaviaturada istalgan klavishlar birikmasini kiriting.

— 4-qadam
Назначить
tugmasini bosgan holda kiritilgan klavishlar birikmasini buyruq uchun belgilayotganingizni tasdiqlang.

ℹ️ Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #telegram #rasm_bilan_ishlash

Siz messenjerning o‘zidan uzoqlashmay turib chatlar foniga bayramona mavzudagi rasmlarni o‘rnatishingiz mumkin.

Buning uchun Telegram sozlamalarida “Настройки чатов”“Изменить фон чатов” bo‘limida qidiruv belgisi ustiga bosing va so‘rovni kiriting. Telegram qidiruvda kiritilgan matnga mos holda fon uchun o‘nlab turdagi rasmlarni taklif etadi.

Shuningdek “Размытие” yoki “Движение” effektlaridan foydalanishni unutmang — ular bilan rasmlar ba’zida xattoki yaxshiroq ko‘rinadi.

📌 P.S.: Telegram'da chatlaringiz uchun fonni o‘zgartirib turasizmi yoki ilovadagi standart fon bilan cheklanasizmi?

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing:
1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#smartfon #android

🎞 VivaCut — YouTube va Instagram'ga chiroyli videolarni yaratish uchun keng imkoniyatlarga ega bo‘lgan professional videomuharrir. Android 5.0+. Pro-versiya.

📎 VivaCut Pro v2.6.5 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #internet #software

µTorrent 3.5.5 kompyuter dasturi 📥📤

µTorrent
peer-to-peer p2p-tarmoqlarida har qanday fayllarni yuklab olish uchun xizmat qiluvchi mashhur mijoz dastur. O‘zining barqarorligi va funksionalligi tufayli ushbu dastur torrent-mijozlari orasida yetakchi hisoblanadi.

🖥 Tizim: Windows XP, Vista, 7, 8, 8.1, 10.
🏢 Ishlab chiqaruvchi: BitTorrent, Inc.
💵 Narxi: Bepul
💾 O‘lchami: 4,91 MB
🇷🇺 Tili: Ruscha
🆚 Versiyasi: 3.5.5

📥 Dasturni yuklab olish.

👉🏻 Dastur haqida batafsil ma'lumot

ℹ️ Ushbu rukn ostida joylashtirilgan boshqa postlar bilan ham tanishishingiz mumkin:
Torrent nima? Torrent bilan ishlash (video)
µTorrent dasturidan reklamani olib tashlashni 3 usuli (video)
µTorrent Pro 3.5.5 kompyuter dasturi
μTorrent Pro v6.5.7 mobil ilovasi
IDM Plus v12.1 mobil ilovasi
Torrent yuklamalar haqida
Internet rukni ostidagi postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism
Operatsion tizim rukni ostidagi postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim

Windows 10'dagi “Калькулятор” dasturi uchun foydali klavishlar birikmalari 🧮⌨️

O‘ylaymizki, tizimning standart dasturlari orasidagi eng mashhur “Калькулятор” dasturidan hamma foydalangan bo‘lsa kerak. Bir qarashda soddadek tuyulishi mumkin bo‘lgan ushbu dasturni ham boshqarish va unda hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun bir talay klavishlar birikmasidan foydalanish mumkin ekan.

📋 Ushbu postimizda Sizning e’tiboringizga ushbu dastur bilan bog‘liq foydali klavishlar birikmalaridan iborat ro‘yxatni ulashishga qaror qildik.

⚡️Umumiy klavishlar birikmalari:
ALT + 1“Обычный” rejimiga o‘tish;
ALT + 2“Инженерный” rejimiga o‘tish;
ALT + 3“Построение графиков” rejimiga o‘tish;
ALT + 4“Программист” rejimiga o‘tish;
ALT + 5, CTRL + E“Вычисление даты” rejimiga o‘tish;
CTRL + M – Xotirada saqlash;
CTRL + P – Xotiraga qo‘shish;
CTRL + Q – Xotiradan ayirish;
CTRL + R – Xotiradan chaqirish;
CTRL + L – Xotirani tozalash;
F9±'ni tanlash;
R1/x'ni tanlash;
@ – kvadrat ildizni hisoblash;
DELETECE'ni tanlash;
CTRL + H – Hisoblashlar tarixiga saqlashni faollashtirish yoki o‘chirish;
– Hisoblashlar tarixi ro‘yxatida yuqoriga o‘tish;
– Hisoblashlar tarixi ro‘yxatida pastga o‘tish;
CTRL + SHIFT + D – Hisoblashlar tarixini tozalash.

⚡️“Инженерный” rejimida:
F3DEG'ni tanlash;
F4RAD'ni tanlash;
F5GRAD'ni tanlash;
CTRL + G10x'ni tanlash;
CTRL + Ocosh'ni tanlash;
CTRL + Ssinh'ni tanlash;
CTRL + Ttanh'ni tanlash;
SHIFT + Ssin'ni tanlash;
SHIFT + Ocos'ni tanlash;
SHIFT + Ttan'ni tanlash;
CTRL + Yy√x parametrini tanlash;
DMod'ni tanlash;
Llog'ni tanlash;
Mdms'ni tanlash;
Nln'ni tanlash;
CTRL + Nex'ni tanlash;
Ocos'ni tanlash;
PPi'ni tanlash;
Qx2'ni tanlash;
Ssin'ni tanlash;
Ttan'ni tanlash;
VF-E'ni tanlash;
XExp'ni tanlash;
Y, ^xy'ni tanlash;
#x3'ni tanlash;
;Int'ni tanlash;
!n!'ni tanlash.

⚡️“Программист” rejimida:
F2 – "DWORD" parametrini tanlash;
F3 – "WORD" parametrini tanlash;
F4 – "BYTE"ni tanlash;
F5 – "HEX"ni tanlash;
F6 – "DEC"ni tanlash;
F7 – "OCT"ni tanlash;
F8 – "BIN"ni tanlash;
F12 – "QWORD" parametrini tanlash;
A-F – A, B, C, D, E, F variantlaridan birini tanlash;
J – "RoL"ni tanlash;
K – "RoR"ni tanlash;
< – "Lsh"ni tanlash;
> – "Rsh"ni tanlash;
% – "Mod"ni tanlash;
| – "Or"ni tanlash;
^ – "Xor"ni tanlash;
~ – "Not"ni tanlash;
& – "And"ni tanlash;
Probel – Bit qiymatlarini o‘tkazish/o‘zgartirish.

ℹ️ Qo‘shimcha tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Oddiy “Калькулятор” dasturi yordamida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash
Excel’ga Windows kalkulyatori qanday qo‘shiladi?
Microsoft Excel dasturida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash
Windows operatsion tizimida hafta kunlari nomini soat oldiga chiqarish
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #maslahat

🔍 Asaxiy.uz internet-do‘koni va Asaxiy Books loyihasi asoschisi tadbirkor Firuz Allayevdan: “Izlanishning muhimligi haqida” post

Tez-tez elektron pochtaga biznes haqida savollar keladi. Imkon darajasida javob beraman. Savol bergan odamni to‘g‘ri tushunaman, chunki o‘zimizda ham ko‘p savol va muammolar tug‘iladi.

Ularga qanaqa qilib javob topishim haqida sizga aytib beraman. Demak, men yechimini topolmaydigan muammo paydo bo‘ldi. Avvalo, muammoga duch kelgan birinchi inson emasligim aniq. Unga mengacha duch kelishgan va kimdir tajribasini internetda bo‘lishgan. Demak, o‘sha joyni qidiraman.

1️⃣. Google, Youtube, Quora yoki boshqa xizmatlardan poisk beraman. Minglab manba kelib chiqadi. Kamida 10 ta maqolani o‘qib ko‘raman. Hatto tushimga kirmagan oson yechimlar topiladi.

2️⃣. O‘sha mavzuda eng zo‘r kitoblarni o‘qiyman. Maqola muammoga to‘liq kirishish imkonini bermadi yoki mavzuni chuqurroq o‘rganmoqchiman. Shu holatda mavzu yuzasidan kitob o‘qib chiqaman.

3️⃣. Trening yoki pullik kurs sotib olaman. Birinchi ikkita resurs hech qanaqasiga yordam bermadi, bu holatda pullik kurs yoki trening sotib olaman. Bunaqasi 7 yillik faoliyatda faqat bir marta bo‘ldi.

4️⃣. Meni qiynagan muammo yoki savolga javobni shu uchta yo‘l bilan topolmadim. Shunda shu sohaning eng zo‘r mutaxassisiga aloqaga chiqaman va undan so‘rayman.

Xullas, izlanganga tole yor. Biznes qilish jarayonida muammolar va savollar bo‘lishi tabiiy. Qo‘l siltab yoki kimdir kelib muammoni hal qilib berishini kutganlar kutib o‘tiraveradi. Harakat qilish, izlanish odamni oldinga ketishiga sabab bo‘ladi.

Izlanishdan to‘xtamang.

📌 P.S.: Yuqoridagi to‘rtta narsani faqat biznes emas, xohlagan o‘rganish jarayoniga nisbatan ham qo‘llasa bo‘ladi.

📝Manba: @allaevuzb

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#telegram #rasm_bilan_ishlash

Telegram'da rasmni yuborishdan oldin ilova bilan birga keluvchi, ichki fotomuharrirdagi “Крывые” vositasi yordamida rasmning nozik rang korreksiyasini amalga oshirish yoki kontrast va ton balansini sozlash mumkin.

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post
Telegram'da chatlar ortidagi fon rasmini almashtirish

👨🏻‍💻
@itspecuz | Mundarija